Dono maqtov olar, nodon-chi so‘kish, O‘zing o‘yla, senga ma’qul qaysi ish?!
(“Qutadg‘u bilig” 15-bet )
Ushbu bandlardada yaxshilikva yomonlik, dono va nodon antonimlari qo`llangan. Bu so`zlar ko`p ma`noli so`z bo`lib, yaxshi va yomon so`zlarining bosh ma`nolari quyidagilar: yaxshilik “ijobiy sifat va xususiyatlarga,xulq-atvorga egalik, (O”TIL.V.125-bet) ma’nosini vayomonlik “yomon, salbiy sifat va
xususiyatlarga ega bo`lishlik, qabihlik, yovuzlik”(O”TIL.II.36-bet) Ushbu parchada adib insonga, kitobxoniga murojaat etib, yaxshilik so`zining “ijobiy sifatlarga ega bo’lish” ma`nosi bilan yomonlikso`zining “salbiy sifat va xususiyatlarga ega bo`-lish” ma’nosidagi zid semalarini aytmoqda. Yana dono so’zi “aql-zakovatli, donishmand, oqil” (O’TIL Itom.234-bet) ma’nosini, nodon fors-tojikcha so’z bo’lib, ”ilm-ma’rifatdan xabari yo’q,ongi, tushunchasi past, qoloq” (O’.T.I.L.I tom.506-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu o`rinda shoir ko`p ma`noli so`zlarning ma`no qirralarini ochish barobarinda antonimlarning ham g`o`zal na`munasini yaratgan. Antonimlari ijodkor fikrini izohlashda dalil va izoh sifatida qo‘llangan.
Tirik beg kishika kerak edgu yang, Kerak bo’lsa bulg’ay qamug’ edgu nang. Esizka nekulug kerak mal, tavar,
Necha kirsa bo’lg’ay chig’ay birla teng.
***
Tirik beg kishi-gun go’zal xulq-chiroy, Kerak bo’lsa davlat, topar u kiroy.
Tubanga tovar -mol,kerakmi? Nega? U bo’lsanecha boy tengidur gadoy.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ushbu baddagi gadoy,boy leksemalari leksik anbtonimlik munosabatini hosil qilgan. Bunda boy- so’zi ko’chma ma’noda qo’llangan bo’lib,asli“iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo’q, hamma narsadan badastir, to’kis, badavlat”(O’TIL.I.126-bet) ma’nosini bildiradi. Asl ma’nodagi to’kislik, badastirlik semasi gadoy so’zining “tilanchilik bilan kun kechiradigan
tilanchi” (O’TIL.I.182-bet)ma’nosi bilan o’zaro munosabatga kirishgan va ma’no rang-barangligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Kontekstual antonimiya – o`zaro zid ma`no ifoda etmagan leksemalarning ma`lum kontekst ichida so`zlovchi yoki muallif tomonidan antonimik munosabatlarga kiritishidir. Bunday holatlar ko`p hollarda she`riy misralarda uchraydi.shu jumladan, “Qutadg’u bilig” asarida ham:
Qul arslan bo’lu bersa otqa bashi, Bu it barcha arslan bo’lur o’z tushi. Qali bo’lsa arslanqa it bashchisi, Bu arslan bo’lur barcha it saqishi.
***
Gar itlarga arslon bo’larkan boshi, Bu itlar bo’ladi u arslon tushi,
Gar arslon to’dasiga it bo’lsa bosh, Bu arslonlar itning bo’lar tengdoshi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Mazkur bandda matn ichidagina antonim bo’lib keluvchi leksemalardan it so’zi –“uy-ro’zg’orni qo’riqlash, ov ovlash va shu kabi maqsadlar uchun saqlanadigan to’rt oyoqli sut emizuvchi uy hayvoni”(O’TIL.II. 240-bet),arslon esa “mushuksimonlar oilasiga mansub bahaybat yirtqich sutemizuvchi hayvon;she’r”(O’TIL.II. 240-bet) ma’nosini bildiradi. Bu leksemalar leksik antonimiya bo’lmasada, ulardagi semalar: “it” lesemasidagi “uy havvoni”semasi bilan arslon leksemasidagi “yovvoyilik,yirtqichlik” semasi o’zaro antonimlikni vujudga keltirmoqda.
Qilinchi qari o’g’lan uzluk uqush,
Uqush qayda bo’lsa, angar bar,yapush.
Do'stlaringiz bilan baham: |