MAVZU:IDROKDA OBYEKT VA FON APPERSEPSIYA, IDROKNING
KONSTANTLILIGI
Reja
1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha
2. Appersepsiya haqida
3. Idrokning konstantligi
•
Idrok tushunchasi lotin tilida «regserio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi,
uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish)
deyiladi
•
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib
hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va
inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir
davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul
qilish shaxsning ob’ektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks
ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to‘laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy
jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va xodisalarning ayrim
tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to‘la aks attrishining sababi
shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo‘zg‘aluvchilar
ta’siri tufayli juda ko‘p muvaqqat bog‘lanishlarvujudga kelgan bo‘ladi.
Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo‘lmaydi, ya’ni u idrok
qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va
fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish,
ko‘rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok,
yumshokrok narsa bo‘lib aniq ob’ektni ajratishga yordam beradi.
•
Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi
narsalari yoki xodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta
yarim sharlarining pustida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv
bog‘lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki
xodisalar kompleks qo‘zg‘atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks
qo‘zg‘atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi kismlarida murakkab analiz va
sintez kilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining
yuksak formasi xisoblanadi.
•
Idrokning nerv-fiziologik asosi xam sezgilarning nerv-fiziologik asosiga
qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha
sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo‘zg‘atuvchilarning ta’siri
natijasida bosh miya pustida xosil bo‘ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli
bog‘lanishlar (shartli reflekslar)ning xosil bulishi yotadi.
•
Idrok sezgi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib analizatorlarning joylashuviga ko‘ra
ko‘rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va
xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
•
Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda
narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi.
Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga
ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga
muayyan maqsad, vazifa kuygan bo‘ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki
eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab
kuradi.
•
Idrok uziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan xissiy bilishning sifat jixatidan yangi
boskichidir. Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi,
konstantligi va anglanganligi uning eng muxim xususiyatlaridandir.
•
Idrokning predmetligi ob’ektivlash deb atalgan vaqtda,ya’ni tashqi olamdan
olingan ma’lumotlarni shu olamning o‘ziga qaratishla ifodalanadi.Idrokningsh
predmetliligi tug‘ma sifat xisoblanmaydi.Sub’ektga olamning predmetligini ochib
berishni ta’minlaydigan ma’lukm harakatlar sistemasi mavjuddir.Pedmetlilik
idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Tashqi
olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o‘ziga solishtirib ko‘rish idrok
obrazining real predmetlarga adekvat (mos) ekanligini nazorat qilishni
ta’minlaydi
Xozirgi davrda qo‘llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda
ta’rif berilib kelinmoqda: «individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda
saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu
ta’rifda xotiraga taalluqli bo‘lgan juda ko‘p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o‘z
aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan
deyishga hech qanday haqhuquqimiz yo‘q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning
birdanbir yo‘li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «xotira
atrofmuhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz
ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va
noverbal shaklda, mantiqiy va mexaniq yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish,
esda sakdash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy
jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy
qayta ishlashga yo‘naltirilgan mpsmik (yunoncha tpeta — xotira) faoliyatdir».
Xotirani o‘rganish soxasidagi eksperimental tadkikotlarni dastavval assotsiativ
psixologiya namoyondalaridan G.Ebingaus boshlab bergan. Keyinchalik xotira
problemasi kup tadkikotchilarning dikkatini uziga jalb etgan. Akademik pavlovning
oliy nerv faoliyati xakidagi ta’limotiga kura, bosh miya pustidagi nerv xujayralari
nixoyat darajada plastiklik xususiyatiga egadir. Bu xujayralar nozik sezgirlik va
uzgaruvchanlik bosh miya pustida shartli reflekslarning, ya’ni assotsiyatsiyalarning
yuzaga kelish imkonini beradi. Xotiraning fiziologik asosida bosh miya pustida
turli murakkablikdagi shartli reflekslarning xosil bulishi, miyada uzoq muddat
saklanib turishi tormozlanib vaqtincha sunib qolishi keyinchalik yana qaytadan
tiklanishidan iborat bo‘lgan murakkab jarayonlar yotadi.
Assotsiatsiya – bu biz idrok qilgan, ya’ni ongimizda aks ettirgan va xotiramizda
mustaxkamlanib kolgan turlicha narsalar xamda xodisalar urtasidagi bog‘lanishdir.
Shartli reflekslar esa assotsiatsiyalarni moddiy, ya’ni nerv-fiziologik asosini tashkil
etadilar. Bosh miya pustlogi muvakkat nerv bog‘lanishlarining yuzaga kelishi,
mustaxkamlanishi va keyinchalik turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida qaytadan jonlanishi
xotira jarayonlari – esga olish, esda saklash va esga tushirishning fiziologik asosini
tashkil qiladi. Bosh miya pustlogida yuzaga kelgan muvakkat nerv bog‘lanishlar,
ya’ni assotsiatsiyalar deb atalmish bu bog‘lanishlar real voqelikdagi narsa va
xodisalarning fazo xamda vaqt jixatidan o‘zaro yondoshlik alokalarini, ular urtasiga
uxshashlik va tafovut munosabatlarini va, nixoyat, sabab-natija bog‘lanishlarini aks
ettiradi.
Uxshashlik assotsiatsiyasining moxiyati shundan iboratki, narsa va xodisalarning
obrazli va ular xaqidagi fikrlar xudi shularga uxshash obrazlarni xamda fikrlarni
esimizga keltiradi. Qarama-qarshilik asotsiatsiyasi biz idrok etayotgan, tasavvur
qilayotgan, fikr yuritayotgan xodisalarga qarma-qarshi xodisalarning qarama-qarshi
xodisalarning esimizga tushishini ta’min qiladi. Chunonchi, biz uzimizga kerakli
familyani boshqa shunga qarma-qarshi ma’nodagi so‘zlardan tashkil topgan
familya yordamida esga tushirishimiz mumkin (chernov – belov) yoki chul
kurinishi tog manzarasini xotirada tiklashi mumkin. Esga olish va esga tushirish
jarayonlarida sabab natija bog‘lanishlarining roli ayniksa muximdir. Bu
bog‘lanishlar narsa va xodisalar urtasidagi eng muxim alokalarni aks ettiradi.
•
Idrok xususiyatining yana bir o’ziga xos xususiyati uning konstantligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |