5-Ma’ruza
Mavzu: Xom-ashyo materiallarini tuyish.
5.1. Tuyish to„g„risida umumiy tushunchalar.
5.2. Tegirmonning konstuktiv xususiyatlari va ishlash sxemalari .
5.3. Tuyish sxemalari.
Materiallarni tuyish jarayonining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Materiallarni poroshok shaklida maydalash yani
tuyish turli xil tuyish
qurilmalari va agregatlari yordamida amalga oshiriladi. Materiallarni tuyish ishlari
sharli, sterjenli, trubali tegirmon, rolikli o„rtayurar,
valikli tegirmon, rolik-
mayatnikli, aerobil, shaxtali, vibratsion, struyali tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Tuyishning asosiy vazifasi materiallarning yuzasini ko„paytirish bo„lib, masalan
sement ishlab chiqarishda klinker xosil bo„lishi uchun reaksiyalar tezlashadi,
yoqilg„i sarfi kamayadi. SHunga qaramasdan materiallarni tuyish uchun energiya
sarfi juda yuqori.
Barabanli tegirmonlarda materiallar aylanuvchi
yoki titrovchi barabanlarga
yuklangan sharlar yordamida tuyiladi yoki material barabanga o„rnatilgan
moslamalarga zarb bilan urilib o„z-o„zidan tuyiladi.
O„rta yurar tegirmonlarda material valik yoki roliklarning ishchi yuzalarida
siqilish va sidirish orqali tuyiladi. SHu tegirmonlar turkumiga kiruvchi rolik
mayatnikli tegirmonda esa material markazdan qochma
kuch taosirida tegirmon
devorlarida xarakatlanuvchi roliklar orasida tuyiladi.
Zarbiy tegirmonlarda material sharnirlar orqali yoki qattiq maxkamlangan
bolg„alar yoki urgichlar yordamida eziladi,
tayyor maxsulot xavo oqimi
yordamida ajratib olinadi.
Struyali tegirmonlarda material xavo bosimi ostida tegirmon devorlariga urilishi
natijasida tuyiladi.
Bu yuqorida nomlari zikr etilgan tegirmonlar tug„risida maolumotlar keyingi
maoruzalarda to„liq yoritiladi.
5.2. Tuyish mashinalarining tasnifi
Barabanli sharli tegirmonlarda material barabanning ichki qismida sharlar
yordamida tuyiladi. Barabanning aylanishi natijasida sharlar va tuyuluvchi material
bo„ylab aylana ko„rinishida xarakatlanadi (5.1-rasm).
Maydalanuvchi material sharlarning sidirishi va zarbi taosirida bo„ladi va
tuyiladi.
5.2-rasm. Barabanli tegirmonlarning asosiy sxemalari
a-davriy ishlovchi, b-to„xtovsiz ishlovchi, v-periferiyali tushuruvchi, g-tushirish
panjara orqali, s-konus barabanli, e-j-periferiyali va markaziy yuritmali.
Sanoatning kup tarmoklarida uzluksiz ishlaydigan xo„l va quruq usulda
ishlovchi tegirmonlar keng ko„llaniladi. Bu tegirmonlar
ochiq va yopiq siklda
ishlaydi.
Xo„l usulda ishlovchi tegirmonlardan materialning maolum bir qismi
tuyilmagan xolatda chiqadi. SHuning uchun material separatorlarga yuborilib,
tuyilmagan qismi ajratiladi va qayta tegirmonga tashlanadi.
Bunday sxemada
ishlovchi tegirmonlarning samaradorligi va ish unumdorligi yuqori.
Davriy ishlovchi tegirmonlar sopol ishlab chiqarishda tuproq va glazurlarni
tuyish uchun ishlatiladi. Qisqa barabanli tegirmonlar sharli tegirmonlar deyiladi.
Diametridan 4-5 marta uzun bulgan tegirmonlar trubali tegirmonlar deyiladi.
Tegirmonlarning texnik tavsifi 1-chi jadvalda keltirilgan.
O„lchami 1,5x5,6 m bulgan tegirmon ruda va qurilish materiallarini quruq
usulda tuyadi.
O„lchami 2x10,5 va 2,6x13 m -li trubali tegirmonlar
ochiq siklda kerakli
o„lchamgacha quruq va xo„l usulda tuyadi.
3,2x8,5 m o„lchamli tegirmon yumshoq xom-ashyolarni ochiq siklda xo„l usulda
tuyadi va shu bilan birgalikda agar yopiq sikl bo„lsa tuyilgan materialni quritadi.
O„lchami 3,2x15 m trubali tegirmon xom-ashyolarni xo„l usulda ochiq va
yopiq siklda tuyadi , 4x13,5 m o„lchamli tegirmon esa klinker va qo„shimchalarni
tuyishga mo„ljallangan. Bu tegirmon xo„l va quruq usulda ishlashi mumkin.