O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Milliy mentalitet va ma’naviy qadriyatlar



Download 4,4 Mb.
bet240/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Milliy mentalitet va ma’naviy qadriyatlar. Jamiyat ma’naviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan biri mentalitet va ma’naviy qadriyatlardir.

Mentalitet (lot.––mens– aql, tafakkur, fikr yuritish tarzi, fikrlash usuli, kishi ruhiyati tarzi) individual va ijtimoiy ongning ichki qatlamlarida joylashgan bo‘lib, ongsizlikni ham qamrab oladi. Mentalitet– muayyan tayyorgarlik, yo‘l–yo‘riq va moyillik asosida individ yoki ijtimoiy guruhlarni ish tutish usuli, fikr yuritish, dunyoni idrok va fahmlashning ma’lum tarzidir.

Mentalitet an’ana, madaniyat, ijtimoiy sistemalar va inson yashash muhiti bilan bog‘langan holda, shakllanadi va o‘z navbatida, ularning shakllanishiga ta’sirini o‘tkazadi.

XIXasr ratsionalizmi ongni bilimga va aqlga tenglashtiradi. XXasr gumanitaristikasi ushbu holatni tuzatish, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun mentalitet tushunchasini kiritadi va uni rivojlantiradi.

Mazkur tushuncha, Yevropatsentrizmni va tarixiy rivojlanish haqidagi progressistik nuqtai nazarlarni rad etuvchi, ma’naviy sharoitda shakllanadi. Insoni ijtimoiy guruhlarga va tarixiy jamoalarga birlashish sababini uning ichki dunyosining doimo barqaror kayfiyatliligidan kelib chiqib, mentalitet gumanitar bilimlarning taxlil qilish va tushuntirish vazifasini bajaradi. Konkret tadqiqotlarda milliy, totalitar, Yevropa, afrika, byurakratik va boshqa mentalitet turlari bor.

Insonning mentaliteti,ilk bor ijtimoiy–madaniy an’analardan va xalqning tarixiy qadriyatlari asosida shakllanadi.

Uning xususiyatlaridan biri – inertlilidir. Ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy shart–sharoitlarning o‘zgarishlariga nisbatan mentalitetning o‘zgarishi sustroq bo‘ladi.

Mentalitet tushunchasini R.Emerson, Levi–Bryul, J.Lefevra, L.Fevra kabi olimlar, o‘z nuqtai nazarlari asosida, yoritib berganlar.

Mentalitetning turli xil modellari, konsepsiyalari gumanitar bilimni o‘rganish uchun yangicha metodologik asoslarni yaratib berdi va fanlararo munosabatga asoslangan yangi yo‘nalishlarni barpo etishga asos bo‘ldi.

Har bir davrning ijtimoiy taraqqiyot darajasi va ichki mazmuni eng avvalo ikkita chuqur ma’noga ega bo‘lgan tushuncha orqali namoyon bo‘ladi. Bularning biri xalqning mentaliteti bo‘lsa, ikkinchisi uning turmush tarzidir. Mentalitet va turmush tarzi tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, mentalitet turmush tarzida o‘z ifodasini topadi, turmush tarzi mentalitetni shakllantiradi199.

Hozir jahon taqdiri va jahon tarixini hokimiyatni har qanday yo‘l bilan qo‘lga olishga va saqlab qolishga intiladigan tasodifiy siyosatdonlar ham, ulkan moddiy kuch-quvvatga ega iqtisodiy manfaatparast yirik sarmoyadorlar ham, urushqoq generallar ham, o‘z qadriyati va tasavvurlarini dunyoqarash tizimiga, fe’l-atvor aqidalariga aylantirishga zo‘r berib intilayotgan diniy aqidaparastlar ham, mavjud insoniy munosabatlarni oniy bir fursatda o‘zgartirish imkoniyatlariga ishonadigan inqilobchi-islohotchilar ham, haqiqatga yaqin gipotezalar va ijtimoiy taraqqiyot modellarini ilgari surayotgan faylasuf-talqinchilar ham belgilay ololmasligi aniq-ravshandir.

Bu sohada hozirgi paytda oxir-oqibatda ham lokal insoniy hatti-harakatlar bilan, ham jahon tarixiy jarayoni bilan bog‘liq holda namoyon bo‘layotgan omil - mentalitet ustivorlik qilmoqda. Binobarin, mentalitet individual va ijtimoiy xulq-atvorda tub ma’naviy - axloqiy, madaniy qadriyatlar va dunyoqarashning manbai bo‘lib ko‘zga tashlanmoqda.

O‘zaro kelishish va ommaviy namoyon bo‘la olish xususiyatiga ega bo‘lgan bu qadriyatlar muayyan shart-sharoitda o‘zining ulkan ma’naviy qudrati bilan har qanday moddiy-energetik ne’matlarning sohiblari yoki siyosiy hodisalar bilan kelisha olmaslik fazilatiga ham egadir. Boshqacha aytganda, insoniyat sivilizatsiyasi jarayonini u yoki bu tarixiy haqiqatlarni g‘oyat jiddiy, qiyosiy o‘rganish (bu albatta kerak) yo‘li bilan emas, balki faqat inson va jamiyat xulq-atvorining chinakamiga harakatchan, ijodiy kuchlari orqali, uning mental o‘lchovlari bilan bog‘lab to‘g‘ri tushunish mumkin. Xuddi shuningdek, kelajakka ham faqat insoniyat hamjamiyatining ustuvor aql-idroki va hayotiy qadriyatlari negizida qarash mumkin.

Tarixan tarkib topgan individual va ijtimoiy mentalitet u yoki bu xalqning madaniyati, dini, hayot tartibi, falsafiy g‘oyalari, ta’lim tizimi mahsulidir, boshqacha aytganda ma’naviy substansiyadir200.

Mentalitet bilan turmush tarzi o‘rtasidagi aloqadorlik ikkiyoqlama bo‘lib, bir tomondan, u yoki bu sotsiumga xos hayotiy faoliyatning harakteri uning mental afzalliklariga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa tomondan, bu ustuvorliklarning o‘zi, hayotiy qadriyatlar va ideallar jamiyatning hayotiy salohiyati, har bir avlod tomonidan o‘zining madaniy an’analari va axloqiy negizlarini himoya qilish va saqlab qolishga, ishlab chiqishga, ularni boyitish va rivojlantirish uchun intilishiga bog‘liq bo‘ladi. “O‘zgarayotgan muhit, tabiiyki, o‘zgargan yangi shaxslarni tarkib toptiradi. Hozirgi bozor sharoitida tabiiy tarkib topgan mulkiy farqlar, intellektual, axloqiy va estetik tafovutlar xalqimizning umumiy fe’l-atvori birligidan uzoqlashtirib mentalitetlar, harakterlar rang-barangligini yuzaga keltirmoqda. Bunday sharoitda xalqimiz o‘ziga xosligini belgilovchi, totuvligini ta’minlovchi mehr-oqibat, hurmat-izzat, hamdardlik, o‘zaro beg‘araz yordamga tayyorgarlik, sadoqat singari fazilatlarning odamlar orasidagi ta’siri, tarbiyaviy kuchi kamayishi xavfi tug‘ilmoqda”201.

SHuni alohida ta’kidlash kerakki, xalq madaniyatining mohiyat-mag‘zini mentalitet tashkil etadi. Unda insoniyat hamjamiyatining dunyoni idrok etishi, sezishi va dunyoqarashning, individual va ijtimoiy ongning, hatti-harakat hamda xulq-atvorning tarixan shakllangan eng muhim xususiyatlari aks etadi. Mental qadriyatlar o‘ta turg‘un, sust, faoliyatsiz, hatti-harakatsiz tarzda amalga oshiriladigan zo‘rma-zo‘raki o‘zgarish va tasodifiy inqilobiy-islohotlarga qarshi turadi. SHu bilan birga mentalitetning barqarorligi, turg‘unligi ham o‘zgarmaydigan narsa emas.

Mentalitetni o‘rganish bilan birga uni boshqarish ham o‘ta muhimdir. Asosiy narsa u qaysi yo‘nalishda, qanday maqsadda, qanday yo‘l bilan amalga oshiriladi, inson va jamiyatdagi qanday ezgulik yoki yovuzliklarga suyanadi, degan masaladir. Bu maqsadlarning mohiyat-mazmuni abadiy qadriyatlar asosida insonni ulug‘lash, o‘z tabiiy erkinligini anglab etishi, o‘z-o‘zini ijod qilishi, ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish bilan yoki, aksincha, insoniy individuallikni mahv etishi, uning tabiati ustidan zo‘rlik qilishi bilan belgilanadi. Mavjud qadriyatlar ilohiy vahiylik yoki insoniyatning ko‘p asrlik tajribasi jarayonida to‘plangan donoligining mumtoz ifodasidir, qolaversa, bu narsa ularning mavjudligi isboti hamdir. Bu, albatta, ideal va qadriyatlarning manbai haqidagi masalaga borib taqaladi.

Bugunning yoki kelajakning haqiqiy fojiasi, eng avvalo, kishilar va xalqlarning mentallik jihatidan bir-biri bilan kelisha olmasligidadir. Mental kelishmovchilik hozirgi sivilizatsiyaning haqiqiy ofatidir. XX asrda kuchlarning markazdan qochishi, bo‘linishga moyilligi, umumdan ajraluvchanlik xususiyati ularni birlashtiruvchilik faolligidan ustunlik qilmoqda. Turli mamlakat va xalqlar, kishilarning mo‘ljallari va yo‘l-yo‘riqlarini hisobga olib, ularni birlashtirishga qaratilgan faoliyatga qarama-qarshi o‘laroq, BMT va boshqa tashkilotlarning faoliyat natijalari hamon boshqa-boshqa, turli-tumanligicha qolib ketmoqda. Ularning har biri adolat va hayotiy maqsadlarga erishishda o‘z haq-huquqi, o‘z tasavvurlariga egadir, albatta. Ayni mana shu insoniy orzu-umid va intilishlar, «salohiyatlarning rang-barangligi» individual va ijtimoiy ongda tashqi nayranglar ta’sirini kuchaytirib va chuqurlashtirib, qarama-qarshilik, dushmanlik va zo‘rlikning zamini sifatida olamni butunlay harob etishi mumkin.

Turlicha mafkuralar va ijtimoiy tizimlar, milliy-etnik betoqatlik va millatlararo ziddiyatlar, jahon dinlari va sivilizatsiyaning ham lokal, ham geosiyosiy qarama-qarshiliklari mantig‘i faqat ana shunga olib kelishi mumkin. Xalqaro terrorizmni keltirib chiqargan va tarqalishiga sabab bo‘lgan omillar ham ana shulardan iborat. XX asrning ayanchli tajribasi ko‘rsatadiki, terrorizm mohiyatan individual buzg‘unchilikka bo‘lgan intilishlardan davlatlararo muammolarni hal etish quroli darajasigacha o‘sib etdi.

Eng xavfli jihati shundan iboratki, fan va texnikaning ulkan yutuqlari chuqur ma’naviy va mental qarama-qarshiliklarni oddiygina shaklda moddiylashtirib qo‘ymoqda, turlicha qutblarda anchayin o‘sib borayotgan antogonistik moddiy-ma’naviy potensiyalar global kuchlarni yuzaga keltirmoqda.

Ana shundan kelib chiqib o‘zga haqiqatlarga, boshqa mentallikka nisbatan munosabat ham belgilanmoqda. Ularni yo tushunish, yoki butunlay inkor etish ma’nosidagi murakkab vaziyat qaror topmoqda. Munosabatning birinchi ko‘rinishida, tabiiyki, sub’ektga xos aql-idrok, bag‘rikenglik, hamdardlik, oliyjanoblik, o‘zgalarga yaxshilik, fidoiy mentallikning ta’siri nazarda tutiladi.

Jamiyat ma’naviy hayotida mentalitet bilan bir qatorda ma’naviy qadriyatlar ham muhim o‘ringa ega.

Qadriyat– voqelikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma’rifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go‘zallik, axloqiy xislat va fazilatlar, an’ana, urf-odat, udum va boshqalar qadriyat hisoblanadi.

Qadriyatlar umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy bo‘lishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega tushuncha bo‘lib, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, hatti-harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, hatti-harakatini ma’lum yo‘nalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylandi. Inson butun umri davomida son–sanoqsiz qadriyatlar olamida yashaydi.

Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir.

Odamzodning yashashi, umrguzaronligi, farzandlari hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy sohalariga taalluqli bo‘lgan umumjamiyat miyosidagi qadriyatlar butun insoniyat va jamiyatga tegishli bo‘lganidan umuminsoniy qadriyatlar, deb ataladi. SHunday qadriyatlar ham mavjudki, ular muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o‘tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog‘liqdir. Ular milliy qadriyatlar, deyiladi. Eng oliy qadriyat – inson, uning faoliyati, turmush tarzi, hatti-harakati, ishonch-e’tiqodi, umr ma’nosi, xulq-odobi bilan bog‘liq shaxsiy qadriyatdir. Ammo, umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar boshqa qadriyatlar uchun umumiy mezon vazifasini o‘taydi.

Qadriyatlarning mazmun va tusiga qarab, ijobiy yoki salbiy jihatlarga ajratish mumkin.

Qadriyat iborasining kundalik hayotidagi ma’nosi kishilar o‘rtasidagi muloqot, ommaviy axborot vositalarida o‘ziga xos namoyon bo‘lmoqda, ya’ni, ko‘pchilik nazarida tabiat hodisalari, ijtimoiy voqealar, an’ana va marosimlar, madaniy boyliklar, narsalar (masalan, qimmatbaho buyumlar) qadriyat sifatida tushuniladi. Bundan tashqari, odamlar o‘zlari intilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga ham qadriyat tushunchasini qo‘llaydilar. Xullas, kundalik hayotda qadriyat iborasi odamlar uchun biror zarur ob’ekt, narsa, hodisa va b.ning bevosita o‘ziga nisbatan ishlatiladi. Narsa yoki buyumlarga, inson ehtiyojini qondirishiga qarab yondashilganida, asosan, ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi va ular hayotda katta ahamiyatga ega.

Qadriyatlar jamiyatning rivoji va kishilar hayotining turli davrlarida turlicha ahamiyat kasb etadi, tarixiy zarriyatga mos ravishda goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning eng oldingi pog‘onasiga chiqib oladi, boshqalarini xiralashtirganday bo‘lib tuyuladi. Natijada, ijtimoiy rivojlanish va taraqqiyot qonuniyatlariga mos ravishda oldinga chiqib olgan qadriyatni barqaror qilishga nisbatan intilish kuchayadi. Masalan, yurtni yov bosganida – ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida – istiqlol, urush davrida – tinchlik, tutqunlikda – erkinlik, kasal va bemorlik onlarida – sihat-salomatlik, iqtisodiy jihatdan tanglik kuchaygan davrda–moddiy ta’minlanganlik, totalitarizm davrida – demokratik qadriyatlar, ma’naviy jaholat kuchayganida – oshkoralikning ahamiyati oshib ketadi, ularga intilish kuchayadi.

Qadriyatlar turkumida milliy qadriyatlar alohida ahamiyatga ega. Milliy qadriyatlar xalqning kundalik hayoti va turmush tarzida o‘ziga xos mezonvazifasini o‘taydi. Ushbu qadriyatlar vositasida turli hodisa va holatlarga, yangi paydobo‘layotgan faoliyat turlari va rasm-rusmlarga baho beriladi. YOsh avlodning hayotiymo‘ljallari, “zamon qahramoni” haqidagi tasavvurlari ham ma’naviy qadriyatlardankelib chiqib shakllanadi.

“Xalqimiz sarchashmalarining ko‘zlari qaytadan ochilganligi, - deb yozadi I.Karimov, - jahon madaniyati yutuqlariga zo‘r hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizningmadaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har biravlodning o‘z o‘tmishiga, olijanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan qarash,ularni asrab - avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chog‘da hozirgi zamon jahonsivilizatsiyasi va ularga oshno bo‘lish zarurligi ravshan anglab etilganligi - manashularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizningmilliy o‘zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy etukligi va faolliginikuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi”202.

Milliy ma’naviy qadriyatlar ko‘p asrlik tarixga ega. O‘zbekistondagi tarixiyobidalar, madaniy yodgorliklar yo urf-odat va marosimlarni tahlil qilish, bularningpaydo bo‘lishi juda qadim zamonlarga borib taqalishini ko‘rsatadi. Masalan, “Avesto” bundan 2700 yil muqaddam 12 ming mol terisiga oltin xarflar bilan bitilgan bu asarpaydo bo‘lishi uchun undan avval ham kamida necha ming yillik davr o‘tganligi, teranhayotiy tajriba va hikmatlar to‘planganligi, shubhasiz. Bu asar yuksak madaniy hayot, falsafa va fan, hottotlik va mushtariylik rivojlanishi natijasida yaratilganligiuchun ham shu paytgacha o‘z qimmatini yo‘qotmadi.

Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va ko‘pqirrali tushuncha. U birinchidan, biror ob’ektning ijobiy yoki salbiy qimmatini ifodalasa, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi - baholovchi jihati(sub’ektiv qadriyatlar yoki ong qadriyat- lari) ni ifoda etadi. SHunga ko‘ra ob’ektiv(ashyoviy) va sub’ektiv (ong) qadriyatlari bir-biridan farqlanadi203.

Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi... qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir”204.

Milliy g‘oyani ob’ektiv anglashda qadriyatlar va ma’naviyat olamini bilish va uniamaliy o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat,jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy vama’naviy taraqqiyotga ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi205.

Qadriyat turlari:

1. Inson yashab turgan moddiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar.

2. An’analar, urf-odatlar va marosimlarda namoyon bo‘ladigan axloqiy qadriyatlar.

3. Insonning aql-idroki va amaliy faoliyati zaminida shakllangan mehnatmalakalari va ko‘nikmalari, bilim va tajribalari, qobiliyat va iste’dodlarida namoyonbo‘ladigan qadriyatlar.

4. Odamlar o‘rtasidagi jamoatchilik, hamkorlik, hayrihohlik, hamjihatlikkaasoslangan munosabatlarda namoyon bo‘ladigan qadriyatlar.

5. Kishilarning yoshi, kasbi, jinsi va irqiy xususiyatlari bilan bog‘lik bo‘lganqadriyatlar.

Qadriyatlarni xilma-xil shakl va turlarga ajratib o‘rganish mumkin:

1. Umuminsoniy qadriyatlar.

2. Mintaqaviy qadriyatlar.

3. Milliy qadriyatlar.

4. Diniy qadriyatlar.

Milliy ma’naviy qadriyatlar - ijobiy axloqiy sifatlarni takomillashtirish,davlat va millat rivojiga to‘g‘anoq bo‘ladigan salbiy illatlarni bartaraf etishomilidir. Milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlar orasida uzviy aloqadorlik, o‘zaro ta’sirmavjud bo‘lib, bu quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:

1. Milliy qadriyatlar milliy g‘oya uchun ma’naviy negiz, manba bo‘lib xizmat qiladi.

2. Milliy g‘oya qadriyatlarni boyitish, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish, odamlar ongiva qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish omili bo‘lib hisoblanadi.

3. Milliy g‘oya xalqning tub manfaatlari nuqtai nazaridan mavjud ma’naviyqadriyatlarga baho beradi, ijobiy jihatlarni rivojlantirish, salbiy holatlarni inkoretishning ma’naviy mezoni bo‘lib maydonga chiqadi206.

Qadriyatlarning xilma-xil shakllari mavjud: moddiy va ma’naviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy qadriyatlar jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha: iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, qadriyatlar, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qadriyatlar.

Moddiy qadriyatlar haqiqiy qadriyatlarning namoyon bo‘lish vositalaridir(masalan, hayotda kerak bo‘ladigan turli buyumlar). Insoniyat tarixi unga xizmatqiladigan, o‘zi yaratgan, suyanadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan qadriyatlar dunyosiningkengayishi, boyish va takomillashish tarixidir. Insoniyat o‘zining kundalik mehnatibilan yaratayotgan sun’iy narsalar dunyosida yashaydi. Biz yaratayotgan ushbu moddiy vama’naviy boyliklar olamining gultoji, sarasi qadriyatlardir. Milliy g‘oyaga asoslangan qadriyatlar va qadriyat mezonlari kishilarga, ularning xulq-atvorini tartibga solish vato‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi. Bunday o‘ziga xos boshqarishning samaradorligi kishilarimizning milliy g‘oya bilan bog‘liq qadriyatlar olamini bilishga bog‘liq.

Bugungi kunda ilg‘or davlatlar hayotining demokratik tamoyillari ham inson qadrini nechog‘li yuksaklikka ko‘tarishi bilan baholanadi. Mamlakatimizdagi tubo‘zgarishlar, islohotlarning mohiyati ham ana shu tamoyildan kelib chiqadi. Bu tamoyilni amalga oshirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan yangicha dunyoqarash, sog‘lom tafakkurning shakllanishi katta ahamiyatga ega.

Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida SHarq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq yillar davomida totalitar tuzumga qaramay o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari, an’analari saqlanibqolindi.

Qadriyatlarning hayotdagi o‘rni va ahamiyati baholash tufayli belgilanadi. Baholashesa insonlarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, qiziqishlaridan kelib chiqadi.

Ma’lumki, jamiyat a’zolarining ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari xilma-xil bo‘lib, ko‘pincha ular bir-biriga zid kelishi mumkin. SHuning uchun ham muayyan ijtimoiy guruhlar, millatlar, sinflar uchun oliy qadriyat bo‘lib hisoblanib kelingan tabiat vajamiyat hodisalari boshqalar uchun qadriyat bo‘lmasligi ham mumkin va aksincha. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tabiat va jamiyat hodisalarini qadriyat turkumiga kiritish va kiritmaslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, orzu-istaklari,maqsadlari bilan belgilanadi.

Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan, millat, elatva ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat vajamiyat hodisalari majmui tushunilmog‘i lozim. Zero, “Biz tarix sinovlaridan o‘tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to‘la javob beradigan, yillar o‘tgani sari qadri ortib boradigan g‘oya va tushunchalarni qadriyat deb bilamiz”207.

Insonning hayotida madaniy-ma’naviy qadriyatlar katta o‘rin egallaydi. Ungailmiy, texnikaviy va intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot,san’at, xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. Endilikda mintaqamizning boy ma’naviy madaniyati,uning noyob milliy qadriyatlari, bebaho falsafiy va ma’naviy merosi xalqimizning ruhiyati, ma’naviyatini yanada yuksak darajaga ko‘tarish uchun xizmat qilmoqda.

Jamiyat taraqqiyotida, inson hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ham alohida o‘rin tutadi. Erkinlik, tenglik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha e’zozlab, qadrlanib kelingan.

Umuman olganda, milliy ma’naviy qadriyatlarning har bir tarkibiy qismi ijtimoiy barqarorlikni qaror toptirish, xalqning mustaqilligini mustahkamlash va kelajagini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.




Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish