Ekologik ong tabiatga, uning boyliklariga, o‘simlik olamiga, hayvonot dunyosiga keltiriladigan g‘oyat katta zarur, xavf natijasida kishilarda paydo bo‘lgan achinish, xafa bo‘lish, vahimaga tushish, qayg‘urish va boshqa his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, kechinmalardan iborat. Ekologik ong tabiatning go‘zal olami, ijobiy boyliklaridan unumli, tejab-tergab foydalanib, o‘simlik, hayvonot olamini qirilib ketishining oldini olish, suv, havo, tuproq, tog‘ jinslarining zaharlanishini oldini olishga qaratilgan qarashlar g‘oyalar, nazariyalardan iborat.
Demokratik ong kishilarning ozodlik, erkinlik, ijtimoiy adolat, fikrlar xilma- xilligi, oshkoralik va mulohazalar erkinligi haqidagi his- tuyg‘ularning mujmuidir. Demokratik ong ham yangi hodisa, ammo chuqur tarixiy ildizlarga ega. Xalqlarning ozodlik, erkinlik, adolat, oshkoralik, mulohazalarining xilma- xilligi haqidagi o‘ziga xos intilishlari, qarashlari, udumlari asosida bunday ongning tarixiy zaminlari bor.
YUqorida ko‘rib o‘tgan ijtimoiy ong shakllari o‘zaro bog‘liq hamda taqozolangan bo‘lib, ular hamkorlikda inson dunyoqarashini tashkil etadi, shu bilan birga ijtimoiy faoliyat va munosabatlar mazmunini ham belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |