Hozirgi davrda fanlar tasnifi
Ijtimoiy va gumanitar
fanlar
|
Tabiiy fanlar
|
Texnikafanlari
|
Madaniy antropologiya
|
Astronomiya
|
Agronomiya
|
Arxeologiya
|
Biologiya
|
Aeronavtika
|
Geografiya (iqtisodiy)
|
Geografiya (tabiiy)
|
Ballistika
|
Lingvistika(Tilshunoslik)
|
Geologiya
|
Bionika
|
San’atshunoslik
|
Tibbiyot
|
Biotexnologii
|
Tarix
|
Tuproqshunoslik
|
Geomexanika
|
Kliometriya
|
Fizika
|
Geofizika
|
Mintaqashunoslik
|
Ximiya
|
Informatika
|
Madaniyatshunoslik
|
Psixologiya v.h.k
|
|
Aabiyotshunoslik
|
|
Kemasozlik
|
Pedagogika
|
|
Kulinariya
|
Siyosatshunoslik
|
|
|
Psixologiya
|
|
Kriptografiya
|
Dinshunoslik
|
|
Materialshunoslik
|
Soiologiya
|
|
Mashinashunoslik
|
Filologiya
|
|
Mexanika
|
Falsafa va falsafa tarixi
|
|
Nanotexnologiya
|
Iqtisodiyot nazariyasi
|
|
Robototexnika
|
Etnografiya
|
|
Sistemotexnika
|
Huquqshunoslik
|
|
Qurilish va Arxitektura
|
Kutubxonashunoslik
|
|
Tribologiya
|
Kitobshunoslik
|
|
Elektrotexnika
|
Hujjatshunoslik v.h.k.
|
|
Energetika v.h.k.
|
SHuningdek, matematika, mantiq, informatika va kibernetika kabi fanlar alohida – formal fanlar222 yoki mavhum (abstrakt) fanlar guruhini tashkil etadi.
Bu guruhlarning har biri o‘z predmetlari va metodlariga ko‘ra farq qiladi. SHu bilan birga, ular o‘z tor doirasida biqinib qolmasdan, bir-biri bilan aloqa qiladi, ayrim fan sohalarida guruhlar o‘rtasida oraliq holatni egallaydi. Bundan tashqari, mazkur kichik tizimlarning har biri bir-biri bilan bog‘langan muayyan fanlarning alohida tizimini hosil qiladi. Bu ularni mufassal tasniflash muammosini to‘la hal qilib bo‘lmaydigan darajada murakkablashtiradi. Hozirgi tabiiy fanlar predmeti va bilish metodiga ko‘ra mexanika, fizika, kimyo, biologiya, geologiya va h.k.ga bo‘linadi. Jamiyatshunoslik fanlari gumanitar va ijtimoiy fanlar (tarix, falsafa, sotsiologiya, iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik va sh.k.)ga bo‘linadi.
Biroq, shunga qaramay, V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda, “fan yakka va yagonadir. CHunonchi, fanlarning soni muttasil ko‘payib borayotgani, yangi fanlar vujudga kelayotganiga qaramay, ularning barchasi yagona ilmiy tizimli bog‘langan va mantiqan bir-biriga zid bo‘la olmaydilar”223.
Fanning taraqqiy etib borishi muayyan ob’ektiv qonunlar asosida kechadi, shuningdek ma’lum bir shart-sharoitlar hamda omillarni taqozo etadi.
Fan taraqqiyotining eng muximi qonuniyatlaridan biri ilmiy bilimlardagi differensiyalashuv va integratsiyalashuvdir. Inson olamning mohiyatiga qanchalik chuqurroq kirib borgani sari uning bilimlari tobora ortib boradi vashu asosda fanning yangidan yangi sohalari paydo bo‘ladi. Masalan, dastlab fizika fani mexanika, astronomiya, fizika fanlari sifatida mavjud bo‘lgan. Fizika sohasidagi bilimlarning rivojlanib borishi fizika doirasida yangi fan sohalari – qattiq jismlar fizikasi, molekulyar fizika, plazma fizikasi kabilarning shakllanishiga turtki berdi. Hozirda har bir fan ko‘pdan ko‘p sohalardan iborat. Masalan, tibbiyot fani doirasi 300dan ortiq mustaqil ilmiy sohalar mavjud. Ilmiy bilimlar taraqqiyoti fanlar sohalarining o‘zaro bir-biriga yaqinlashuvi zaruratining keltirib chiqaradi va bu yaqinlashuv integratsiya jarayoni deb yuritiladi. Geoximiya, gidrodinamika, biofizika, gen injeneriyasi, biotexnologiya, astrofizika fandagi integratsiya jarayonlari mahsuli sifatida shakllangan yangi sohalardir.
Fan taraqqiyoti jarayonida uning jamiyatdagi o‘rni ham o‘zgarib boradi. XIX asr oxiriga qadar fan ishlab chiqarishga nisbatan sekinroq taraqqiy etgani uchun ham ishlab chiqarishga ta’siri etarli darajada sezilmasdi. XX asrda fan tarakqiyoti texnika taraqqiyotidan o‘zib keta boshladi. Bu hol oqibatda, fan-texnika ishlab chiqarishdan iborat yagona tizimning shakllanishiga olib keldi, fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana boshladi. Bu jarayon hozirgi davrda yanada kuchaydi. Fanning jamiyat hayotining barcha sohalari bilan aloqasi jamiyatga ta’siri yanada kuchaydi. Hozirda jamiyatning ilmiy bilimlar ta’siridan xoli bo‘lgan biron-bir tomonini topish mushkul. Fan tobora jamiyat hayoti va taraqqiyotining etakchi omiliga aylanib bormoqda.
Differensatsiya va integratsiya jarayonlarining dialektik uyg‘unligi butun fan tarixini qamrab oladi. Har bir bosqichda ilmiy bilish fundamental kategoriyalar va tushunchalarni bilish shakllarining, tushuntirish metodlari, prinsiplari va chizma-tasvir sxemalarining muayyan majmuidan foydalanadi. Misol uchun, antik davr ilmiy tafakkuriga bilim olishning asosiy usuli sifatida kuzatish bo‘lgan bo‘lsa, YAngi davr sharoitida fan eksperimentga va analitik fikrlashni ustivorligiga tayanadi. Hozirgi zamon fani o‘rganilayotgan ob’ektlarni yaxlit va har taraflama qamrab olishga intiladi. Umuman olganda, fanga rivojlanishning ekstensiv va intensiv davrlari almashishi xosdir.
SHunday qilib, fan borliqning tabiiy, ijtimoiy qonunlarini, shuningdek fikrlash va bilish qonunlarini topishga yo‘naltirilgan bilimlarni ishlab chiqish va rivojlantirish demakdir. Fan inson faoliyatining muayyan sohasi bo‘lib, uning maqsadi tushunchalar, nazariyalar, gipotezalarning yaxlit sistemasi hamda ilmiy bilimning boshqa shakllari asosida ob’ektiv olamdagi narsalar va hodisalarni o‘rganishdan iborat.
Fanning vujudga kelishi va rivojlanishi, pirovard natijada, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, jamiyat taraqqiyoti, ehtiyojlari bilan belgilanadi. Barcha fanlarni bog‘lab turuvchi umumiy jihatlardan biri -ularning pirovard maqsadi bilan bog‘liq. YA’ni, ob’ektiv voqe’likdagi qonuniyatlarni ochish asnosida insoniyat ehtiyojlarini oqilona tarzda qondirish barcha fanlarga hos xususiyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |