Savol va topshiriqlar.
Tabiatshinoslik darslariga qanday talablar qo’yiladi?
Predmetli dars qanday tashkil qilinadi?
Tabiatshunoslik darslari orasida ekskursiya darslari qanday o’rin egallaydi?
Ekskursiya utkazishda qanday metodikadan foydalaniladi?
Tajriba uchastkasida o’tkaziladigan dars qanday tashkil
qilinadi?
Kino va teledarslar qanday o’tkaziladi?
1-sinf uchun tabiatda ekskursiya va kuzatishlar o’tkazilgandan keyingi izoxli o’qish reja va konspektisini tuzing.
Individual ishlar qanday olib boriladi?
Tanlangan mavzu bo’yicha o’qituvchilar ma’ruzani, ko’rgazmali qurollarni, ashulalarni, musiqali nomerlarni o’z ichiga olgan ertalik rejasini tuzing.
Savol va topshiriqlar:
Tayanch tushunchalar
Atrofimizdagi olam kursning asosiy vazifalari atrofdagi xayotning, tabiatning jism va xodisalari to’g`risidagi bolalar tasavvurlarini to’plash va sistemalashtirish, ularning odobiy-aqloqiy tajribalarini boyitish, to’g`ri xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish, oila azolariga muxabbat va g`amxorlikni, atrofdagi odamlarga e’tibor bilan munosabatda bo’lishi, narsalarga eҳiyotlik munosabatini, tabiatga ma’sulyatlan munosabatda bo’lishni o’lkaga, Vatanga muxabbatni tarbiyalashdir.
TABIATShUNOSLIK O’QITISh METODIKASI
FANLARI TIZIMI
Biologiya – atamai 1802 yilda bir biridan mustasno franstus olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, yunoncha bios ҳayot logos fan ya’ni ҳayot ҳaqidagi fan, degan ma’noni anglatadi. Biologiya qisqacha aytganda ҳayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to’g`risidagi fandir.
Anatomiya –grekcha - anateme, kesaman sщzidan olingan. Odam organizmining shaklini, tuzilishini, uning rivojlanish jarayonini o’rganadi. Ayni vaыtda ҳar bir a’zoning jinsiy jiҳatdan va yoshga qarab bo’lgan tafovutlari, shuningdek muҳit sharoitlarining a’zolar tuzilishi ҳamda vazifalariga ta’sirini o’rganadigan fan. Shuning uun ҳam anatomiya biologiya fanining bir qismi – morfologik fan bo’lib ҳisoblanadi.
Zoologiya–zoo ҳayvon va logos – ta’limot yoki fan ma’nosini anglatuvi greka so’zlardan kelib iqqan. Bu fan ҳayvon organizmi tuzilishi, ҳayvonlarning ko’payishi va rivojlanishi ҳamda xilma-xilligini o’rganadi. Ҳayvonlarning er yuzida tarqalishi, tabiatda va inson faoliyatidagi aҳamiyatini o’rganish va ularning kelib chiqishini ko’rsatib berish ҳam zooloniya fani vazifasiga kiradi.
Botanika- grekcha «botane» - ko’kat, o’t o’simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o’simliklarning ҳayoti, rivojlanishi, tashqi va iki tuzilishi, tarqalishi, o’tmishi, tabiat bilan bog`liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muҳofaza qilish usullarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |