Xo'jalikning natural shakli. Natural xo'jalik qadimiy xo'jalik tiplaridan biri bo'lib, ishlab chiqarilgan maxsulotlar faqat ishlab chiqaruvchilarning o'z extiyojlari uchun chiqariladi. Natural xo'jalik tovar ishlab chiqarishga qarama-qarshi bo'lib, xar bir ishlab chiqaruvchi o'zi uchun kerakli barcha maxsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Natural xo'jalik kapitalizmgacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda xukmron bo'lib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy mexnat taqsimotining to'la rivojlanmaganligini ifodalaydi. Natural xo’jalik shakli barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar-da mavjud bo’lib, ular bir-birlari bilan almashishi tufayli o’zgarib bordi. Qishloq ho’jaligining xukmronligi va ishlab chiqarishning bevosita iste’mol xarakteriga egaligi natural xo’jalikning muxim va belgilovchi xususiyatidir.
Natural ishlab chiqarishdagi mexnat tor doiralarda berk (yopiq) ishlab chiqarish organizmida ijtimoiy xususiyat kasb etadi, Insonlar o’rtasida ishlab chiqarish munosa-batlari bevosita namoyon bo’ladi. Konservatizm, an’anaviylik ishlab chiqarishning chegaralanganligi natural xo’jalik shakli uchun xos xususiyatlardir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti juda xam oddiy va sodda rivojlanish darajasiga ega. Natural xo’jalik tovar ishlab chiqarish tomonidan asta-sekin siqib chiqariladi va tovar ho’jaligi ustunlikka ega bo’ladi. Masalan, feodalizm sharoitida renta shakllarining rivojlanishi tufayli ishlab berish rentasi, don maxsulotlari, obrok pul rentasi o’tadi. Ya’ni rentaning natural shakllari pul rentasi bilan almashadi.
Xo’jalikning tovar shakli ijtimoiy ishlab chiqarishning ma’lum bir shakli bo’lib, insonlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar mexnat natijalari bo’lgan maxsulotlarining oldi-sotdi jarayonida amalga oshadi. Xo’jalikning tavar shakli va iste’molchilar o’rtasi-dagi munosabatlarning maxsus usuli bo’lib, ijtimoiy mexnatning aloxida talabi sifatida ayrim mexnatning yalpi ijtimoiy mexnatga qo’shilishini aks ettiradi. Tovar ho’jaligi natural xo’jalikka qarama qarshi bo’lib, u ishlab chiqaruvchining ma’lum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini talab qiladi. Tovar ho’jaligining asosi birinchidan, ijtimoiy mexnat taqsimotining rivojlanishi va xar bir ishlab chiqaruvchining ma’lum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilarning bir birlaridan ma’lum iqtisodiy aloxida-ligidirki, bu iqtisodiy mustaqillikda namoyon bo’ladi. Manashu shart-sharoit tovar ho’jaligini zarur qilib qo’yadi va uning rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Tovar ho’jaligi, yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy jamoa tuzumi oxirida vujudga kelib, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim ikkinchisi bilan almashuvi tufayli o’sib, rivojlanib bordi. Agar kapitalizmgacha bo’lgan ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda tovar ho’jaligi ikkin-chi darajali, tobe xolda bo’lgan bo’lsa, kapitalizm sharoitida jamiyat iqtisodining barcha tarmoq soxalariga kirib borib, bu jamiyatning elementar zarrasiga aylanadi. Xozirgi davrda tovar ho’jaligining klassik shakli asta-sekin davlatning ishlab chiqarish-ga aralashuvi, uni tartiblashtirishi natijasida xozirgi davrga moslashadi.
Tovar ho’jaligida tovar ishlab chiqarish o’ziga xos qarama-qarshiliklarga egadir. Bir tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilarning mexnati zarur bo’lib, ijtimoiy xarakterga ega. Ikkinchi tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilar mexnati aloxidadir. U o’zining xususiy mexnati sifatida amalga oshirib, o’z maxsuloti bozorda sotilgan sharoitdagina ijtimoiy xarakterga ega bo’ladi. Demak, tovar ishlab chiqarishga sarflangan mexnat bunday sharoitda xam ijtimoiy, xam aloxida xususiy mexnatdir. Aynan shu xolat tovar ho’jaligining asosiy ziddiyatini tashkil qiladi. Sababi ijtimoiy mexnat ta’siri rivojlanishi turli turdagi kasblarning ko’payishiga, bu o’z navbatida turli tuman maxsulotlarning bozorda paydo bo’lishiga olib keladi. Xususiy va boshqa aloxida mulklar ishlab chiqaruvchilarni bir-biridan ajratib, ular mexnatini ishlab chiqaruvchilarning xusuiy ishi qilib qo’yadi va raqobatga chorlaydi.
Tovar ho’jaligida, xususiy mexnat bilan ijtimoiy mexnat o’rtasidagi ziddiyat ishlab chiqarishni stixiyali sur’atda rivojlantiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasi-dagi raqobat va moddiy differentsiya kuchayib, ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning kuchli va ko’p miqdorda sifatli ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lganlarining yanada boyishi sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |