Pulning moxiyati va vazifasi. Qiymat va baxo. Tovar o’zi bozorga borol-maydi va bir biriga ayirbosh xam bo’la olmaydilar. Maxsulotlar tovar bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar bir birlari bilan qo’lidagi tovarini almashtirish xuquqiga ega bo’lishlari lozim. Ma’lum bir tovar egasi uchun bevosita iste’mol qiymatiga ega emas. Aks xolda u o’z tovarini almashtirish uchun bozorga olib chiqmasdan o’zi iste’mol qilishi mumkin va bu tovar boshqa ya’ni o’zga tovar ishlab chiqaruvchilr uchun iste’-mol qiymatiga egadir. Mazkur tovar iste’mol qiymati egasiga almashuv qiymati borligi va ayirboshlash vositasi sifatida axamiyatlidir.
Demak, ayirboshlashda tovarlar bir birlariga nisbatli bo’lganlari uchun ayirbosh-lanadi. Tovarning qiymat shakillari pul ko’rinishiga o’tguncha bir qator bosqichlardan bosib o’tadi. Tovar munosabatlarining dastlabki davrlarida qiymatning oddiy, tasodifiy shakli vujudga keldi. Masalan: bitta bolta=20kg bug’doyga teng.
Bitta bolta o’z qiymatini 20 kg bug’doyda ifodalanmoqda. Bunda bolta qiymati-ning nisbiy shaklida namoyon bo’ladi. Bug’doy boltaning qiymatini ifodalab, ekvi-valent vazifasini bajarmoqda. Qiymatning mazkur ko’rinishida 20 kg bug’doy bitta bolta bilan teng qiymatga egaligini bildiradi. Bitta bolta o’z qiymatini 20 kg bug’doy-ning iste’mol qiymati orqali o’lchanmoqda. Shuningdek, bolta o’zining natural shakli-dan qat’iy nazar, mustaqil ravishda qiymat shakliga ega bo’ladi va o’rin almashib, ekvivalent rolini bajarishi xam mumkin.
Bitta boltani 20 kg bug’doyga teng bo’lishi ularni ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan mexnat miqdorini tengligidandir. Qiymatning bu ko’rinishida ma’lum bir tovar qiymatning nisbiy shaklida ishtirok etsa, ekvivalent shaklini inkor etadi. Demak, aynan bitta tovar bir vaqtning o’zida xam qiymatning nisbiy shaklida xam ekvivalent ko’rini-shida namoyon bo’laolmaydi.
Qiymatning oddiy, tasodifiy shakli qiymatning nisbiy shakli bilan ekvivalent shaklining aloxidaligidir. Ayirboshlashda bu ikki xususiyat turli munosabatlarini ifoda-laydi. Bizning misolimizda qiymatning nisbiy shakli bo’lgan bolta o’z xolicha ayir-boshlash qiymati emas, ammo u ayirbosh qiymatiga ega. Boltaning qiymat ifodasi u bug’doyning ma’lum miqdori bilan ayirbosh bo’la olish xususiyatini bildiradi.
Shunday qilib, qiymatning oddiy, tasodifiy shakli qiymat shaklining bir ko’rini-shi bo’lib, bunda qiymat mustaqil ravishda amal qilmoqda. Tovar munosabatlarini taraqqiysi, ijtimoiy mexnat taqsimotining kengayishi natijasida qiymatning oddiy, tasodifiy shakli o’zining kengaygan to’la shakliga o’sib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |