9-MAVZU
:
SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR.
Reja:
1.Ijtimoiy psixologiyada shaxs ijtimoiylashuvi muammosi.
2.SHaxsning «Men» – obrazi va o’z-o’ziga baho berishi muammosi.
3.SHaxs dunyoqarashini va e’tiqodini o’zgartiruvchi omillar.
Tayanch
tushunchalar:
shaxs,
ijtimoiylashuv,
attraksiya,
motiv,
konformizm empatiya, ustanovka, altruizm, etnotsentrizm.
Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi.
Muloqot jarayonining xam, guruxiy jarayonlarning ham. egasi—sub’ekti
xamda ob’ekti aslida aloxida shaxs, konkret odamdir. SHuning uchun xam ijtimoiy
psixologiya aloxida shaxs muammosini xam urgandiki, uni usha turli ijtimoiy
jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nukdai nazardan
tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada xam, Yosh
psixologiyasi va pedagogik psixologiyada xam, differensial, xukukiy psixologiya
va psixologiyaning qator maxsus bulimlarida xam urganiladi. Har bir bulim yoki
tarmok uni uz mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taallukli bulgan
muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik
faoliyatning maxsuli, aloxida psixik jarayonlarning egasi deb xisoblasa,
sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
SHaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning uziga xosligi
shundaki, u turli guruxlar bilan bo’ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning
okibati sifatida karaladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologii avvalo biror guruxning a’zosi
xisoblangan shaxs xulk-atvori kanday konuniyatlarga buysunishini, shaxsning
mulokotlar siste-masida olgan ta’sirlari uning ongida kanday aks topishini
urganadi. Guruxning shaxs psixologiyasiga ta’siri kay yusinda sodir bulishi
ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy boglik bulsa, bu
ta’sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulkida bevosita kanday namoyon bulishi
ijtimoiy yul-yuriklar muammosi bilan boglikdir. Ana shular asosida shaxsda
shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bulishini
aniklagan xolda, shaxs xulk-atvorini boshkarish, mexanizmlarini ishlab chikish
ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Xulosa kilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yondashish uni ma’lum
guruxlarning a’zosi, konkreg sharoitida uziga uxshash shaxslar bilan mulokotga
kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.
SHaxs sotsializatsiyasi tug’risida gap ketarkan, uning fanda ko’pincha
“shaxs taraqqiyoti” yoki “tarbiyasi” tushunchalari bilan sinonimdek ishlatilishiga
aloxida e’tibor berish kerak. Lekin sotsializatsiya sof ijtimoiy-psixologik
tushuncha bulib, aytib utilgan tushunchalardan fark siladi.
Sotsializatsiya
— bu
individning ijtimoiy muxitga qushilishi, ijtimoiy ta’sirlarni uziga singdirishi va
aktiv ravishda muloqot sistemasiga kirib borishi jarayonidir. Bu jarayon ikki
tomonlama bulib, bir tomondan, shaxs aktiv ravishda ijtimoiy ta’sirlarni kabul
kiladi, ikkinchi tomondan esa, ularni hayotda uz xulk-atvorlari, munosabatlarida
namoyon etadi. Bu jarayon normal individda tabiiy tarzda ruy beradi, chunki
individda shaxs bulishga extiyoj xamda shaxs bulishiga imkoniyat va zaruriyat
bordir. SHuning uchun xam bola tugilib, ijtimoiy muxitga kushilgan ondan
boshlab, undagi shaxs bulishga intilishni, undagi shakllanish jarayonini kuzatish
mumkin (masalan, chakaloqlardagi bevosita emotsional muloqotga extiyojning
borligi).
SHaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishnning uz soxasi, bosqichlari va
muassasalari mavjud.
SHaxsning shakllanishi asosan uch soxada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita
yoki bilvosita jalb etilgan bulib, bu jarayonda faoliyatlar katalogi kengayib, boyib
borave-radi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va
kunikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni koniktirish yulidagi aktivligi unda
uziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) muloqot sohasi, ayniksa maktabgacha Yosh davrdagi va usmirlik
davrlaridagi mulokot sistemalari bolada bir kancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni
paydo kiladiki, buning natijasida u faol xayotiy mavksga ega buladi, jamiyatda uz
urnini tasavvur kilishga erishadi.
3) o’z-o’zini anglash soxasi, ya’ni ,,Men" obrazining yil sayin uzgarib
borishi jarayoni bulib, avval uzini boshkalardan farkliligini, uzicha mustakil
harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish kobiliyatini anglash, so’ngra esa o’z-uzini
baxolash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular xam faol shaxs
psixologiyasining tarkibii kismidir.
SHaxs sotsializatsiyasi, yukorida ta’kidlab utganimizdek bola tug’ilishi bilan
boshlansa-da, sezilarlik samaradorlik nuktai nazaridan uning boskichlari
farklanadi. Masalan. birinchi boskich—mexnat faoliyatigacha bulgan boskich
bulib, unga bolaning maktabgacha davri xamda ukish yillari kiradi. Bu davrdagi
sotsializatsiyaning axamiyati va uziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashki
ijtimoiy muxit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga sintdiriladi, mustakil xayotga
tayyorgarlik borasida muxim boskich o’tiladi.
Ikkinchi bosqich. — mexnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik
yillari bilan boglik bulib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita
faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega
bulib, anik xayot yulini tanlagan, turmush kurib, kelgusi avlodni tarbiyalayotpsh
shaxsda namoyon buladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning maxsulidir.
Nixoyat, uchinchi davr — mexnat faoliyatidan keyingi davr bulib, bunga asosan
aktiv mexnat faoliyatidan sung karilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda
xam shaxs sotsializatsiyasi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda
orttirilgan tajriba boshkalarga uzatiladi, shunga kura shaxs strukturasida xam
xususiy uzgarishlar ruy beradi.
Sotsializatsiya jarayoni ruy beradigan sharoitlar — muassasalar xususida
gapiriladigan bo’lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa
o’quv dargohlari, mehnat jamoalarinpng roli nazarda tutiladi.
Ijtimoiylashuv jarayonidagi muomala va muloqotning psixologik vositalari
Odamlar bir - birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy
ko’zlagan maqsadlaridan biri - o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatish, ya’ni fikr-
g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi
taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir - bu turli vositalar yordamida insonlarning
fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta’sir ko’rsata olishdir.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi.
Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir.
Bundagi asosiy vositalar so’zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so’zlashuv, o’zaro
muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi - so’zlar hisoblanadi. Monologik nutqda
ham, dialogik nutqda ham odam o’zidagi barcha so’zlar zahirasidan foydalanib,
eng ta’sirchan so’zlarni topib, sherigiga ta’sir ko’rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past
tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish,
yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab,
masalan, do’stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo’lsa, biz uning qay
darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib - pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan
«Albatta bajaraman!», desa ishonamiz, albatta.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz» dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda
bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari,
mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa,
undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, xidlar) kiradi. Ularning barchasi
muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq
bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki
daqiqalarida o’rtog’ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko’rganimdan biram
xursandman», desa, ishonasizmi?
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir - birlariga
ta’sir ko’rsatmoqchi bo’lishganda, dastavval nima deyish, qanday so’zlar
vositasida ta’sir etishni o’ylar ekan. Aslida esa, o’sha so’zlar va ular atrofidagi
harakatlar muhim rol o’ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan
formulasiga
ko’ra, birinchi marta ko’rishib turgan suhbatdoshlardagi
taassurotlarning ijobiy bo’lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%,
va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat
o’zgarishi mumkin albatta, lekin halq ichida yurgan bir maqol to’g’ri: «Ust-boshga
qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi».
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko’proq ta’sirga ega bo’lishi
sheriklarning rollariga ham bog’liq. Ta’sirning tashabbuskori - bu shunday
sherikki, unda ataylab ta’sir ko’rsatish maqsadi bo’ladi va u bu maqsadni amalga
oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq
ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o’rnidan turib kutib oladi, iltifot
ko’rsatadi, xol-ahvolni ham quyuqroq so’raydi va so’ngra gapning asosiy qismiga
o’tadi.
Ta’sirning adresati - ta’sir yo’naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo’lmasa, yoki adresat tajribalirok sherik bo’lsa, u
tashabbusni o’z qo’liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |