O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Fk=M/AF Bu yerda, Fk — asosiy fondlar qaytimi, M — mahsulot hajmi, Af — asosiy fondlar qiymati. Korxonaning aylanma fondi



Download 1,9 Mb.
bet125/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Fk=M/AF
Bu yerda, Fk — asosiy fondlar qaytimi,

M — mahsulot hajmi,

Af — asosiy fondlar qiymati.

Korxonaning aylanma fondi deb shunday fondlarga aytiladiki, ular faqat bir doiraviy aylanishda ishtirok etadi, o’zining qiymatini tovarga bir yo’la o’tkazadi va o’zining natural (buyum) shaklini saqlab qolmaydi. Bu fondlarga xom-ashyoollar, yordamchi materiallar, energiya, tugallanmagan ishlab chiqarish, qishloq xo’jaligida yem-xashak, boquvdagi xayvonlar, mevazorlar hamda ish xaq fondi kiradi. Sanoatda aylanma fondlarning salmog’i ancha yuqori bo’lib, taxminan fondlar tarkibida 80 foiz ulushni tashkil etadi.

Bozor iqtisodiy ho’ltida fondlar qiymatining har bir so’mi doimo nazoratda bo’ladi. Zero bu iqtisodiy holat tejamli, o’zini-o’zi qoplaydigan, o’ziga-o’zi mashul ho’jalik yuritish tizimidir. SHunga, ko’ra korxonaning daromad olish uchun yo’naltirilgan barcha vositalariga investitsiya deb ham nomlangan. Investitsiyalar avval avanslangan va yangidan avanslangan pul mablag’laridan tashkil topadi. Odatda ma’lum ishlab chiqarish davri uchun avanslangan mablag’lar yalpi investitsiyalar deb, yangidan avanslangan pul resursiga sof investitsiya deyiladi. Ko’rinib turibdiki, sof investitsiya ishlab chiqarish fondlarini yaxshilash takomillashtirish, fond sig’imini oshirish maqsadiga yo’naltiriladi.

Sof investitsiya ikki manbadan shakllantirilishi mumkin:

— korxonaning o’z jamg’armasidan; ular korxona foydasidan ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida yo’naltiriladi;

— xorijiy investitsiyalar, xomiy tashkilotlar va bank kreditlaridan; ular ishlab chiqarish maqsadiga safarbar etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti korxonalar fondlarini kengaytirish va yangilash maqsadlariga har ikki investitsiya manblatlarini kengroq, jalb etish masalasiga doimiy e’tibor berib kelmoqda. Natijada mamlakatimizda yangi korxonalar, texnologik liniyalar, tsexlar, kapital ta’minlangan korxonalar va ishlab chiqarish ob’ektlari ishga tushirilmoqda. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 fevraldagi Majlisida 2006 yilda xorijiy investitsiyalar, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar kam jalb qilinganni, bunga to’siq bo’layotgan qator sabablar ochib tashlandi.

Moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish har qanday sharoitda ma’lum chiqimlar ishlab chiqarish harajatlari bilan bog’liqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish harajatlarining ahamiyati yanada ortadi. Zero firmaning daromadi, ayniqsa, u oladigan foyda miqdori ana shu harajatlarga bevosita daxldor bo’ladi: harajatlar kam bo’lsa foyda ko’proq va aksincha bo’ladi.

Ishlab chiqarish harajatlari deganda firma (korxona), ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish omillari sotib olishga avanslagan chiqimlari tushuniladi. Albatta, bu chiqimlar miqdori, tarkibi turli sharoitlarda turlicha bo’ladi. Bozor iqisodiyoti shakllangan sharoitda xo’jalik yurituvchi soxibkor (tadbirkor) nuqtai-nazaridan ishlab chiqarish harajatlari shunchaki ma’lum natija olish uchun emas, balki qilingan chiqimlarning har bir birligiga ma’lum (o’rtachadan kam bo’lmagan) foyda olishni bildiradi. Demak, ishlab chiqarish harajatlari bilan ishlab chiqarish hajmi pirovard natijasi o’rtasida doimiy bog’liqlik bo’ladi.

Xozirgi zamon iqtisodiyotida ishlab chiqarish harajatlari ishlab chiqarilgan mahsulotga bog’liq, yoki bog’liq bo’lmagan nuqtai-nazaridan taklif qilinadi. Ishlab chiqarish harajatlari shu asnodan kelib chiqib tahlil etiladi va baholanadi.

Ishlab chiqarish harajatlarini sof iqtisodiy va buxgalteriya (hisob-kitob) nuqtai-nazaridan ham farqlanadi. Sof iqtisodiy nazariya jixatdan bu harajatlar ishlab chiqarish omillariga — moddiy-ashyoviy omillarga (ishlab chiqarish vositalari) va shaxsiy omillarga (ish kuchi omili) qilingan harajatlardan iborat bo’ladi. Buxgalteriya hsobi jixatidan soxibkorning harajatlari amortizatsiya (ishlab chiqarish qurollarining yemirilgan qiymati), xom ashyolar, yordamchi materiallar, zaxira qismlari, yoqilg’i va elektr energiya, ish xaqi, mahsulotni sotishga avanslangan (sarflangan) pul mablag’idir.

Buxgalteriya hisobotida ishlab chiqarish harajatlari tarkibi degan tushuncha ham mavjud. Harajatlar tarkibi deganda umumiy harajatlarda u yoki bu harajatlarning (chiqimning) salmog’i, xissasi tushuniladi. Bu tarkibiy tuzilishni aniqlashning iqtisodiy ahamiyati bor. Zero, ishlab chiqarish harajatlari tarkibida qaysi harajat yuqori (ko’p) bo’lsa, harajatlarni tejash imkoniyati o’shandan qidiriladi. Masalan, qishloq xo’jaligida, ayniqsa, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik, mevachilik soxalarida qo’l mexnati yuqori turadi va shunga ko’ra ish salmog’i yuqoridir. SHuning uchun qo’l mehnatini yengillashtirish bilan bog’liq chora-tadbirlar ko’riladi.

Sanoatda ayniqsa, tog’-kon, mashinasozlik, kimyo sanoati sohalarida mashina mexanizmlar, asbob-uskunalar, amortizatsiya harajatlari yuqori bo’ladi. Demak, ishlab chiqarish chiqimlari tarkibi masalasi iqtisodi qo’ltni tejamli tashkil etishda muhim omil sanaladi.

Doimiy, o’zgaruvchan, yalpi harajatlar. Tannarx. Ishlab chiqarish miqdori, xajmiga ta’siri nuqtai-nazaridan harajatlarni doimiy, o’zgaruvchan va yalpi harajatlar sifatida tavsiflanadi. Doimiy harajatlar shunday harajatlarki, ular ishlab chiqarish miqdoriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’ladi. Bular jumlasiga amortizatsiya ajratmasi (asosiy vositalarning yemirilishi) kredit, foizlar, soliqlar, qo’riqlash harajati, boshqaruv xodimlari maoshlari, sug’urta qilish kabilar kiradi. Ularni doimiy deyilishiga sabab shuki, har qanday ishlab chiqarishda bunday chiqimlar ob’ektiv zaruratdir, ishlab chiqarish xajmi qanday bo’lsa ham ularni mavjud bo’lishi tabiiydir. Biroq bu harajatlarning salmog’i va umumiy harajatlardagi hissasi o’zgarmaydi degani emas.

O’zgaruvchan harajatlar shunday harajatlarki, ular ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bevosita boqliq bo’ladi. Bunday harajatlarga hom ashyolar, materiallar, yoqilg’i-energetika sarflari, ishlovchilar miqdori kabilar kiradi. Zero, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yuqoridagi sarflar miqdoriga bevosita bog’liqdir, ya’ni ko’proq sarf qilinsa, ko’proq mahsulot olinadi va aksincha. To’g’ri, bir-birining o’rnini bosuvchi muqobil xom-ashyollar, material va yoqilg’ilar qo’llanishi mumkin. Biroq bu xol ishlab chiqarish miqdorigaa salbiy ta’sir etmaydi. Masalan, ma’lum mahsulot yaratish uchun avvalgidan ozroq ish kuchi sarflanishi mumkin. Biroq, boshqa harajatlar o’zgarmagan holda ishlayotgan xodimlarga oldingidek (ish xaqi fondi) ish xaqi sarflanadi, ya’ni ularning intensiv mexnati rag’batlantiriladi. Boshqacha aytganda, avvalgi ish xaqi fondi ozroq miqdordagi, biroq intensivroq ishlagan ishchilarga to’lanadi.

Yalpi ishlab chiqarish harajatlari ma’lum miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun umuman sarflangan harajatlardir, ya’ni doimiy va o’zgaruvchan harajatlar yig’indisidir. O’z navbatida yalpi harajatlar o’rtacha harajatlar, o’rtacha doimiy harajatlar, va o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar tariqasida ham ajralib turadi. O’rtacha harajatlar yalpi harajatlarning yalpi mahsulot miqdoriga nisbatan olingan harajatlar, o’rtacha doimiy harajatlar — doimiy harajatlarning yalpi mahsulot miqdoriga nisbatan olingan hosilasi bo’lsa, o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar — o’zgaruvchan harajatlarining yalpi mahsulot miqdoriga nisbatidan iboratdir.

G’arb iqtisodiyotida cheklangan harajatlar degan kategoriya ham qo’llanib kelinadi. Bu harajatlar har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga proportsional miqdorda sarflangan qo’shimcha chiqimlardir. Albatta, bunda boshqa sharoitlar (masalan, doimiy harajatlar) o’zgarmagan holatdagi natija tushuniladi. Yuqorida aytganimizdek, har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt oldida doimo bir muammo — resurslarning cheklanganligi muammosi ko’ndalang turadi. Xatto, u yoki bu resurs sirtdan karalganda beqiyos ko’p ko’rinishi ham mumkin. Masalan, O’zbekistonda, ayniqsa, Andijon viloyatida mexnat resurslari ortiqdek tuyuladi. Aslida ayrim tarmoqlarda, zamonaviy korxonalarda u yoki bu kasblardagi malakali ishchilar yetishmaydi.

Resurslar tanqisligi yoki cheklanganligi sharoitida firma muqobil harajatlarga qo’l uradi. Ma’nosi shuki, avvalgi an’anaviy mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechadi, kamroq, resurs talab qilinadi. Biroq, avvalgidek daromad keltiradigan mahsulot turini ishlab chiqishga o’tib ketadi. Firma (korxona) buxgalteriyasida ishlab chiqarish harajatlarining boshqa bir ifodasi bo’lgan tannarx kategoriyasidan foydalaniladi, ya’ni korxona mahsulotining tannarxi hisoblab boriladi.



Tannarx — firmaning barcha mahsulotga yoki mahsulot birligiga pul sifatida sarf qilingan harajatidir. Odatda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish tannarxi (to’la tannarx) kabi ko’rsatkichlar farqlanadi. Tannarx u yoki bu mahsulot faoliyat mahsuli firmaga qanchaga tushganligini ko’rsatadi. Korxona foydasi tannarx bilan mahsulotning yalpi qiymati o’rtasidagi miqdoriy farqdan tashkil topadi. SHu ma’noda korxona uchun tannarx, ishlab chiqarish harajatlari degan ko’rsatkichlarning ahamiyati beqiyosdir. SHuni ta’kidlash kerakki, bozor iqtisodiqo’ltiga o’tish davrida tovarlar (xizmatlar) taklifining talabga nisbatan past bo’lishi oqibatida mahsulot tannarxi masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqdadir. Zero, bozorning to’yinmaganligi tufayli, narxlarning ancha yuqori bo’lishi tufayli tannarxi yuqori tovarlarning ham sotilishi, hatto foyda keltirishga ham sabab bo’layotir. Biroq, bu vaqtinchalik, o’tish davri uchun harakterli holat ekanini unutmaslik lozim. Demak, tannarxni kamaytirishga qaratilgan harakatni to’xtatmaslik lozim. Aslida kam harajat qilib ko’proq samaraga erishish yoki aynan o’sha harajat bilan ko’proq natija olish iqtisodiyotning, iqtisodiy faoliyatning bosh mazmunini tashkil etadi.

Firma (korxona) daromadi va foyda. Firma (korxona) daromadi deganda uning iqtisodiy faoliyati natijalarini sotishdan tushgan pul tushumlari tushuniladi.

Aslida pul tushumlari (daromad) asosan mahsulotlar (xizmatlar) sotishdan vujudga kelsa ham, amaliy holatda ularga qo’shimcha yana mulkni xususiylashtirishdan, aktsiyalar sotish, dividentlar olish, kreditga berilgan pullarga tushgan foizlar va boshqa manbalardan ham shakllanadi. Korxona daromadining bir qismi ishlab chiqarishni yangilash, xo’jalikni kadrlar va moddiy jixatdan mustaxkamlash hamda boshqa xo’jalik faoliyati harajatlarini qoplash maqsadlariga yo’naltirilsa, boshqa qismi korxona foydasini tashkil etadi.

Boshqacha qilib aytganda, firma daromadi bilan ishlab chiqarish va sotish harajatlari tannarx o’rtasidagi miqdoriy farq, firma foydasidir. Buni quyidagi formula bilan tavsiflash mumkin:



Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish