O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Kartoshka bozor taklifi va talabi



Download 1,9 Mb.
bet106/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Kartoshka bozor taklifi va talabi.

Taklifning haftalik 1 kg narxi so’m Talabning xaftalik Oshiqcha (+)

umumiy miqdori umumiy miqdori yoki kam (—)
12000 100 2000 +10000

10000 70 4000 +6000

7000 40 7000 0

4000 20 1000 -3000



1000 10 16000 -15000

3-jadvalning 1 - va 2-qatorida kartoshkaning bozor taklifi keltirilgan, 2- pa 3-qatorida esa kartoshkaning bozor talabi berilgan. 2-qatorda turli narxlar ko’rsatilgan. O’rtada raqobat bor deb faraz qilamiz, ya’ni bozorda ko’p sonli sotuvchilar va oluvchilar qatnashadi. Bu yerda bir savolga javob topishimiz kerak: oldimizda kartoshkani bozorda sotilishi mumkin bo’lgan imkoniyatdagi 5 ta narx turibdi, Shulardan qaysi biri haqiqatdan ham kartoshkaning bozor narxi deb tan olinadi? Bu savolga javob topish uchun 3-jadvalni oddiygina tahlil etamiz. Avvalo 100 so’m narx kartoshkaning bozor narxi bo’la oladimi? Aqillik bilan, yo’q deb javob beramiz. Negaki ishlab chiqaruvchilar kartoshka narxi 100 so’m bo’lsa, u mahsulotdan 12000 kg ishlab chiqib, bozorda sotish uchun olib chiqishlari mumkinligini izxor etadilar. Sotib oluvchilar esa, bu narxda xaftasiga faqat 2000 kg kartoshka sotib olishlari mumkinligini bildiradilar. Boshqacha qilib aytganda, 100 so’m narx ishlab chiqaruvchilarni ko’proq kartoshka ishlab chiqarishga undaydi. Sotib oluvchilarni esa, bu baland baho taklif etilayotgan miqdordagi kartoshkani to’laligicha sotib olish xoxishini so’ndiradi. Kartoshka narxi yuqori bo’lganidan, iste’molchilarnimg ko’pi kartoshka o’rniga arzonroq boshqa o’rinbosar mahsulotlarni sotib oladilar. Buning natijasida bozorda 10000 kg kartoshka sot ilmay qoladi yoki kartoshka ortiqchaligi vujudga keladi. Go’yoki 100 so’m narxda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketgandek bo’ladi. Dehqonlar hlida ushbu maxsulotning keraksiz zaxirasi vujudga keladi. Shunday ekan 100 so’m narx bozorda uzoq vaqt amal qila olmaydi. Katta miqdordagi kartoshka ortiqchaligi raqobat olib borayotgan ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Faqat shu yo’l bilangina ular iste’molchilarni kartoshkani ko’proqdan sotib olishlariga qiziqtirishlari mumkin. Narx 70 so’mgacha pasaytiriladi. Endi holat sezilarli o’zgaradi. Pastroq narx sotib oluvchilarni bozordan ko’proq kartoshka sotib olishlariga imkon beradi, Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqaruvchilarning kartoshka ishlab chiqarishlarini qisqartirishlarni ta’minlaydi. Natijada kartoshka ortiqchaligi 6000 kg gacha ozaydi. Lekin taklif ortiqligi yana bo’lyapdi. Sotuvchilar o’rtasidagi raqobat narxi yana ham tushiradi. Binobarin, 100 so’m narx va 70 so’m narx beqaror narxlar ekan, chunki ular «o’ta baland» kartoshkaning narxi 70 so’mdan pastroq bo’lishi kerak. Bozor narxini shakllanishida talabning roli qanday ekan? Bu savolga javob topish uchun 3-jadvalning narxlar qatorini oxiridan tahlilni boshlaydi. Tasavvur qilaylik kartoshkani bo’lishi mumkin bo’lgan bozor narxi 10 so’m bo’lsin. Bo’nday narxda kartoshka miqdori 16000 kg talab va taklif o’rtasidagi farq, 15000 kg bo’lyapdi, ya’ni taklifga nisbatan talabning miqori 15000 kg oshiq bo’lyapdi. Nisbatan past narx kartoshka ishlab chiqaruvchilarning xafsalasini pir qiladi. Ular o’z resurslarini ma’lum qismini kartoshka ishlab chiqarishdan olib boshqa sohaga yo’llaydilar. Xuddi shu narx iste’molchilarni balandroq narxda sotib olishlarini mo’ljallaganlariga qaraganda ko’proq kartoshka sotib olishlariga undaydi. Natijada ortiqcha talab vujudga keladi. 10 so’m narx bozorda uzoq vaqt amal qilmaydi. Juda ko’p sotib oluvchilarga kartoshka etmay qolganligi uchun raqobat ta’sirida narx 10 so’mdan 20 so’mgacha oshiriladi. Ko’p iste’molchilar kartoshkasiz qolganlaridan ko’ra har bir kg kartoshkaga 20 so’m to’lashga rozi bo’ladilar. 20 so’m narx kartoshka etishmasligini ancha qisqartiradi, ammo buto’nlay yo’qota olmaydi. 20 so’m narxda dehqonlar o’z resurslarini ishlab chiqarishda yo’llashga tayyorligini bildiradi. Sotib oluvchilarni bir qismi esa 20 so’m narxda kartoshka sotib olishdan qaytadi, kartoshka o’rniga o’ndan arzonroq boshqa mahsulotlarni sotib olishadi. 20 so’m narxda 3000 kg kartoshka yetishmasligi bo’lyapdi. Sotib oluvchilar o’rtasidagi raqobat kartoshka narxini 20 so’mlik darajada balandroqqa ko’tarishni talab qiladi. Biz sinab ko’rmagan 40 so’m narx qoladi. Endi shu narxni ko’rib chiqaylik. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xudi Shu narxda taklifning xaftalik umumiy miqdori bilan talabning xaftalik umumiy miqdori teng kelyapti. Buning natijasida bozorda mahsulot ortiqchaligi ham, mahsulot etishmasligi ham bo’lyapdi. Ko’rib o’tdikki, mahsulot ortiqchaligi narxni pastga qarab itaradi, mahsulot yetishmasligi esa, narxni yuqoriga ko’taradi. O’z o’zidan ko’rinib turibdiki, 40 so’m narxda ortiqchalik ham, etishmaslik ham bo’lmaganidan, bu narxning o’zgarishiga xojat yo’q. Talab va taklifni tenglashtiruvchi narxni iqtisodchilar bozor narxi yoki muvozanat narx deb atashadi. Muvozanat narxi ishlab chiqaruvchilarning sotish xaqidagi qarori va iste’molchilarning sotib olish xaqidagi qarori o’zaro muvofiqlashuvi faqat 40 so’m narxda yuz beryapti.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish