Talab tushunchasi. Iqtisodiy holatda turli voqea va xodisalar bo’lib turadi. Aytaylik, qish ketib bahor kirib kelyapti. Do’kon egasi fahmlab qoldiki, do’konda ko’plab qishki ust-bosh va oyoq-kiyimlar sotilmay qolib ketyapti. Nima qilish kerak? Balki, bu narsalarni narxini arzonlashtirib sotishni uyushtirish kerakdir. Zo’r fikr! Chunki haridorlar bahorda qishki ust-boshlarni narxi arzon bo’lgan taqdirdagina sotib olishadi. Shu yo’l bilan bahorda qishki mahsulotlarga talabni oshirish mumkin.
Talab iste'molchilarning muayyan davrda bozorda taklif etilayotgan narxlarni har birida sotib olishga tayyor holi yoki sotib olishga qodir mahsulotlar miqdorini bildiradi. «Sotib olishni istaydi», «Sotib olishga qodir»,—degan gaplar bo’lib turadi. Istakning asosida extiyoj yotadi. Bir extiyojning o’zi yetarli emas. «Extiyoj», «Qodir»lik bilan, ya'ni sotib olishga yetadigan pul bilan mustaxkamlanishi kerak, xaqi to’lanmaydigan istakni bozor hisobga olmaydi. Binobarin, talab — bu shunchaki istak, extiyoj emas, balki to’lovga qodir pul bilan ta'minlangan istak, extiyojdir.
Bozor talabiga narxsiz ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iste’molchilar didi yoki afzal ko’rishi;
2. Bozorda iste’molchilar soni;
3. Iste’molchilarning pul daromadi;
4. O’rinbosar va bir biriga bog’liq bo’lgan tovarlar;
5. Kelgusi narx va daromadlar bo’yicha kutilayotgan o’zgarishlar.
1) Iste'molchilar didi. Reklama yoki modani o’zgarishi tufayli muayyan mahsulotga nisbatan iste’molchilarning qulay did yoki afzallik berish shakllansa, narxda talab oshadi va talab chizmasi o’ngga siljiydi.
Ayrim mahsulotlarga nisbatan iste’molchilar didida noqulay o’zgarishning yuz berishi talabni ozaytiradi va talab chizig’ini chapga siljitadi. Masalan pal’to, plash va kurtkalarni bozorda paydo bo’lishi va iste’molchilarda ularga nisbatan qiziqish uyg’onishi, milliy to’n va choponlarga talabni keskin qisqartiradi. Kompakt-disklarni vujudga kelishi esa, plastinkalarga bo’lgan talabni kamaytirdi va hokazolar.
2) Iste’molchilar soni. O’zbekiston aholisining deyarli yarmidan ko’prog’i qo’shiladilar. Ularning soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Shunga muvofiq ravishda, go’daklar, bolalar, o’smirlar va qariyalar bosh mahsulotlarga: oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, maktab va boshqa o’quv yurtlariga, o’quv qurollariga, adabiyotlariga talab oshyapti. Aholining tabiiy ko’payishi tobora kamayib borayotgan qator Evropa davlatlarida esa bu mahsulotlarga talab ozayib boryapti.
3) Iste'molchilar daromadi. Aholiga pul daromadlaridagi o’zgarishlar talabga ta’siri murakkabroq kechadi. Pul daromadlarining oshuvi ko’p tovarlarga nisbatan talabni oshiradi. Daromadlar osha borgan sari ko’proq go’sht, meva-cheva, shirinliklar, ichimliklar sotib oladi. Va aksincha, aholi daromadlari kamayib borsa, bo’nday mahsulotlarga talab qisqaradi. Aholining pul daromadlari oshib borgan sari, ularning narxi qimmatroq, sifatliroq, tovarlarga talabi oshadi. Ko’rimsizroq kiyim-kechaklarga, poyafzallarga, ko’rimsizroq avtomobillarga, radio, televizorlarga talabi kamayadi. Pul daromadlari oshib boruvchi tovarlarni yuqori kategoriyali holi normal tovarlar deb ataladi. Daromadlar ko’paysa talab kamayadigan, daromadlar kamaysa, talab ko’payadigan tovarlar (oddiy kiyim kechaklar, oddiy poyafzallar, oddiy idish tovoqlar va.h. k.) quyi kategoriyalardagi tovarlar deyiladi.
4) O’rinbosar hamda bir-biriga bog’liq narx. Talabning o’zgarishiga o’rinbosar tovarlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi ham ta’sir qiladi. Agar muayyan tovarning o’rinbosarlari ko’p bo’lsa samolyoltda chipta bahosi juda oshib ketsa, posajirlar chiptasi arzonroq, qo’l poezdni, qo’l avtomobilni, qo’l kemani afzal ko’radilar, narx bo’yicha o’nga bo’lgan talab o’zgaruvchan va aksincha kerakli o’rinbosar tovarlarga (ekin ekiladigan er, birinchi xolatiy extiyoj tovarlari asosiy o’quv qo’yilmalari) ega bo’lmasa, narx bo’yicha talab noo’zgaro’yvchan bo’ladi. Buni misollarda ko’rib chiqamiz. Tufliga bo’lgan narx oshib ketsa, iste’molchilar uni kamroq sotib oladilar, arzon baholi shippak va kalishlarga talab oshib ketadi. Va aksincha, tufli narxi pasaysa, iste’molchilar ko’proq pullarini ko’proq tufli sotib olishga sarflashadi, Shunga muvofiq ravishda shippak va kalishga bo’lgan talab qisqarib ketadi. Qisqasi ikkita tovar bir birini o’rnini bossa, ulardan birini narxi bilan boshqasiga talab o’rtasida turli aloqadorlik bor. Non, tuz, guruch kabi mahsulotlar yashash uchun juda zarar mahsulotlardir. Ularning narxi oshib ketgan chog’da ham, pasayib ketgan chog’da ham ularga bo’lgan talabda sezilarli o’zgarish bo’lmaydi. Shunga ko’ra talab chizmasining og’ishida ham o’zgarish kam bo’ladi. Shunday tovarlar guruxi borki, ular bir-birlarini to’ldiruvchi hisoblanib, birga «odimlaydi»lar. Ularga talab bir vaqtda qo’yiladi, borlangan talabga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |