Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif - ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va muayyan paytda bozorga chiqarilgan yoki keltirish mumkin bo’lgan jami tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Bozorda taklif qilinadigan tovar miqdoriga faqat narx ta’sir etmaydi. Taklifning o’zgarishiga sabab bo’luvchi boshqa omillar ham bor. Bo’lar:
1. Resurslarni narxi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliqlar va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlar narxi;
5. Narxning oshish ehtimoli;
6. Bozordagi sotuvchilar soni kabilar.
1) Resurslar narxi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar sarflaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish harajatlari bilan taklif o’rtasida juda yaqin aloqa bor. Korxonalar taklif chizmasi ishlab chiqarish harajatlariga asoslanadi. Mahsulotning qo’shimcha birligiga korxona yuqoriroq, narx qo’yishi lozim, chunki ushbu qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish katta harajat talab etadi. Resurslar narxining pasayishi ishlab chiqarish harajatlarini qisqartiradi va taklifni oshiradi, ya’ni taklif chizmasini o’ngga jildiradi. Masalan, gazlama, ip narxining pasayishi yuz bersa, kiyim-kechak taklifi oshishini kutish mumkin. Va aksincha, resurslar narxi ko’tarilishi ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi, taklif chizmasi chapga siljiydi. Masalan, temir rudasi va koks narxining oshuvi po’lat ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va po’lat taklifini qisqarishiga olib boradi.
2) Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarishda takomillashuv shuni bildiradiki, yangiliklarni yaratilishi va ishlab chiqarishda qo’llanilishi resurslarni kamroq, ishlatib, mahsulot birligi samaraliroq, ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning muayyan narxlarda ishlab chiqarish harajatlari kamayadi, taklif esa ko’payadi.
3) Soliqlarni qo’yilishiga korxonalar ishlab chiqarish harajati deb qaraydilar. Shuning uchun, mulkka yoki sotishga soliq miqdorini ko’payishi harajatlarni ko’paytiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, soliqlarni kam bo’lishi, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dotatsiyalar berilishi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiradi va taklif oshadi.
4) Boiqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlarni narxdagi o’zgarishi ham mahsulot taklifi chizmasini o’zgartirish mumkin. Pomidor narxining pasayib ketishi, dehqonlarni bodring etishtirib amalda bo’lgan narxlarda sotish uchun ko’proq olib chiqishga qiziqtiradi. Va aksincha, pomidor nraxining ko’tarilishi, dexqonlardan bodring etishtirish va uni bozorga olib chiqishini kamaytirishni talab qiladi. Firma ayollar ko’ylagini tikar edi. Vaqt kelib atlas ko’ylak narxi ko’tarilib ketdi deylik. Firma ko’ylagini tikishni kamaytirib, atlas ko’ylak tikishga kirishadi. Ushbu ko’ylak taklifi qisqaradi, atlas ko’ylak taklifi esa oshadi.
5) Narxning oshish ehtimoli. Mahsulotlar narxini kelajakda o’zgarishni kutish, joriy vaqtda ishlab chiqaruvchilarning tovar olib chiqish xoxishga ta’sir etadi. Aytaylik, piyoz narxi bozorda juda qimmatlaydi, degan mish-mish gap tarqaldi. Bozorda joriy vaqtda piyoz taklifi sezilarli qisqardi. Va aksincha, dehqon o’z piyozlarini bozorda sotish uchun joylab qo’yyapti. Bahorda piyoz rosa arzon bo’ladi, degan mish-mishni tarqalishi joriy vaqtdagi piyoz taklifini ko’paytiradi.
6) Sotuvchilar soni. Har bir korxonaning muayyan ishlab chiqarish xajmida, yetkazib beruvchilar soni qanchalik ko’p bo’lsa, bozor taklifi shunchalik oshadi. Muayyan tarmoqda ko’plab firmalarning kirib kelishi, taklif chizmasini o’ngga siljitadi. Va aksincha, muayyan tarmoqdan bor qancha firmani chiqib ketishi taklifni qisqartiradi va taklif chizmasini chapga siljishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |