O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Taklif tushunchasi. Taklif qonuni



Download 1,9 Mb.
bet104/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif - ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va muayyan paytda bozorga chiqarilgan yoki keltirish mumkin bo’lgan jami tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Taklifni ishlab chiqaruvchilarning muayyan vaqtda bozorda amalda bo’lgan narxlarning har birida sotish yoki ishlab chiqib taklif qilishni xoxlovchi turli miqdordagi mahsulotlarni ko’rsatuvchi jadvalda ifodalasak bo’ladi.

2-jadval.

Yakka ishlab chiqaruvchining uzum taklifi.

1 kg narxi - - so’m Xaftalik taklif miqdori - - kg

500 700

400 550

300 400

200 200

100 100

Bu jadvaldagi ma’lumotlar ishlab chiqaruvchining qator muqobil imkoniyatlarini ko’rsatadi. Taklif, boshqa omillar o’zgarishsiz qolgani holda, turli narxlarda sotish uchun bozorga qancha miqdordagi mahsulot kiritilishi mumkinligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, taklif, ishlab chiqaruvchilar turli miqdordagi tovarlarni bozorga olib chiqishlari uchun narxlar qanday bo’lishi kerakligini ham ifodalaydi. 2-jadval narx va bozorga olib chiqiladigan mahsulot miqdori o’rtasida ijobiy holi to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlik borligini bildiradi. Narxlarning oshib borishi bilan shunga muvofiq ravishda taklif miqdori kamayadi. Narx va taklif miqdori o’rtasidagi bu o’ziga xos aloqa taklif qonuni deyiladi. Taklif qonuni shuni bildiradi: yuqori narxlarda ishlab chiqaruvchilar past narxlardagiga nisbatan ko’proq mahsulotni ishlab chiqarishga va taklif etishga harakat qilishadi.

Esga olaylik, narx iste’molchi nuqtai nazardan ushlab qoluvchi to’siq sifatida namoyon bo’ladi. Yuqori narx ko’rinishidagi to’siq shuni bildiradiki, pul to’lovchi rolda qatnashuvchi iste’molchilar bu bahoda nisbatan ozroq mahsulot sotib oladilar: narx-to’siq, qanchalik past bo’lsa, iste’molchilar shuncha ko’p mahsulotni sotib ola boshlaydilar. Mahsulotni etkazib beruvchilar mahsulot uchun xaq oluvchilar rolida qatnashadi. Ular uchun narx har bir birlik mahsulot uchun keladigan tushum sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra narx mahsulotlarining ishlab chiqarish va bozorda sotish uchun olib chiqish rag’bati bo’lib xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar foyda ko’rish ishtiyoqida bo’lganlaridan, narx qancha yuqori bo’lsa shuncha ko’p mahsulot ishlab chiqaradilar va sotish uchun bozorga olib chiqadilar. 2-jadval ma’lumotlari asosvda to’zilgan talab harakati chizmasi ko’rsatib turibdiki, boshqa shart-sharoitlar o’zgarishsiz qolgani holda narx oshib borgan sari taklif miqdori oshib boryapti. Narx va taklif miqdorlaridan o’tkazilgan perpendikulyar uchrashgan nuqtalar o’zaro birlash-tirilsa, quyidan yuqoriga, o’nga siljib boruvchi chiziq hosil bo’ladi. Bu chiziq taklif qilingan tovarlar miqdori bilan ularning narxi o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi.


O 100 200 300 400 500 600 700 800 900

3-rasm. Taklif harakatining chizma ifodasi.

Bozorda taklif qilinadigan tovar miqdoriga faqat narx ta’sir etmaydi. Taklifning o’zgarishiga sabab bo’luvchi boshqa omillar ham bor. Bo’lar:

1. Resurslarni narxi;

2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;

3. Soliqlar va subsidiyalar;

4. Boshqa tovarlar narxi;

5. Narxning oshish ehtimoli;

6. Bozordagi sotuvchilar soni kabilar.
Taklif o’zgarishi ushbu omillarning biri yoki bir nechtasi ta’sirida mahsulot taklifi chizmasi o’ngga yoki chapga siljiydi. O’ngga, ya’ni A dan A1 gacha siljish taklif ko’payganligini bildiradi: ishlab chiqaruvchilar bozorda amalda bo’lgan har bir narxda sotish uchun katta miqdorda mahsulot olib chiqadilar. Chapga, ya’ni A dan A2 gacha siljish esa, taklifni qisqartirilganligni bildiradi: ishlab chiqaruvchilar amal qilishi mumkin bo’lgan har bir narxda sotish uchun bozorga oz miqdorda mahsulot olib chiqadilar. (4-rasm). Endi narxdan tashqari omillarning taklifga ta’sirini ko’rib chiqaylik:

1) Resurslar narxi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar sarflaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish harajatlari bilan taklif o’rtasida juda yaqin aloqa bor. Korxonalar taklif chizmasi ishlab chiqarish harajatlariga asoslanadi. Mahsulotning qo’shimcha birligiga korxona yuqoriroq, narx qo’yishi lozim, chunki ushbu qo’shimcha mahsulotni ishlab chiqarish katta harajat talab etadi. Resurslar narxining pasayishi ishlab chiqarish harajatlarini qisqartiradi va taklifni oshiradi, ya’ni taklif chizmasini o’ngga jildiradi. Masalan, gazlama, ip narxining pasayishi yuz bersa, kiyim-kechak taklifi oshishini kutish mumkin. Va aksincha, resurslar narxi ko’tarilishi ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi, taklif chizmasi chapga siljiydi. Masalan, temir rudasi va koks narxining oshuvi po’lat ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va po’lat taklifini qisqarishiga olib boradi.

2) Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarishda takomillashuv shuni bildiradiki, yangiliklarni yaratilishi va ishlab chiqarishda qo’llanilishi resurslarni kamroq, ishlatib, mahsulot birligi samaraliroq, ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning muayyan narxlarda ishlab chiqarish harajatlari kamayadi, taklif esa ko’payadi.

3) Soliqlarni qo’yilishiga korxonalar ishlab chiqarish harajati deb qaraydilar. Shuning uchun, mulkka yoki sotishga soliq miqdorini ko’payishi harajatlarni ko’paytiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, soliqlarni kam bo’lishi, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dotatsiyalar berilishi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiradi va taklif oshadi.


4-r a s m. Taklif miqdorining o’zgarishi

4) Boiqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlarni narxdagi o’zgarishi ham mahsulot taklifi chizmasini o’zgartirish mumkin. Pomidor narxining pasayib ketishi, dehqonlarni bodring etishtirib amalda bo’lgan narxlarda sotish uchun ko’proq olib chiqishga qiziqtiradi. Va aksincha, pomidor nraxining ko’tarilishi, dexqonlardan bodring etishtirish va uni bozorga olib chiqishini kamaytirishni talab qiladi. Firma ayollar ko’ylagini tikar edi. Vaqt kelib atlas ko’ylak narxi ko’tarilib ketdi deylik. Firma ko’ylagini tikishni kamaytirib, atlas ko’ylak tikishga kirishadi. Ushbu ko’ylak taklifi qisqaradi, atlas ko’ylak taklifi esa oshadi.

5) Narxning oshish ehtimoli. Mahsulotlar narxini kelajakda o’zgarishni kutish, joriy vaqtda ishlab chiqaruvchilarning tovar olib chiqish xoxishga ta’sir etadi. Aytaylik, piyoz narxi bozorda juda qimmatlaydi, degan mish-mish gap tarqaldi. Bozorda joriy vaqtda piyoz taklifi sezilarli qisqardi. Va aksincha, dehqon o’z piyozlarini bozorda sotish uchun joylab qo’yyapti. Bahorda piyoz rosa arzon bo’ladi, degan mish-mishni tarqalishi joriy vaqtdagi piyoz taklifini ko’paytiradi.

6) Sotuvchilar soni. Har bir korxonaning muayyan ishlab chiqarish xajmida, yetkazib beruvchilar soni qanchalik ko’p bo’lsa, bozor taklifi shunchalik oshadi. Muayyan tarmoqda ko’plab firmalarning kirib kelishi, taklif chizmasini o’ngga siljitadi. Va aksincha, muayyan tarmoqdan bor qancha firmani chiqib ketishi taklifni qisqartiradi va taklif chizmasini chapga siljishini ta’minlaydi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish