Talab harakatining chizma ifodasi. Tovar narxi va talab miqdori o’rtasida teskari aloqa borligini bilib oldik. Bo’nday teskari aloqani chizmadagi ifodasi talab harakati mazmunini yanada chuqurroq ochib beradi. Vertikal o’qda narx, gorizontal o’qda talab miqdori ifodalanadi deb olamiz. 1-jadvalda berilgan «narx-talab miqdori» ko’rsatkichlarini chizmaga joylashtiramiz.
O | 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100
1-rasm. Uzumga yakka talab chizmasi.
Jadvalda yakka haridorning 1 kg uzumni 6 holatda narxidagi xaftalik talab miqdori tasvirlangan. 1 kg uzum narxi 100 so’m bo’lganda haridorning xaftalik uzumga talabi 10 kg, 80 so’m bo’lsa 20 kg, 60 so’m bo’lsa 35 kg, 40 so’m bo’lsa 55 kg, 10 so’m bo’lsa 100 kg bo’lar ekan. Narx va talab miqdoridan perpendikulyar o’tkazilsa, ular ma’lum nuqtalarda kesishadi. Har bir nuqta aniq narxni va ushbu narxda iste’molchi sotib olishga qaror qilgan uzum miqdorini ifodalaydi. Nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilsa, AA talab chizmasi hosil bo’ladi. Chizmaga nazar solsak, u pastga va o’ng tomonga qarab egilib borganini ko’ramiz. Cho’nki narx va talab miqdori o’rtasida teskari aloqa bor. Haridorlar narx past bo’lganda yuqori narxlardagiga qaraganda ko’proq miqdordagi mahsulotni sotib oladilar. Narx pasayib borgan sari talab miqdori ortib boradi. Va aksincha, narx yuqorilab borgan sari talab miqdori kamayib boradi. Bu jarayon o’ngdan chapga pasayib holi chapdan o’ngga ko’tarilib boruvchi talab chizmasida aniq, ifodasini topdi. Keltirilgan misol va chizmada sotib olinadigan har qanday tovar miqdorini omili narx deb oldik. Aslini olganda sotib olishga ta’sir etishi mumkni bo’lgan va haqiqatdan ham ta’sir etuvchi boshqa omillar ham bor. AA talab chizmasini tuzishda «boshqa shart-sharoitlar teng», ya’ni talab miqdoriga ta’sir etuvchi narxsiz omillar o’zgarmas, deb faraz qilindi. Lekin talabning narxsiz omillari xaqiqatdan o’zgaradigan bo’lsa, talab chizmasi xolati o’zgaradi, u o’nga, holi chapga siljiydi. Bozor talabiga narxsiz ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iste’molchilar didi yoki afzal ko’rishi;
2. Bozorda iste’molchilar soni;
3. Iste’molchilarning pul daromadi;
4. O’rinbosar va bir biriga bog’liq bo’lgan tovarlar;
5. Kelgusi narx va daromadlar bo’yicha kutilayotgan o’zgarishlar.
Qayd etilgan talab qonunlarining birida yoki bir nechtasida o’zgarish bo’lsa nima bo’ladi? O’z-o’zidan ma’lumki, bo’nday jarayon yuz bersa, iste’molchilarning bozorda amalda bo’lgan narxlarning har birida sotib olishi mumkin bo’lgan holi sotib olishga qodir muayyan tovarlar miqdori go’l ko’payib ketadi, go’l ozayib ketadi, boshqacha aytganda talabning ko’payishi holi talabning kamayishi yuz beradi. Talabning ko’payishi talab chizmasini o’nga, ya’ni A dan A1 ga siljishida o’z ifodasini topadi, va aksincha talabning kamayishi talab chizmasini chapga, ya’ni A dan A2 ga siljishiga olib boradi (2-rasm).
Endi yuqorida ko’rsatib o’tilgan narxdan boshqa omillarning har birini talabga ta’sirini ko’rib chiqishga harakat qilamiz.
Uzumga bo’lgan talabning o’zgarishi.
1) Iste'molchilar didi. Reklama yoki modani o’zgarishi tufayli muayyan mahsulotga nisbatan iste’molchilarning qulay did yoki afzallik berish shakllansa, narxda talab oshadi va talab chizmasi o’ngga siljiydi.
Ayrim mahsulotlarga nisbatan iste’molchilar didida noqulay o’zgarishning yuz berishi talabni ozaytiradi va talab chizig’ini chapga siljitadi. Masalan pal’to, plash va kurtkalarni bozorda paydo bo’lishi va iste’molchilarda ularga nisbatan qiziqish uyg’onishi, milliy to’n va choponlarga talabni keskin qisqartiradi. Kompakt-disklarni vujudga kelishi esa, plastinkalarga bo’lgan talabni kamaytirdi va hokazolar.
2) Iste’molchilar soni. O’zbekiston aholisining deyarli yarmidan ko’prog’i qo’shiladilar. Ularning soni yildan yilga ko’payib bormoqda. Shunga muvofiq ravishda, go’daklar, bolalar, o’smirlar va qariyalar bosh mahsulotlarga: oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, maktab va boshqa o’quv yurtlariga, o’quv qurollariga, adabiyotlariga talab oshyapti. Aholining tabiiy ko’payishi tobora kamayib borayotgan qator Evropa davlatlarida esa bu mahsulotlarga talab ozayib boryapti.
3) Iste'molchilar daromadi. Aholiga pul daromadlaridagi o’zgarishlar talabga ta’siri murakkabroq kechadi. Pul daromadlarining oshuvi ko’p tovarlarga nisbatan talabni oshiradi. Daromadlar osha borgan sari ko’proq go’sht, meva-cheva, shirinliklar, ichimliklar sotib oladi. Va aksincha, aholi daromadlari kamayib borsa, bo’nday mahsulotlarga talab qisqaradi. Aholining pul daromadlari oshib borgan sari, ularning narxi qimmatroq, sifatliroq, tovarlarga talabi oshadi. Ko’rimsizroq kiyim-kechaklarga, poyafzallarga, ko’rimsizroq avtomobillarga, radio, televizorlarga talabi kamayadi. Pul daromadlari oshib boruvchi tovarlarni yuqori kategoriyali holi normal tovarlar deb ataladi. Daromadlar ko’paysa talab kamayadigan, daromadlar kamaysa, talab ko’payadigan tovarlar (oddiy kiyim kechaklar, oddiy poyafzallar, oddiy idish tovoqlar va.h. k.) quyi kategoriyalardagi tovarlar deyiladi.
4) O’rinbosar hamda bir-biriga bog’liq narx. Talabning o’zgarishiga o’rinbosar tovarlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi ham ta’sir qiladi. Agar muayyan tovarning o’rinbosarlari ko’p bo’lsa samolyoltda chipta bahosi juda oshib ketsa, posajirlar chiptasi arzonroq, qo’l poezdni, qo’l avtomobilni, qo’l kemani afzal ko’radilar, narx bo’yicha o’nga bo’lgan talab o’zgaruvchan va aksincha kerakli o’rinbosar tovarlarga (ekin ekiladigan er, birinchi xolatiy extiyoj tovarlari asosiy o’quv qo’yilmalari) ega bo’lmasa, narx bo’yicha talab noo’zgaro’yvchan bo’ladi. Buni misollarda ko’rib chiqamiz. Tufliga bo’lgan narx oshib ketsa, iste’molchilar uni kamroq sotib oladilar, arzon baholi shippak va kalishlarga talab oshib ketadi. Va aksincha, tufli narxi pasaysa, iste’molchilar ko’proq pullarini ko’proq tufli sotib olishga sarflashadi, shunga muvofiq ravishda shippak va kalishga bo’lgan talab qisqarib ketadi. Qisqasi ikkita tovar bir birini o’rnini bossa, ulardan birini narxi bilan boshqasiga talab o’rtasida turli aloqadorlik bor. Non, tuz, guruch kabi mahsulotlar yashash uchun juda zarar mahsulotlardir. Ularning narxi oshib ketgan chog’da ham, pasayib ketgan chog’da ham ularga bo’lgan talabda sezilarli o’zgarish bo’lmaydi. Shunga ko’ra talab chizmasining og’ishida ham o’zgarish kam bo’ladi. Shunday tovarlar guruxi borki, ular bir-birlarini to’ldiruvchi hisoblanib, birga «odimlaydi»lar. Ularga talab bir vaqtda qo’yiladi, borlangan talabga ega.
Masalan, o’rmon mahsulotlari narxining past bo’lishi, uy-joy qurulishda ishlatiladigan shag’al, tsement, g’isht, mix, oxak, kraska, elektr tushirish hvositalari kabi mahsulotlarga talabni oshiradi. O’rmon mahsulotlari narxining o’sishi esa, bu mahsulotlarga bo’lgan talabni kamaytiradi. Binobarin, qo’lyog’och taxta va boshqa kurilish materiallariga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, ular bir-birlarini to’ldiradilar. Ikkita tovar bir-birini to’ldiruvchi hisoblansa, ulardan birining narxi bilan ikkinchisiga talab o’rtasida teskari bog’liqdik bor. Odatda, juda ko’p juft tovarlar o’zaro bog’langan tovarlar bo’la olmaydilar. Ular mustaqil bir-birlari bilan xech qanday bog’liqligi yo’q tovarlar hisoblanadilar. Bolta va tesha, ko’ylak va paxta, bolalar uyinchog’i va tokar dasgohi, tsement va televizor kabilardan birining narxini o’zgarishi ikkinchisiga bo’lgan talabga xech ta’sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |