Yakka iste’molchining uzumga bo’lgan talabi.
1 kg narxi — so’m Xaftalik talab miqdori — kg
100 10
80 20
60 35
40 55
20 80
10 100
1) Amalda odamlar muayyan tovarning narxi past bo’lsa, uning narxi baland bo’lgandagiga qaraganda ko’proq sotib oladilar. Va aksincha, u tovarning narxi oshib ketsa, kamroq, sotib oladilar. Iste’molchilar uchun narx mahsulot sotib olishni amalga oshirishda xalaqit berib turuvchi to’siqdek tuyuladi. Bu to’siq, qancha baland bo’lsa, shuncha ko’p mahsulot sotib oladilar. Boshqacha aytganda, baland narx iste’molchi-larning sotib olish xoxishini sindiradi, past narxlar esa ularning sotib olish istagini kuchaytiradi. Har bir firma o’z tovarlarini tezroq sotib bo’lishidan manfaatdor. Ular o’z tovar zaxiralarini ko’tarish hisobiga emas, balki pasaytirish yo’li bilan qisqartiradilar. Shu maqsadda narxi arzonlashtirilgan tovarlar «kuni»ni o’tkazadilar. Bu tadbirni o’tkazish talab qonuniga asoslanadi.
2) Savdo-sotiqda o’ziga xos qiziq xodisalar bo’lib turadi. Shulardan birini ko’rib chiqamiz. Haridor birinchi ko’ylakni sotib olganda juda xursand bo’ladi, ko’ylakni ardoqlab, extiyot qilib kiyadi va xuzur qiladi. Xuddi shunday ko’ylakdan ikkinchisini sotib olganda ardoq va xuzur biroz pasayadi, uchinchi va to’rtinchilarini sotib olganda ko’ylakka nisbatan qiziqish, ardoq, va xuzur yana ham pasayib ketadi. Bu Shuni bildiradiki, isteg’mol me’yoriy naflikni pasayib borishi qonuni ta’sirida bo’ladi, extiyoj tuydirilgan sayin tovarning iste’moli uchun nafligi pasayib boradi. SHu sababli iste’molchilar tovarlarning qo’shimcha birligini, ularning narxi pasayib borgan Sharoitdagina sotib oladilar.
3) Talab qonunini chuqurroq tahlilini daromad va qarindoshlik samarasi orqali berishi mumkin. Daromad samarasi shuni bildiradiki, past narxlar sharoitida kishilar muayyan mahsulotdan ko’proq sotib oladi va shunga o’xshash bo’lgan boshqa mahsulotlardan ham sotib olishni istaydi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot narxining pasayishi iste’molchi pul daromadining sotib olish qurboni oshiradi, shuning uchun u muayyan mahsulotdan ko’proq sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Yuqoriroq narx esa, qarama-qarshi natijaga olib keladi. Qarindoshlik samarasi shunda ifodalanadiki, narxlarning past bo’lishi kishida narxi yuqoriroq tovarlar o’rniga, ancha past narxdagi, ammo o’rindosh bo’lgan tovarni sotib olishga qiziqish uyg’otadi. Iste’molchilarda narxi yuqori tovarlarni shunga o’xshash, ammo narxi pastroq mahsulotlarga almashtirish moyilligi vujudga keladi. Masalan, qo’lyozuv qog’ozi narxining pasayishi talabalar daromadining sotib olish qurboni oshiradi va ularga ko’proq qo’lyozuv qog’ozi sotib olishga imkon beradi (daromad samarasi). Qo’lyozuv qog’ozining arzon bo’lishi uni jozibalirok qilib qo’yadi, talabalar uni daftar o’rniga ham, turli ish qog’ozlari o’rniga ham, sotib oladilar (qarindoshlik samarasi). Daromad samarasi va o’rindoshlik samarasi bir bo’lib shunga olib keladiki, iste’molchilarda yuqori narxlardagiga qaraganda arzon narxlarda ko’proq tovarlar sotib olish qurbi va istagi vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |