Birinchidan, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratish lozim.
Ikkinchidan, biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosa-batimiz va yondoshuvlarimizni ham tubdan o’zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo, elektrotexnika sanoati, qishloq ho’jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va boshqa yetakshi tarmoqlarga qarashli korhonalarning aktsiyalarini kimoshdi savdosiga qo’yish bo’yicha choralar ko’rishimiz zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini keskin kamaytirish bo’yicha yuqorida qo’yilgan maqsadlarga erishishda davlat nazorat organlarining korxonalar ho’jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuviga to’la barham berish muhimj ahamiyatga molik masala bo’lib qolmoqda.
To’rtinchidan, kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish va hamkorlikni mustahkamlash, maqsadga muvofiq holatlarda, transmilliy korporatsiyalar tarkibiga kirish ochiq iqtisodiyot yo’lida izchil rivojlanishimizning muhim omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |