Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi kuchlariga talab yetarli emasligi natijasida kelib chiqadi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bolgan yalpi talabni pasayishini, shunga muvofiq, yalpi taklifning kamayishini, oqibatda aholini ish bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning osishini bildiradi.
Modomiki, jamiyatda friksion va strukturaviy ishsizlik muqarrar ekan, toliq bandlik ishsizlikni mutlaq yoqligini bildirmaydi va doimo ishchi kuchining 100% dan kam deb hisob qilib kelinadi.
Boshqa otish davri iqtisodiyoti mamlakatlari kabi, Ozbekiston uchun ham ishsizlikning yuqorida sanab otilgan korinishlari taalluqlidir. Ayniqsa, struktura-viy ishsizlik ota muhim muammoga aylanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyoti-da ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga yonaltirilgan yirik tarkibiy siljishlar amalga oshirilmoqda hamda umumittifoq mehnat taqsimoti natijasida haddan ziyod keng tarqalgan tarmoqlar yoki eskilari qisqartirilmoqda.
Ishsizlikning tabiiy yoki meyordagi darajasi bu aholini ish bilan toliq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasidir. U sodir bolishi mumkin, qachonki ishchi kuchi bozori muvozanatlashgan bolsa, yani ish qidiruvchilar soni bosh ish joylari soniga muvofiq kelsa. Bunday holatda mavjud bolgan barcha ishlab chiqarish quvvatlari toliq harakatga keladi.
Iqtisodiyotda ishchi kuchining tabiiy darajasi ijobiy xodisa sifatida qabul qilingan, chunki friksion va strukturali ishsizlikda ishdan mahrum bolgan shaxslarga maqbul keladigan yangi ish joyini topish uchun malum vaqt kerak boladi. Bu davrda ular mehnat bozoriga tazyiq korsatmaydi. Faqat, ishchi kuchi taklifida bozor talabini yanada toliqroq hisobga olishga qaratilgan tarkibiy ozgarishlar boladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi yoki toliq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi friksion va strukturali ishsizlik darajalarining yigindisi sifatida aniqlanadi.
Odatda, ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori va ishlab chiqarish quvvatlari toliq ishlatilmaydi. Qariyb barcha mamlakatlarda iqtisodiy resurslardan toliq foydalanmaslik holatlari mavjud. Ammo, kamdan-kam paytlarda, masalan urush harakatlari ketayotgan davrda, iqtisodiy resurslar shu jumladan ishchi kuchiga talabni keskin osib ketishi natijasida ular ishlab chiqarishga toliq safarbar qilinadilar va natijada ishsizlikning tabiiy darajasidan past bolgan ishsizlik holati paydo boladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy miqdor deb hisoblanmaydi. Хar bir mamlakatda friksion va strukturali ishsizlik ko’lami iqtisodiy vaziyatning, me’yoriy-huquqiy asoslarining aholi turmush tarzining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda ishsizlikning tabiiy darajasi 6-7% atrofida qabul qilingan bolsada, biroq bu foizlar turli mamlakatlar boyicha tebranib turishi mumkin.
Barcha mavjud resurslardan toliq foydyalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iftisodiyotda yaratilishi mumkin bolgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Odatda mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarilish hajmi potensial ishlab chiqarishi bilan teng bolmayli: iqtisodiy pasayish davrida u potensial hajmdan past, iqtisodiy kotarilishlar davrida, aksincha, barcha ishlab chiqarish omillaridan maksimal foydalanish natijasida yuqori boladi.
Mahsulotni potensial va haqiqiy ishlab chiqarilishi ortasidagi farq yalpi milliy mahsulot hajmining: uzilishi yoki orada qolishi deb ataladi. U potensial ishlab chiqarishga nisbatan foizda aks ettiriladi.
mahsulotning potensial mahsulotning haqiqiy
ishlab chiqarilishi - ishlab chiqarilishi
YaMM tuzilishi = ------------------------------------------------------ x100%
Mahsulotni potensial ishlab chiqarilishi
Agarda, iqtisodiyot resurslardan toliq foydalanmaslik sharoitida faoliyat korsatayotgan bolgan, yani ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajasidan yuqori bolsa, unda YaMM uzilishi korsatkichi ijobiy miqdor boladi. Lekin, iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari maksimal darajada harakatga keltirilgan bolsa, unda haqiqiy ishlab chiqarish potensial ishlab chiqarishdan yuqori va uzilish miqdori manfiy boladi.
Milliy mahsulotning haqiqiy va potensial hajmi teng bolgandagi ishsizlikning tabiiy darajasi muqobil xisoblanadi. Shu darajadan har qanday oshib ketish jamiyatdyagi iqtisodiy va ijtimoiy yoqotishlar bilan boglangan; chunki mamlakatdagi mavjud ishchi kuchlaridan toliq foydalanmaslik YaMM uzilishini yoki uning hajmini potensial hajmdan ortda qolayotganini bildiradi. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bolsa, YaMM uzilishi shuncha kop boladi. Ishsizlik darajasi va YaMM uzilishi ortasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqodchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan va iqtisodiy adabiyotlarda Ouken qonuni sifatida keng tarqalgan. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1% ga oshsa, YaMM xajmini orqada qolishi 2,5% tashkil etadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yoqotishlarini aniqlash imkonini beradi:
YaMM uzilishi = -2,5 ( ishsizlikning + ishsizlikning )
tabiiy darajasi haqiqiy darajasi
Masalan, agarda t yilda mamlakatda ishsizlikning tabiiy darajasi 6,5% deb qabul qilingan bolsa, haqiqiy darajasi esa 8,5% yetgan bolsa, u holda YaMM farqi 5% tashkil etadi (-2,5x(6,5-8,5). Bu shuni bildiradiki, shu yilda ishsizlikning tabiiy darajasi taminlangan bolganda, YaMM hajmi amaldagidan 5%ga oshiq bolardi. YaMMning pastroq darajasi, oz navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bolishini va iqtisodiyotni kelgusi taraqqiyoti investitsiyalash imkoniyatlarini qisqarishini bildiradi. Ishsizlik nafaqat iqtisodiy yoqotishlarga olib keladi, balki jamiyatga katta ijtimoiy zarar ham keltiradi, ayniqsa, aholining zaif qatlamlarini (ayollar, keksalar va boshqalarga) uzoq muddat davomida ishsiz yurish oilaning, shaxsning moddiy faravonligini va ijtimoiy mavqeini pasayishiga sabab boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |