31-Mavzu: Aholi daromadlari va turmush darajasi.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Bozor iqtisodiyoti taqsimoti qonuni va aholi daromadilarini shakllanishi.
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabaqalanishi.
3. Aholi turmush darajasi;
Tayanch soz va iboralar:
Aholi daromadlari, uning tarkibi, aholi turmush darajasi, uning korsatkichlari, daromadlar tengsizligiga tasir qiluvchi omillar, Ozbekistonda ijtimoiy siyosatining asosiy yonalishlari, aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari.
Jamiyat azolari muayyan yo'llar bilan ega bo'lgan yashash uchun zarur moddiy ne'matlar xizmatlar yoki ularning pul ko'rinishidagi summasi aholi daromadlarini tashkil etadi.
Kishilarning qancha daromadga qanday qilib ega bo'lishlari ularning sub'ektiv xoxishlariga bogliq emas. Bu jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va tuzumiga hamda uning ob'ektiv qonunlariga bog'liqdir. Aniqroq aytganda, daromadlar qanday bo'lishi, avvalo mulkchilikka, yani mulk sifatda kim nimaga va qanchalik ega bo'lishiga hamda ularni ishlatish samarasiga bogliqdir. Mana shu bozor iqtisodiyoti taqsimot qonunining mazmunini tashkil etadi. SHunga binoan kapital egasi - foyda, ish kuchi egasi - ish haqi, pul egasi - foiz va dividend, yer egasi - renta oladi. Demak, muayyan mulk bo'lgan narsalar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish omili bo'lib xizmat qiladi va uning samarasi qancha yuqori bo'lsa, daromadlar ham shuncha yuqori va cheksiz bo'lishi mumkin. SHuning uchun bozor iqtisodiyotida daromadlarning cheklanmasligi xosdir.
Biroq muayyan sharoitda daromadlarni belgilovchi samaradorlik mezoni (o'lchovi) bozorda aniqlanadi. Ya'ni resurslar samaradorligi ulardan foydalanib xosil qilingan maxsulotning, qilingan ishning bozor talabiga qanchalik mosligiga, qanchalik tan olinishiga bog'liqdir. SHunga qarab daromadlar xosil bo'ladi. Demak, taqsimot qonunining amal qilishiga talab-taklif qonuni va boshqa qonunlar ham ta'sir ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga ekvivalentlik harakterli bo'lib, taqsimot munosabatlarida ham omillar bergan natijaga muvofiq daromad taqsimlanadi. Biroq, hamma munosabatlar ham shunday bo'lavermaydi. Asosiy qonuniyatdan chetlashish, noekvivalentlik taqsimot xollari ham mavjud. Masalan, ish haqi hamma yerda va hamisha ishchi qilgan mehnatning to'la ekvivalenti bo'lavermaydi. Binobarin, foyda, foiz, dividend, renta va boshqalar qandaydir samaraning haqiqiy ekvivalenti bo'lmasligi mumkin. Xayr exson, ijtimoiy himoya va shu kabilardan keladigan daromadlar ham shuni ko'rsatadi.
SHuningdek davlatning daromadlaridan oladigan xissasi ham uning iqtisodiy osishga qoshgan xissasi muvofiq bolmaydi, balki umuman davlatning talab extiyojlariga muvofiq boladi. Ekvivalentlikning jiddiy va doimiy suratda buzilishi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi.
Daromadlarni asl manbai ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarilmagan narsa taqsim bolmaydi. Daromadlar ishlab chiqarilgan maxsulot (qiymatining) muayyan shakllarda taqsimlanishi bolib, ular bir-biridan farq qiladi: ish xaqini manbai asosan zaruriy maxsulot bolib, boshqa daromadlarning manbai esa, asosan qoishimcha maxsulotdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari jamiyat azolari bir vaqtda har xil daromad olishlari mumkin. Masalan, ishchi kuchi egasi sifatida ish xaqi, pul egasi sifatida foiz, aktsiya egasi sifatida dividend olishi va shu yul bilan daromadlar manbai aralashib ketishi sodir boladi. Kelajakda asta sekin mulksizlar ham mulkdorlarga aylanib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga aholi daromadlarining tabaqalanishi harakterlidir. Bunga iqtisodiy erkinlik va raqobat kurashi sabab bolib kimning imkoniyatlari va qobiliyatlari yuqori tadbirkor va ishbilarmon bolsa, uning ishlari yurishib raqobatda yutishi, daromadlari kopayib borishi mumkin va aksincha. SHu xol daromadlarning muqarrar suratda turlicha bolishini belgilaydi. Demak, bozor iqtisodiyoti taqsimot munosabatida tenglikni emas, balki tengsizlikni keltirib chiqaradi.
Tengsizlikni asosan tort omil paydo etadi:
1) Besh qol barobar emas - deganlaridek, kishilarning tug’ma qobiliyatlari, kuch-quvvati, aql idroki, saloxiyati va zakovati xullas ish qobiliyati bir xil emas. SHu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda turlicha natijaga erishgandan har xil daromad koradilar, masalan, AQSHda Gollivudning kino yulduzi bir yilda 20 million topsa, malakali shifokor 80 va kelgindi ishchi esa 15 ming dollar daromad topadi.
2) Daromaddagi tengsizlik kishilar oz saloxiyatini ishga solish imkoniyatlariga bogliq. Bilim olish, kasb egallash, malakani oshirish imkoniyatlari bolgan va ish joyda daromad oz boladi. Ishlab turgan kishi bilan sizning, garchi qobiliyati bir xil bolsada, daromadi turlicha boladi. Masalan, AQSHda ishlaydigan ishchi bir oyda ortacha 2500 dollar ish haqi olsa ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
3) Tengsizlikni oila tarkibini har xil bolishi ham yuzaga keltiradi. Agar oila tarkibida pul toparlar kop bolib, boqimandalar oz bolsa, uning jami daromadi kop boladi, aksincha bolsa oz boladi.
4) Daromadlardagi farqni iqtisodiy xatar ham yuzaga keltiradi. Bozor iqtisodiyoti tasodiflardan xoli emas. Ular daromadlarga, ayniqsa tadbirkor daromadiga tasir etadi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, yani tadbirkorlarga omad kulib boqsa, katta daromad keladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor xolati ozgarishilari ham yuzaga keltiradi.
Bozor qonuniyatlariga mos ravishda, jamiyat qabul qilgan va qonuniy ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli tengsizlikni, gayriqonuniy, yani man etilgan usullar bilan topiladigan daromadlardagi farqlar adolatsiz tengsizlikni paydo etadi. Adolatsiz tengsizlik xufiyona (man etilgan) iqtisodiy faoliyat bor joyda yuzaga keladi.
Masalan, narkobiznesda keladigan umumiy pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi. Daromadlardagi tengsizlik tabiiy bir xol bolib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar aholi jon boshiga togri keladigan daromad summasiga qarab aniqlanadi. Buning uchun oila korgan yalpi daromadni uning azolari soniga bolinadi. Mamlakat aholisining daromadidagi tafovutlar darajasi taxlil etilganda 10 % boy aholining daromadi bilan 10% kambag’al oilalar daromadi necha karra farqlanishi aniqlanadi. Rossiyada 1995 yili bu daromadlar solishtirilganda boylarning daromadi kambag’allarnikidan 13,5 marta kop bolgani aniqlangan. Ozbekiston da bu farq 7 marta edi.
Daromadlarning notekis taqsimlanishi Lorents egri chizigida ham quyidagicha tasvirlanadi.
CHizmada agar daromad teng taqsimlanib, oila xissasi bir xil bolganda daromad chizigi togri bolishini korish mumkin. (A nuqtadan S nuqta orqali Ye nuqtagacha). S 60 % oila 60 % daromadni olganda bu daromad tekis taqsimlanishini korsatadi. Amalda bunday bolmaydi. Oilalarning jamiyat miqiyosidagi umumiy daromaddan olgan xissasi har xil bolganidan, masalan 20 % oila daromadlarining 50 % ni olganidan daromad chizigi egri chiziq shakliga kiradi. (A.E chizigi )
Daromadlarning umumiy miqdori bilan uning taqsimlanishi ortasida aloqadorlik bor. Umumiy daromad kam bolgan sharoitda unung taqsimlanishi keskin ozgarib turadi. Daromad kop bolganda esa taqsimlanish bir meyorda, barqaror boradi. Rivojlangan jamiyat boy bolganidan jamiyatda kishilarning daromadidagi tavovutlar kam boladi, binobarin ijtimoiy birdamlik va xotirjamlik xukm suradi.
Daromadlarga qarab aholi tabaqalashganda uning har xil qatlamlari paydo boladi. Bu qatlamlar oz daromadlariga kora ijtimoiy piramidani tashkil etadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida daromad kop olganida davlat boylar daromadi xisobidan kambagallar daromadini oshirib boradi. Natijada aholi ota boy va ota kambagallarga ajralib qolmaydi. Daromadlar qanchalik adaolatli bolmasin, baribir kambagallik muammosi saqlanib qoladi. Kimning kambagal ekanligi oila daromadining umumiy miqdoriga qarab emas, balki bu daromadning oila jon boshiga togri keladigan miqdoriga qarab aniqlanadi va oila tirikchiligining minimal qiymatiga (necha pul zarurligiga) nisbatan baxolanadi. Agar daromad jon boshiga tirikchilik qiymatidan past bolsa, oila kambagal xisoblanadi. Masalan, oilaning jami daromadi bir oyda 3000 som, oila 5 kishidan iborat, demak, jon boshiga daromad 600 somni tashkil etadi. Oilaning minimal tirikchilik vositalarining qiymati jon boshiga xisoblanganda 650 som. Bunda oila daromadi uning tirikchilik qiymatiga yetmaydi. (600-650). Demak, oila kambagal xisoblanadi. Buni yana biz keyingi savolda yani turmush darajasida yana ham batafsilroq bilib olamiz. Bozorda kimlarningdir foydasi yuqori bolib, daromadi kopayadi, kimlardir zarar korib, xatto inqirozga uchrab xonavayron boladi. Bu esa ozini oqlamaydigan iqtisodiy faoliyatlarning barham topishlariga uning soglom osishiga olib keladi. Demak, daromadni kopaytirishga buning uchun yuqori foyda olishga zor berib urinishi va raqobatlashishi bozor iqtisodiyotining asosiy qonuniyati bolib, buning uchun tez va barqaror rivojlanishini belgilaydi. Qudratli stimul yaratadi bunga qarshi harakat qilish, stimulni boshashtirish, suniy sur’atda daromadlarni tenglashtirishga urinishi zarur bolib, iqtisodiyotning osishini sekinlashtiradi va ijtimoiy - iqtisodiy inqirozga olib keladi. Rejali iqtisodiyotning falokatli fojeasi buning yaqqol misolidir. Bozor iqtisodiyoti oz asoslariga kora tengsizlik iqtisodiyoti bolib, unga asoslangan jamiyat ijtimoiy tengsizlik jamiyatidir. Xosh, aniqroq aytganda, daromadlardagi tengsizlikning sababi nima? Bu adolatlimi yoki adolatsizmi? Uning ikki sababi bor: tabiiy va ijtimoiy sabablar kishilar tabiatan jismoniy va aqliy jixatdan farqli bolib, bu ularning qobiliyati va ishbilarmonligi birinchi asos boladi. Lekin qobiliyatining rivoj topishi va royobga chiqishi ijtimoiy sabablarga bogliq. Inson yaxshi bilim olishi qobiliyatiga yarasha ish bilan ta’minlanishi, biror foydali faoliyat bilan shugullanish imkoniyatiga ega bolishi zarur. Aks xolda har qanday aqllik va qobiliyatli kishi ham faoliyatsiz bolib qoladi. Bu jamiyatning iqtisodiy madaniy taraqqiyoti darajasi, ijtimoiy-siyosiy tizimi va boshqa xususiyatlarga bogliqdir. Misol uchun AQSH da bir ishchi ortacha 2500 dollar oylik olsa, malakali shifokor taxminan 6600 dollar, oqituvchi 3300 dollar, Golliwud kino yulduzi esa 1,5 million daromad topadi. Tadbirkorlar koradigan daromad ham turlichadir. Daromadlarning shakllanishida eng muxim xal qiluvchi omil iqtisodiy moddiy sharoitdir. Bu bozor iqtisodiyoti shunday tizimki har bir kishi mavjud va cheklangan iqtisodiy moddiy sharoitdan eng samarali foydalanib, eng kop natijaga erishishga harakat qiladi.
Mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti va jamiyat farovonligining umumlashgan korsatkichi turmush darajasi bolib, u kishilar xayotiy extiyojlarining qondirilishi me’yorini bildiradi.
Turmush darajasi, umuman olganda ishlab chiqarish taraqqiyotiga tovarlar va xizmatlar mol-kolligiga bogliqdir. SHu asosda kishilarning istemol miqdori va sifatini shakllanadi. Biroq bu ishlab chiqarish xajmi qanday bolsa, istemol xajmi ham shunday boladi degan soz emas. Istemol moddiy daromadning mutloq xajmiga, uning istemol va jamgarish fondlariga bogliqdir. Agar jamgarish istemolga nisbatan tezroq osib boradigan bolsa, ishlab chiqarish qanday osishga qaramay, istemol unda sekin osishi mumkin. Masalan, aholi jon boshiga tovar va xizmatlar istemoli 1990 yili SHvetsiyada 13250, Frantsiyada 12400, Germaniyada 12000 dollar bolgan xolda iqtisodiy taraqqiyot ulardan yuqori bolgan Yaponiya 10725 dollar bolgan. Rivojlanayotgan va kam rivojlanayotgan mamlakatlarda bu korsatkich ancha pastdir. Milliy daromadning istemol va jamgarishga bolinishi nisbati jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot xolati va talabiga bogliq xolda sodir boladi.
Umuman, uning mutloq kop qismi istemolga ketadi. Ayniqsa rivojlangan bozor iqtisodiyotiga milliy daromad taqsimotida istemol xissasini ortib borishi xosdir.
Buning sababi quyidagicha: birinchidan, milliy daromadning kamroq qismi(10x15%) jamgarilgan xolda barqaror iqtisodiy osishni taminlash mumkin.
Ikkinchidan, inson omiliga, yuqori malakali ish kuchiga bolgan talabning ortishi. Busiz yuqori iqtisodiy osishga erishib bolmaydi.
Uchinchidan, jamiyat taraqqiy qilib borgan sari aholi sonining, istemolchilarning kamayib borishi.
Tortinchidan, bozor iqtisodiyoti osib, aralash iqtisodiyot shakllanib borgan sari insonparvarlik tamoyillarining osib borishi. SHuning uchun keyingi 30 yil davomida rivojlangan mamlakatlarda jamgarish xissasi ikki barobar qisqarib, istemol xissasi ortib, endilikda milliy daromadning deyarli 80-85% qismini tashkil etmoqda. Turmush darajasi istemol miqdori bilan birga uning sifati ham usib borishni nazarda totadi. Biror maxsulotning (Masalan, non) kop istemol qilish emas, balki sifatli maxsulotlarni (Masalan, gusht, sut va boshqalar) koproq istemol qilish yuqori sifatli uy-joy jixozlar va boshqa sharoitlardan foydalanish yuzaga keladi.
Turmush darajasi iqtisodiy taraqqiyotga bogliq xolda shakllanadigan turli tovarlar va xizmatlardan foydalanish darajasi bolib, kishilarning farovonligi, ularning istemoli va uning natijasini harakterlaydi. Turmush darajasining ozaro bogliq ikki gurux korsatkichlari bor. Birinchisi: qiymat-pul korsatkichlari bolib, bu aholining pul shaklida oladigan turli daromadlari yigindisi va uning jon boshiga togri kelishi kabilardir. Bular orasida aholining real daromadi asosiy orin totadi. U istemolning hamma jixatlarini ozida mujassamlashtiruvchi umumlashgan korsatkichdir. Pul daromadi kopaysa, real daromad pasayib ketadi.
Ikkinchidan: turmush darajasining moddiy natural korsatkichlari - jon boshiga togri keladigan oziq - ovqat va boshqalar istemoli, uy-joy, uzoq muddat xizmat qiladigan jixozlar miqdori va boshqalardir. Lekin, bunda faqat miqdor emas, balki sifat ham xisobga olinishi kerak. CHunki, foydalanadigan narsalar, masalan, kiym-kechak, yengil mashina, televizor va boshqalar sifat jixatdan farqlanadi. Uy joy jon boshiga qishloqlarda shaharlar nisbatan yuqori, lekin sifati yuqori deb bolmaydi, shuningdek, turli xizmatlardan (oqish, davolanish, maishiy xizmatlar va boshqalar) foydalanish miqdori va sifati haqida ham shuni aytish mumkin.
Turmush darajasini tola tavsif etish uchun solishtirma narxlardan foydalanish zarurdir. Yani malum yildagi narx asosida xisoblangan tovarlar va xizmatlar qiymati bilan ifodalash togriroq boladi. Bu real daromadga yaqinroq bir tasavvurni beradi. Masalan, shunday real daromad AQSHda 1982 yil narxlari bilan xisoblanganda 1929 yilda 498,5, 1959 yilda - 1067,5, 1998 yilda-3476 dollar bolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |