Ishsizlik darajasi iqtisodiyotda ishchi kuchlaridan foydalanish darajasini ifodalab, quyidagicha aniqlanadi:
ishsizlar soni 0.6
ishsizlik darajasi= ---------------------x100 % yoki --------- x 100=5%, ishchi kuchi 12
Mehnat faqat ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning zarur sharti bolmasdan, balki inson uchun daromad olishning asosiy manbai, uning qobiliyatlarini ruyobga chiqarish vositasi hamdir. Shuning uchun ham ishsizlik darajasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifoda etuvchi muhim makroiqtisodiy korsatkichlar qatoriga kiradi.
Ishchi kuchlariga bolgan talab va taklif, agarda bozor vositasida boshqariladigan bolsa, mavjud ishchi kuchlarini 100% ish bilan taminlanganligini tasavvur etish mumkin emas. Oz darajadagi ishsizlikning mavjudligi iqtisodiy kotarilish davrlarida ham tabiiy bir holat deb hisoblanadi.
Ishsizlik yoki ishchi kuchlarini ish bilan band bolmasligi ishlovchini ish joyiga majburan biriktirib qoyilmagan har qanday mamlakatda yuzaga keladi. Mehnat yoshidagi insonni eski ish joyidan mahrum bolishiga va yangi ish joyi izlashga koplab sabablar mavjud. Ishsizlikni bir necha turlarga - friksion, strukturaviy va davriy ishsizlikka ajratiladi.
Friksion ishsizlik ish qidirish yoki kutish bilan bogliq bulib, bunda xodimlar ish axtaradilar yoki yaqin orada ish bilan band bolmaslik bolib, ish va turar joyini ozgarishi natijasida, shuningdek, oquv yurtlarini yoki mavsumiy ishlarni tugallanishi sababli yuzaga keladi. U doimo mavjud bolib, malum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki kopchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli yumushni topadi. Boshqacha aytganda, friksion ishsizlik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishiga va shu yol bilan iqtisodiy osishga komaklashgan boladi.
Strukturaviy ishsizlik ishchi kuchlari talabi tarkibidagi ozgarishlar bilan bogliq bolib, majburiylik xususiyatiga ega. Inson ehtiyojlarini doimiy osib borishi va fan-texnika taraqqiyoti eski tarmoqlarni yoqolib borishiga hamda yangilar paydo bolishiga, natijada iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga olib keladi. Bu esa, oz navbatida, ishchi kuchlariga bolgan talabning tarkibini ozgartiradi, xodimlar ixtisosini va malakasini ozgarishini talab qiladi. Bunga esa malum vaqt kerak boladi. Shuning uchun ham mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi va strukturaviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friksion ishsizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |