Ishsizlik darajasi iqtisodiyotda ishchi kuchlaridan foydalanish darajasini ifodalab, quyidagicha aniqlanadi:
ishsizlar soni 0.6
ishsizlik darajasi= ---------------------x100 % yoki --------- x 100=5%, ishchi kuchi 12
Friksion ishsizlik ish qidirish yoki kutish bilan bogliq bulib, bunda xodimlar ish axtaradilar yoki yaqin orada ish bilan band bolmaslik bolib, ish va turar joyini ozgarishi natijasida, shuningdek, oquv yurtlarini yoki mavsumiy ishlarni tugallanishi sababli yuzaga keladi. U doimo mavjud bolib, malum bir darajada kerakli deb hisoblanadi. Chunki kopchilik ishchilar keyinroq yanada daromadli va unumli yumushni topadi. Boshqacha aytganda, friksion ishsizlik ishchi kuchlarini samarali taqsimlanishiga va shu yol bilan iqtisodiy osishga komaklashgan boladi.
Strukturaviy ishsizlik ishchi kuchlari talabi tarkibidagi ozgarishlar bilan bogliq bolib, majburiylik xususiyatiga ega. Inson ehtiyojlarini doimiy osib borishi va fan-texnika taraqqiyoti eski tarmoqlarni yoqolib borishiga hamda yangilar paydo bolishiga, natijada iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga olib keladi. Bu esa, oz navbatida, ishchi kuchlariga bolgan talabning tarkibini ozgartiradi, xodimlar ixtisosini va malakasini ozgarishini talab qiladi. Bunga esa malum vaqt kerak boladi. Shuning uchun ham mehnat bozoridagi muvozanatning bunday buzilishi uzoqroq davom etadi va strukturaviy ishsizlik jiddiy muammo hisoblanadi. Ammo u friksion ishsizlik kabi har qanday rivojlanayotgan iqtisodiyotda muqarrardir.
Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi kuchlariga talab yetarli emasligi natijasida kelib chiqadi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bolgan yalpi talabni pasayishini, shunga muvofiq, yalpi taklifning kamayishini, oqibatda aholini ish bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning osishini bildiradi.
Modomiki, jamiyatda friksion va strukturaviy ishsizlik muqarrar ekan, toliq bandlik ishsizlikni mutlaq yoqligini bildirmaydi va doimo ishchi kuchining 100% dan kam deb hisob qilib kelinadi.
Boshqa otish davri iqtisodiyoti mamlakatlari kabi, Ozbekiston uchun ham ishsizlikning yuqorida sanab otilgan korinishlari taalluqlidir. Ayniqsa, struktura-viy ishsizlik ota muhim muammoga aylanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyoti-da ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga yonaltirilgan yirik tarkibiy siljishlar amalga oshirilmoqda hamda umumittifoq mehnat taqsimoti natijasida haddan ziyod keng tarqalgan tarmoqlar yoki eskilari qisqartirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |