Takrorlash uchuy savollar:
1. Boshqarish nima?
2. Boshqarishning zarurligini keltirib chiqaruvchi sabablar?
3. XX asrda nima uchun boshqarishning zarurligi va ahamiyati ortib ketdi?
4. Tashkilot nima? Tashkilot bolishning shartlari.
5. Hozirgi zamon tashkilotlarining oziga xos xususiyatlari.
6. Boshqarish pogonalari.
7. Menejment nima? Menejmentning vujudga kelishi nimalar bilan bogliq?
8. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi zaruriyati nimalardan kelib chiqqan?
9. Davlat qanday iqtisodiy vazifalarni bajaradi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.I.A.Karimov. Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoillari. T . Ozbekiston 1995 yil.
2. I.A.Karimov .Ozbekiston buyuk kelajak sari. T. Ozbekiston, 1998
3. M. Sharifxojayev, Yo.Abdullayev. Menejment.-T. Mehnat 2000 yil
4.T.Malikov ,O.Olimjonov.Moliyaviy menejment T. Akademiya 1999y
26-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes
(2 soat maruza)
Reja:
1. Agrar munosabatlarning mazmuni, evolyutsiyasi. Qishloq hojaligida bozor qiymatining tashkil topishi.
2. Renta munosabatlari. Differentsial, absolyut, monopol renta.
3. Qishloq hojaligida xo'jalik yuritish shakllari va yerga mulkchilik.
4. Fermer xo'jaliklari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Agrar munosabatlar, qishloq hojaligi, renta, renta munosabatlari, differentsial, absolyut, monopol renta munosabatlari, agrobiznes va uning turlari. fermer xojaligi, dehqon hojaligi.
Er bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning ob'ekti yer bo'lsa, uning sub'ekti yer egalari, yerda xo'jalik yurituvchilar, nihoyat yerga mehnat qiluvchi kishilar xisoblanadi.
Agrar munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga xilma xil mulkchilikning paydo bo'lishi, yerning tadbirkorlik ob'ekti bo'lishi, yerning garovga qo'yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog'liq. Agrar munosabatlarning ob'ekti bo'lmish yer, maxsus resurs bo'lganidan uning xususida ham ozigagina xos bo'lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqari ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin emas. Insoniyat xali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo'q. Yerda qishloq hojaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo'llar o'tadi, yer qa'rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o'rmon hojaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko'taradi va xakazo. SHu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma'lum darajada yer bilan bog'langan deb aytamiz. Qishloq hojaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o'taydi. Ma'lumki, qishloq hojaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo'lsa, inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy- biologik jarayon bo'lib, maxsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan: o'simlik yoki xayvonlarda kechadigan biologik o'zgarishilarga, iqlim sharoitiga, ob- xavoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bogliq. Qishloq hojaligi insonning tabiatga bolgan munosabati bilan kishilarni ozaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu soxada asosiy resurs yer bolib, u hech bir tengi yoq, tanxo oziga xos xususiyatlarga ega. Ammo u eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bolmaydi. Kopgina resurslar bir - birining ornini bosa oladi. Masalan; mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin, yerning ornini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jixatdan u ota noyob va asosiy resurs xisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resursga qoshimcha sharoitda amal qilmaydi. Masalan; sanoatda stanoklarga qoishimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qollanadi. Yerni boshqa resurs bilan almashtirib ham bolmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat kop boladi. SHuning uchun yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bogliq bolgan ishlab chiqarishning kengayishi va uning unumdorligiga qarab ozgaradi.
Er cheklangan, uni ishlab chiqarib bolmaydi ammo foydalaniladigan yerlarni ularga investitsiya sarflab kopaytirish mumkin. Masalan; qoriq yerlarni sug’orish va botqoq hamda zak yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bolsada, shu doiradan chiqmagan xolda yaroqsiz yerlar xisobidan qishloq hojaligiga yaroqli yerlarni kopaytirish mumkin. Yer resursi cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, yani ozgarmaydigan boladi. Bu bilan yer boshqa resurslardan jiddiy farqlanadi. Agar talab oshsa, unga javoban taklif ham kopayadi lekin bu qoidadan istisno etiladi, chunki yer tabiat mevasi bolganidan uni mehnat bilan kopaytirib bolmaydi. Yer hammabop resurs. Unda dexqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizish, qurilish qilish mumkin. Undan har - xil maqsadda va har xil yol bilan foydalanish mumkin. Yer tabiat maxsuli bilan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy iqlim mintaqalarida joylashadi, tuproqning tarkibi har xil boladi. SHu sababdan ularning tabiiy xosildorligi keskin farqlanadi. Ota yaxshi, ortacha, yomon va ota yomon yerlar mavjud. Qishloq hojaligi da uning sifati mehnat unumdorligining muxim omili xisoblanadi. Bu soxadagi unumdorlik binobarin, ishlab chiqarish samaradorligi tuproqning tarkibi, yerning iqlim sharoiti va nixoyat, yer uchastkalarining jug’rofiy joylashuviga bogliq. Yer qaridagi qazilma boyliklar zaxirasi ularning geologik sharoiti, sifati ham bir biridan farqlanadi. Yer ozi bilan bogliq ishlab chiqarish sharoitini ota farqlantiradi. Yer tanqisligi resurslarning boshqa soxalardan qishloq hojaligiga yoki undirma sanoatga otishini cheklaydi, qoishimcha resurslarning kirib kelishiga xalaqit beradi.
Iqtisodiyotning agrar sektorida yangilanish jarayonini jadallashtirishda ilgari qabul qilingan qonunlar bilan bir qatorda qishloq hojaligi da iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish soxasida qoishimcha chora tadbirlar tog’risida 1993 yilda qabul qilingan xukumat qarorlari ahamiyatga ega boldi. Aytish mumkinki, bugun Ozbekiston da korilgan chora tadbirlar natijasida qishloqda agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyotini talabdariga ancha mos keladigan yangi xojalik strukturasi shakllandi. Qishloqda davlatga qarashli bolmagan sektor keng rivojlandi, agrar struktura jiddiy ozgardi.
Mustaqillik yillarida bozor munosabatlarini rivojlantirishga juda katta etibor berilmoqda. Qishloq hojaligida bozor qiymatini vujudga keltirishda iqtisodiy munosabatlarning hamda boshqarishni tashkil etish tizimining rivojlanishini chuqur taxlil qilish, ularni tubdan qayta korib chiqish zarurligini korsatdi. Islohotlarning dastlabki bosqichida jamoa xojaliklari va davlat xojaliklarining faoliyati tanqidiy taxlil qilindi. Barcha davlat qishloq xojalik korxonalari davlat xojaliklari ni, birinchi navbatda zarar korib ishlayotgan xojaliklar jamoa xojaliklariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish zarur degan xulosaga kelindi. Qishloq hojaligini mustaxkam iqtisodiy izga solish uchun shunday qilish kerak edi. Aslini olganda, bu keyingi davrlarda qishloq hojaligida tarmoqni boshqarishni tashkil etish masalalarida yol qoyilgan xatolarini tuzatish edi. Oldingi davrda tayyorga ayyorlik kayfiyatga berilib, davlatning boqishiga umid qilib, jamoa xojaliklari sun’iy ravishda davlat xojaliklariga aylantirilgan edi. Qishloqda boshqaruv tuzilmalarini qayta tashkil etish jarayonida birlamchi qishloq xojalik bogini qanday bolishi kerakligi aniq boldi. Bu fermer xojaliklarini birlashtiriladigan va ularga xizmat qiladigan, yul yurik korsatadigan, moddiy texnikviy ta’minot, texnika, agrakimyo xizmati korsatish masalalarida yordam beradigan kooperativ lozim boldi.
Respublikamizda qishloq hojaligida bozor qiymatini shakllantirish bilan bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda, buning xisobiga esa; birinchidan, qishloqda ishsizlikni oldini olishga, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan taminlashga yutuqlarga erishildi. Ikkinchidan, aholining real daromadlarini oshirishga, qishloq aholisi uchun ijtimoiy kafolatlarini mustaxkamlashga erishildi.
Uchinchidan aholini xayotiy muxim oziq ovqat bilan taminlashdagi keskinlikka barham berishga muvaffaq bolindi.
Tortinchidan, ijara munosabatlarining samarali tizimi tarkib topdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunday munosabatlarni har tamonlama rivojlantirilishi asosiy va muxim ahamiyat kasb etadi. Malumki, bozor qiymatini vujudga keltirishda renta va ijara muxim orin totadi.
Erdan foydalanganlik uchun uning egasiga tolanadigan xaq renta deyiladi. Renta moxiyatan qishloq hojaligida qoishimcha maxsulotning yer egasiga tekkan qismidir. Yerda ishlovchilar mehnati ham qoishimcha maxsulot yaratadi, uning qiymati maxsulotning bozor narxiga kiradi. Maxsulot sotilganda haridorlar shu maxsulot ekvivalentini (unga tekkan pulini) tolaydilar, binobarin uning qiymati pul shakliga kiradi va shu xisobdan renta tolanadi.
Renta munosabatlari yerga bolgan mulkchilik bilan yerni ishlatish bir biridan ajralgan sharoitda paydo boladi. Yer egasi oz yerini ishlatmasdan tadbirkorga ijaraga berganda ular orasida renta munosabatlari vujudga keladi. Yerni oz egasi ishlatgan sharoitda unga yerdan keladigan foyda tegadi, chunki bunda qoishimcha maxsulot saqlanadi, lekin bu renta shakliga kirmaydi. Bu maxsulot yerga resurs sifatida egalik qiluvchi va tadbirkor mulkdorga tegadigan foyda bolib qolaveradi. Binobarin qoishimcha maxsulotning odatdagi foyda va rentaga ajralishi yerning ijaraga berilishiga bogliq.
Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi keng tarqalgan usul bu uni ijaraga berib renta olishdir. Renta turlari juda kop, jumladan absolyut, differentsial, monopol renta, qurilish uchastkalaridan va undurma sanoatdan olinadigan renta kabilar uning korinishlaridir. Ularning hammmasi yerga kapital qoyilib mehnat sarflanishi natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan daromaddir.
Absolyut renta yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar yer mulk bolganligi uchun uning egalari oladjigan rentadir. Mazkur renta hamma yerlardan olinadi, lekin miqdoran yomon va xatto eng yomon yerlardan olingan rentaga teng boladi. Masalan; Har biri 10 gektardan keladigan yer uchastkasi bor ularni shartli ravishda A, V, S usatkalari bor deb bilamiz.Ulardan eng yomoni S uchastkasi bolib, u yerda 500 ming som renta olinadi, A uchastkasidan esa 800 ming sum renta olinadi. SHundan oshiqcha 300 ming sum bu yerning sifati uchun, qolgan 500 ming somi umuman yer uchun. V uchastkasidan 700 ming som renta olinadi. Barcha uchastkalardan 500 ming som miqdorida olinadigan renta absolyut renta xisoblanadi va u yomon yerdan olinadigan jami rentaga teng boladi. Sifatli yerlardan olinadigan absolyut renta umuman renta miqdoridan kam boladi. Bizning misolimizda A uchastkasidan olinadigan 500 ming som < 800 ming somdan, V uchastkasidan olinadigan 500 ming som esa < 700 ming somdan. Rentaning qolgan qismi yani 200 va 300 ming som uning boshqa turlariga tegishli boladi. yer tanqis bolgan sharoitda uni mulk bolishi band etilishi, yerdan olinadigan maxsulotlarga talabning ortib borishi absolyut renta olish imkonini yaratadi.
Differentsial renta yerning sifatiga qarab olinadigan va rentaning absolyut rentadan ortiqcha bolgan qismidir. Yer sifatining har xil bolishi, yani tuproqning unumdorligidagi farqlar uni yaratadigan omildir. Tuproq xosildorligi ikki xil boladi: tabiiy va iqtisodiy. Tabiiy xosildorlik tuproqning ximiyaviy va fizikaviy xossalari bolib, uni tabiat in’om etgan. Xalq tilida “oriq yer”, “semiz yer” degan tushuncha qollanishi bejiz emas, albatta. Yerning xosildorligi tabiatan Har xil bolganidan, yerga sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan xolda, turlicha yalpi xosil olinadi. Masalan, 100 birlikka teng resurs sarflangan xolda A uchastkasidan har gektarga 40 tsentnerdan, B uchastkasida 30 tsentnerdan bug’doy olinadi. Xosildorlikdagi farqqa qarab renta ham tafovutlashadi.
Tuproqning iqtisodiy xosildorligi yerga qoshimcha resurs sarflash, ishlov berish orqali, uning sifatini oshirish, unumdorligini kotarishni bildiradi. Iqtisodiy xosildorlikni tabiat emas, balki fan - texnika yutuqlari va mehnat in’om etadi. Iqtisodiy xosildorlikni oshirib borish cheksiz emas, albatta.
Monopol renta aloxida tabiiy iqlim sharoitiga ega bolgan ota noyob maxsulot yetishtiriladigan yer uchun uning egasiga tolangan rentadir. Faqat ana shunday yerlarda kamyob maxsulotlar masalan; choy kofe, maxsus yog’och va boshqalar yetishtiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentani pul shaklida beriladigan turi uchraydi. Ammo rentani, maxsulot tarzida tolash ham onda sonda uchrab turadi. Bunday xolat xosilbay ijara qollanilganida yuzaga keladi. Bunda yerni ekuvchi tadbirkor uni egasiga rentani pul bilan emas, balki xosilning ozaro kelishilgan ulushi bilan tolaydi.
Bunday usul narxlar ozgarishiini xisobga oladi, xosildorlikni oshirishga undaydi. Tarixan maskur usul XX asrning boshlarida Ozbekistonda keng tarqalgan. Ozbek dexqonlari yerni xosilbay ijaraga olishgan. Ijara shartiga qarab rentani yalpi xosilning 1/4, 1/3 yoki teng yarmi miqdorida yer egalariga tolangan.
Erning qishloq hojaligi yuritishdan boshqacha muqobil ishlatish doirasining kengayishi, unga bolgan talabni motassil oshirib beradi. Natijada bozor qonunlar ta’siridi yerga ijara haqi tez osishga moyil boladi. Bundan tashqari yer sifatini oshirish uchun unga kapital sarflash kopayadi, bu ham ijara haqini oshiradi. Natijada yer mulki daromad tapishning qulay vositasiga aylanadi. Ammo qishloq hojaligi ishlab chiqarish xissasining qisqarishi, yerni oz egasi tomonidan koproq ishlatilishi, renta miqdori oshganligiga qaramay uning milliy daromaddagi ulushini kamaytirishga olib keladi.
Er olkamizning eng asosiy boyligi. U yedirib ichiradi, yashash uchun asosiy shart sharoitlarni yaratib beradi. SHu sababli respublikamizning kelajagi, Ozbekiston xal ining kelajagi kop jihatdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bogliq boladi. Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki bosqichida asosiy boyligimiz bolgan yerga munosabatni ozgartirish yetakchi yonalish boldi. Qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, Yer togrisidagi qonun qishloq hojaligida munosabatlarni qanday tashkil etish, yerga qanday munosabatda bolish zarurligini korsatib berdi. Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi yozib qoyildi.
Bugun Ozbekistonda yerga egalik qilishning jamoa, kooperativ, aktsiyadorlik, oilaviy fermerlik xojaliklari kabi shakllari amal qilmoqda. 1992 yildan boshlab otkan davr mobaynida 1137 davlat hojaligidan 110 tasi mulkchilikning aktsiyadorlik, jamoa, ijaradagi korxona shakllariga aylantirildi. Uning negizidagi 530 jamoa hojaligi 350 ga yaqin kooperativ, 100 ortiq ijara korxonasi, shuningdek mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalar tashkil etildi. Bundan tashqari 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamolarining mulki qilib berildi. Natijada qishloq xojalik ishlab chiqarishning tarkibi mulkchilik shakllari boyicha ancha ozgardi. Qishloqda davlatga qarashli bolmagan sektor sezilarli darajada mustaxkamlandi. Agar 1991 yilda qishloq xojalik ishlab chiqarishi butun xajmining 37 % davlat sektor xissasiga shundan 63% davlatga qarashli bolmagan sektor xissasiga togri kelgan bolsa, 1995 yilda davlatga qarashli bolmagan sektor butun maxsulotning deyarli 95% ini ishlab chiqardi.
Ozbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichida qolga kiritilgan eng muxim natija shaxsiy tarmoqlarning kengaytirish, yangi sug’oriladigan yerlarni shaxsiy xojaliklar va bog, dala, xovli uchastkalariga ajratib berish yoli bilan aholini amalda yer bilan taminlashdan iborat boldi. Odamlarga yer berilishi chinakam inqilobiy ahamiyat kasb etdi - bu bilan har bir individning davlatga qaramligi tugatildi. Yer olgan inson daromad ola boshladi, ozini xojayin deb erkin va mustaqil xis qildi. SHaxsiy tomorqa uchun berilgan yerning umumiy maydoni 700 ming gektarga yetdi. 9 miliondan ortiq insonlar ana shu yer xosilidan foydalinishmoqda. Tomorqa yerlarning ortacha xajmi bir ikki gektardan ortiq bolib bu yer resurslari cheklangan bir sharoitda juda katta boylikdir.
SHu bilan birga bu xojaliklar uchun yerlarni unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yoli bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. Dexqonlarga texnika, og’itlar, urug’liklar va kochatlar bilan maxsus xizmat korsatish tizimi faol shakllanib bormoqda. Veterinariya xizmati yangi qoidalar asosida qayta qurilmoqda. Natijada 1995 yilning ozidayoq dexqon xojaliklari soni 2,9 barobar kopaydi va 1996 yilga kelib 35 mingdan ziyodni tashkil etdi. Dexqon xojaliklarning ekinzorlarini umumiy maydoni 1996 yilda 1995 yildagiga qaraganda 4,7 barobar oshdi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida qishloq xojalik ishlab chiqarishining strukturasini takomillashtirishga aloxida etibor berildi. Mamuriyatchilikdan, xojaliklarga qanday ekin ekishni zorlab qabul qildirishdan iborat yaramas tartibga batamom chek qoyildi. Xojaliklarga ekin maydonlarining strukturasini va ishlab chiqarish xajmini mustaqil belgilash xuquqi berildi. Qishloqda mulkchilik munosabatlarini islox qilishdan tashqari, dastlabki bosqichda xojalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga ham katta ahamiyat berildi.
Amalga oshirilgan tashkiliy organishlar, yaratib berilgan iqtisodiy imtiyozlar va rag’batlantirish choralariga qarab, xojaliklarning ichki ishlab chiqarish munosabatlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Qabul qilingan qonunlar va farmonlar asosida qishloq hojaligini samarali ishlashini taminlovchi yaxlit mexanizmi ishlab chiqildi.
Qishloq hojaligida dexqonning o'z mulkining xo'jayini xissini mustaxkamlash uchun zarur ishlarning barchasi amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |