Foydalanilgan adabiyotlar:
Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Baholash faoliyati togrisida gi qonuni. Xalq sozi, 1999 y 5 sentyabr.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 iyundagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Farmoni.
I.A.Karimov. "Ozbekiston" bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li. T. "Ozbekiston"-1993 y.
I.A.Karimov. Ozbekiston-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida. T. "Ozbekiston"-1995 y.
I.A.Karimov Iqtisodiyotni erkinlashtirish-farovonlik poydevori" Xalq so'zi" . 2000 y 22-iyul.
I.A.Karimov Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. Xalq sozi, 2006 y 11 fevral.
Salimjanov I.K. Tseniy i tsenoobrazovanie. M., Prospekt, 2006
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti. T., Oqituvchi, 2005
J.Bayev "Baho va bahoning shakllanishi" T.Ilm-ziyo 2006 y.
25-Mavzu: Bozorni boshqarishda davlatning iqtisodiy vazifalari.
(2 soat maruza)
Reja:
Boshqarish tushunchasi. Boshqarishning zarurligi va mazmuni.
Menejment bu ishlab chiqarishni boshqarish boyicha faoliyatdir
Boshqarish uchburchagi.
Tayanch soz va iboralar:
Ozbekistonda bozor iqtisodiyotiga otishning tamoyillari va xususiyatlari Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yonalishlari. Boshqarish. Boshqarishning zarurligi. Boshqarish uchburchagi. Davlat bosh islohotchi.
Tabiatdagi va iqtisodiyotdagi juda kop jarayonlar ularga insonning tasirisiz tabiiy, kimyoviy va biologik qonunlarning talablariga muvofiq, boshqarilib turiladi. Bunga misol qilib kun bilan tunning almashib turishini, fasllarning navbatma-navbat orin almashib turishini, suvlarning muzlashi va erishini, jismlarning reaktsiyaga kirishini, bahor kelishi bilan daraxtlarning kortak chiqarishini, toglarning kotarilishi va yemirilishini olsak boladi.
SHu jarayonlarning juda kopining natijasi insonlarning yashashi va faoliyat korsatishi uchun asos bolib xizmat qiladi. SHunga kora odamlar tabiatdagi jarayonlarga, iqtisodiy jarayonlarga oz tasirini otkazib, ularning ozlari uchun kerakli yonalishlarga soladilar.
Daryolarni bogib ularning yonalishini ozgartiradilar, osimliklar va xayvonlarni madaniylashtiradilar, yerga organik va mineral ogitlar solib, unumdorligini oshiradilar, quyosh nurlarini toplab energiya sifatida foydalanadilar. Bularning hammasida inson tasiri otkazilyapti, tabiiy va iqtisodiy jarayonlar jamiyat maqsadlari sari yonaltirilyapti. SHuning ozi boshqarishdir.
Boshqarish bu obektlarga, jarayonlar va iqtisodiy faoliyatga muayyan yonalish berib, kozlangan natijaga erishish maqsadida shu obekt va jarayonlarga, hamda faoliyat korsatadigan kishilarga ish yurituvchilarning ongli tasir korsatishidir. Boshqarish ishining natijasi bevosita obektlarda faoliyat korsatadigan odamlarga, ayniqsa ularning xulq-atvoriga, intilishiga bogliq. SHuni etiborga olgan holda, boshqarish nazariyasining asoschisi frantsiyalik Anri Feyilh boshqarishga shunday tarif beradi: Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji boricha foyda olgan holda, mexnat ahlini korxona maqsadlari sari yetaklashdir... Boshqarish, avvalo hamma narsani oldindan kora bilish, keyin rejalashtirish, tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat.
Kishilik jamiyati taraqiy etib borgan sari tabiiy va iqtisodiy jarayonlarni boshqarish zarariyati kuchayib keldi. Boshqarish obektlarining miqyosi tobora kattalashib, murakkablashib bordi, iqtisodiy faoliyatda band bolganlar soni mislsiz kopaydi. Bunga sabab shuki, davrlar otib borgani sari mamlakatlar aholisi va dunyo aholisi kopayib, har bir kishining va umuman dunyo aholisining ehtiyojlari uzluksiz oshib bormoqda. Aholi ehtiyojlarini cheksiz osib borishi bu ehtiyojlarni qondirish uchun tobora koproq, moddiy-manaviy nematlarni ishlab chiqarishni haqqoniy talab qiladi. Bunday talabni qondirish maqsadida kishilik jamiyati tabiiyik iqtisodiy jarayonlarga oz tasirini kuchaytirib kelmoqda. Yangi-yangi yerlarni ozlashtirilishi, yirik suv inshootlarining barpo etilishi, sanoat ishlab chiqarishini vujudga kelishi va rivojpanishi, transport va aloqa soxalarining, savdo-sotiqing va xojalikning boshqa soxalarini kengayib, murakkablashib borishi, shahar va qishloqlarning vujudga kelishi va obod bolishi bolarning barcha barchasi boshqarishning natijasidir.
XXI asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi asri, sanoat asri, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, robotlashtirish, kompyuterlashtirish asri, atom asri, koinotni ozlashtirish asri kabi juda kop nomlar bilan kirib keldi.
Xuddi shu asrda boshqa asrlarda yuz bermagan, oziga xos voqelik yuz berdi: dunyo aholisining soni xuddi shu yuz yillik davomida tort barobarga yaqin kopaydi. Insonning cheksiz extiyojlarini cheklangan resurslar asosida qondirish muammosi olamshumul muammolardan biriga aylandi. Insonning cheksiz extiyojlarini qondirishning birdan-bir vositasi insonlarning ongli faoliyati asosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish xodimlarning moddiy manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning har bir qatnashchisi oz mexnat faoliyati natijasida koproq naf korishga intiladi. Koproq, naf korishga intilish va bu maqsadga erishuv-xaqoniy ravishda odamlarni tabaqalashuviga olib keladi. Jamiyat azolari orasidan koplab ishbilarmonlar, tadbirkorlar, moxir boshqaruvchilar yetishib chiqib, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqlar farovonligini oshirishga katta xissa qoshdilar, ozlari esa, yirik mulkdorlarga aylandilar. Bu jarayon ayniqsa XX asrning 2030-yillarida jadal kechdi. Bu davrga kelib dunyoning qator mamlakatlarida ulkan iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, texnologiya imkoniyatlariga (potentsialiga), butun bir davlatning kuch-qudratiga teng keladigan kuch-qudratga ega bolgan ulkan korporatsiyalar vujudga keldi, bunday ulkan korxonalar, birlashmalar, banklar buyuk millatlarning kuch-qudratiga aylandi. Davlat siyosatining taqdiri, xalq taqdiri kop jixatdan xuddi shu korxonalarning faoliyati natijasiga bogliq bolib qoldi. Qolaversa, bunday ulkan korporatsiyalar dunyo mamlakatlari aro ozlarining ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash, servis va axborot torini toqib trans milliy harakteriga ega bolib qoldilar. Binobarin, dunyodagi kop mamlakatlar va xalqlar taqdiri ham u yoki bu darajada transmilliy korporatsiyalar faoliyatiga aloqador.
XX asr ishlab chiqarishidagi yana bir xususiyat shuki, muayyan mamlakat korxonalarining eng katta qismini tashkil etgan kichik va orta korxonalar aksariyat kopchiligining faoliyati ulkan korporatsiyalar faoliyati bilan integrallashib ketgan. Ular ulkan korporatsiyalar uchun malum qismlar, detallar yetkazib beruvchi korxonachalarga aylanib ketgan.
Qayd etib otilganlardan kelib chiquvchi xulosa shuki, xozirgi davrga kelib, dunyo miqyosida, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda xalq xojaligi nixoyatda kengayib, murakkablashib ketdi. Mamlakatlar ichidagi va tashqarisidagi necha onlab, necha yuzlab korxonalarning iqtisodiy faoliyatlari bir-birlari bilan kirishib, chirmashib, bir mexanizmga aylangan. Ishlab chiqarish jarayonida bir necha millionlab, milliardlab qiymatiga ega bolgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qatnashadi. Korxonalar korishi mumkin bolgan foyda ham, zarar ham juda katta raqamlarda ifodalanadi. Mobodo qaysidir korxona tanazzulga yuz tutadigan bolsa, u keltirishi mumkin bolgan zarar mamlakat iqtisodiyotini katta qismini opirib ketadi. Binobarin, xozirgi davrga kelib, boshqarishning ahamiyati nixoyatda oshdi, uning faoliyat doirasi ota kengaydi.
Boshqarish iqtisodiyotning muxim tarmoqlaridan biriga aylandi, boshqaruvchilar esa, jami kasb egalari ichida eng ehzozlisi kasb egalari sifatida ajralib chiqdi. Adabiyotlarda, amaliy hayotda boshqarishning zamonaviy mohiyatini ifodalovchi «menejment» boshqaruvchi shaxsi anglatuvchi «menedjer» tushunchalari keng ishlatila boshladi.
Tashkilot menejmentni amal qilishining sababchisi. Boshqarish obekti tashkilotdir. Tashkilot umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatlari Ozaro muvofiqlashtiruvchi kishilar guruhidir. Kishilar tashkilot hisoblanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: ozini ushbu guruhoing qismi deb biluvchi, hech bolmaganda ikki kishining bolishi shart; b) muayyan guruh azolarining umumiy maqsad deb qabul qilgan, hech bolmaganda bir maqsadning bolish;
v) umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda sidqidildan ishlaydigan guruh azolarining bolishi. Hozirgi zamon tashkilotlarining kopi ozaro bogliq, maqsadlar dastasiga ega bolgan murakkab tashkilotlardir. Rivojlangan mamlakatlardagi ayrim korporatsiyalar dunyoning koplab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan minglab korxonalarni oz ichiga oladi.
Masalan, AQSHdagi «Makdonalds» yetti mingdan oshiq» mustaqil korxonalardan tashkil topgan ulkan tashkilotdir. Bolar ichida magazinlar va korxonalar kiruvchi, reklama olib boruvchi, mahsulotlarni sotib oluvchi, yangi hil mahsulotlarni kashf etuvchi, mahsulotlar sifatini nazorat qiluvchi, qisqasi hilma-hil maqsadlar yolida faoliyat korsatuvchi tashkilotlar bor. Bu tashkilotlarning har biri murakkab, bosh tashkilotning umumiy maqsadi va ozlarining maqsadlarini royyobga chiqarish uchun tovarlar xizmatlarning u yoki bu torini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda, gorizontal mexnat taqsimoti asosida iqtisodiy faoliyat olib boruvchi bolimlar hisoblanadi. Yuzlab, minglab bolimlarning oz maqsadlari va korporatsiyaning umumiy maqsadi sari muvaffaqiyatli olib borishlarini umumiy tartibga solish talab etiladi. Bu ishni vertikal mehnat taqsimoti asosida boshqaruv xizmati amalga oshiradi. Binobarin, xozirgi vaqtda yirik tashkilotlarni boshqarish pogonama-pogona olib boriladi. Adabiyotlarda va amaliy hayotda raxbarlarni tashkilotlarda bajarayotgan vazifalariga qarab uchta toifaga ajratiladi.
Boshqaruv pogonalari:
1. Oliy bogin boshqaruvi
2. Orta bogin boshqaruvi
3. Qoyi bogin boshqaruvi
Texnik darajadagi shaxslar bevosita mahsulotlar va xizmatlarni toxtovsiz, samarali ishlab chiqarilishini ta’minlovchi kundalik operatsiyalarni va harakatlarni boshqaradilar. Bular juda kop sonlidir. Bular masterlar (ustalar), smena masterlari, bolim boshliqlari, kichik zobidlar, katta hamshiralar, biznes maktabining kafedra mudirlari kabilardir. Amaliyotda ularni quyi bogin rahbarlari deb ataladi. Ular ishlab chiqarishda ishchilar va rahbar bolmagan boshqa xodimlar faoliyatini boshqaradilar.
Yirik tashkilotlarda juda kopchilikni tashkil etgan quyi bogin rahbarlari faoliyatini nazorat qilib, tashkilotning umumiy maqsadi sari uygunlashtirib turish talab etildi. Bu ishni orta bogin rahbarlari amalga oshiradi. Orta bogin rahbarlariga maktablarda oquv, tarbiya ishlarini boshqaruvchilar, kollejlarda bolim boshliqlari, xojalik ishlari boshliqlari, ishlab chiqarishda tashkilotga qarashli zavod va fabbrikalarning direktorlari, turli bolimlarning boshliqdari kiradi. Bu toifadagi rahbarlar boshqaruv darajasidagi ishlarni amalga oshiradilar, yani rahbarlar ustidan rahbarlik qiladilar.
Har bir tashkilotning oliy bosh bogin rahbarlari boladi. Bular - korporatsiyalarning prezidentlari, vitse-prezidentlari, shahar, tuman, viloyat hokimlari, maktab va kollejlarning direktorlari, oliy oquv yurtlarining rektorlari kabilardir. Oliy bogindagi rahbarlar tashkilot yoki tashkilotning asosiy faoliyatiga tegishli qarorlarni qabul qilinishiga va bu qarorlarni amalga oshirilishiga javob beradi. Oz sonli oliy bogindagi rahbarlar tashkilotning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Oliy bogin rahbarlarining xulq atvori, ularning faolligi tashkilot faoliyatining umumiy jarayoniga va faoliyat natijasiga sezilarli tasir qiladi.
SHuni qayd etib otish joizki, aksariyat xollarda oliy bogin rahbarlari orta bogin rahbarlari hamdir.
Masalan, kollej miqyosida kollej direktori oliy bogindagi rahbar, talim tizimining yuqori organlari miqyosida esa u orta bogindagi rahbardir.
Malumki, tashkilotlar, ijtimoiy, jamoaviy, guruhiy va shaxsiy ehtiyojlarni qondirish va shu yol bilan daromad, foyda olish maqsadida faoliyat olib boradilar. Har qanday iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillaridan, yani ish kuchi, yoqilgi, energiya, xom-ashyo, qurilmalar, asbob-uskunalar, materiallar, axborot, pul mablaglari kabi iqtisodiy resurslardan foydalanadilar. Binobarin, tashkilot boshqarish deganda ishchilarni, ishlab chiqarish vositalarini, moddiy resurslarni, moliyani, axborotni boshqarish tushuniladi. Korxona ta’minoti, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bogliq, harakatlar ham boshqarish tasir doirasiga kiradi.
Har bir korxona muayyan sifatga, xalqaro qabul qilingan normalar va standartlarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishi kerak. SHunday ekan, korxonani boshqarishga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini va sifatini boshqarish, ishlab chiqarish texnologiyasini boshqarish ham kiradi. Qisqasi, yuqorida qayd etib otilganlarning hammasi menejment qamroviga kiruvchi ishlardir. Uni tariflash mumkin: menejment - rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tejamkorlikni taminlash va foyda olish maqsadida ishlab chiqarilgan va amalda qollanilayotgan ishlab chiqarishning printsiplari, usullari vositalari va shakllarining yigindisidir. Menejment - boshqa odamlarning mexnatidan, aql-idrokidan xulq-atvor va boshqa qobiliyatlaridan oqilona foydalanib, qoyilgan maqsadga erishishdir. Lugaviy manoda menejment «boshqarmoq» vazifani bajarmoq, yani turli-tuman tashkilotlarda odamlar ustidan rahbarlik qilish bilan bogliq bolgan faoliyat turidir.
Bundan tashqari menejment ishlab chiqarish jarayonidagi, hamda istemolchilar va ishlab chiqaruvchilarning ozaro aloqalaridagi insoniy munosabatlarni boshqarish xaqidagi fandir. Bu fan eng yaxshi yutuqlorga erishish maqsadlarida ishlab chiqarish jarayonining oziga, hamda shu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ishchi xodimlarga tasir etishning vositalari hamda usullarini organadi. Va nixoyat menejment «menedjer» sozidan kelib chiqqan yigma tushuncha bolib, ruxshunoslikni, jamiyatshunoslikni, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqalarni yaxshi biladigan, boshqarish ishlarini zor olib boradigan professional boshqaruvchilarni, bosh direktorlarni, prezidentlarni, rahbarlarni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |