SHartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. SHartnoma narxlar odatda shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda ozgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda qollaniladi. U xalqaro bozorda qollanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi.
CHakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita istemolchilarga sotiladi. CHakana narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining harajatlari va ularning oladigan foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga bolgan talab va taklifni boglovchi rolini oynaydi, hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bolishi mumkin.
Davlatning narxlarni tartibga solishlik faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali narxlarni vujudga keltiradi. CHegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi chegarasini belgilaydi, ular shu doirada ozgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx - bu davlat byudjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur negmatlar bilan eng kam darajada taminlab turishda foydalaniladi.
Demping narx. Bozorda oz mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi.
Sotish hajmini ozgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalanadi. Bu narxni qollash uchun bozorda raqobat cheklangan va monopol vaziyat mavjud bolishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bogliq bolmaydi,shu sababli narxning kotarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki. ular nufuzli narxlarda sotiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega bolish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nushadagi kiyimlarni kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish - martabali yoki obrotalab istemol hisoblanadi. Martabali istemol nufuzli narxlarni yuzaga chiqaradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori boladi. Narxlarni qollashda tovarlarni ishlab chiqarish harajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning ozgarishi va bozordagi narxga raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. SHunga qarab malum davrgacha ozgarmaydigan qatiy (standart) narxlar va ozgaruvchan narxlar qollaniladi. SHunday tovarlar borki, istemolchilar ularning narxi ozgarmasligini afzal koradi. Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi.
Ozgaruvchan narx belgilanganda, harajatlar va bozordagi talabning ozgarishi hisobga olinadi. Ozgaruvchi narxlar xarid miqdorini va xarid vaqtini ham kozda tutadi, tovarlar kop miqdorda sotib olinsa narx tushiriladi. Xarid vaqti hisobga olinib, mavsum boshida tovarlar narxlari oshib borsa, mavsum oxirida ular pasayadi. Amaliyotda preyskurant narxlar ham ishlatiladi. Bunday narxlar firma preyskurantlarida (narx korsatkichlarida) elon qilinadi va tovar narxining qaysi summa atrofida bolishini korsatadi, ammo haqiqiy narx preyskurant narxdan yuqori yoki past bolishi mumkin. Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi. Narx diapazoni narxlar oraligining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, orta va yuqori narxlarni oz ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta bolsa. tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi. chunki talab bilan narx ozaro boglanadi.
Bozor kolami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud boladi. Hududiy narx faqat malum hududiy bozorga xos bolib, u shu hudud doirasidagi omillar tasiridan hosil boladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-harajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni. tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat bolsada, ular bir-biri bilan ozaro boglangan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi oz ifodasini topadi. Iqtisodiy nazariyada narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot bir-biriga bogliq va yagona bolganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri ozidan keyingi mahsulot harajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday oziga xos tovarlar chiqadiki, ular kopchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft’, komir, gaz, yogoch, bugdoy, paxta kabi tovarlar bolib, ular narxining ozgarishi butun narxlar nisbatini ozgartiradi.
Tovar pul munosabatlari rivojlangan sharoitida nazariy jihatdan yondoshilsa, narx tovar qiymatini ozida mujassamlashtirishi zarur. SHu sababli qiymatning tashkil topish qonuniyatlarini qarab chiqilganda qiymat-narxga teng keladi deb faraz qilinib, talab bilan taklif ortasidagi nisbat, yani aniq bozor sharoiti va narxning qiymatdan tashqari omillari hisobga olinmaydi.
Narxlarning ozgaruvchanligi. uning darajasiga tasir qiluvchi bir qator omillarning mavjudligi va bozor mexanizmi mavjudligi bilan belgilanadi. Bozorning turli nusxalari va ularning oziga xos xususiyatlari ham qiymat-narx muvozanatiga oz tasirini korsatadi.
Narxning tashkil topishida eng samarali mexanizmi sharoitida mavjud boladi, yani bunda bozordagi vaziyat juda kop sotuvchilar va sotib oluvchilar, sotiladigan mahsulotlarning bir xilligi, firmalarning bozorga erkin kirishi bilan xarakterlanadi. Bunda sotuvchi va sotib oluvchilarning birortasi ham oz-ozicha bozor narxlariga tasir korsata olmaydi, narx talab va jami taklif tasirida ornatiladi.
Har qanday tovarning raqobatli bozorida talab qilingan tovarning bozor narxi bilan uning miqdori ortasida hamma vaqt malum nisbat mavjud boladi: narx qancha yuqori bolsa, shu tovarni sotib oluvchilar soni shuncha kam boladi, yani daromadning mavjud darajasida talab darajasi kam boladi va aksincha, narx qancha past bolsa sotib oluvchilar soni va sotib olinadigan tovarlar miqdori shuncha kop boladi.
SHunday qilib, sof raqobatli bozorda alohida korxona mahsulot chiqarish hajmini cheklab, ancha yuqori bahoga erisha olmaydi. Malum mahsulotni ishlab chiqaruvchi barcha korxonalar esa sotish hajmini faqat ancha past narxlarni ornatish yoli bilan kopaytirish mumkin. Bunda korxonalar mustaqil harakat qilib, shu bilan birga bir vaqtda taklifning umumiy hajmiga va demak, bozor narxiga tasir korsatishlari mumkin.
Agar qandaydir tovarlarning narxi oshsa va bunda boshqa sharoitlar ozgarishsiz qolsa, bu tovarlarga talab shuncha kam miqdorda boladi. Bu qonuniyat amalda deyarli barcha tovarlar uchun kuchga ega.
Narxning oshishi bilan talabning asta sekin pasayib borish sabablarini aniqlash qiyin emas, u avvalo istemolchilar daromadining cheklanganligi bilan izohlanadi. Agar tovarlarning yuqori narxida ularni faqat yuqori daromad oluvchilar sotib olsa, narxlarning pasayishi, birinchidan, yangi xaridorlarni jalb qiladi. Ikkinchidan, narxning har bir pasayishi shu tovarning istemolchilarini ehtiyojlarini toliq qondirish uchun yana qoshimcha xarid qilishga undaydi. Bu yerda shuni takidlash lozimki, hatto mazkur istemolchilar talabining osishi amalda toxtagandan keyin ham, bozorda xarid qilish hajmi narxining yanada pasayishi bilan bogliq ravishda, ancha past daromadli xaridorlarning oz ehtiyojlarini qondirishga kirishishi hisobiga osadi. Agar sof raqobatli bozor vaziyatini sotuvchilar yoki taklif tomonidan korib chiqsak, teskari manzarani kuzatamiz. Barcha sotuvchilar bozorda narx qancha yuqori bolsa, shuncha kop tovar sotishga harakat qiladi, yani taklifni oshiradi. Narx yuqori bolganda ishlab chiqarish hajmining oshish tomoyili shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, narxning oshishi mazkur tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilarni jalb qiladi. Ikkinchi tomondan, narx osgan sharoitda tadbirkorlar qoshimcha foyda oladi va natijada koproq ishchi kuchi yollash, koproq xom ashyo va mashinalar sotib olish, yani ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatiga ega boladi.
Talab va taklifning harakati shuni korsatadiki, agar narx ozgarsa bu sotish va sotib olish natijasida roy beradi. Sof raqobatli bozorda narx qaysi darajada ornatiladi degan savol tugiladi. Bu savolga alohida tovarlar talab va taklifi korib chiqilganda umumiy holda javob berilgan edi. Alohida tovarlar, talab va taklif egri chizigi kesishgan nuqtani muvozanatli narx deb atagan edik. Tovarlarning muvozanatli narxiga mos keladigan miqdori istemolchi xarid qilishi lozim bolgan tovarlar miqdorini korsatadi va bu muvozanatli miqdor ishlab chiqaruvchi bozorga chiqarishi kutilgan tovarlar miqdoriga teng keladi.
Faqat muvozanatli nuqtada narxning pasayishi yoki kotarilishi tamoyili mavjud bolmaydi. Ammo bu ayrim hollarda roy beradigan muvozanatdir. CHunki bozorda narx tovarlarga talab yoki taklifning ozgarishi oqibatida doimo harakatda boladi. Bu ozgarishlar bir-biridan mustaqil emas, balki hammasi bir-biriga ozaro bogliq. Biror masalan, birorta tovar narxidagi har bir ozgarish boshqa tovarlar narxida ham ozgarish bolishiga olib keladi.
Sof raqobat sharoitida har xil bolgan narxlardan qaysi biri haqiqiy muvozanatli narx bola oladi? Bunday narx taklifining umumiy yoki bozor hajmi va talabning umumiy hajmi bilan belgilanadi. Aytilganlarni misol orqali tushintiramiz. Avvalo taklifning umumiy hajmini aniqlaymiz. Qulay bolishi uchun, tarmoqda hammasi bolib 1000ta raqobatlashuvchi korxona bolib, ulardan har biri bozorga bir xil miqdorda mahsulot taklif qiladi deb faraz qilamiz. Bu bizga bitta korxona taklif qilgan mahsulot miqdori 1000ga kopaytirib, taklif umumiy yoki bozor hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Endi muvozanatli narx aniqlash uchun taklifning umumiy hajmini xarakterlovchi malumotlarni talabning umumiy hajmi togrisidagi malumotlar bilan taqqoslash zarur (IX- I jadval). Mahsulot umumiy taklifini mumkin bolgan narxdagi umumiy talab miqdori bilan taqqoslab, muvozanatli narx tarmoq uchun 1110 somni (muvozanatli mahsulot miqdori 8000 birlikni) tashkil qilishini aniqlaymiz.
I jadval. Bozor talabi va taklifi tasirida muvozanatli narxning hosil bolishi.
Bitta korxona taklifi miqdori
|
1000 korxona taklifi-ning umumiy hajmi
|
Tovar bahosi, som
|
Talabning umumiy hajmi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
10
|
10000
|
1510
|
4000
|
9
|
9000
|
1310
|
6000
|
8
|
8000
|
1110
|
8000
|
7
|
7000
|
910
|
9000
|
6
|
6000
|
810
|
11000
|
0
|
0
|
710
|
13000
|
0
|
0
|
610
|
16000
|
Jadvaldagi malumotlarni grafikda aks ettiramiz.
Bir xil tovarga muvozanatli narxning hosil bolishi.
Agar harajatlar yoki bozor talabida hech qanday ozgarish roy bermasa, rasmdagi diagramma xaqiqiy muvozanatli vaziyatni korsatadi.
Sof raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillariga narxlar ham talab va taklifning nisbati bilan aniqlanadi. Ammo resurslarga talab va shunga mos ravishda baho narxiga tasir korsatuvchi ikkita muhim holatni takidlash zarur. Birinchidan, iqtisodiy resurslarga talab hosila talab hisoblanadi, chunki mehnat, kapital, yer oxirgi oqibatda kishilarga kerakli istemolchilik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur. Demak, u yoki bu ishlab chiqarish omiliga talab, bu omillar yordamida ishlab chiqaradigan tovarlarga bolgan talabga bogliq. Masalan, tikuvchi mehnatiga talab, jamiyatning matoga bolgan talabi bilan aniqlanadi: sabzavot yetishtirish uchun yaroqli bolgan yerga talab, sabzavotga bolgan talab bilan aniqlanadi va h.k. Bu shuni bildiradiki, malum omilga talab darajasi, shu omil yerdamida ishlab chiqariladigan tovar narxlariga va mahsulot yaratishdagi mazkur omilning unumdorligiga bogliq.
Ikkinchidan, ishlab chiqarishning barcha omillari iqtisodiy va texnologik jihatdan ozaro soglik, tovar ishlab chiqarish uchun barcha uchta omil va ular ortasidagi malum nisbat zarur. Har bir omilga talab hajmi, nafaqat mazkur omil narxi darajasiga, balki boshqa resurslar narxi darajasiga ham bogliq: masalan,mehnatga bolgan talabnafaqat ish haqi stavkasiga, balki mashina, xom ashelar qancha miqdorda sotib olinishi va ularning narxi qanday darajaligiga ham bogliq. Qachonki, ishlab chiqarish malum omilining narxi kotarilsa, unga talab (boshqa sharoitlar ozgarmay qolganda) kamayadi, boshqa omilga talab ortadi; masalan, mehnat uchun ancha yuqori ish haqi, uni mashinalar bilan almashtirishga olib keladi. Ishlab chiqarish har xil omillarining ozaro ornini bosish imkoniyati, ularni qollashning xarajatlarini va eng yuqori foydani taminlaydigan nisbatini uygunlashtirish imkonini beradi.
Raqobat kurashi jaraenida talab va taklifning tebranishi,tovarlarga narxlarning ozgarishi oqibatida daromadlarning ishdab chiqarish omillari egalari ortasida taqsimlanishi roy beradi.Masalan,donga talabning osishi natijasida, uni ishlab chiqarishni kopaytirishga ehtiej osadi. Don yetishtirish uchun yaroqli bolgan yerlarga talab kengayadi,erning bahosi, renta osadi. Bu ishlab chiqarish mazkur omili egasining daromadi osishini bildiradi.
Sof monopoliya. Bunday sharoitda narxning shakllanishi oziga xos xususiyatlarga ega bolib, bu xususiyat qoyidagi holatlar orqali yaqqol namoyon boladi.
Birinchidan, sof monopoliya sharoitida narx qoshimcha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olinadigan pul daromaddan ortiq boladi. Bu shuni bildiradiki, sof monopolist oz mahsulotini sotish hajmini faqat har bir keyingi mahsulot birligiga ancha past narxlar belgilash orqali kopaytirishi mumkin. Narxning pasayishi faqatgina qoshimcha sotilgan mahsulotga, emas balki mahsulotning barcha boshqa birligi narxlariga ham tasir qiladi. CHunki har bir qoshimcha sotilgan mahsulot birligi yalpi pul daromadga ozining kamroq narxi bilan qoshilib boradi. Faraz qilaylik, monopolist 4 birlik mahsulotni 140 somdan sotgan. U narxni 140 somdan 130 somga tushirib yana bitta mahsulot birligini sotishi mumkin va shu orqali beshinchi mahsulotdan 130 som narxda pul daromad oladi. Bu qoshimcha sotilgan beshinchi mahsulotdan olingan foydadan 10 som yoqotishini bildiradi.
Qoshimcha mahsulot birligini sotish davomiy ravishda narxni 10 somga pasaytirish orqali borsa mahsulotning 11 birligi 80; 12 birligi esa 70 somdan sotilishi mumkin.
Ikkinchidan, monopolist narx belgilashda hukmronlik qiladi. Buning manosi shuki, monopolist mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi, shu sababli narx belgilashda nisbiy mustaqillikga ega. U bir vaqtda ishlab chiqarish hajmi va narxni tanlaydi. Bu monopolist mahsulotiga narxni belgilashda bozor kuchlaridan ozod ekanligini yoki xaridor toliq monopolist hukmronligi ostida bolishini bildirmaydi. Buni yuqoridagi tahlil ham tasdiqlaydi: yuqori narxlar mahsulot sotishning ham hajmi bilan, past narxlar kop hajmi bilan bogliq. Monopolist sotish hajmiga zarar yetkazmasdan narxni oshira olmaydi yoki ancha past narxlar belgilamasdan sotish hajmini kopaytira olmaydi.
Uchinchidan, monopolist hech qachon yalpi pul daromadni kamaytiradigan narx-mahsulot miqdori uygunlashuvini tanlamaydi. CHunki ancha past narxlar ishlab chiqarishning katta hajmi va kopayib boruvchi yalpi harajatlar bilan bogliq. Ancha past pul daromad va ancha yuqori harajatlar foydaning kamayishini bildiradi. SHunday ekan, monopolist ishlab chiqarish hajmini qoshimcha mahsulotni sotishdan olinadigan pul daromad, unga qilinadigan harajatga teng keladigan miqdorgacha ostirib boradi. Mahsulotiga narxni ham shu darajada ornatadi.
Monopolistik raqobatli bozor sharoitida bir-birining ornini bosuvchi tovarlar ishlab chiqaruvchi nisbatdan kop sonli raqobatchilar mavjud boladi. SHu sababli narxning tashkil topishi sof raqobat sharoitidagidan ancha farq kiladi. Birinchidan, monopolistik rakobat sharoitida korxona kamroq raqobatchilarga qarshi turadi va ikkinchidan, bu raqobatchilarning mahsuloti bir-biriga yaqin, lekin bir-birining ornini butunlay bosmaydi.
Umuman aytganda, monopolistik raqobat sharoitida korxonalar mahsulotlariga narx darajasi raqobatchilar soni va mahsulotning tabaqalashish darajasiga bogliq boladi. Raqobatlashuvchilar soni qanchalik kop va mahsulotning tabaqalanishi qanchalik kuchsiz bolsa, vaziyat sof raqobatga shunchalik koproq yaqinlashadi.
Uchinchidan, monopolistik raqobatli bozorda resurslardan samarali foydalanishga ham, ishlab chiqarish samaradorligiga ham erishib bolmaydi. CHunki monopolistik xukmronlik tovarlar ishlab chiqarish uchun resurslardan toliq foydalanmaslikni keltirib chiqaradi. Natijada korxonalar, mahsulotning ancha samarali hajmiga qaraganda birmuncha kamroq mahsulot ishlab chiqaradi. Bu oz navbatida, narxlarni sof raqobat sharoitidagiga qaraganda bir muncha yuqori ornatishni bildiradi. Haqiqatdan, monopolistik raqobat sharoitida korxonalar uzoq muddatli davrda meyoridagi foydaga erishish uchun raqobatli narxlarga nisbatan ancha yuqori narx belgilashi zarur buladi.
Tortinchidan, monopolistik raqobatga asoslangan kopchilik tarmoqlarda narx va uning shakllanishi sof raqobat sharoitidagidan unchalik kop farq qilmaydi. Bundan tashqari monopolistik raqobat uchun xarakterli bolgan mahsulotning tabaqalinishi, xaridor bir turdagi qator mahsulotlarda keragini tanlay olishini bildiradi.
Oligopolisitik bozor sharoitida bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchi bozorning sezilarli hissasini nazorat qiladi. Oligopolistik firmalar soni odatda kop bolmasligi sababli ulardan har birining harakati bozordagi boshqa firmalarning ahvoliga sezilarli tasir korsatadi. Natijada har bir oligopolistik firma ozining boshqalarga bogliqligini aniq sezadi.
Mahsulot turi boyicha odatda sof oligopoliya va tabaqalashgan oligopoliya ozaro farqlanadi. Bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi oligopoliya sof oligopoliya deyiladi. Bunday holda bozorda tovar narxlari bir xil boladi. Oligopoliyaning bunday turiga himiya sanoati mahsulotlari bozori misol bola oladi. Bir xil funktsional maqsaddagi xilma-xil mahsulot ishlab chiqaruvchilar oligopoliya tabaqalashgan oligopoliya deyiladi. Bunday oligopoliyaga avtomobil bozori misol boladi. Bunday bozordagi bir xil bolmagan tovarlar guruhiga narxlar har xil ornatiladi.
Oligopoliyalarning tarixan ancha mashhur shakli kartellar hisoblanadi. Kartel’ - bu bir nechta ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bolib, olar narxlar darajasi, ishlab chiqarish hajmi yoki bozorni bolish haqida birgalikda qaror qabul qiladi. Bunda narxlar deyarli monopol yuqori darajada ornatilishi mumkin. Narxlar darajasi va har bir qatnashchining ishlab chiqarish umumiy hajmidagi hissasi haqida kartel’ shartnomasida kelishib olinadi. Bunday kelishuv ochiqdan-ochiq kelishuv hisoblanadi.
Hozirgi davrda milliy kartellar monopoliyaga qarshi qonunchilik bilan qattiq taqiqlanadi. Ammo xalqaro kartellar hozir ham mavjud. Eng mashhur halqaro kartelga misol bolib neft’ eksport qiluvchi mamlakatlar uyushmasi (OPEC karteli) hisoblanadi.
Amaliy hayotda yashirincha kelishish ham uchrab turadi. Oligopolistik bozor qatnashchilari bir-biriga bogliqligini yetarli darajada tez his kiladi va oz harakatini raqobatchi harakati asosida koradi. SHu orqali bozorda oshkora bolmagan tinch kelishuvchi vaziyat vujudga keladi.
Oligopoliya sharoitida raqobat koproq narxsiz xarakter kasb etadi. Narxsiz raqobat istemolchini narxni pasaytirishdan tashqari omillar hisobiga yani tovarlar sifatini yaxshilish, reklama, sotiladigan keyingi xizmat korsatish va shu kabilar orqali jalb qilishga asoslanadi. CHunki har bir oligopolistning narxini pasaytirishi, boshqa oligopolistlarning ham shunday javob harakatini qilishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan agar firma narxni oshirsa, boshqa firmalar bu yuldan bormasligi va oqibatda uning mahsulotiga talab keskin qisqarishi mumkin. SHu sababli oligopolistlar narx bilan raqobat qilishdagi koplab yoqotishlardan qochishga harakat qilib, ozaro bir-biri bilan narxsiz raqobat qilishni afzal koradilar.
SHunday qilib, bozorning oligopolistik tuzilishi sharoitida narxning tashkil topishi uning malum darajada barqarorligi bilan farqlanadi. Umuman bu barqarorlik oligopoliya sharoitida firmalarning bir-biriga ozaro bogliqligi va ozaro tasiri muammosi bilan bogliq. Oligopoliya sharoitida, firmalarning bozor siyosatiga tasir qiluvchi qoshimcha maqsadi vujudga keladi. CHunonchi, jami foydani eng yuqori darajada kopaytirishga erishish uchun firmalar ozaro hamkorlikka intiladiki, bunda ularning birgalikdagi kelishilgan faoliyati natijasida alohida qilingan harakatga nisbatan har bir firma koproq natija (foyda) oladi. Firmalarning bu umumiy maqsadini amalga oshirishning shart - sharoiti raqobatni cheklash hisoblanadi. Bunda gap, iqtisodiy kurashning xarakterli shakli, ochiq narx raqobati togrisida ketadiki, u osib narxlarning vayron qiluvchi urushiga aylanishi mumkin.
Amaliyotda oligopoliyalarning oz mahsulotlariga bozor narxlarini kelishishi narxdagi rahnamolik (liderlik) de’ nom olgan. Ochiq narx bilan raqobatlashishdan voz kechishni taqozo qiluvchi narxdagi rahnamolik eng muhim tovarlarning bozorini tashkil qilishni va faoliyat korsatilishini aniqlovchi muhim belgi hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, mazkur tarmoqlaridagi oligopolistik firmalar ozlarining tovarlariga narxlarni shakllantirish va ozgartirishda bitta rahnamo firmaning belgilagan narxlariga qarab ish tutadi. Qoida boyicha, rahnamo firma sifatida butun tarmoq yoki hududiy bozor doirasida eng yirik hisoblangan firma chiqadi. Rahnamo firma narxidagi ozgarishlar boshqa tarmoq korxonalari narxlarining shunga mos ravishda ozgarishi uchun sabab bolib xizmat qiladi. Boshqa tomondan, rahnamo firmaning belgilangan narxlar talab yoki harajatlarini ozgarishi natijasida oligopolistik shartnomaga kirgan boshqa firmalarning manfaatiga mos kelmay qolsa, bu firma oz vaqtida narxilarni ozgartirishi zarur boladi.
P.Samuel’son va V. Nordxaus oligopolistik harakatning uchta muhim turlarini korsatib otadi:
xufiya (mahfiy) oligopoliya
hukmron (ustun) bolgan oligopoliya
monopolistik raqobat.
Birinchi holatda, oligopolistlar ozaro kelishishi mumkin va bozor narxlari monopolistning talabiga batomom mos boladi.
Ikkinchi holatda, tarmoqdagi eng yirik firma shu tarmoqdagi sotish hajmining 60-80 foizini nazorat qiladi yoki harakatning bir necha yollarini tanlab olishi mumkin. Masalan, bozorning bir qismini raqobatchilarga (mayda firmalarga) boshatib berishi va keyin bozorning 60-80 foizi nazorat qiluvchi yagona monopolist sifatida harakat qilishi mumkin.
Uchinchi holatda, juda kop sotuvchilar va xaridorlar mavjud boladi, firmalar tarmoqdan tarkmoqqa erkin ravishda kiradi va chiqadi hamda har bir firma boshqa firmalarning narxlariga bevosita tasir qila olmaydi. Bunday vaziyat erkin raqobat bozorini eslatadi. Uning raqobat bozoridan farqi shundan iboratki, bu yerda tovarlarning tabaqalanishi mavjud boladi. SHu holatdan kelib chiqib, sotuvchi oz tovariga ozi baho qoyadi. Turli bozorli vaziyatlarda narxlarning tashkil topish xususiyatlarini tahlil qilish korsatadiki hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti iqtisodiy jarayonlarning tartibsiz va ongli kuchlarining murakkab ravishda bir-biriga qoshilib ketishidan iboratdir.
SHunday ekan, monopoliya va oligopoliyaga har doim ham narxni oshiruvchi omil deb qarab bolmaydi. Davlat malum maqsadni kozlagan holda narxni chegaralaydi, yani qonun yuli bilan narxlarning quyi va yuqori chegarasini belgilaydi. Bu bilan narxning iqtisodiy va ijtimoiy sohaga korsatadigan tasirini ozgartiradi.
Davlat tomonidan ornatilgan narxlarning yuqori chegarasi bozordagi eng yuqori narxlar bolib, bunda sotuvchiga oz tovari (xizmati)ni faqat shu narxlarda sotishga ruxsat beriladi. Istemolchi esa muvozanatli narxlarda sotib ololmagan ayrim eng zarur tovarlarni xarid qilish imkoniyatiga ega boladi.
Narxlarning quyi darajasi bu davlat tomonidan ornatiladi. Muvozanatni narxdan yuqori bolgan minimal narx, bunday narxlar odatda bozor tizimi resurslarini yetkazib beruvchilar yoki ishlab chiqaruvchilar malum guruhining daromadlar darajasini yetarli darajada taminlab bera olmaganda qollaniladi. Davlatning minimal ish haqi, hamda qishloq xojalik mahsulotlariga belgilangan narxni byudjet hisobidan ushlab turish narxlarning quyi darajasini ornatishning yorqin misolidir.
Davlat oldida narxning quyi darajasini ornatish natijasida vujudga keladigan ortiqcha mahsulotni tartibga solish vazifasi turadi. Birinchidan, u ishlab chiqarishni cheklaydigan aniq dasturlarni kuchga kiritishi yoki muvozanatli narx va minimal narx ortasidagi farqni, demak, bundan kelib chiqadigan ortiqcha mahsulot miqdorini qisqartirish maqsadida talabni ragbatlantirish mumkin. Ikkinchidan, bu tadbirlar yetarli natija bermasa, davlat ortiqcha mahsulotni sotib olishi va uni boshqa yullar bilan tasarruf qilishi (saqlash, chetga chiqarish va h.k.) mumkin.
SHunday qilib, yuqorida qilingan tahlil korsatadiki sof raqobatli, monopollashgan yoki raqobat cheklangan bozorlarda narxlarning shakllanishi oziga xos xususiyatlarga ega. Ammo bozorning aniq torlaridan qatinazar, narxni vujudga keltiruvchi umumiy omillar mavjud. Lekin bu omillarning narxga tasir etish darajasi va miqyosi bozor turlariga qarab ozgaradi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga otayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati kop jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Erkin narxlar - bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor munosabatlari barcha subektlari manfaatlarini eng maqaul tarzda uygunlashtirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |