Narxlarini erkinlashtirish - iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yonalishlaridan biri bolib, islohotlarning ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari kop jihatdan shu muammoning hal etilishiga bogliq boladi. Narxlarni erkinlashtirish xom ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari ortasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. SHu yondashuvlarga asoslanib, narxlar qoyidagi yollar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga, yoki esankiratadigan tarzda qoyib yuborish;
b) narxlarni suniy ravishda toxtatib qoyish;
v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni malum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga otayotgan har bir mamlakat, shu yollardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada tasir korsatishi, isloh qilishning tanlab olingan nusxasiga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega boladi.
Sobiq ijtimoiyistik tizim mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha yangi mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning esankiratuvchi yolini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo resurslari, istemol mollari hamda xizmatlar narxini bir yola erkin qoyib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolning keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xojaligining izdan chiqishiga sabab boldi. Ozbekistonda respublika iqtisodiyotini isloh qilishning oziga xos tamoyillari, mamlakatdagi viziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yoli tanlab olindi. SHu yol bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bolgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq istemoli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga otildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qoyildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish toxtatildi. Qatiy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va korsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr’, noyabr’) xalq istemol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qoyib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. SHunday qilib, respublikada iqtisodiyotini isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toliq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiya maqsadidagi jamgarmalar tuzildi, ish haqi, nafaqa va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam korsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |