I
– inson
J – jamiyat
T tabiat
F – firma
F
T
J
Menejment tashkilot maqsadlari va vazifalarini aniqlashi, belgilangan maqsadlarini amalga oshirish yollari va usullarini topish, boshqaruv qarorlari bajarilishini nazorat qilib borish va amalga oshirish, boshqaruv jarayonini takomillashtirib borish kabi ishlarni amalga oshirishda hal qiluvchi komponent bolgan insonga aloxida etibor bermoqda. Mexnat jamoasining tashabbuskorligi, tadbirkorligi, ijodkorligi ruhini shakllantirish va rivojlantirish-menejmentning asosiy vazifasi.
Davlat boshqaruvining zarurligi. Oz vaqtida jamiyatni boshqarishning zarurligi davlatni vujudga keltirdi. Uzoq davrlar mobaynida davlat asosan siyosiy boshqaruv bilan shugullanib keldi. Bozor iqisodiyoti sharoitida davlat vazifalarining miqyosi ancha kengaydi. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuv zarurati tugildi. Bu zaruratning kelib chiqishi mamlakatlar aholisi soni va ularning ehtiyojlarini osib borishi, mamlakat iqtisodiyotini, ayniqsa, xususiy tadbirkorlikni beqiyos osishi, fan-texnikani rivojlantirish, muayyan mamlakat xojaligi mahsulotlarini raqobatli jaxon bozoriga chiqishi, resurslar tanqisligi, atrof-muxit muxofazasi, ocharchilik toyib ovqat yemaslik kabi qator milliy va olamshumul muammolarni kelib chiqishi bilan bogliq, binobarin, xozirgi paytda qaror topgan mamlakatlarda iqdisodiyot bozor mexanizmlari bilan bir qatorda davlat mexanizmlari orqali ham boshqariladi.
Malumki, markazlashgan mamuriy-buyruqbozlik va erkin tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiy tizimlari mavjud. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarishning bu ikkala tizimida bir-birlariga muvofiqlashtirilgan holda foydalaniladi. Umumiy boshqaruvda iqtisodiy boshqarishning hissasi koproq boladi. Xususiy mulk, baholarning erkin shakllanishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan boshqarishning ixtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va taklif qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. SHu usuldagi boshqarish mamlakatlar iqtisodiyotini suratlar bilan rivojlanishini taminlaganligini keyingi on yilliklar tajribasi tasdiqadi.
Sobiq Sovet imperiyasi davrida boshqarishning markazlashtirilgan mamuriy-buyruqbozlik tizimi ancha vaqt hukmronlik qildi. Sovet iqtisodiyoti asosini ishlab chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan iqtisodiy rejalashtirish tashkil etdi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy omili mexnat kishilari yoppasiga ishlab chiqarish vositalari mulkdorligidan mahrum bolib qoldilar. Ularning ishlab chiqarishda qatnashishidan moddiy manfaatdorligi sondi. Maqsadga jalb qilishning iqtisodiy zoravonlik usuli keng qollanildi. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydalanishda isrofgarchiliklar, xojasizliklar, talon-tarojliklar keng avj oldi. Iqtisodiyotda bazan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar harajati hisobiga boldi. Oxir oqbatda boshqarishning markazlashtirilgan mamuriy-buyruqbozlik tizimi xukmronligida iqtisodiy faoliyat olib borgan sovet imperiyasi va umuman, ijtimoiyistik jamiyat ozini ozi iqtisodiy eplay olmay yoq bolib ketdi. Binobarin, jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yolini tanlashda boshqarishning qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda kattadir.
Davlat boshqaruvining iqtisodiy ahamiyati. Bozor iqtisodiyotini bozor mexanizmlari va davlat boshqaruvi bilan uygunlashgan holda boshqarilishi talab etiladi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga keltirishda namoyon boladi. Davlat mamlakat iqtisodiyotini tartibga keltirishda qator iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradi.
Birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini qollab-quvvatlash va uni amal qilishini yengillashtirish maqsadini kozlaydi. Bu sodda davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini korsatsak boladi:
1. Bozor tizimini samarali amal qilishiga yordam beruvchi huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. Ozbekistan Respublikasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «jamiyatning iqisodiy negizlari» Ozbekistan Respublikasining mulkchilik togrisidagi, yer togrisidagi, tadbirkorlik togrisidagi, bank va bank faoliyati togrisidagi, soliq, togrisidagi va boshqa kopdan-kop qonunlar bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishini taminlovchi xuquqy baza bolib xizmat qiladi.
2. Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga keltiruvchi mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqaruvchilarni va resurslar yetkazib beruvchilarni haridor hukmiga yoki istemolchi dahilsizligiga boysundirib beradi. Raqobatdan ishlab chiqaruvchilar ham, istemolchilar ham, davlat ham, jamiyat ham yutadi. SHuni hisobga olgan holda davlat qonunlar orqali raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini sugurtasiga harakat qiladi.
Raqobatni himoya qilish, raqobat muhtini yaratish vazifalarini amalga oshira borib, davlat bozor tizimi amal qilishini kuchaytiradi, unga ozgartirishlar kiritadi. Davlatning quyidagi uch vazifani bajarishdagi faoliyati ham bozor tizimini mustahkasamlanishi va kengayishini taminlaydi:
a) Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
b) Milliy mahsulot tarkibini ozgartirish maqsadida resurslar taqsimotini tartibga keltirish.
v) Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yani iqtisodiyotdagi tebranishlar, va yana iqtisodiy osishni ragbatlantirish natijasida kelib chiqadigan ishda bandlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilish.
Tovarlar dunyosida individual istemolga moljallangan tovarlar bor. Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, uy-joy anjomlari, transport vositalari, zebu-ziynat buyumlari kabilar individual istemol tovarlaridir. Bu tovarlarni har kim, xoxlagan paytda, xoxlagan miqdorda sotib olib, istemol qilishlari mumkin. Tadbirkorlar har doim individual istemol tovarlari ishlab chiqarib foyda olishga intiladi. Lekin, shunday tovarlar borki, ularni har kim xoxlagan paytda, xohlagan maqsadda sotib olib, istemol qila olmaydi. Ammo bu tovarlar insonlarni yashashlari va faoliyat korsatishlari uchun juda zarardir. Temiryol va avtomobil yollari, havo va suv yollari, milliy boglar, kochalarr va ularni bezab turgan gulzorlar, elektr liniyalari, umumtalim maktablari, kollejlar, suv inshootlari ijtimoiy tovarlardir. Ularni xech kim sotmaydi va xech kim sotib olmaydi. Ammo hamma ulardan bepul foydalanadi. Tezroq, foyda korish ilinjida yurgan tadbirkorlar bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan manfaatdor emaslar. Chunki, bunday tovarlarni ishlab chiqarishga qoyilgan mablag tadbirkor uchun foyda keltirmaydi, keltirgan chogda ham vaqtni talab qiladi. Oz-ozidan korinib turibdiki, jamiyat uchun juda zarar bolgan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi davlat gardaniga yuklanadi.
Iqtisodiyot jabxasida davlat istemolchi sifatida bozorga chiqdi. Davlat buyurtma berib, kerakli tovarlarni qathiy bahoda sotib oladi, bu bilan xajmiga tasir etadi. Davlat buyurtmasini bajarish firmalar uchun qulay ishga aylanadi. chunki tovarlar sotilishi, binobarin, kafolatlangan, tadbirkorlik xatari kam boladi. Davlatning bu tadbiri bozorni kengaytiradi, chunki qoshimcha pul harid vositasi sifatida bozorga tashlanadi.
Davlat malum iqtisodiy vositalar moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita tasir otkazish choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi.
Davlat iqtisodiyotga ozining ijtimoiy siyosati bilan ham tasir korsatadi. Bu asosan ikki yol bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, davlat oz mablaglari bilan malakali ishchi kuchini tayyorlashda qatnashadi.
Davlat hisobidan hamma uchun bepul talim beriladi, malum toifa bepul talim oladi, bepul tibbiy xizmatlardan foydalanadi, imtiyozli uy joyga ega boladi.
Davlat hisobidan aholini yangi kasblarga orgatish joriy etiladi.
Ikkinchidan, davlat oz byudjeti doirasida shaxsiy daromadlarni qayta taqsimlab, boy toifa hisobidan kambagallarni taminlab turadi. Bu bilan sinfiy kurash bartaraf etiladi, ijtimoiy totuvlik murosa qaror topadi. Bu esa iqtisodiy osishga qulay sharoit yaratadi.
Istemolchilar manfaatlarini himoyalash va tovarlar va xizmatlar sifatini nazorat qilib borish, tabiiy resurslarni tartiblash va atrof muhtni muxofaza qilish, tashqi savdo va operatsiyalarni nazorat qilish hamda xalqaro munosabatlarda mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish ham davlatning iqtisodiy vazifalari hisoblanadi.
Qayd etib otilgan barcha iqtisodiy vazifalar tolaligicha mustaqillikning dastlabki odimlarini otayotgan Ozbekistonga ham xosdir. SHu bilan birga Ozbekiston davlati ozi tanlab olgan yolning talablaridan kelib chiquvchi boshqa iqtisodiy vazifalarni ham amalga oshirib kelmoqda. Malumki, Ozbekiston mustaqillikning iqtisodiy asosini bozor iqisodiyotiga otishning «ozbek modeli»ni amalga oshirish orqali barpo etmoqda. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga otish tamoyillaridan biri «Davlat bosh islohotchi». SHu tamoyil talablaridan kelib chiqib, Ozbekiston davlat islohotlarining boshida turib kelmoqda. Uning rahbarligida mamlakatimiz xayotining barcha jabxalari boyicha islohotlarning asosiy yonalishlari ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda. Bular: xalq xojaligidagi tarkibiy ozgarishlar, pul islohoti, agrar islohotlar, moliyaviy islohotlar, talim soxasidagi, sogliqni saqlash soxasidagi islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalar soxasidagi islohotlar va boshqalar.
Mamlakat iqtisodiy kuch-qudratini yuksalishida, xalq xayotining yaxshilanib borishida davlat say-harakatlarining ahamiyati juda kattadir. Togri tanlangan iqisodiy siyosat va uni muvaffaqyatli amalga oshirilishi mamlakat iqisodini uzluksiz, barqaror rivojlanib borishini taminlaydi, xalqda farovon hayot baxsh etadi, davlatning xalqaro obrosi ortib boradi.
Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartiblanishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqarorligini taminlash milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek axoli turli tabaqalari ortasida ijtimoiy muvozanatga erishishdan iborat.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmini samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muxim axamiyat kasb etadi. Buning uchun davlat raqobatini ragbatlantirish orqali bozor tizimi saqlashda komaklashadi.
Bunda davlat quyidagi vazifalarni bajaradi: iqtisodiy subektlarning faoliyat qilish qoidalarini belgilaydi; axolini bozor sharoiti togrisidagi axborotlardan xabardor qiladi. Iqtisodiyot subektlari ortasidagi munozara, baxs, ziddiyatlarni xal qilishda komaklashadi.
Axolini bozorni salbiy, zararli oqibatlardan ximoya qiladi. Mikroiqtisodiy barqarorlikni taminlashga komaklashadi. Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir kismining mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va nazorat qiladi. Davlat oziga qarashli tarmoq va korxonalarni boshqarish orqali fan-texnika inqilob talablariga kora xalq xojaligi tuzilishini shakllantirishga xamda bozor baxolardan bir muncha past baxolardan tovarlar sotish va xizmat korsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga komaklashadi.
Davlat bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosi bolgan raqobat mexanizmining toliq ishlashi uchun xamda axolini malum darajada ijtimoiy ximoyalash maqsadida iqtisodiy yakka xokimlikka qarshi chora-tadbirlarni qollaydi. Bunda biror-bir yirik korporatsiyani ishlab chiqarishning 40-50- foizdan sotishning 60 foizdan koprog’ini oz qolida toplab olishga, firmalarning bozorlarni ozaro taqsimlab olishlariga, baxolarni kelishib olishlariga yol qoymaydi. Davlat moliya soliq siyosati orqali daromadlarni mamlakatning umummilliy xarakterlari va ishlab chiqarishni rivojlantirish axolini ijtimoiy ximoya qilish maqsadida taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Soliq stavkalarini belgilash va ozgartirish orqali jamiyat va axoliga kerakli maxsulotlarni ishlab chiqarishni ragbatlantiradi va keraksiz maxsulot chiqarishni cheklaydi va zararini salbiy oqibatlar tasirini kamaytirishga tasir qiladi.
Davlat pul - kredit tizimini tartibga solish investitsiya jarayoniga, aktsiya va boshqa qimmatbaxo qogozlar kursiga tasir qiladi. SHu boisdan, iqtisodiy tanglikni oldini olishga, iqtisodiy osishni taminlashga erishish uchun barqaror pul makroiqtisodiy sharoitlar yaratishga xarakat qilinadi.
SHuningdek, davlat axolining nochor yashayotgan qatlamlarini ijtimoiy yordam korsatish yoli bilan ximoyalaydi. Ozbekiston Respublikasida axolini ximoyalash maxalliy ozozini boshqarish tizimi bilan amalga oshiriladi. Bu tadbir ijtimoiy yordamning samaradorligini ancha oshiradi.
Ozbekiston Respublikasida davlat bosh islohotchi sifatida quyidagilarni amalga oshirishi lozim boladi:
bozor munosabatlariga otish sharoitida axolini manfaatlarini kuchli qayta taqsimlash vositasi orqali ximoya kilish;
ijtimoiy - siyosiy barqarorlik va millatlaaro totuvlikni kafolatlash;
iqtisodiy faoliyatlarning huquqiy asoslarni, oziga xos bozor shart-sharoitlarini vujudga keltirish;
davlatning iqtisodiy erkinliklarini kafolatli bolishiga erishish;
iqtisodiy rivojlanishining asosiy maqsad yonalishlarini ishlab chiqish, islohotlarining strategik yolini belgilash va ularning amalga oshirish;
ishbilarmonlik tuzulmalarini qaror topishiga va rivojlanishiga komaklashish;
anik maqsadga qaratilgan xalq xojaliklari tarmoqlari tuzilma siyosatini izchillik bilan amalga oshirish;
Bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida davlat uni asosan huquqiy va iqtisodiy vositalar yordamida bevosita tartibga solish mexanizmini tarkib toptirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |