29-Mavzu: Iste'mol, jamgarma va investitsiyalar.
(2 soat maruza)
Reja:
Istemol va jamgarish nima? Jamgarish qanday manba hisobidan amalga oshiriladi?
Jamgarish va fan-texnika inqilobi.
Jamgarish va inson.
Investitsiyalarning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Iste’mol va jamg’armalarning iqtisodiy mazmuni, ularning o’zaro bog’liqligi, jamg’arishning mohiyat,i omillari va samaradorligi, investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, yani milliy daromad istemol va iqtisodiy jamgarish maqsadlarida ishlatiladi. Istemol keng manoda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni istemol qilishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy istemol farqlanadi.
Unumli istemol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bolib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining istemol qilinishini, yani ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy istemol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida roy berib, bunda istemol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular toliq istemol qilinadi.
Istemol jarayonida turli xil moddiy va manaviy nematlardan foydalaniladi. Istemol qilinadigan nemat turiga bogliq ravishda moddiy nematlarni va xizmatlarni istemol qilish ajratiladi.
Individual va jamoa bolib istemol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat azolarining ixtiyorida bolgan moddiy nematlarni istemol qilish individual istemolga, jamiyat azolarining guruhlari moddiy nemat va hizmatlardan foydalanishi jamoa bolib istemol qilishga kiradi.
Jamgarish hayotiy zarurat. Oldingi boblarda ta’kidlandiki, odamlarning ehtiyojlari va ularni qondirilishi darajasi bolgan iste'mol miqdor va sifat jixatdan ozgarib turadi, ya’ni toxtovsiz ravishda ortib, osib turadi. Aslida kishilik jamiyati-ning taraqqiyoti iste'molning qondirilishiga ham bogliq. Ehtiyojlarning, shundan kelib chiqqan holda odamlar iste’molining osishi zamirida ikkita sabab yotadi: birinchi sabab yer kurrasi aholisining yildan-yilga son jihatdan kopayib borishidir (garchi insoniyat tarixida aholi soni urushlar va boshqa sabablarga kora kamayib tursa ham); ikkinchi sabab ijtimoiy rivojlanish tufayli borgan sari odamlarning ne'matlar iste'mol qilishi tuzilishida ozgarishlar yuz berishi, uning rang-baranglashib, sifat jihatdan osib borishidir. Dunyo osib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun iste'mol ne'matlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, maishiy va madaniy xizmatlar va x.k.) tobora kopaytirish lozim.
Xosh, odamlarning osib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatning imkoniyatlari yetarlimi? Bu savolning amaliy va nazariy yechimlari mavjud. Amaliy jihatdan yechimi shuki, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy bazasini o’stirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, moddiy ishlab chiqarishda va xizmatlarda band bo’lgan hodimlar sonini oldingi darajasidan oshirish, ishlab chiqarishga qo’shimcha ravishda mehnat vositalari, xom ashyolarni jalb qilishdir; nazariy jihatdan esa odamlar-ning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib borish uchun jamg’arishni amalga oshir-moq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |