Jamgarish nima va u qanday manba hisobidan amalga oshiriladi?
Jamgarish deyilganda ishlab chiqarish va xizmat korsatish miqyoslarini kengay-tirib borish jarayoni tushuniladi. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarish miqyosni kengaytirib borishning ma'lum manbalari boladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish zarurati paydo bolgach, foyda ikki yo'nalishda taqsimlana boshlandi:
1) ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy hamda shaxsiy omillarini kopaytirish;
2) ehtiyot (rezerv) va sugorta (roy berishi mumkin bolgan tabiiy ofatlarning oqibat-larini bartaraf qilish, ekologik ahvolni yaxshilash maqsadlari uchun) hamda ijtimoiy istemol (jamiyatning mehnatga yaroqsiz azolari, madaniy ehtiyojlar, sogliqni saqlash, soglomlashtirish, xalq tahlimi, mudofaa kabilar) fondlarini tashkil etish.
Korinib turibdiki, jamgarish manaviy iqtisodiy jarayon (nematlarni kopaytirish), shu bilan birga ijtimoiy jarayon hamdir. Mamlakatda qancha kop foyda olinsa va u togri, maqsadga muvofiq, taqsimlansa, bu jarayon jamiyat uchun shunchalik foydali boladi.
Jamgarish va fan-texnika inqilobi. Jamgarish bevosita foydaning hajmi va meyoriga bogliq, bolsada, ijtimoiy jarayon bolgani uchun unga jamiyatda kechadi-gan boshqa jarayonlar ham tasir etadi. Jamgarishga tasir etadigan omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Bu jarayon asrimizning 50-yillaridan boshlanib, ishlab chiqarish vositalariga, ish kuchiga, texnikaga shunday tasir otkazdiki, bugungi hayotimizdagi jiddiy ozgarishlar ana shu taraqqiyot natijasidir.
Fan-texnika inqilobi jamgarish imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, yani jamgarish uchun yangi manba tugdirmoqda. Malumki, fan-texnika inqilobi sharoiti-da texnika vositalarining emirilishi kuchayadi,uning ham tez ishlatilishi, ham manaviy eskirishi (yangi vositalarning tez yangilanib borishi) ortadi. Demak, asosiy fondlarning amortizatsiyasi ortadi, tezlashadi. Natijada ularni yangilash, takomillashtirish, kapital tamirlash uchun amortizatsiya fondidan foydani oshirish uchun sarflashga sharoit yaratilgan shaklga aylanishi demakdir. Oddiy takror ishlab chiqarish. Aslida oddiy takror ishlab chiqarish kishilik jamiyatining dastlabki davrlariga, natural xojalik hukmron bolgan davrga koproq muvofiq, keladi. Ammo oddiy nematlar va xizmatlarni avvalgi hajmda, ozgarmas miqdorda takrorlamoqdir takror ishlab chiqarish sharoitida ham jamgarish imkoniyati bor bolsa-da, uni amalda royobga chiqarish goyat cheklangan boladi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ishlab chiqarish hajmining ortishi, nematlar miqdorining kopayishi, tarkibi va sifatining yaxshilab borilishidir. Kengay-tirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy zamini jamgarishdir. Takror ishlab chiqarishning bu shaklida jamgarish imkoniyatlari oz-ozidan kopayib boradi. Chunki bunda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi, ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, iqtisodiyotda osish yuz beradi.
Jamgarish va inson. Jamgarish jarayoni juda chuqur ijtimoiy ozgarishlarga ham olib keladi, birinchi navbatda, ishlab chiqarishda ish kuchining (insonning) roli tubdan ozgaradi. Agar ilgari inson ishlab chiqarishning shunchaki bir shaxsiy omili bolgan bolsa, jamgarish uni boshqaruvchiga, nazoratchiga aylantiradi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishning pirovard natijaliligi, samaradorligi, unumdorligi ish kuchi sifatiga, tuzilishiga, bilimi, tajribasi va madaniyatiga bevosita bogliq, bolib qoladi. Yani inson ishlab chiqarishning tom manodagi, haqiqiy egasiga aylanadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning takdiri mulk egasigagina bogliq bolmay, ishlab chiqaruvchiga ham bogliq bolib qoladi. Bu jamgarishng goyat kuchli ijtimoiy oqibatidir.
Inson rolining, ishlab chiqarishdagi mashuliyatining ortishi, tabiiyki, fan-texnika inqilobi ilgari surgan yangi kasblarni egallashni, oquvchi yoshlardan puxta bilim olishni, texnika sirlarini bilishni, jahon ilm-fani yutuqlarini chuqur ozlashtirishni, yuksak manaviyatli bolishni talab qiladi.
Ozbekistonning iqtisodiy mustaqillikka erishishi ham yoshlar oldiga xuddi ana shu talablarni qoyadi. Ishlab chiqarish insonga bogliq, bolib qolar ekan, oz navbati-da, bu ishlab chiqarishning inson tomonidan uning oz ehtiyojlarini qondirishga yonaltirilishiga olib keladi. Hozirgi zamon tahbiri bilan aytganda, ishlab chiqarishning insoniylashuvi yuz beradi, bu taraqqiyot talabiga aylanadi. Buning manosi shuki, ishlab chiqarish tuzilishi (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlash va inson ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish ortasidagi nisbat) odamlar ehtiyojlarini qondirish uchun ishlash foydasiga ozgaradi, istemol buyumlarini kopaytirish ustuvorlikka erishadi.
Investitsiyalarning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli. Investitsiyalar sarflarning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli tasir korsatadi, milliy iqtisodiyotdagi koplab mutanosibliklar uning osish suratiga bogliq boladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosidag kengaytirilgan takror ishlab chiqarish obektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bogliq sarflarni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |