Reja: Politologiya fani, predmeti, maqsadi va vazifasi



Download 40 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi40 Kb.
#20449
1-mavzu: Politologiya fani, predmeti,

maqsadi va vazifasi.


Reja:

1. Politologiya fani, predmeti, maqsadi va vazifasi.

2. Politologiya fani qonun va tushunchalari.

3. Mustaqillik va O’zbekistonda politologiya fanining shakllanishi va rolining oshib borishi.


1-savol: Politologiya yunon tilida – poliz, -Logoz –davlat, ijtimoiy ish, uni o’rganish ta'limot ma'nosini anglatadi.

Politologiya – jamiyatning siyosiy tizimi, siyosat, siyosiy jarayonlar va siyosiy xokimiyat, uning asosiy tarkibiy qismlari, davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar va harakatlar bilan o’zaro munosabatda bo’lgan turli ijtimoiy guruhlar, fuqarolarning o’rni va roli xokimiyatga munosabat, uni saylab turish mexanizmi va vositalari, jarayonlari hamda amaliyotni o’rganadigan fandir.

Politologiya siyosat to’g’risida yaxlit, tugal tasavvurni beradigan fan hisoblanadi. Politologiya fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli ravishda jamiyatning siyosiy jarayonlari to’g’risida fikr yuritadi.

Jamiyatning siyosiy xokimiyati, bu xokimiyatning mohiyati va tuzilishini aniqlash, uni jamiyatda taqsimlanishi hamda uning mexanizmlarini bilish politologiya fanining muhim ob'ekti hisoblanadi.

Yaxlit ijtimoiy xodisa sifatida siyosatning mohiyatini yoritish politologiyaning predmetidir.

Politologiya fani asosiy e'tiborni siyosiy institutlarning asl mohiyatini tashkil etgan davlat, parlament, xukumat, siyosiy muassasalar va partiyalar rolini o’rganishga qaratadi.

Siyosiy munosabatlar asosli siyosiy partiyalararo, shuningdek, davlatlararo munosabatlar tarzida amalga oshiriladi va namoyon bo’ladi. Ana shu siyosiy munosabatlar natijasida o’zaro hamkorlik munosabatlari yuzaga keladi. Har qanday ijtimoiy munosabatlar singari siyosiy munosabatlar ham o’zaro ichki munosabatlardan iborat bo’ladi. Bir – biriga to’liq mos keladigan yoki biri ikkinchisini uyg’unlashtiradigan maqsadlar yo’lida siyosiy kuchlar o’zaro harakat qilishi va konsepsusga ega bo’lishiga siyosiy xamkorlikka erishish deyiladi. Xamkorlikka erisha olmasa siyosiy ixtiloflarga olib kelishi mumkin.

Politologiya siyosat, siyosiy jarayonlar, siyosiy faoliyat va siyosiy xokimiyatni o’rganuvchi fandir. Uning predmetini siyosat, siyosiy munosabatlar va xokimiyatni rivojlanish qonuniyatlari tashkil etadi. Fan sifatida politologiya 2,5-3 ming yillik tarixga ega. Politologiyaning asosiy mavzui xokimiyatni, siyosiy xokimiyatini o’rganishdir.

Politologiya ijtimoiy fanlar bilan aloqada bo’ladi. Politologiya ijtimoiy fanlarning ilmiy xulosalarini qanday bo’lsa, shundayligicha foydalanmasdan, balki jamiyat, davlat va fuqarolar hayotida bo’ladigan siyosiy o’zgarishlar va ularning xokimiyatga munosabatlarini hamda bu o’zgarishlarini amalga oshirish usullari, mexanizmlarini o’rganadi, siyosiy xulosa, amaliy takliflar beradi.

Politologiya fanining asosiy funktsiyalari:

1) nazariy, 2) metodologik, 3) amaliy, 4) bashorat qilish.

1) Nazariy funktsiyasi uning predmetidan kelib chiqqan holda, siyosatni o’rganish asosida asosiy nazariy kontseptsiyalarni, qoidalarni ishlab chiqish.

2) Metodologik funktsiyasi – siyosiy hayotni to’g’ri anglash, baholash va bilish uslublari bilan qurollantirish.

3) Politologiya amaliy funktsiyasi uning amaliy xarakteri, hamda xokimiyat bilan bo’lgan munosabatida o’z ifodasini topadi. Boshqaruvda ma'muriy buyruqbozlik uslubidan voz kechish va demokratik tamoyillarga asoslanish, siyosiy institutlar va mafkuralar xilma – xilligiga asoslanish, turli manfaatlar uyg’unligini ta'minlaydi. Siyosiy qarorlar qabul qilishda siyosiy jarayonlar va munosabatlarni modellashtirishda alohida o’rin tutadi. Bu politiologiyani siyosiy hayot bilan uzviy bog’liqligini ta'minlaydi, amaliyligini oshiradi.

4) Bashorat qilish – siyosiy hayot, siyosiy jarayonlarni amalga oshirishda turli qatlamlar, guruhlarning ishtirokini va o’rnini differentsial taxlil etish, turli xil siyosiy institutlarning faoliyatini tarkibining funktsional taxlil etish, siyosiy tuzulmalarning darajasini, siyosiy jarayonlar elementlarining o’zaro aloqalarini tizimli va yaxlit holda o’rganish.
2 savol: Politologiya fani jamiyatdagi siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar, siyosiy madaniyat, xalqaro tizimlar uning mexanizmi, vositalari, hamda amliyotni o’rganishda muayyan qonunlarga tayanadi, hamda amal qiladi.

Politologiya fani amal qiladigan qonunlar turli xil bo’lib, mamlakat ichki hayoti, mintaqaviy va xalqaro tizimlar, umumbashariy taraqqiyot sohalari bilan bevosita daxldor.

Politologiya qonunlarini 2 guruhga ajratish mumkin.

Birinchisi davlat xokimiyati va mamlakat ichki siyosiy hayotida amal qiladigan qonuniyatlar;

1) jamiyatdagi siyosiy jarayonlarda siyosiy xokimiyat mexanizmlaridan samarali foydalish;

2) Jamiyat siyosiy hayotining demokratiyalashtirish;

3) Siyosiy boshqarish jarayonlari;

4) Siyosat va ijtimoiy – iqtisodiy, madaniy, ma'rifiy hayot munosabatlari;

5) Shaxs, jamiyat va davlat tizimida inson manfaatining ustuvorligi;

Ikkinchisi, Xalqaro munosabatlarda iqtisodiy, ijtimoiy,

siyosiy va madaniy – ma'rifiy aloqalar bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar.

1) Xalqaro xavfsizlik va o’zaro ishonchli rivojlantirish;

2) Xalqaro va davlatlararo ixtiloflarni bartaraf etishning siyosiy vositalari.

3) Umumbashariy muammolarni bartaraf etishning siyosiy yo’llari.

4) Turli xil siyosiy institutlar, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, harakatlar o’rtasidagi siyosiy xamkorlikni yo’lga qo’yish va uni barqaror rivojlantirib berish shart – sharoitlari.

5) Jamiyat siyosiy hayotida siyosiy etakchining o’rni va rolini siyosiy tahlil etish;

Politologiya tushunchalari (kategoriyalari); siyosat, siyosiy

xokimiyat, siyosiy jarayonlar, siyosiy hayot, siyosiy munosabat, siyosiy faoliyat, siyosiy partiyalar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy institutlar, siyosiy tizim, siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy qadriyatlar, xalqaro siyosiy munosabatlar va boshqalar.

Bu tushunchalarning har biri o’z siyosiy mazmuniga ega bo’lib, siyosiy jarayonlar tizimida namoyon bo’ladi. Masalan, ong muammosini sotsiologiya fani guruh ongi muammosi sifatida, davlat va huquq nazariyasi huquqiy ong muammosi tarzida politologiya fani esa siyosiy ong muammosi tarzida, madaniyatni siyosiy madaniyat sifatida o’rganadi.

Politologiya fani qonun va kategoriyalarini o’rganishda mavjud siyosiy hayot va jarayonlarni idrok etishda har bir xalqning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini hisobga olish muximdir.

3-savol: Mustaqillik tufayli O’zbekistonda politologiya fanini o’rganishga va uni rivojlantirishga real imkoniyat paydo bo’ldi. Jamiyat hayotini erkinlashuvi insonlar oldida siyosatni chuqurroq idrok etishga, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishni taqozo eta boshladi. Bu esa politologiya fanining rolini oshib borishiga sabab bo’ldi.

Mamlakatimiz o’zining mustaqilligini mustahkamlab borayotgan bugungi kunda politologiya:

Birinchidan, mamlakatimiz siyosiy hayotida sodir bo’layotgan siyosiy jarayonlarni taxlil qilish va uni jaxonning rivojlangan mamlakati to’plagan tajribalari bilan solishtirish asosida mamlakatimiz millati, shu xususiyatlariga va manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy xulosalar berish;

Ikkinchidan, mamlakatimizning xalqaro xamjamiyatga kirib borishining qulay yo’llarini belgilash;

Uchinchidan, mamlakatimizda demokratik jarayonlarni rivojlantirishning mexanizmlarini vujudga keltirish va ularni uyg’un xolatda faoliyat ko’rsatishlariga yordamlashish;

To’rtinchidan, fuqarolarning siyosiy ma'naviyati, salohiyati va faoliyatini oshirish, ularda mamlakatimiz oldida turgan ulkan vazifalarni bajarishda yakdillik ruxiyatini, jaxonda va mintaqamizda sodir bo’layotgan turli o’zgarishlarga siyosiy xushyorlik bilan qarash tuyg’ularini shakllantirish;

Beshinchidan, siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik va yuksak ilmiy saloxiyat mamlakatimiz mustaqilligini ta'minlashning jaxonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan munosib o’rin egallashining asosiy sharti ekanligini yoshlarimizning ong va qalbiga singdirish bilan bog’liq bo’lgan tarbiya vazifasini amalga oshiradi.

Politologiya fanining bugungi kundagi ahamiyati va rolining o’sib borishi quyidagilarga bog’liq:

Birinchidan, I.A.Karimov ta'kidlaganidek jamiyat siyosiy hayotida ikki mafkuraviy tuzumning kurashi va bu kurashning xalqaro xayotning xamma soxalariga soya tashlashi ostida o’tgan kuchli qarama - qarshilik barxam topdi. Ammo dunyo osoyishta bo’lib qolgani yo’q. Undagi mojorolarni, siyosiy vositalar yo’li bilan hal etishga zaruriyat kuchayib bormoqda. Bu esa uni politologiya nuqtai nazaridan siyosiy taxlil etib borishni talab etadi.

Ikkinchidan, siyosatda jaxon taraqqiyotining muhim omili mamlakatlar va xalqlar manfaatlarini uyg’unlashtirishga erishish bilan bog’liq. Bu mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar siyosiy faoliyatini umumbashariy muammolar ko’lamining kengayib borayotganiga qaratish va ularni hal qilishdagi birlikni vujudga keltirishga qaratilgan siyosiy qarashlar, nazariya xamda taxlilga bo’lgan extiyoj bilan bog’liq.

Uchinchidan, hozirgi davrda xar bir shaxsning siyosat bilan shug’ullanishiga bo’lgan ehtiyoj siyosatni anglash, unda ongli faoliyat ko’rsatishga bo’lgan extiyojlarning ortishi, mavjud demokratik jarayonlar bilan belgilanadi.

To’rtinchidan, hozirgi zamonda siyosiy jarayonlarning tez o’zgarib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu o’zgarishlarning dunyo hamjamiyati va inson manfaatlari bilan uyg’un bo’lishi uchun oqilona siyosat olib borishi bilan birga siyosatga ongli munosabatda bo’lishi zarur. Bu esa uni atroflicha o’rganishni taqozo etadi.



Betshinchidan, fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligini oshirish, jamiyat iqtisodiy – ijtimoiy, madaniy – ma'rifiy soxalarda nodemokratik xolatning oldini olish uchun uning asosiy kafolatlaridan biri mamlakatimizda fuqarolarning huquqiy, ma'naviy va siyosiy faolligini rivojlanishini davlat siyosati darajasida uyg’un bo’lishidir.

Xulosa qilib aytganda, politologiya fanining ahamiyati va rolining o’sib borishi hozirgi zamonda insoniyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, siyosat va siyosiy jarayonlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan xodisadir.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish