Xo'jalikning natural shakli. Natural xo'jalik qadimiy xo'jalik tiplaridan biri bo'lib, ishlab chiqarilgan maxsulotlar faqat ishlab chiqaruvchilarning o'z extiyojlari uchun chiqariladi. Natural xo'jalik tovar ishlab chiqarishga qarama-qarshi bo'lib, xar bir ishlab chiqaruvchi o'zi uchun kerakli barcha maxsulot turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Natural xo'jalik kapitalizmgacha bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda xukmron bo'lib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy mexnat taqsimotining to'la rivojlanmaganligini ifodalaydi. Natural xojalik shakli barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar-da mavjud bolib, ular bir-birlari bilan almashishi tufayli ozgarib bordi. Qishloq hojaligining xukmronligi va ishlab chiqarishning bevosita istemol xarakteriga egaligi natural xojalikning muxim va belgilovchi xususiyatidir.
Natural ishlab chiqarishdagi mexnat tor doiralarda berk (yopiq) ishlab chiqarish organizmida ijtimoiy xususiyat kasb etadi, Insonlar ortasida ishlab chiqarish munosa-batlari bevosita namoyon boladi. Konservatizm, ananaviylik ishlab chiqarishning chegaralanganligi natural xojalik shakli uchun xos xususiyatlardir.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti juda xam oddiy va sodda rivojlanish darajasiga ega. Natural xojalik tovar ishlab chiqarish tomonidan asta-sekin siqib chiqariladi va tovar hojaligi ustunlikka ega boladi. Masalan, feodalizm sharoitida renta shakllarining rivojlanishi tufayli ishlab berish rentasi, don maxsulotlari, obrok pul rentasi otadi. Yani rentaning natural shakllari pul rentasi bilan almashadi.
Xojalikning tovar shakli ijtimoiy ishlab chiqarishning malum bir shakli bolib, insonlar ortasidagi iqtisodiy munosabatlar mexnat natijalari bolgan maxsulotlarining oldi-sotdi jarayonida amalga oshadi. Xojalikning tavar shakli va istemolchilar ortasi-dagi munosabatlarning maxsus usuli bolib, ijtimoiy mexnatning aloxida talabi sifatida ayrim mexnatning yalpi ijtimoiy mexnatga qoshilishini aks ettiradi. Tovar hojaligi natural xojalikka qarama qarshi bolib, u ishlab chiqaruvchining malum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini talab qiladi. Tovar hojaligining asosi birinchidan, ijtimoiy mexnat taqsimotining rivojlanishi va xar bir ishlab chiqaruvchining malum bir maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvidir.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilarning bir birlaridan malum iqtisodiy aloxida-ligidirki, bu iqtisodiy mustaqillikda namoyon boladi. Manashu shart-sharoit tovar hojaligini zarur qilib qoyadi va uning rivojlanishiga sabab boladi.
Tovar hojaligi, yuqorida aytganimizdek, ibtidoiy jamoa tuzumi oxirida vujudga kelib, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim ikkinchisi bilan almashuvi tufayli osib, rivojlanib bordi. Agar kapitalizmgacha bolgan ijtimoiy iqtisodiy tizimlarda tovar hojaligi ikkin-chi darajali, tobe xolda bolgan bolsa, kapitalizm sharoitida jamiyat iqtisodining barcha tarmoq soxalariga kirib borib, bu jamiyatning elementar zarrasiga aylanadi. Xozirgi davrda tovar hojaligining klassik shakli asta-sekin davlatning ishlab chiqarish-ga aralashuvi, uni tartiblashtirishi natijasida xozirgi davrga moslashadi.
Tovar hojaligida tovar ishlab chiqarish oziga xos qarama-qarshiliklarga egadir. Bir tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilarning mexnati zarur bolib, ijtimoiy xarakterga ega. Ikkinchi tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilar mexnati aloxidadir. U ozining xususiy mexnati sifatida amalga oshirib, oz maxsuloti bozorda sotilgan sharoitdagina ijtimoiy xarakterga ega boladi. Demak, tovar ishlab chiqarishga sarflangan mexnat bunday sharoitda xam ijtimoiy, xam aloxida xususiy mexnatdir. Aynan shu xolat tovar hojaligining asosiy ziddiyatini tashkil qiladi. Sababi ijtimoiy mexnat tasiri rivojlanishi turli turdagi kasblarning kopayishiga, bu oz navbatida turli tuman maxsulotlarning bozorda paydo bolishiga olib keladi. Xususiy va boshqa aloxida mulklar ishlab chiqaruvchilarni bir-biridan ajratib, ular mexnatini ishlab chiqaruvchilarning xusuiy ishi qilib qoyadi va raqobatga chorlaydi.
Tovar hojaligida, xususiy mexnat bilan ijtimoiy mexnat ortasidagi ziddiyat ishlab chiqarishni stixiyali suratda rivojlantiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilar ortasi-dagi raqobat va moddiy differentsiya kuchayib, ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning kuchli va kop miqdorda sifatli ishlab chiqarish quvvatiga ega bolganlarining yanada boyishi sodir boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |