O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


Qiymat shakllari va pulning vujudga kelishi



Download 3,65 Mb.
bet15/125
Sana20.01.2023
Hajmi3,65 Mb.
#900691
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Bog'liq
jjjj

Qiymat shakllari va pulning vujudga kelishi. Ayirboshlash jarayonida tovarlarning qiymat miqdori bir-birlariga teng bo’lishi lozim. Qiymat tovarlarda mujassamlashgan, buyumlashgan abstarkt mexnatdan iborat ekan. U xolda qiymat miqdori mazkur tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan abstrakt mexnat miqdori bilan belgilanadi, tovarlarda mujassamlashgan mexnat mazkur tovarni ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan ish vaqti bilan aniqlanadi. Tovar qiymatining miqdori mexnat miqdori bilangina aniqlanib kolmay, balki mexnatning sifatiga xam bog’liqdir, sababi bozorda tovarlarning almashtirish vaqtida sifatlari, miqdorlari xisobga olinadi.
Tovarning ijtimoiy qiymati ularni yaratish uchun sarf bo’lgan ijtimoiy zaruriy mexnat bilan aniqlanadi. Bu o’z navbatida, mazkur tovarlarni ishlab chiqarishga sarf bo’lgan ish vaqti bilan ya’ni o’rtacha normal ishlab chiqarish sharoitida o’rtacha malakadagi ishlab chiqaruvchining mexnat vaqti sarflari bilan o’lchanadi. Ijtimoiy mexnat taqsimotining taraqqiyoti mexnat turlarining ko’payishiga sabab bo’ladi. Turli maxsulot yaratuvchilar xam ko’payadi. Lekin bir tovar qiymati ayrim tovar ishlab chiqaruvchilar sarflagan mexnat bilan belgilanadi. Ularning sharoitlari xar xil bo’lib, ko’pchilik tovar ishlab chiqaruvchilar sharoiti esa tovar ishlab chiqarishning o’rtacha ijtimoiy sharoitini ko’rsatadi. Mana shu sharoitda sarflangan mexnat ijtimoiy zaruriy mexnatni bildiradi va tovar qiymatini belilaydi.
Pulning moxiyati va vazifasi. Qiymat va baxo. Tovar o’zi bozorga borol-maydi va bir biriga ayirbosh xam bo’la olmaydilar. Maxsulotlar tovar bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar bir birlari bilan qo’lidagi tovarini almashtirish xuquqiga ega bo’lishlari lozim. Ma’lum bir tovar egasi uchun bevosita iste’mol qiymatiga ega emas. Aks xolda u o’z tovarini almashtirish uchun bozorga olib chiqmasdan o’zi iste’mol qilishi mumkin va bu tovar boshqa ya’ni o’zga tovar ishlab chiqaruvchilr uchun iste’-mol qiymatiga egadir. Mazkur tovar iste’mol qiymati egasiga almashuv qiymati borligi va ayirboshlash vositasi sifatida axamiyatlidir.
Demak, ayirboshlashda tovarlar bir birlariga nisbatli bo’lganlari uchun ayirbosh-lanadi. Tovarning qiymat shakillari pul ko’rinishiga o’tguncha bir qator bosqichlardan bosib o’tadi. Tovar munosabatlarining dastlabki davrlarida qiymatning oddiy, tasodifiy shakli vujudga keldi. Masalan: bitta bolta=20kg bug’doyga teng.

Bitta bolta o’z qiymatini 20 kg bug’doyda ifodalanmoqda. Bunda bolta qiymati-ning nisbiy shaklida namoyon bo’ladi. Bug’doy boltaning qiymatini ifodalab, ekvi-valent vazifasini bajarmoqda. Qiymatning mazkur ko’rinishida 20 kg bug’doy bitta bolta bilan teng qiymatga egaligini bildiradi. Bitta bolta o’z qiymatini 20 kg bug’doy-ning iste’mol qiymati orqali o’lchanmoqda. Shuningdek, bolta o’zining natural shakli-dan qat’iy nazar, mustaqil ravishda qiymat shakliga ega bo’ladi va o’rin almashib, ekvivalent rolini bajarishi xam mumkin.


Bitta boltani 20 kg bug’doyga teng bo’lishi ularni ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan mexnat miqdorini tengligidandir. Qiymatning bu ko’rinishida ma’lum bir tovar qiymatning nisbiy shaklida ishtirok etsa, ekvivalent shaklini inkor etadi. Demak, aynan bitta tovar bir vaqtning o’zida xam qiymatning nisbiy shaklida xam ekvivalent ko’rini-shida namoyon bo’laolmaydi.
Qiymatning oddiy, tasodifiy shakli qiymatning nisbiy shakli bilan ekvivalent shaklining aloxidaligidir. Ayirboshlashda bu ikki xususiyat turli munosabatlarini ifoda-laydi. Bizning misolimizda qiymatning nisbiy shakli bo’lgan bolta o’z xolicha ayir-boshlash qiymati emas, ammo u ayirbosh qiymatiga ega. Boltaning qiymat ifodasi u bug’doyning ma’lum miqdori bilan ayirbosh bo’la olish xususiyatini bildiradi.
Shunday qilib, qiymatning oddiy, tasodifiy shakli qiymat shaklining bir ko’rini-shi bo’lib, bunda qiymat mustaqil ravishda amal qilmoqda. Tovar munosabatlarini taraqqiysi, ijtimoiy mexnat taqsimotining kengayishi natijasida qiymatning oddiy, tasodifiy shakli o’zining kengaygan to’la shakliga o’sib o’tadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish