140-19 TJIChAB guruh talabasi Sharipov Shaxzodning TJMvaO fanidan
1-tajriba ishiga
Hisoboti
MUJASSAMLAShGAN KOORDINATALI OB’EKT STATIKASINING MATETATIK MODELINI QURISh VA EHMda STATIK XARAKTERISTIKALARINI OLISh
Maqsad: Mujassamlashgan koordinatali ob’ekt statikasining matetatik modellarini qurish ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Vazifa: Mujassamlashgan koordinatali ob’ekt statikasining matetatik modellining tenglamalarini yechish va EHMda statik xarakteristikalarini olish.
Umumiy qismi
Kime texnologiyada berilgan hajmning yuqori darajada birjinsli ob’ektlar juda tarqalgan. Ushbu ob’ektlarga, aralashtirgichli qurilma, barbotaj qurilmalari, qattiq fazaning mavfum qatlamli qurilmalarni misol keltirish mumkin.
Misol sifatida bug‘lash apparatining statikasini modellashtirish jaraenini ko‘rib chiqamiz.
Bug‘lash apparatida (rasm. 5.1) quyidagi jaraenlar kechmoqda:isitish kamerasida bug‘ kondensatsiyasi,isitish yuza orqali bug‘dan qaynaetgan suyuqlikga o‘tishi,natijada erituvlining bug‘lari ajralib, eritma konsentratsiya oshadi [6].
Rasm. 5.1. Bug‘lash apparati sxemasi
Bug‘lash apparatlarining eng keng tarqalgan konstruksiyasi qizitilgan bug‘ bilan isitiladigan bug‘lashtiriladigan eritmali idishdan iborat. Eritmaning qaynashida hosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ apparatning yuqori qismida vakuum-nasos yerdamida so‘rib olinadi; bug‘langan eritma apparatning quyi qismidan chiqariladi. Isitish bug‘dan bug‘lantiruvchi eritmaga nisbatan issiqlik almashinuvini ta’minlaydigan haroratlar ayirmasi isitish bug‘ bosimi qaynaetgan eritmaning ustidagi bosimga nisbatan yuqoriligi uchun amalga oshiriladi.
Bug‘lash apparatlarining kirish koordinatalari – kirishga uzatadigan eritmaning mvx sarfi va Svx konsentratsiyasi, hamda yahna isitish bug‘i bilan kelaetgan q issiqlik sarfidir (to‘yingan bug‘ning issiqlik sarfi uning harorati Tp bilan aniqlanadi).
Chiqish koordinatalari – ikkilamchi bug‘ sarfi mvt, chiqishdagi eritmaning sarfi mvыx va konsentratsiyasi Svыx.
Bug‘lash apparatlari uchun eng katta ahamiyatga ega chiqish koordinatasi – bu chiqishdagi eritmaning konsentratsiyasi. Shuni hisobga olgan holda bug‘lash apparatining strukturaviy sxemasi rasm 5.2. da keltirilgan kabi ifodalash mumkin.
Rasm. 5.2. Bug‘lash apparatining strukturaviy sxemasi
Bug‘lash apparatini yagona zveno sifatida ko‘rib chiqamiz. Quyidagilarni ehtimollarni inobatga olamiz:
Gidrodinamik rejim - ideal aralashtirish.
Tashqi muxitga issiqlik yo‘qotishlari yo‘q.
Bug‘lash apparatiga eritma qaynay haroratigacha isitilgan holda uzatiladi.
Bug‘lash apparati statsionar ob’ektdir.
Eritmaning issiqlik sig‘imi va bug‘ hosil bo‘lish issiqligi eritmaning harorati va konsentratsiyasiga bog‘liq emas.
Matematik modelni qurishdan maqsad chiqish koordinatasini kirish koordinatalariga Svx, mvx, Tp bog‘liqligini aniqlash.
Bug‘lash apparati statikasining matematik modeli quyidagi tenglamalardan iborat:
— moddiy balans:
(5.1)
— quruq mahsulot bo‘yicha moddiy balans:
(5.2)
— issiqlik balansi (ehtimol 2 ni inobatga olib):
(5.3)
bu yerda qt – isituvchi bug‘dan qaynaydigan eritmaga yuza orqari o‘tadigan issiqlik oqimi, Dj/s; qvx- eritma bilan keluvchi issiqlik oqimi, Dj/s; qvыx- eritma bilan apparatdan ketuvchi issiqlik oqimi, Dj/s; qvt- ikkilamchi bug‘ bilan apparatdan ketuvchi issiqlik oqimi, Dj/s.
Issiqlik oqimlari quyidagi bog‘liqliklar bilan ifodalanadi:
(5.4)
bu yerda – issiqlik almashinuv koeffitsienti, Vt/m2 grad; Tr – eritmaning qaynash harorati, oS; Tp – isituvchi bug‘ harorati, oS; F- issiqlik almashinuv yuzasi, m2;
(5.5)
bu yerda ct- eritmaning issiqlik sig‘imi, Dj/kg grad; Tvx – kirishdagi eritmaning harorati, oS;
(5.6)
(5.7)
bu yerda r – ikkilamchi bug‘ hosil bo‘lish issiqligi, Dj/kg.
Ehtimol 2 ni inobatga olib teglama (5.5) quyidagi ko‘rinishga keladi:
(5.8)
(5.3) teglamaga (5.4), (5.6)-(5.8) teglamalarni quyib, quyidagiga ega bo‘lamiz:
(5.9)
(5.1), (5.2), (5.9) teglamalardan qidiraetgan bog‘liqligimizni topishimiz mumkin:
(5.10)
Do'stlaringiz bilan baham: |