Takrorlash uchun savollar:
Kredit nima?
Bosh pullar va ularning qanday manbalarini bilasiz?
Kreditning qanday turlarini bilasiz?
Kreditning qanday shakllari mavjud?
Kreditning vazifalarini sanab bering?
Bank nima?
Banklarning vazifalari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov. Ozbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoillari. T . Ozbekiston 1995 yil.
I.A.Karimov .Ozbekiston buyuk kelajak sari. T. Ozbekiston, 1998
M.Yoldoshev, E.Tursunov . Moliya huquqi T. Moliya 1998 yil
M.Yoldoshev, E.Tursunov. Bank huquqi-T. Moliya 2001 yil
M.Yoldoshev, E.Tursunov. Soliq huquqi-T. Moliya 2000 yil
S.G'ulomov,M.Sharifxo'jayev. "Bozor iqtisodoyoti nazariyasi va amaliyoti T. O'qituvchi 2000 y
S.G'ulomov. "Mikroiqtisodiyot" Sharq 2001 y
M.Ikromov, D.Ibragimova Tadbirkorlikka oid qonun xujjatlari 1,2,3,14 T-2002 y
O.Abdullayev. "Makro-mikro iqtisodoyot asoslari" T.Cho'lpon 2004 y
T. Ergasheva "Bozor iqtisodiyoti" T. O'qituvchi 2005 y
G. Nazarova "Jahon iqtisodiyoti' T.Ilm-Ziyo 2005 y
R.I.Asatov va bosh "Ishlab-chiqarish menejmenti" Turon iqbol 2006 y
Sh.Abdullayeva "Pul muomalasi va kredit" T.Ilm-ziyo 2006 y
D.Ro'ziyeva, S.Yuldasheva "Iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil etish" T.Ilm-ziyo 2006 y
U.I.Inoyatov va bosh Budjet va budjet tizimi T-Turon-Iqbol-2006 y
J.Bayev "Baho va bahoning shakllanishi" T.Ilm-ziyo 2006 y.
36-Mavzu : Kredit va Bank tizimi.
(2 soat seminar)
Reja:
1. Kreditning moxiyati va manbalari.
2. Kreditning tuzilishi, vazifalari.
3. Banklar va ularning turlari. Markaziy bank va uning pul siyosati.
4. Banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Kreditning mohiyati va vazifalari. Kreditning turlari. Bank tizimini, Markaziy va tijorat banklari hamda ularning vazifalari.
Kredit manbai quyidagilardan tashkil topadi:
1. Korxonalarning ish haqi berilgunucha tovar realizatsiyasi bilan bogliq vaqtincha bosh turgan pul mablaglari.
2. Asosiy kapitalni (asosiy fondni) tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari.
3. Korxonalarning texnik darajasi bilan bogliq kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning malum xajmi sharoitida jamgarilgan mablaglar.
4. Aholi ayrim qismining pul jamgarmalari.
5. Kelgusi ishlab chiqarish jarayonigacha bolgan davrda vaqtincha bosh turgan aylanma mablaglarning bir qismi sifatidagi korxona pul resurlari.
6. Davlatning jamgarilgan pul resurslari.
7. CHet mamlakat davlat va boshqa subektlarining pul resurslari.
Kredit berishda malum qoida - tamoyillarga amal qilinadi.
CHunonchi, avvalo kredit, albatta oz egasiga qaytarilishi shart.
Ikkinchidan, kredit malum bir maqsad uchun beriladi.
Uchinchidan, kredit moddiy boylik bilan foiz korinishida boyitilgan boladi.
Tortinchidan, kredit malum muddatga beriladi.
Bozor iqtisodiyotida kreditning turli shakllari mavjud bolib, asosan, ikki shakldagi kredit muxim orin totadi. Bank krediti va tijorat krediti. Bank krediti banklar, yirik pul egalari, maxsus kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida qarz sorovchilarga beriladi. Qarz sorovchi sifatida tadbirkor, davlat va boshqalar bolishi mumkin.
Bank krediti - obekti pul kapitalidir. Bank krediti ozining muddati, maqsadli berilishi va boshqa qoida-imtiyozlari asosida tijorat kreditidan farq qiladi. Bank krediti kapital jamgarish, aholi va firmalar pul mablaglarini kapitalga aylantirish kabi bir kator vazifalarni bajaradi.
Tijorat krediti - bir korxonaning ikkinchi korxonaga sotilgan tovar uchun muddati kechiktirilgan tolov kurinishida amalga oshadi. Tijorat kreditining muxim vositasi vekseldir. Tijorat kreditining maqsadi tovarlar savdo - sotiqni tezlashtirish asosida ulardan keladigan foydani ozlashtirishdir. Tovar baxosiga va veksel summasiga ornatilayotgan foiz har doim bank foizidan kam boladi. Bozor iqtisodiyotining taraqqiysi kop mamlakatlarda bank va tijorat kreditlarining bir-birlariga qoshilib ketayotganligini korsatmoqda.
Xozirgi paytda kop mamlakatlarda istemol krediti mavjud. Kreditning yana bir shakli - davlat kreditidir. Bunda qarz oluvchi davlat yoki maxalliy xokimiyat tashkilotlari xisoblanadi. Ular qimmatli qogozlar bozorida moliya-kredit tashkilotlari orqali zayomlar chiqarib, pul mablaglarini toplashni bajaradi, safarbar qiladi.
Kreditning yana bir korinishi - halqaro kreditlar. Halqaro kredit mamlakatlar ortasidagi pul kaptalining harakatida namoyon boladi. Halqaro Valyuta Fondi, Halqaro Taraqqiyot va Tiklanish Banki, Jaxon Banki turli mamlakatlarga kredit berishning markazlari xisoblanadilar.
Har qanday olingan pul oldindan foiz xisobiga qancha qilib qaytarilishi belgilab qoyiladi.
Foiz miqdori yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (PD) qarz foizining (KP) berilgan qarz miqdoriga (KM) bolgan, foizlarda ifodalangan nisbatidir:
KP
PD = ----- x 100
KM
Agar 120 mln. dollarga teng qarzga 6 mln. dollar foiz tolansa, quyidagicha boladi.
6 mln.
PD = ------------ x 100 = 5 %
120 mln.
Foiz darajasiga tasir etuvchi omillar harakati tufayli ozgarib turadi.
Banklar vujudga kelishining dastlabki asoslari pul qarz berish va pul almashtirish shaxobchalari bolib, ular asta-sekin kelajakda sudxorlik va keyinroq ssuda kapitalini shakllantirdilar. Mazkur obektlarning paydo bolishi va rivojlanishi banklarning vujudga kelishiga olib keladi. SHunday qilib, banklarning vujudga kelishi, avvalo tovar-pul munosabatlarining taraqqiyoti maxsulidir. Ikkinchidan, banklarni barpo etishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini oxirigacha yetkazishda, bir ishlab chiqarish tsiklidan ikkinchisiga bemalol otish uchun mablag bilan taminlashdir. Bir soz bilan aytganda sanoat kapitaliga xizmat qilish natijasida foiz keltiruvchi kapital va uning harakat shakli - kredit tizimi vujudga keldi.
Ozbekistonning bank tizimi ikki pog’onadan iborat:
Birinchi pog’ona - Markaziy bank;
Ikkinchi pog’ona - tijorat, xususiy, sanoat va boshqa banklar. Ozbekistonda xozirgi sharoitda 30ta tijorat banklar, jumladan, xususiy banklar, TIF milliy bank, paxta bank, sanoat-qurilish banki, ipoteka bank, turon bank, mikrokredit bank, kredit-standart bank, savdogarbank va boshqa turdagi banklar faoliyat korsatmoqdalar. SHuningdek, chet el banklarining vakolatxonalari ishlamoqda. Iqtisodiyotning eng muxim masalalaridan biri - bu pul muomalasidir. Pul muomalasi - pulning toxtovsiz harakati bolib, tovarlar va xizmatlar doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi muomala vositasi va tolov vazifasini bajarishidir.
Markaziy bank turli mamlakatlarda mazkur davlatning pul siyosatini yuritadi. Bu faoliyat muayyan davlatdagi iqtisodiy boshqaruv tizimiga, iqtisodiy sharoitiga bogliqdir. Ozbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlatning pul-kredit siyosatini yuritar ekan, xozirgi kunda yetuk tajribaga ega emas, sababi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari endi shakllanmoqda. Meros bolib qolgan eski bank tartiboti xanuzgacha yangi sharoitga tolaligicha moslashgani yoq, bu borada yetarlicha tajriba ham yetarlicha emas. SHu kabi bir qator muammolar Ozbekistondagi Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini tola ravishda namoyon eta olmasligiga sabab bolmoqda.
Markaziy Bank boshqa tijorat banklarga ssudalar beradi. Markaziy bank juda past darajadagi foizlarda banklarga ssudalar beradi. Bu banklardagi zaxira pullarning miqdorini kopaytirib yuboradi. Pul-kredit tizimida va mamlakat pul miqdori xajmida kopayish vujudga kelib, foiz stavkalari pasayadi, investitsiya xajmi osadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |