35-Mavzu : Kredit va Bank tizimi.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Kreditning moxiyati va manbalari.
2. Kreditning tuzilishi, vazifalari.
3. Banklar va ularning turlari. Markaziy bank va uning pul siyosati.
4. Banklarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Kreditning mohiyati va vazifalari. Kreditning turlari. Bank tizimini, Markaziy va tijorat banklari hamda ularning vazifalari.
Kredit lotincha so'zdan olingan bo'lib, qarz ma'nosini bildiradi. Bozor iqtisodiyotida ayrim bozor sub'ektlari (firmalar, korporatsiyalar va boshqalar) mavjud sharoitdagi mablaglariga nisbatan qoishimcha pul resurslariga extiyoj sezadilar. Sababi, bozor sub'ekti kapitalning doiraviy aylanishini tola amalga oshirish muayyan firmaning malum miqdordagi pul resurslariga extiyojlarini keltirib chiqaradi. Ayni vaqtda boshqa firmalar, korporatsiyalar va shaxslarning vaqtincha bosh mablaglari mavjud boladi. Bu xolat pulga bo'lgan extiyojni kredit asosida xal etishga imkoniyat yaratadi.
Bozor iqtisodiyotida ssuda kapitali mavjud bo'lib, pul shaklidagi kapitalni qaytarib berish, foiz ko'rinishda xaq to'lash sharti bilan foydalanishga qarzga beriladi.
Kredit manbai quyidagilardan tashkil topadi:
1. Korxonalarning ish haqi berilgunucha tovar realizatsiyasi bilan bogliq vaqtincha bosh turgan pul mablaglari.
2. Asosiy kapitalni (asosiy fondni) tiklash uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari.
3. Korxonalarning texnik darajasi bilan bogliq kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning malum xajmi sharoitida jamgarilgan mablaglar.
4. Aholi ayrim qismining pul jamgarmalari.
5. Kelgusi ishlab chiqarish jarayonigacha bolgan davrda vaqtincha bosh turgan aylanma mablaglarning bir qismi sifatidagi korxona pul resurlari.
6. Davlatning jamgarilgan pul resurslari.
7. CHet mamlakat davlat va boshqa subektlarining pul resurslari.
Kredit berishda malum qoida - tamoyillarga amal qilinadi.
CHunonchi, avvalo kredit, albatta oz egasiga qaytarilishi shart.
Ikkinchidan, kredit malum bir maqsad uchun beriladi.
Uchinchidan, kredit moddiy boylik bilan foiz korinishida boyitilgan boladi.
Tortinchidan, kredit malum muddatga beriladi.
Bozor iqtisodiyotida kreditning turli shakllari mavjud bolib, asosan, ikki shakldagi kredit muxim orin totadi. Bank krediti va tijorat krediti. Bank krediti banklar, yirik pul egalari, maxsus kredit tashkilotlari tomonidan pul shaklida qarz sorovchilarga beriladi. Qarz sorovchi sifatida tadbirkor, davlat va boshqalar bolishi mumkin.
Bank krediti - obekti pul kapitalidir. Bank krediti ozining muddati, maqsadli berilishi va boshqa qoida-imtiyozlari asosida tijorat kreditidan farq qiladi. Bank krediti kapital jamgarish, aholi va firmalar pul mablaglarini kapitalga aylantirish kabi bir qator vazifalarni bajaradi.
Tijorat krediti - bir korxonaning ikkinchi korxonaga sotilgan tovar uchun muddati kechiktirilgan tolov kurinishida amalga oshadi. Tijorat kreditining muxim vositasi vekseldir. Tijorat kreditining maqsadi tovarlar savdo - sotiqni tezlashtirish asosida ulardan keladigan foydani ozlashtirishdir. Tovar baxosiga va veksel summasiga ornatilayotgan foiz har doim bank foizidan kam boladi. Bozor iqtisodiyotining taraqqiysi kop mamlakatlarda bank va tijorat kreditlarining bir-birlariga qoshilib ketayotganligini korsatmoqda.
Xozirgi paytda kop mamlakatlarda istemol krediti mavjud. Kreditning yana bir shakli - davlat kreditidir. Bunda qarz oluvchi davlat yoki maxalliy xokimiyat tashkilotlari xisoblanadi. Ular qimmatli qogozlar bozorida moliya-kredit tashkilotlari orqali zayomlar chiqarib, pul mablaglarini toplashni bajaradi, safarbar qiladi.
Kreditning yana bir korinishi - halqaro kreditlar. Halqaro kredit mamlakatlar ortasidagi pul kaptalining harakatida namoyon boladi. Halqaro Valyuta Fondi, Halqaro Taraqqiyot va Tiklanish Banki, Jaxon Banki turli mamlakatlarga kredit berishning markazlari xisoblanadilar.
Kredit iqtisodiyotda bir qator vazifalarni bajaradi. Birinchidan, pul mablaglarini qayta taqsimlash vazifasi. Aholi, korxonalar, davlatning vaqtincha bosh pul resurslari ssuda kapitali tarzida iqtisodiyotning muayyan vaqtda rivojlanishi kozda tutilgan tarmoqlari, korxonalariga qayta taqsimlanadi.
Kreditning ikkinchi vazifasi - kapital yig’ilishini va markazlashuvini tezlatishdir. Kredit yakka ishlab chiqaruvchilarni xissadorlik jamiyatlariga, yangi firmalarga va ularni xatto halqaro korporatsiyalarga birlashtirib, kapital markazlashuviga, toplanishiga olib keladi.
Uchinchidan, kredit muomala harajatlarini tejash vazifasini bajarib, pul banknotalari orniga veksel, chek , banknot kabi xisob- kitob hamda pul otkazish shaklidagi muomala bilan pul muomalasini tezlashtiradi.
Nixoyat, tortinchidan, kreditdan iqtisodiyotni tartibga solishda foydalaniladi. Tabaqalashgan foizlar, imtiyozlar va kafolatlar asosida davlat jamiyat uchun muxim soxalarning taraqqiyoti uchun tadbirkorlar faoliyatini tartibga soladi. Natijada, iqtisodiyotning eng dolzarb, umumdavlat soxalari taraqqiyotini jadallashtirish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Tovarning pul hojaligida ssuda fondi (kapital) mavjud bolib, jamiyatning juda kop extiyojlarini qondirishda qarz tariqasida shu fonddan foydalanadi.
Bu fond pul vositalarining jamgarmasi sifatida xojaliklar va aholining extiyojlarini moliyaviy shart-sharoitlar orqali qaytarish sharti bilan qondirishga qaratilgan.
Ssuda fondi resurslar tarkibi quyidagicha:
- Pul mablaglarining aylanma jarayonida korxonalar va tashkilotlarning vaqtinchalik bolmagan pul rezervlaridir. Ular maxsus fondlar, masalan, investitsiya uchun ishlovchilardan amortizatsiya harajatlari fondi va boshqalar;
- Davlat pul zaxiralari.
- Uzoq muddatli kredit berish uchun maxsus ajratilgan mablag jamgarmaliri;
- maxsus fondlarning erkin vositalari (pensiya , sugurta) ;
- aholining shaxsiy jamgarmalari;
- Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul belgilari va tolov vositalarining emissiyasi.
SHunday qilib qarzga beriladigan pul ssuda deyiladi. Agar qarzga berilgan pul ishga solinib, yangidan pul topish daromad topish, daromad olish uchun ishlatilsa, u ssuda qarz kapitali shaklini oladi. Agar qarz shaxsiy istemolni qondirishga xizmat qilsa, odatdagi pul qarzi boladi xolos.
Qarz kapitali uchun beriladigan foiz moxiyatan uni ishlatish tufayli yaratilgan qoishimcha maxsulotning, aniqrog’i qarz oluvchi uni ishlatib topgan daromadining bir qismidir.
Har qanday olingan pul oldindan foiz xisobiga qancha qilib qaytarilishi belgilab qoyiladi.
Foiz miqdori yoki darajasi oldindan belgilanadi. Foiz darajasi (PD) qarz foizining (KP) berilgan qarz miqdoriga (KM) bolgan, foizlarda ifodalangan nisbatidir:
KP
PD = ----- x 100
KM
Agar 120 mln. dollarga teng qarzga 6 mln. dollar foiz tolansa, quyidagicha boladi.
6 mln.
PD = ------------ x 100 = 5 %
120 mln.
Foiz darajasiga tasir etuvchi omillar harakati tufayli ozgarib turadi.
Ulardan assosiylari quyidagilar:
1. Pul bozordagi talab va taklifning nisbati yani bozorda qanday miqdorda qarz pulga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa foiz ortadi, taklif ortsa u kamayadi.
2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan olindigan naf, aniqrogi shu pulning istemol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun kop foyda keltirilsa yoki istemolchi extiyojini tolaroq qondirsa foiz yuqori boladi, aks xolda u pasayib ketadi. Bunda xozir ishlatishdan va kelajakda ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi. Agar xozir pulni 8 % xisobidan qarz olib kelajakda 20 % xisobidan foyda korilsa, qarz oluvchiga shu foiz maqul boladi. Agar kutilgan foyda 7 % yoki 10 % bolsa foiz mutloqo togri bolmaydi.
3. Qarzni tolash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni asta sekin kichik - kichik qismlarga bolib berilsa, bemalol qaytarish mumkin bolsa, qarzdor yuqori foizga rozi boladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yola tolash shart bolsa, qarzdor past foizni maqul koradi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad korish va shu xisobda foiz tolash yengil boladi.
4. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutalarda berilsa, foiz yuqori belgilanadi. Agar u oddiy valyutada berilsa foiz nisbatan past ornatiladi. Konvertirlangan pul obro-e’tiborli bolganidan uni ishlatish oson, undan tezda yaxshi daromad korish mumkin.
5. Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelguncha oz qadrini qisman yoqotadi. Bunday pul egasi yutqazadi. SHu sababli foiz inflyatsiyani xisobga olib ornatiladi. Agar odatda foiz 8 % qilib belgilansa, inflyatsiyani xisobga olib, banklar uni 15 % belgilaydilar. Bunda odatda 7 % inflyatsiya beradigan zararni qoplash kerak. Foiz inflyatsiya muddatiga togri mutanosiblikda ozgaradi.
6. Pulni qarz berishdan kora boshqa yosinda ishlatishdan tushadigan daromad. Bunda pul egasining afzal korish printsipini amal qiladi. Agar aktsiya dividendi yuqori bolsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori bolishi shart. Aks xolda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya sotib olshni afzal koradi.
7. Qarz berish xatari darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa , foiz past, agar bu xatarli bolib, qarz qaytishi shubxali bolsa, foiz yuqori boladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foizi past belgilanadi va aksincha, moliyaviy axvoli beqaror mijozlar uchun yuqori foiz tayinlanadi.
Yuqori va past foiz ortasidagi farq pul egalari uchun malum darajada qarz berish xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bolishi bilan qoplanadi.
Banklar jamgarma sifatida topshirilgan mablaglar xisobiga sanoat, savdo korxonalariga va boshqa turli tadbirkorlarga pul bilan kredit beruvchi hamda boshqa pul bilan bogliq munosabatlarni amalga oshiruvchi tashkilotlardir, korxonalardir. Xozirgi zamonaviy banklarning tarixiy rivojlanishi va tarkib topishi haqida ikki xil muloxaza mavjud. Birinchi muloxazaga binoan, banklarning vujudga kelishi pulning oltin va kumush shakllari zarb etilgan davrdan boshlandi. Osha davr tadbirkorlari oz amaliy faoliyatlarida oltinni zargarlarga tilxat asosida topshirib, olingan tilxatlarni dastabki qogoz pullar shaklida ishlata boshladilar. Zargarlar tilxat berib, oltinni ozlarida olib qolish asosida asta-sekin bankirlarga aylana boshladilar. Dastlabki vaqtlarda zagarlar tilxatni tolaligicha oltinga almashtiradilar. Vaqt otishi bilan zargarlar ozlarida jamlanayotgan mablaglar kopligini payqashib, malum ortiqcha oltinni endi boshqa shaxslarga muayyan evaz xisobiga topshira boshlaydilar. Bu xolat xususiy pul zaxiralari asosida bank tizimining shakillanishiga olib keladi.
Ikkinchi muloxazaga asosan kishilik jamiyati tarixida xozirgi banklar faoliyatining dastlabki korinishlari qadimgi Bobil, Misr, Gretsiya va Rim imperiyasi davlalarida shakllanadi. Dastlabki bank XVI asr ortalarida Italiyada tashkil topib, ular turli mamlakatlar va shaharlarning pullarini almashtirish vazifasini bajardilar. Mazkur banklarning bosh vazifasi pul mablaglarini qabul qilish va naqd pulsiz xisob-kitoblarni boshqarish boldi. Muayyan turdagi banklar asta-sekin Gollandiya va Germaniyada XVII asr boshlarida tashkil topdi. Banklar, asosan, savdo va uning xisob-kitoblari bilan shugullanganlar. Osha paytlarda banklar sanoat kapitaliga xizmat qilmas va pul zarb etish (emissiya) bilan shugullanmas edilar.
Banklar vujudga kelishining dastlabki asoslari pul qarz berish va pul almashtirish shaxobchalari bolib, ular asta-sekin kelajakda sudxorlik va keyinroq ssuda kapitalini shakllantirdilar. Mazkur obektlarning paydo bolishi va rivojlanishi banklarning vujudga kelishiga olib keladi. SHunday qilib, banklarning vujudga kelishi, avvalo tovar-pul munosabatlarining taraqqiyoti maxsulidir. Ikkinchidan, banklarni barpo etishdan maqsad - ishlab chiqarish jarayonini oxirigacha yetkazishda, bir ishlab chiqarish tsiklidan ikkinchisiga bemalol otish uchun mablag bilan taminlashdir. Bir soz bilan aytganda sanoat kapitaliga xizmat qilish natijasida foiz keltiruvchi kapital va uning harakat shakli - kredit tizimi vujudga keldi.
Ozbekistonning bank tizimi ikki pog’onadan iborat:
Birinchi pog’ona - Markaziy bank;
Ikkinchi pog’ona - tijorat, xususiy, sanoat va boshqa banklar. Ozbekistonda xozirgi sharoitda 30ta tijorat banklar, jumladan, xususiy banklar, TIF milliy bank, paxta bank, sanoat-qurilish banki, ipoteka bank, turon bank, mikrokredit bank, kredit-standart bank, savdogarbank va boshqa turdagi banklar faoliyat korsatmoqdalar. SHuningdek, chet el banklarining vakolatxonalari ishlamoqda. Iqtisodiyotning eng muxim masalalaridan biri - bu pul muomalasidir. Pul muomalasi - pulning toxtovsiz harakati bolib, tovarlar va xizmatlar doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi muomala vositasi va tolov vazifasini bajarishidir.
Pul bozori - pulga talab va taklif asosida pulning baxosi, yani foiz darajasini aniqlovchi bozordir. SHuni etiborda tutish lozimki, pul boshqa tovarlar singari sotilmaydi va sotib olinmaydi. Pul bozoridagi oldi-sotdi jarayonida pul boshqa tolovga qobil aktivlarga oz qiymatiga monand yoki ozining nominal qiymatidan ozgargan baxoda almashtiriladi.
Pulga bolgan talab quyidagi omillarga bogliq boladi:
1) pulning aylanish tezligiga;
2) baxolarning mutloq darajasiga;
3) ishlab chiqarishning real xajmiga .
J.M. Keyns pulga bolgan talab nominal daromad va ssuda foizining me’yoriga bogliqligini takidlaydi.
Pul muomalasini amalda davlat va nodavlat tashkilotlar yuritadi. Zamonaviy pul muomalasi naqd pulli va naqd pulsiz shaklda pul mablaglarining yigindisi sifatida namoyon boladi. Naqd pul ozining xajmiga kora barcha pul mablaglari, yani bank xisob-kitob raqamlaridagi umumiy pulning 10 % ni tashkil etadi .
Pul massasi - bu muomala vositasi, tolov va jamgarish (investitsiya) vazifasini bajaruvchi muomaladagi naqd va naqd pulsiz shakldagi pul mablaglarining yigindisidir.
Pul ozining tolovga qobillik darajasiga kora quyidagi shakllardagi pul mablaglaridan iborat:
1) banknotlar, muomaladagi tangalar, joriy xisoblardagi pul mablaglari;
2) omonat va tez fursatda qaytib olish kozda tutilgan jamgarmalar;
3) maxsus tashkilotlardagi jamgarmalar, (jamgarish) investitsiyaning maxsus korinishlari.
Markaziy bank turli mamlakatlarda mazkur davlatning pul siyosatini yuritadi. Bu faoliyat muayyan davlatdagi iqtisodiy boshqaruv tizimiga, iqtisodiy sharoitiga bogliqdir. Ozbekiston Respublikasi Markaziy Banki davlatning pul-kredit siyosatini yuritar ekan, xozirgi kunda yetuk tajribaga ega emas, sababi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari endi shakllanmoqda. Meros bolib qolgan eski bank tartiboti xanuzgacha yangi sharoitga tolaligicha moslashgani yoq, bu borada yetarlicha tajriba ham yetarlicha emas. SHu kabi bir qator muammolar Ozbekistondagi Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini tola ravishda namoyon eta olmasligiga sabab bolmoqda.
Markaziy Bank boshqa tijorat banklarga ssudalar beradi. Markaziy bank juda past darajadagi foizlarda banklarga ssudalar beradi. Bu banklardagi zaxira pullarning miqdorini kopaytirib yuboradi. Pul-kredit tizimida va mamlakat pul miqdori xajmida kopayish vujudga kelib, foiz stavkalari pasayadi, investitsiya xajmi osadi.
Markaziy Bank pul taklifini bajaradi. Davlat Markaziy Bank bilan pul-kredit tizimidagi zaxiralar miqdorini ozgartirish bilan ham pulning taklif va talabiga tasir etadi. Zaxiralar miqdori osishi pul taklifini qisqartiradi, aksincha, banklarning zaxiralardagi pul miqdorini kamaytirish siyosati pul taklifining osishiga sabab boladi.
SHunday qilib, har bir davlat turli yollar bilan ozining ichki va tashqi siyosatida pul-kredit tizimiga tasir etib, yoki boshqa tadbirlar bilan milliy valyuta barqarorligini taminlashga harakat qiladi.
Ozbekiston xukumati milliy valyutani mustaxkamlash uchun tortta aloxida dasturlar toplamini ishlab chiqdi va uni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda:
Birinchi tadbir - ozbek valyutasi barqarorligini tovar bilan taminlashdir. Bu yol bozorni tovarlar bilan toldirish uchun istemolchilarga koplab milliy va xorijiy tovarlarni taklif etish. Buning uchun investitsiya ajratish, kredit berish, birinchi navbatda xalq istemoli tovarlari yaratayotgan tadbirkorlarga berilmoqda. Xozirgacha Ozbekiston bozori respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar bilan tola-tokis toldirilgani yoq. Endilikda, milliy maxsulotni sifatli yaratib, bozorga taklif etish masalasi muximdir.
Ikkinchi tadbir - valyutaning yetarli zaxirasiga ega bolishdir. Bu yol eksport imkoniyatimizni kengaytirish, jaxon bazorida Ozbekistonning mustaxkam mavqeini qolga kiritishdir. Jaxon bozoriga maxsulot olib chiquvchi barcha korxonalarga ragbatlantiruvchi omillarni vujudga keltirish darkor.
Uchinchi tadbir - milliy valyuta qadrini oshirish. Har bir korxona, Har bir kishi ishlab topgan somni qadrlashni organgan taqdirdagina milliy valyuta real tolov vositasiga aylanadi. Har bir tadbirkor davlatdan ozi olayotgan mablaglar, kreditlar in’om emasligini aniq anglashlari, jamiyat oldida faqat bir tadbirkor sifatida emas, balki xalqning sarflanayotgan har bir sumi salmoqli foyda bilan qaytishi, respublikaning ertangi kuniga, istiqboliga xizmat qilishi zarurligini bilishlari lozim.
Tortinchi tadbir - inflyatsiyaga qarshi eng muxim, baquvvat, puxta oylangan siyosatni yuritishdir. Inflyatsiya darajasini kamaytirish ozbek somining quvvatli va yashovchan bolishining asosiy garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |