34-Mavzu: Moliya tizimi va moliyaviy siyosat.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Moliyaning iqtisodiy mazmuni.
2. Moliyaning vazifalari.
3. Moliya tizimi. Davlat byudjeti, daromadlari va harajatlari.
4. Soliqlar va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Moliya mohiyati va vazifalari. Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari. Soliq tizimi va uning vazifalari. Ozbekistonda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish masalalari.
"Moliya" frantsuzcha "finance" va lotincha "financia" sozlaridan olingan bolib "naqdina daromad" ma’nolarini anglatadi. Moliya uzoq davom etgan tovar-pul munosabatlarining maxsuli bolib, davlatning iqtisodiy vazifasi va extiyojlari asosida shakllandi.
XIII-XV asrlarda Italiyada "moliya" sozi "pul tolov" manosida ishlatiladi. Keyinchalik halqaro tus olib, "pul muomalasi tizimi" manosida йabul qilina boshlandi.
Moliya o’z moxiyatiga ko’ra davlat hamda korxonalar ixtiyoridagi barcha pul mablag’larining tashkil topishi, taqsimoti va ulardan foydalanish tizimini aks ettiradi. Pul mablag’larining harakati o’z-o’zidan moliya moxiyatini to’la namoyon eta olmaydi. Moliya oz moxiyatiga kora tovar va xizmatlarning qiymat shaklidagi harakatlarining pul ifodasi sifatida namoyon boladi. Aynan shu manoda moliya munosabatlari harakterlanadi va malum manoda oz xususiyatlarini namoyon etadi.
Moliya munosabatlari, avvalo, pul shaklida harakatlanadi. Aynan shu pul munosabatlari moliya amal qilish ining zarur shartdir. Moliya munosabatlari takror ishlab chiqarishning taqsimot bosqichida ijtimoiy maxsulot qiymatini belgilangan maqsadlar yolida taqsimlash va qayta taqsimlash borasida shakllanadi. Moliya munosabatlari mazkur yonalishda jamiyat azolarining moddiy ragbatlantirish, ijtimoiy va boshqa extiyojlarni taminlash hamda, eng asosiysi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni uzuluksiz amalga oshirishga imkon beradi.
Ikkinchidan, moliya munosabatlarining muxim xususiyatlari bu ekvivalent ayirboshlash yuz bermagan munosabatlardagi taqsimot harakteridir. Kredit munosabatlarida vaqtinchalik qarz uchun berilgan mablag qaytarilishi va moddiy boylik bilan boyitilishi shart bolsa, moliya munosabatlarining yuqorida qayd etilgan xususiyatiga binoan korsatilayotgan moddiy yordam qaytarilmaydi. Bu mablaglar makroiqtisodiyot barqarorligini taminlash uchun tarmoqlar va ayrim ishlab chiqarish boginlaridagi nomutanosiblikning oldini olish, ijtimoiy soxani rivojlantirish ham boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Uchinchidan, moliya munosabatlari yalpi milliy maxsulot va milliy daromadni maxsus fondlar asosida taqsimlaydi. Yalpi milliy maxsulot va milliy daromad hududlararo, tarmoqlararo va tarmoq ichida hamda moddiy, nomoddiy soxa ob’ektlarida moliya munosabatlari yordamida byudjet zaxiralari, sugurta fondlari, byudjetdan tashqari fondlar, subsidiya, subventsiya, dotatsiya tarzida taqsimlanib, pul resurslaridan jamiyatning normal faoliyati uchun foydaliniladi. Moliya munosabatlari obekti pul mablaglari, subekti esa korxona, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, muassasalar, oila va yakka shaxslardir.
Moliyaning oziga xos vazifalari mavjud bolib, ular quyidagilardir:
- Taqsimlash ;
- Ragbatlantirish ;
- Ijtimoiy himoyalash ;
- Iqtisodiy axborot berish vazifasi.
Moliyaning vazifalari deganimizda uning xojalik faoliyatida mazmunlashuvini, aniq ifodalanishini tushunamiz. Qiymatning taqsimlashishi yol fondi va resurslarning ishlatilishi tufayli moliya maxsulotlarini taqsimlash, shaxslar va jamoalarni ragbatlantirishi, aholining ijtimoiy himoyalanishini amalga oshirish iqtisodiy axborot kabilarda oz aksini topadi.
Taqsimlash vazifasi milliy daromadlarning pul fondlari shakllanishi asosida taqsimlanishidan iboratdir. Birlamchi va qayta taqsimlash mavjud. Bevosita ishlab chiqarishdagi taqsimlash - birlamchidir, bundan keyingi taqsimlanish qayta taqsimlanishdan iboratdir. Masalan, ish xaqi, foyda, ijtimoiy sugurta, amortizatsiya kabi fondlarga bulinishi birlamchi taqsimotga kiradi. Soliqlar, turli tolovlar, maishiy xizmat haqi kabilar ikkilamchi yoki qayta taqsimlashga kiradi. Yalpi milliy maxsulotni 100 % deb olsak, shundan 60 % ishlab chiqarishni tiklash, 20 % ish haqi, 15 % foyda, 5 % ijtimoiy sugurta fondlari uchun taqsimlanishi mumkin.
Iqtisodiy ragbatlantirish ham avvalo moliyadan boshlanadi, bu ham pulni taqsimlashdan boshlanadi. Soliq tizimidagi imtiyozlar tolovlarda va subsidiyalarda ragbatlantirish oz aksini topadi. Boj haqini kamaytirish, mukofot fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanish iqtisodiy faollikka undaydi. Ularning biri eksport yoki importni ragbatlantirsa, ikkinchisi, bevosita ishlovchilarni yoki jamoalarni ragbatlantirishda foydalaniladi.
Ijtimoiy himoyalash ham moliyadan boshlanadi va u orqali amalga oshiriladi. CHunki, u avvalo, pul orqali, pul foizlari vositasida bajariladi va u pul tufayli amalga oshiriladi. Malumki, aholi qatlamida muxtoj qismlari kop , yani yetim bolalar, qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar shular jumlasidan bolib, ular oz tirikchiligini yuritishni minimal darajada taminlashda ham doimo muxtoj boladilar. Ijtimoiy himoyalash esa shularni moliyaviy kafolatlashni talab etadi. Bu asosan, davlat yordamida amalga oshadi. Davlat maxsus fondlar tashkil etib, bunday himoyalashni amalga oshirib boradi.
Korxona, tashkilot, jamoalar ham shunday fondlar tashkil etadi va aholini ijtimoiy himoyalashda faol ishtirok etadi. Ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqa, nogironlar pensiyasi kabilar bundagi asosiy fondlar xisobiga kiradi.
Bundan tashqari ishtimoiy istemol orqali amalga oshadigan fondlar ham mavjud bolib, bularga bepul tibbiy xizmat, ma’orif, atrof muxitni soglomlashtirish va kabilarni kiritish mumkin.
Moliyaviy axborotlarni iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy faoliyatni baxolashdagi orni katta. Bu moliyaviy yakunlar xususida oz vaqtida xabarlar berib turish orqali amalga oshadi. Moliyaviy korsatkichlar orqali ishlab chiqarishni kozatish, moliyaviy fondlar xolati boyicha iqtisodiyot soxalarini muvozanati, bir-biriga monandligi kabilarni aniqlash imkoniti tuguladi.
Moliyaviy axborotda auditorlik xizmati malum orin egallab axborotdan foydalanishni yaxshilaydi va tezlashtiradi. CHunki auditorlik xizmati korxonalar, kompaniyalarning xojalik-moliyaviy faoliyatini taxlil etadi, xolisona xulosalar chiqaradi va ularni vaqtida yetkazib beradi bu moliyaviy boshqaruvda ahamiyatlidir.
Moliya vazifalaridan unumli foydalanish iqtisodiy osish uchun xizmat qiladi. Moddiy va mehnat resurslarining togri yonalishida bolishi va ularni samarali sarflash moliya faoliyatiga uning fazifalari reallashuviga bogliq. Moliya oz vazifalarini bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy ozgarishilarni tartibga soladi, samarali xojalik faoliyatini ragbatlantiradi. Bularni amalga oshirish moliyaviy vositalar tufayli yuz beradi. Bular qatoriga ishlab chiqarish va noishlab chiqarish harajatlari amortizasiya, foyda, aktsiya kursi, dividend, soliqlar, sugurta xaqi, bank xaqi, dotatsiya, subsidiya, kompensatsiya kabilarni kiritish mumkin.
Moliyaviy vositalar fondlarda shakllanib moliya resurslarini tashkil etadi. Ana shu resurslar orqali moliyaning tasiri va harakati amalga oshadi. Masalan amortizasiya fondi va foydaning bir qismi investitsiya uchun xizmat qiladi, bularning kopayish resurslari ishlab chiqarish quvvatlarini kopaytirish zaxiralari demakdir. Agarda bular yetarli bolmasa, texnika, texnologiya,sarf etish kamayadi va ishlab chiqarish osishi susayadi yoki dividendlar haqida toxtalsak, ular yuqori bolsa aktsiya chiqargan kompaniyalar axvolining yaxshiligidan darak beradi, aktsiya kursi oshadi, qoishimcha kapital kelishi, iqtisodiy osish tezlashadi.
Moliyaviy resurslarda asosiy orinni foyda va milliy boylik totadi. Bular iqtisodiy usish manbaini tashkil etadi. Foyda sof daromad sifatida investitsiya, turli zaxiralar, sugurta va ijtimoiy fondlarni uyushtirish uchun taqsimlaydi.
Moliyaviy resurslar ikki turga, yani mikroresurslar va makroresurslarga bolinadi. Mikroresurslar markazlashmagan bolib korxona, firma, tashkilot, kompaniya, jamoa uyushmalari shaxslarning pul resurslaridan iboratdir. Bunga qarzga olingan pullar ham kiradi.
Makroresurslar asosan davlat ixtiyoridagi pul resurslaridan iborat bolib, umumdavlat miqyosida tashkil etiladi va byudjetda jamgariladi.
Bozor iqtisodiyotida mikroresurslar asosiy orinni egallaydi. Bozorda erkin iqtisodiy faoliyat sharoitida albatta firma, kontsern, korporotsiya, birlashma, korxona kabilarni moliyasi asos bolib xisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat moliyasi yetakchi orinda boladi.
Mavjud moliya munosabatlarining majmui moliya tizimidir. Moliya tizimi quyidagi unsurlardan tarkib topadi:
- davlat moliyasi (davlat byudjeti);
- korxonalar, firmalar kompaniya, kontsern, tashkilotlar moliyasi;
- ijtimoiy - siyosiy, madaniy - mahrifiy faoliyat bilan shugullanuvchi tashkilotlar (siyosiy partiyalar, kasaba va ijodiy uyushmalar, yoshlar, xotin qizlar tashkilotlari kabilar);
- maxsus maqsadli fondlar (masalan. Umid”, Ustoz”, Maxalla” jamgarmalari, Ulugbek”, “Orolni qutkarish kabilar);
- xayriya fondlari.
Mamlakatimizdagi moliya tizimini boshqarish Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari orqali amalga oshiriladi. Moliya vazirligi quyidagi vazifalarni bajarishga motasaddi qilib tayinlangan:
- davlatning moliya siyosatini amalga oshirish, moliyaviy rejalashtirish, moliviy manbalarni muvofiqlashtirish, moliyaga oid qonunlarni ishlab chiqish, soliq siyosatini amalga oshirish, monopoliyaga qarshi kurash olib borish;
- mamlakat byudjetini tayyorlash va uni Oliy Majlis xukmiga taqdim etish;
- davlat byudjetining ijrosini moliyalashtirish, harajatlarni nazorat qilish;
- moliya tizimini takomillashtirish va uning mamlakat ijtimoiy xayotida faol ishtirokini taminlash;
- barcha turdagi moliyaviy resurslarni davlat extiyoji uchun tuplash, mulk shaklidan qat’iy nazar moliyaviy intizom ornatish;
- qimmatli qogozlar bozorini tashkil etish va moliya bozorini muvofiqlashtirish, uni nazorat qilish ;
- xorijiy sarmoyalarni jalb etish va ular harakatiga sharoit yaratib berish va boshqalar.
Moliyaviy resurslarni, jumladan byudjet mablaglarini togri sarflanishi ustidan bevosita nazorat - taftish boshqarmalari tomonidan olib boriladi. Taftish materiallari asosida moliyaviy resurslarning axvoli taxlil etiladi, mamlakat iqtisodiyotining moliyaviy soglomligini taminlash chora - tadbirlari belgilanadi.
Moliya tizimi oz munosabatlari harakteriga muvofiq quyidagicha yonalishlarga bolinadi:
Birinchidan, korxonalar, tashkilotlar moliyasi bolib bu, oz navbatida, tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar; tashkilotlar, notijorat faoliyat yurituvchi tashkilotlar, korxonalar va ijtimoiy birlashmalar, tashkilotlar moliyalaridan iborat.
Ikkinchidan, sugurta faoliyati boyicha:
a) ijtimoiy sugurta,
b) shaxsiy sugurta,
v) mulkiy sugurta,
g) javobgarlik sugurtasi,
d) tadbirkorlik tavakkalchiligi sugurtasi.
Uchinchidan, davlat moliyasi tarzida:
a) davlat byudjeti,
b) byudjetdan tashqari fondlar,
v) davlat kreditidir.
Davlat byudjeti moliya tizimining eng asosiy bolagidir.
Mamlakat iqtisodiyotini malum maqsadda rivojlantirish, turli markazlashgan jamgarmalari va avvalo, umumdavlat pul mablaglari fondini-davlat byudjetini tuzish yoli bilan ta’minlanadi. SHuning uchun ham davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy bogini xisoblanadi.
Davlat byudjetining asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni xal qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir.
Davlat byudjetning daromad manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir.
Soliqlar davlat byudjetining manbai bolib, xojalik faoliyatini ragbatlantirish va ijtimoiy himoya vazifalarini bajaradi. Soliqlarning obekti va subektlari bolib, uning me’yori, imtiyozliligi ham mavjud.
Davlat zayomlari qarz xisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va fuqarolardan qarz olish xisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida qollaniladi. Ular markaziy, maxlliy bolib muxlati tugagach davlat tomonidan sotib olinadi.
Emissiya qoshimcha pullar chiqarish bilan bogliq bolib, qoishimcha daromadir, yani oz harajatlarini qoplay olmaganda qollash mumkin bolgan vosita xisoblanadi, soliq va zayomlar miqdori yetarli bolmaganda foydalaniladi.
Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqtisodiy faoliyatidan keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara xaqlari, davlat mulkini sotish kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir.
Davlat byudjetining harajatlari quyidagilarni oz ichiga oladi:
1. Ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish (investitsiyalash);
2. Davlatga qarashli maorif, soliqni saqlash, ijtimoiy taminot, madaniyat tarmoqlarini pul bilan taminlash (ijtimoiy, madaniy soxaga sarflar);
3. Mavjud davlat idoralarining harajatlari (boshqaruv harajatlari);
4. Mamlakat mudofaasini taminlash (Harbiy soxaga harajatlar).
Davlat byudjetining daromad qismi, birinchi navbatda ana shu tort xil harajatlarni tola qoplash zurur.
Byudjet kamomadi bu harajatlarni qoplay olmasligi bilan boglangan bolib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. Taqchillik darajasi juda katta yoki byudjet istemol yonalishida bolsa bu iqtisodiy xavf paydo qilishi mumkin.
Agar byudjet taqchilligi iqtisodiy taraqqiyot yonalishi bilan bogliq bolib, ishlab chiqarish, investitsiyalash yuqori darajada bolsa, buning xavfli tomoni yoq. CHunki iqtisodiyotni istiqbolli tuzilishini yaratish, samaradorligini oshirish va umuman iqtisodiy osishni kozlagan harajatlar bolib, bu orinni tezda oqlashi mumkin.
Byudjetdagi muvozanatni taminlash va undagi taqchillikni qoplash asosan iqtisodiy rivojlanish, byudjet daromadlarini oshirish tufayli amalga oshiriladi.
Sugurta moliya munosabatlarining oziga xos aloxida bir shakli bolib, Ozbekiston Respublikasi yuz beradigan turli tabiiy ofatlar, favqulodda xolatlar, oldindan korib bolmaydigan xodisa va voqealar natijasida yetkazilgan zarar va talofatlarni bartaraf etishga qaratilgan maxsus pul resurslaridir. Sugurtaning oziga xos moliyaviy munosabat ekanligi shundaki, u taqsimlangan yalpi milliy maxsulot va milliy daromadni qayta taqsimlash oqibatida barpo etiladigan pul resursidir. Sugurta shunday fondki, kutilmagan xolatlardan korilgan zararni jismoniy va huquqiy shaxslarga tola yoki qisman qoplash imkonini beradi.
Mamlakatimizda tobora chuqurlashib borayotgan islohotlarni amalga oshirish, aholini va xojalik subektlarini iqtisodiy va ijtimoiy himoya qilish sugurta vositasida amalga oshiriladi. Xozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablariga, jaxon andozalariga muvofiq keluvchi sugurta tizimini yaratishga aloxida etibor berilayotir. Mamlakatimiz Prezidenti maxsus farmonlari asosida Ozagrosugurta davlat aktsionerlik sugurta kompaniyasi, Madad sugurta agentligi, Ozbekinvest eksport - import milliy sugurta kompaniyasi kabi sugurta tashkilotlari tashkil etildi. Bu sugurta tashkilotlari takror ishlab chiqarishning maromida borishi, iqtisodiy ijtimoiy barqarorlik, aholi, tadbirkorlarni sugurta yoli bilan himoya qilish vazifalarini bajarishga safarbar qilingan.
Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq majburiy va ixtiyoriy sugurta tizimi joriy etilgan. Majburiy sugurtani otkazishga davlat sugurta idoralarigina xaqlidir, ular majburiy sugurta obektlarini aniqlaydi, ularning daxlsizligi ustidan nazorat ornatadi. Ixtiyoriy sugurta tomonlarining xoxish irodasiga kora amalga oshrayotgan sugurta shaklidir. Ixtiyoriy sugurtaning shartlari tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi, sugurtaning oliy shartlari sugurta shartnomasi bilan belgilab qoyiladi.
Davlat byudjeti deganda mamalakatning daromadlari bilan xarajatlarining taqqoslama yillik majmuasi yoki davlatnig kutilayotgan daromadlari bilan xarajatlarini taqqoslaydigan yillik rejasi tushuniladi. Har qanday mustaqil davlat ana shunday oz byudjetini shakllantiradi. Biroq davlat byudjetini yaratilish va ijrosi bu davlatning millat taraqqiyoti hususiyatlariga va davlat olib borayotgan tashqi va ichki iqtisodiy siyosatiga bogliq boladi.
Ozbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida oz byudjetini yaratayotgani uning milliy tarixida goyat muhim voqeyilkdir. Ayniqsa, Oliy Majlisning II chaqiriq IV sessiyasida Byudjet tizimi togrisida gi Ozbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganligi byudjetimizni shakllantirishning huquqiy bazasini yaratilganligi quvonarli hol boldi. Ushbu Qonunda shunday deyiladi: Davlat byudjeti davlat pul mablaglarining markazlashtirilgan jamgarmasi bolib, unda daromad manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablaglar sarfi yonalishlari va miqdori nazarda tutiladi deyiladi.
Ushbu sessiyada davlatimizning XXI asrning ilk yili 2001 yil uchun ham daromad va harajatlarning majmuasi qabul qilindi. Unda moljallanishicha, davlat xarajatlarining daromadlarga nisbatan farqi, yani davlat byudjetining taqchilligi 1.5 % darajasida boladi. Uning 0.5% Markaziy bank tomonidan qoplanishi belgilab qoyildi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, jahon tajribasida byudjet taqchiligi degan narsa tasodifiy hol emas. Masalan, AQSh davlat byudjeti 1969 yildan beri, Germaniya davlat byudjetida esa 1980 yildan boshlab byudjet taqchilligi davom etmoqda. Odatda byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga (YIM) Nisbatan 2 3 % dan oshmasligi kerak. Korinib turibdiki, Ozbekiston Respublikasi byudjeti taqchilligi jahon andozalari meyorlaridan deyarli ikki marta pastroqdir. Buning sababi xalq xojaligining asosiy tarmoqlari belgilangan topshiriqlarni ortirib bajarishidadir. Masalan, 2006 yil yakuniga kora, yalpi ichki mahsulot 7,3 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10,8 foizga, istemol tovarlari 20,6 foizga, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirish 6,2 foizga, pulli xizmatlar 19,3 foizga, pudrat qurilish ishlari 12,8 foizga kopaydi. Oltin-valuta zaxiralari 1,6 baravardan ziyod osdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdoridagi profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi 6,8 foizgacha pasaydi.
Albatta, real iqtisodiy hayot bu korsatkichlarga malum ozgartirishlar kiritadi. Ammo yuqoridagi fikrlardan hilosa qilish mumkinki, mamalakatimiz davlat byudjeti butun xalq xojaligi, uning barcha tarmoqlari infratuzilmasi oldiga qoyilgan vazifalar muvaffaqiyatli bajarish uchun yetarli moliyaviy (pul) resirslarga ega.
Nazariy jixatdan byudjet kamchilligi va davlat qarzi tushunchalari ozaro farq qiladi. Davlat qarzi malum vaqt davridagi byudjet taqchilliklari yigindisidir. Davlat qarzi ikki guruxga bolinadi: davlat tashqi qarzi (tashqi davlatlarga, tashkilotlar va aloxida shaxslarga) va ichki qarz (davlatning oz xalqidan qarzi).
Byudjet defitsiti bilan davlat qarzi bir-biriga bogliq, chunki u yoki bu miqdorda davlat byudjeti kamchilligi miqdorini qanchalik iqtisodiyot uchun xavfliligini aniqlash uchun avvalo davlat qarzini miqdorini taxlil etish kerak.
Xozirgi sharoitda deyarli hamma mamlakatlarda davlat qarzlarini ortishi kuzatilmoqda. SHuning uchun xozirgi davrda byudjetni tartibga solish masalasi har qanday xukumatning oldida turuvchi markaziy muammolardan biridir.
Davlat byudjetini tartibga solishning quyidagi kontseptsiyalari mavjud:
Birinchi kontseptsiyaga muvofiq davlat byudjeti har yili balanslashtirilishi lozim degan g’oyaga asoslanadi. Yaqin paytlargacha ushbu yondashuv moliya siyosatining maqsadi xisoblanardi. Bu siyosatning iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan tadbirlari samaradorlik darajasini pasayishiga olib keldi. (Masalan, iqtisodiyotdagi surunkali ishsizlik aholi daromadlarini pasaytiradi va byudjetga tushuvchi ssliqlar kamayadi. Bu vaziyatda davlat byudjetini balanslashtirish uchun soliq stavkasini oshirish yoki davlat harajatlarini kamaytirish kerak boladi. Ammo bularni amalga oshirish jami talabni yanada pasayishiga olib keladi).
Ikkinchi kontseptsiya - davlat byudjeti har yili ikki emas, balki iqtisodiy tsikl davrida balanslashtirilishi kerak degan g’oyaga asoslanadi. Bunda krizisga qarshi kurash chorasi deb xukumat soliqlarni pasaytiradi, harajatlarni oshiradi va byudjet kamchilligini yuzaga keltiradi. Kotarilish davrida esa xukumat soliqlarni kotaradi va davlat harajatlarini kamaytiradi. Natijada, yuzaga kelgan byudjetni ijobiy sal’dosini, tanazzul vaqtidagi kamomadni qoplashga ishlatiladi. Bunda eng asosiy muammo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyatning kotarilishi va krizis vaqt davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi (masalan krizis davri uch yil, kotarilish davri esa ikki yil bolishi mumkin. Unda uch yilda yuzaga kelgan defitsit miqdori ikki yildagi byudjetni ijobiy saldosi bilan qoplanmay qolishi mumkin).
Uchinchi kontseptsiya asosida byudjet emas, balki iqtisodiyot balanslashtirilishi kerak degan qoida moliyani asosiy vazifasi deb qabul qilingan. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik davrida byudjet ijobiy va barqaror saldoga ega bolishi mumkin degan fikr ilgari suriladi. CHunki iqtisodiy osish sharoitida byudjetga soliqlar tushimi avtomatik ravishda kopayadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni ragbatlantiradi va byudjet kamomadi avtomatik ravishda yoqoladi.
Har qanday davlat oz sharoitlaridan kelib chiqqan xolda moliyaviy siyosatni ishlab chiqadi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida xukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bolishini, byudjet kamomadi ustidan nazorat ornatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag ajratishni talab etadi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 18 dekabrdagi «Ozbekiston Respublikasining 2007 yilgi asosiy makroiqtisodiy korsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari togrisida»gi PQ-532-sonli qarori boyicha Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining «Ozbekiston Respublikasining 2007 yilgi Davlat byudjeti togrisida»gi 2006 yil 30-noyabrdagi 256-1-son Qaroriga muvofiq 2007 yil uchun asosiy makroiqtisodiy korsatkichlar, Davlat byudjetining asosiy parametrlari, shuningdek Pensiya jamgarmasining, Respublika yol jamgarmasining hamda byudjetdan tashqari Maktab talimi jamgarmasining 2007 yilgi asosiy parametrlari tasdiqlandi.
Ushbu qarorga muvofiq 2007 yilgi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot xajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilandi. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish faqat noinflyatsion manbalar, jumladan davlat obligatsiyalarini joylashtirishdan tushumlar, respublika byudjeti mablaglarining 2007 yil boshidagi qoldiqlari va tashqi qarz jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi belgilandi.
Ozbekiston sharoitida byudjet taqchilligini kamaytirish iqtisodiyotda mutanosiblikni taminlashni muxim omili bolib xisoblanadi va qattiq nazorat qilinadi. Buning uchun boshqaruv harajatlarini qisqartirish, dotatsiyalarining har xil turlarini qoplash uchun mablag ajratilishinin tugatish, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga markazlashtirilgan tarzda mablag ajratishni cheklash, byudjet harajatlarini keskin osishini chegaralab qoyish siyosati olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |