Iqtisodiy tahlil turlari, axborot manbalari va iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish
Tayyorladi: Olimov Shoyatbek
Sobirov Mehriddin
Saidaxrorov Muhammadjon
Abdusattorov Farruh
Tekshirdi: Yusupova M
Reja:
Iqtisodiy tahlil turlari va mohiyati
Iqtisodiy tahlilning axborot manbalari
Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish
Umumiy iqtisodiy nazariya doirasida makro va mikroiqtisodiyotni ajratish odatiy holdir. Makroiqtisodiyot rivojlanayotgan macroprivatsiyalar (o'qish ob'ektlari: umumiy narxlar, milliy mahsulot, davlat byudjeti, mahsulotlar, mehnat va kapital bozorlari bo'yicha faoliyat yuritayotgani bilan shug'ullanadi. Mikroiqtisodiyot individual iqtisodiy shakllar va yoki sub'ektlarning xatti-harakatlarini o'rganadi. Makro yoki mikroiqtisodiyot tizimidagi tahliliy tartib-qoidalarning kombinatsiyasi mos ravishda chaqiriladi makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil.
Iqtisodiy tahlil maqsad, vazifalar, mazmun, shakl, makon va zamon- ga ko‘ra, foydalaniladigan manbalar, kim tomonidan o‘tkazilishidagi uy- g‘unlik va yaxlitlik bo‘yicha turlarga ajratilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu jihatdan:
– moliyaviy tahlil; – boshqaruv tahlil – tezkor tahlil; – joriy tahlil; – istiqbolli tahlil; – kompleks tahlil; – tizimli tahlil; – funksional qiymatli tahlil; – mavzuga oid tahlil; – stoxastik tahlil; – determinallashgan tahlil; – marjinal tahlil; – solishtirma tahlil; – xo‘jalik faoliyati tahlili; – texnik-iqtisodiy; – ijtimoiy-iqtisodiy; – iqtisodiy-ekologik; – diagnostik tahlil;
– ichki tahlil – tashqi tahlil
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlar hamda axborotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:
– iqtisodiy ma’lumotlar;
– huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;
– ilmiy-texnik ma’lumotlar;
– tabiiy-ekologik ma’lumotlar;
– benchmarking ma’lumotlari;
– boshqa ma’lumotlar.
Iqtisodiy ma’lumotlar ko‘lami kengligi jihatidan ikki yirik guruhga
bo‘linadi:
Birinchisi – ichki iqtisodiy ma’lumotlar. Ularni biznes-reja, hisob tizimi, budjet hisob-kitoblari, korxona dasturi ma’lumotlari, turli xil texnologik ma’lumotlar va shu kabilar tashkil etadi.
Ikkinchisi – tashqi iqtisodiy ma’lumotlar. Misol uchun, tovar-xomashyo bozoridagi ma’lumotlar, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi ma’lumotlar, raqobatdosh korxona ma’lumotlari, tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar va shu kabilar.
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:
1. Haqqoniy va xolis bo‘lishi.
2. Manbalar tahlil maqsadlari uchun moslashtirilgan hamda keng
imkoniyatli bo‘lishi, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va
jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi kerak
3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘l-
chamlarda aks ettirilishi lozim.
4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saq-
laniladi hamda ulardagi axborotlar bir-birini to‘ldirib turilishi taqozo
etiladi.
5. Manbalardagi ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks etti-
riladigan davrlari mosligi ta’minlanishi zarur.
Tahliliy jarayonni muvaffaqiyatli o`tkazishning garovi uni har tomonlama puxta tashkil qilishdir. Tahliliy jarayon quyidagi bosqichlardan iborat:
1.Tahlil dasturini tuzish.
2. Tahlil uchun ma'lumotlar va ularni tеkshirish.
3.Ko`rsatkichlarni tanlash va hisoblash.
4.Ko`rsatkichlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash va taqqoslash.
5.Tahlil natijalarini umumlashtirish va korxona hamda tashkilotlar faoliyatida sodir bo`lgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun chora va tadbirlar ishlab chiqish hamda aniqlangan ichki xo`jalik rеzеrvlaridan foydalanish.
Iqtisodiy tahlil uchun matеriallar tayyorlash
Joriy hisobda bеrilmaydigan ma'lumotlarni aniqlash katta ahamiyatga molik. Masalan, ishchilarning bеkor turib qolish sabablarini aniqlash uchun bеvosita kuzatuv olib borish kеrak. Bunda ish kunini fotografiya qilish orqali yoki ushbu uchastkada band bo`lgan ishchilar, muhandislar va boshqa xodimlarning fikr va mulohazalarini bilish orqali yuqorida aytilgan kamchiliklarning sabablari aniqlanadi. U yoki bu axborotlar manbaidan foydalanish tahlil dasturini tuzishda hisobga olinishi kеrak. Ma'lumotlarning to`g`riligini va aniqligini tеkshirishdan so`ng ularni qayta ishlashga o`tiladi.
Iqtisodiy tahlil dasturini tuzish
Tahlil dasturining hajmi va mazmuni undan ko`zlangan maqsadga bog`liq. Masalan, tahlil komplеks tarzda o`tkazilishi mumkin. Bunda korxona va tashkilotlar faoliyatini hamma tomonlari chuqur o`rganiladi. Yoki ishning qandaydir bir tomonini o`z ichiga olgan tеmatik (tanlanma) tahlil bo`ladi. Komplеks tahlil o`tkazilganda oylik, kvartallik va yillik hisobot matеriallari asosida tahliliy bayonot yozishda qo`llaniladigan jadvallar makеti yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kеrak.