Mehnat bozori - ish kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bogliq bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig'indisi tushuniladi. Mehnat bozorida ish kuchini qiymati, baxolanish, uni yollash, ish haqining miqdori, mehnat sharoitlari, ta’lim olish, malaka oshirish, ish bilan bandlik, ishsizlik muammolari aniqlanadi.
Mehnat bozori infrastrukturasi - bu mehnat bozoriga xizmat qiluvchi muassasalar, kasbga tayyorlash markazlari, ish bilan bandlik fondi, mehnat birjalari, ishbilarmonlikka hamkorlik markazlari, davlat fondi, pensiya fondi, xayriya fondi va boshqalardan iborat. Mehnat bozorining eng aniq shakli bu - mehnat birjasidir.
Mehnat birjasi - bu ishchi, xizmatchi va korxona egasi o'rtasida ishchi kuchini sotish va sotib olish bo'yicha kelishuvini amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini o'taydigan maxsus muassasadir.
Mehnat birjasi ishsizlikni xisobga olib boradi. U xuddi savdo birjalari kabi ishchi kuchini pulga ayriboshlashda vositachilik qiladi, ya’ni ishchi kuchi egasi bilan unga extiyoj sezgan korxonalar o'rtasida.
Mehnat birjasida ish kuchiga talab va taklif bir-biri bilan bog'lanadi. Unda ishsizlarni aniqlash, ishga joylash, nafaqa to'lash, qayta kasbga tayyorlash, o'qitish kabi bir necha xizmatlar xal etiladi.
Keyingi yillarda mamlakatlarda kasbga yo'llash, qayta ixtisoslashtirish va ishga joylashtirish bo'yicha turli xizmatlar tashkil qilingan.
Mehnat birjalarining faoliyati ishsizlarga yollanma berish va nafaqa tolash, mehnat bozorini tartibga solishning ilg’or siyosatini amalga oshirish, aholi va ishlab chiqaruvchilar bilan ozaro manfaatli aloqalar ornatishi, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmlaridan tashkil topgan. Mehnat birjalari mehnat mutaxassislarini mehnat resurslari bilan, ulardan foydalanish boyicha kelib chiqadigan turli nizolarni xal qilishda katta amaliy yordam beradi.
Mehnat birjasining faoliyati ishsizlarni ish bilan ta’minlash, ishlab chiqaruvchi tarmoqlar strukturasidagi ozgarishlar bilan bog’liq xolda ozgarib turadigan mehnat bozori extiyojini qondirishdan iborat.
Tarixda 1922-25 yillarda sobiq ittifoqda 300 ga yaqin mehnat birjasi tashkil etilib, unda 10 milliondan ortiq kishiga xizmat korsatilgan. MDX mamlakatlarida mehnat birjalari 1991 yillarda qayta tashkil qilina boshladi.
Ozbekistonda ishsizlik mavjudligi hamda uning soni yanada kopayganligi yana rasmiy tan olindi. Bozor iqtisodiyotiga otish davrida mamlakatimizda aholini ish bilan ta’minlashning yagona davlat xizmati tashkil etildi. Bu togrida yangi qonun chiqqanligi davridan boshlab ishsizlik muammosi bilan shugullanish boshlandi. Mehnat birjalari Respublikamizning barcha viloyat, shaxar, tuman markazlarida faoliyat korsatmoqda. Ularning soni 200dan ortiq bolib, ularda mehnat mutaxassislari xizmat qilmoqda.
Endi ish topishga vositachilik qiluvchi mehnat birjalari qayta tashkil qilinib, ularda iqtisodchilar, sotsiologlar, vrachlar va xalq deputatlari yordamida ishsizlarga yordam puli va ashyolardan iborat nafaqalar berish, vaqtincha ish, yotoq bilan ta’minlash, yangi ishchi kasblarga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xozirgi kunda mamlakatimizda jami aholi 2007 yil 1 yanvar xolatiga kora 26,5 mln. kishidan ortiq bolib, 15 mingga yaqini mehnat resurslarini tashkil etadi. SHundan vaqtinchalik ishlarda band bo'lganlar soni salkam 300 ming nafar, 560 mingdan ziyod kishi yoki mehnatga layoqatli aholining qariyb 5 % i ishga joylashishga muhtoj.
SHunday qilib, mehnat resurslaridan foydalanishda mehnat birjalarining orni milliy iqtisodiyotda sezilarli ekanligini korish mumkin. Demak, mehnat birjalari nafaqat ishsizlarni ish bilan ta’minlash, balki ularni moddiy va ma’naviy hamda iqtisodiy va ijtimoiy jixatdan himoya qilishda ham muxim ahamiyatga ega.
Mehnat birjasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
mehnat bozoridagi xolatni taxlil qiladi, hamda taxmin qiladi va tegishli axborot tarqalishini ta’minlaydi;
bosh ish joylarini va ishga joylashtirish masalasida murojaat qilgan fuqarolarning xisobini yuritadi;
ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga va ish beruvchilarga ish topish va ishchi kuchi bilan ta’minlash imkoniyatlari togrisida va boshqa masalalar togrisida maslaxatlar beradi;
fuqarolarga maqbul keladigan ishini tanlashda va ish beruvchilarga ega zarur xodimlarni tanlashda yordam korsatadi;
ishlamayotgan fuqarolarni kasb organish, qayta oqitish va malakasini oshirishini tashkil etish togrisida oquv yurtlari, muassasalar tashkilotlar va korxonalar bilan shartnomalar tuzadi;
ishsizlarni royxatga olishni ta’minlaydi va ularga yordam korsatadi, shu jumladan nafaqalar belgilanishiga va bu nafaqalarni olish uchun chek bolishiga komaklashadi;
Respublika, viloyat, shaxar va noxiya ish bilan ta’minlash dasturlari aholini ijtimoiy muxofaza qilish tadbirlarini kozda tutgan xolda ishlab chiqilishini tashkil etadi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlardan AQSHda 2500 dan koproq mehnat birjalari ishlab turibdi va ularda ishga joylashtirish xizmati, ishsizlarni royxatga olish bilan shugullanmoqda. Ular bosh ish joylarini topishga xarakat qiladi, malakasini aniqlash maqsadida ishga da’vogarlarni test sinovidan otkazishadi va boshqa shunga aloqador vazifalar bilan shugullanishadi.
Ozbekiston xukumati imkoni bolgan barcha xuquqiy xixatdan asoslangan dasturlar yordamida Respublikadagi mehnat bozori siyosatini olib bormoqda. Mehnat birjalari faoliyatining xuquqiy asoslarini 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining "Aholini ish bilan ta’minlash togrisida" gi qonuni va "Ozbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi" tashkil etadi.
"Aholini ish bilan ta’minlash togrisida" gi qonun - bozor iqtisodiyoti va mulkchilikning turli shakllari teng xuquqliligi sharoitida insonning ishli bolish xuquqlarini va ijtimoiy, iqtisodiy kafolatlarini belgilab beradi. Qonun Ozbekiston Respublikasi qoidalarini va xalqaro qoidalarini xisobga olgan xolda aholini ish bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgandir. Qonun 5 bolimdan iborat bolib, unda quyidagilar ifodalangan:
1-bolim. Ish bilan bandlik, ishsizlar tarkibi, maqbul keladigan ish, ish bilan ta’minlash davlat siyosatining asosiy qoidalari, davlat kafolatlari yoritilgan.
2- bolim. Ozbekiston Respublikasi aholisini ish bilan ta’minlash xuquqlari - unda ishga joylashish xuquqi, konrakt tuzish, chet ellarda ishlash, mehnat xodimlari ustidan shikoyat qilish xuquqi belgilangan.
3- bolim. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish va tashkil etishdan iborat. Bu bolimda ayniqsa mehnat birjalari ishini tashkil etishning aniq qoidalari berilgan. Unda ishga joylashish qoidalari, tayyolash qoidalari va ish bilan ta’minlashga komaklashish respublika jamgarmasini toplash qoidalari berilgan.
4- bolim. Ishdan maxrum bolgan chog’dagi ijtimoiy kafolatlar berishdan iborat. Unda moddiy madad kafolatlari, ishdan boshaganlarga kafolatlar, qayta tayyorgarlikdan otayotganlarga stipendiyalarning miqdori, ishsizlik nafaqalarini tolash shatlari va muddatlari, miqdorlarini aniqlash tartibi, ishsizlik nafaqasini toxtatish tartibi, xomilador ayollarni ijtimiy muxofaza qilish qoidalari ifodalangan.
5- bolim. Aholini ish bilan ta’minlashga doir qonunlarni buzganligini nazorat qilish va javobgarlikdan iborat. Aholini ish bilan ta’minlash togrisidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qqiluvchi idoralar - Davlat xokimiyati va boshqaruv maxalliy organlari, Ozbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi, prokuratura va kasaba uyushmalari amalga oshiradi.
Mehnat birjasini axborotlar bilan jixozlashda - birjaning e’lonlar taxtasida, devorida, stendlarida mijozlar uzluksiz yangilanib turadigan axborotlar bilan erkin tanishishlari uchun zarur bolgan quyidagi ma’lumotlar joylashadi:
mehnat birjasida xisobda bolgan bosh ish orinlari va lavozimlarini toliq royxati;
toldirish lozim bolgan xujjatlar namunalari;
ishsizlik maqomini berish va ishsizlik nafaqasini ta’minlash, ishni izlab topish maqsadida royxatdan otish uchun zarur bolgan xujjatlar royxati;
ishsizlik xuquqlari togrisidagi toliq axborotlar;
Shikoyat qilishlari uchun murojaat qilishi mumkin bolgan raxbarlar, muassasalar manzillari;
Shaxar, tuman, mintaqa manzillari;
kasbga oqitish imkoniyatlari togrisidagi axborot;
ish beruvchilar togrisidagi axborot.
Bundan tashqari mehnat birjasi bolimlari va mutaxassislari haqidagi ma’lumotnomalar ham bolishi zarur.
Mehnat birjasining maqsadi - mijozning ishga joylashtirishga imkoni boricha yordam berish yoki ish beruvchining extiyojlariga mos xolda qayta oqitish va yangi kasbga orgatishdan iborat.
Mijozlarni mehnat birjasida qabul qilish jarayonining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Dastlab - mijozlarni qabul qilishni ishga joylash boyicha mutaxassis amalga oshiradi. Mijoz mutaxassisga uchraydi. Mutaxassis mijozdan uning ish joyi ish topish royxatidan otishga xoxishini va maqsadini soraydi. Mutaxassis mijozni "murojaat qilganlarni royxatga solish" maxsus daftariga royxatga yozadi va ozi bilan tegishli xujjatlar bolsa, "Shaxsiy xisobga olish daftarchasini" ochadi.
Mijoz - belgilangan kuni mehnat birjasiga kelishi kerak. Ishga joylashtirish boyicha mutaxassis kartotekadan mijozni qayd qilish varaqasini olib belgilangan kunda kelgan - kelmaganligini tekshiradi, oz vaqtida kelgan bolsa, u bilan suxbat otkazadi, ya’ni yangi ish takliflarini beradi. Agar mijoz oz vaqtida kelmay, sabab uzrsiz bolsa va kechikish muddati 1 oydan oshib ketgan bolsa, mehnat birjasi komissiyasi mijozlarni royxatdan ochirishga xaqlidir.
Mehnat birjasi komissiyasi birja direktori buyrug’i bilan tayinlanadi. Komissiya tarkibiga mehnat birjasi quyidagi xodimlarini kiritish tavsiya qilinadi:
ishga joylash boyicha mutaxassis;
aholini ijtimoiy muxofaza qilish boyicha mutaxassis;
kasbga oqitish va qayta oqitish boyicha mutaxassis;
xuquq inspektori;
mehnat birjasi raxbari.
Rais - mehnat birjasi raxbari va kotib saylanadi. Mehnat birjasi komissiyasini vazifasi quyidagilardan iborat:
ishsizlik maqomini berish;
ishsizlik maqomidan chiqarish;
nafaqa tolash muddati va uni miqdoriga haqiqiy qaror chiqarish;
moddiy yordam korsatish haqida qaror chiqarish.
Ishsizlik nafaqasini tolash - komissiyani ishsizlik maqomini berish togrisidagi qaror chiqarilgandan song Ozbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash togrisidagi 30-35 moddalarga asosan nafaqa tolash muddatlari va miqdorlari belgilangan.
Ishsizlik maqomini olgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi eng kam ish haqidan kam bolmagan va ortacha ish haqidan kop bolmagan miqdorda belgilanadi. Fuqaro ishsizlik nafaqasi olib turgan davrda uni mehnat stajida uzilish bolmaydi. 16 yoshga tolmagan bolalar va qaramog’ida boshqa kishilar bolgan ishsizlarga ishsizlik nafaqasi 10 foizdan oshirib beriladi. Ishsizlik nafaqa tolash muddatlari - uzoq tanaffusdan keyin ish qidirayotgan fuqarolar uchun 26 kalendar xaftasidan, birinchi bor ish qidirayotgan fuqarolarga 13 kalendar xaftadan oshmasligi kerak.
Pensiya yoshiga etib qolgan shaxslar muddatidan oldin 2 yil oldin pensiyaga chiqishga xaqlidir. Ishsiz nafaqa olish davrida xar 2 xaftada mehnat birjasida 1 marta yuklamadan otib turishi kerak. Ishsizlik nafaqasini toxtatish tartibi:
ishsiz maqbul keladigan ishni ikki marta rad etsa;
ishsiz nafaqasini olayotgan shaxs pensiya ishiga etgan taqdirda;
ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxs ozodlikdan maxrum etilganda;
ishsiz shaxs davlat kursini otayotgan bolsa;
ishsiz shaxs kasbga oqitish yoki qayta qiyotgan bolsa;
ishsiz shaxs mehnat birjasini xabardor silmay vaqtincha ishga joylashgan bolsa;
ishsizlik nafaqasini aldov yoli bilan olishga uringan bolsa - ishsizlik nafaqasini tolash bekor qilinadi.
Uzrsiz sabablarga kora, korsatilgan muddatlarda mehnat birjasiga kelmasa, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan boshatilgan bolsa, ishsizlik nafaqasini tolash 3 oy muddatga toxtatiladi yoki kamaytiriladi.
Moddiy yordam ishsizlarni ishsizlik nafaqasini tolashni qonunda belgilangan muddati tugagani sababli ishsiz fuqarolarga quyidagi toifalarga korsatiladi:
ishsizni boqimandasidagi oila a’zolariga;
Moddiy yordam birinchi galda quyidagi ishsizlarni boqimandalariga beriladi:
nogironlarga;
balog’atga etmagan farzandlarni tarbiyalayotgan kop bolali va yolg’iz oilalarga.
Mehnat birjasi qoidalari ishsizlarga ularga faqat zarur kasb oqitish tufayli mos keladigan ishni topish imkoni bolmaganligi uchun oqitishga yuborilayotganligi yoki mijozning tajriba va bilimiga mos ishni yoqligi tufayli kasbini ozgartirish, qayta oqish kerakligini tushuntirish lozim.
Kasbga oqitish kurslar korinishida ham yakka tartibda ham otkazilishi mumkin. Kurslar boyicha kamida 10 kishilik oquv guruxlari tashkil qilinadi.
Yakka xolda ta’lim olishga jonatilganlar oquv yurti yoki korxonani ozida oqitilishi mumkin. Ishlab chiqarishda oqish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1 - bosqichda - ishlab chiqarish oqitish ustasi boshchiligida maxsus oqish joylarida.
2 - bosqichda - korxonani ish joylarida ishchilarga kasbga oqitish davri kopi bilan 6 oydan oshmasligi kerak. Oquv muddati mexnat birjalari va oquv yurtlari korxonani oquv bolimlari orasidagi kelishuvlarga kora belgilanadi.
Mijozni kasbga oqitish va tolanadigan stipendiyasi "ish bilan ta’minlanishga komaklashish jamgarmasi" xisobidan beriladi. Kasb orgatish, qayta oqish va malaka oshirish xuquqiga birinchi navbatda ishsizlik nafaqasini olish muddati tugagan, ijtimoiy jixatdan zaif tabaqalarga kiruvchilar egadirlar. Kasbga jonatish boyicha mutaxassis mijozga oish uchun yollanma beradi va butun shart - sharoitni tushuntiradi va royxat varaqasiga oqish boshlangan kunni qayd qiladi.
Quyidagi asoslarga kora, fuqarolar yoshiga kora pensiyaga chiqishi mumkin:
25 yillik stajga ega bolgan va 58 yoshga tolgan erkaklar;
20 yillik stajga ega bolgan va 53 yoshga tolgan ayollar.
Pensiya arafasida ishdan boshatilgan xodimlar ishdan boshatilgan kundan keyin 10 kun ichida mehnat birjasidan royxatdan otishi kerak. Mehnat birjasi 3 oy ichida bularni ishga joylashishlariga yordam beradi, agar belgilangan 3 oy ichida ish bilan ta’minlanmasa, u ishsiz maqomini oladi.
Mehnat birjasi qoidalari ularga tavsiyanoma tayinlab 5 kun ichida uni ijtimoiy ta’minot bolimining tegishli bolimiga beradi. Mehnat birjasi tavsiyanomasi pensiyaga chiqarish uchun asos boladi. Muddatidan oldin beriladigan pensiya ishlamaydigan fuqarolarga tolanadi. Ular shu davrda ish topsa pensiya tolanmaydi.
Mehnat birjalari va ijtimoiy ta’minot muassasalari yuqori tashkilotlarga pensiya tayinlanganlar soni va pensiya mablaglari miqdori togrisidagi ma’lumotlarni davlat statistik xisobotlari bilan tasdiqlangan maxsus formalarda va muddatlarda yuborib turadi.
Noqonuniy yollar bilan pensiya olishni aniqlashdan maqsad:
aholini ish bilan ta’minlashga komaklashish jamgarmasi mablaglarini talon - taroj qilishdan saqlash;
ishsizlar va mehnat birjalari xodimlarini davlat jamgarmalari xisobidan qonunni buzish yoli bilan boyishlariga yol qoymaslik;
qonunni buzgan fuqarolarni javobgarlikka tortish;
shunday qonuniy xarakatlarni boshqa ishsizlar va mehnat birjasi xodimlari tomonidan yuz berishini oldini olish.
SHu maqsadlarda mehnat boyicha viloyat boshqarmasi boshlig’i mazkur vazifalarni bajarishga ularni tekshirishga ixtososlashgan mehnat boyicha inspektorni tayinlaydi. U barcha vazifalarni bajaradi.
Mehnat birjasida barcha xujjatlar nusxasi kompyuter bor yoqligidan qat’iy nazar qogozlarda yoki manbaalarda saqlanishi shart.
Quyidagi xollarda axborotlar qogozlarda saqlanadi:
1. Barcha royxat varaqalari va mijozlar togrisidagi ma’lumotlar 1 joyda-markaziy saqlash joyida, ishga joylashish boyicha mutaxassis xonasida saqlanishi kerak.
2. Royxat varaqalari, mijozlar familiyasi alifbo tarzda joylashishi kerak.
3. Royxat varaqasini nafaqa berish uchun ijtimoiy tolovlar bolimiga jonatish kerakligini yashil rangda, ish yana korib chiqilishini qizil rang bilan belgilab qoyiladi.
4. Xisobdan chiqarilgan mijozlar togrisidagi ma’lumotlar kartotekaning aloxida bolimida saqlanishi kerak va ularni keyin arxivga otkazadi.
5. Agar ishsiz ma’lum muddatga nafaqadan maxrum qilinsa, uning ma’lumotlari kartotekaning aloxida bolimida saqlanadi.
Mehnat birjasining ish beruvchilar bilan ozaro hamkorligini ornatish boyicha asosiy ishlar 4 bosqichdan iborat:
1. Mehnat birjasiga ish beruvchining 1 - tashrifi.
2. Ish beruvchining mehnat birjasi bilan doimiy hamkorligi.
3. Mehnat birjasining ish beruvchi bilan doimiy hamkorligi.
4. Qarorlarni qabul qilishlar.
Bozor munosabatlariga otish sharoitlarida mulkchilik va xojalik yuritishni shaklidan qat’iy nazar korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, ya’ni ish beruvchilar oz vaqtida mehnat birjasidan qayddan otishini ta’minlash kerak. Bunga yangi korxona ochish istagi bolgan ish beruvchini mehnat birjasini xabardor qilishi bilan erishish mumkin.
Mehnat birjasi xodilari ish beruvchi bilan ishlash yonalishlari boyicha vazifalarni quyidagicha tashkil qilishi kerak:
1. Maxalliy boshqaruv tashkilotlarini korxonani tashkil qilish tog’risidagi qaroriga ega bolgan jismoniy yoki xuquqiy shaxslar soliq nazoratida, pensiya jamgarmasida va boshqa belgilangan joylarda qayddan otgandan va tashkil qilingandan keyin 10 kun ichida mehnat birjasida badal tolovchilar sifatida royxatdan otishlari lozim.
Ish beruvchi oz korxonasini royxatdan otkazishi uchun mehnat birjasiga birinchi tashrif buyurganda "mehnat birjasiga murojaat qilgan ish beruvchini royxat varaqasi" ni toldiradi. Ish beruvchiga mehnat birjasi direktori yoki tegishli mutaxassis uni xuquq va majburiyatlarini va tekin xizmat korsatishlarini tushuntiradi.
Ish beruvchi "aholini ish bilan ta’minlash jamgarmasi" bolimi mutaxassisiga uchraydi. Unda jamgarmaga tolovlarni royxatga olinib mehnat birjasiga kelib turishi va xisobot topshirishi tartiblari bilan tanishtiradi.
2. Royxat varaqasi olib ish beruvchi ozi haqida korxona nomi, manzili, vakil sifatida kelgan shaxsning ismi sharifi, vazifasi va nima masalada kelganligini beligilab qoyadi. Mehnat birjasi mutaxassisi royxat pattasini toldirib, mehnat birjasiga kelishi uchun ish beruvchiga beradi.
Pattada ish beruvchining mehnat birjasiga kelish kuni va vaqti korsatiladi, shuningdek tashrif kuni va vaqti qayd qilinadi.
Ish beruvchini mehnat birjasi bilan doimiy hamkorligi jarayonidagi asosiy masalalar quyidagilardan iborat:
aholini ish bilan ta’minlashga komaklashish jamgarmasi, ishga joylashtirish, qayta oqitish, ish kuchidan foydalanish, mehnat bozorini bashoratlash;
aholini ijtimoiy muxofaza qilish;
mehnat xuquqi nazorati;
mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish boyicha oz vaqtida tegishli xisobot va boshqa ma’lumotlarni topshirishdan iborat.
Ishdan boshatilish munosabati bilan ishga joylashishga muxtoj bolgan xodimlar haqidagi ma’lumotlarni mehnat birjasiga ish beruvchining vakili 2- TN formada ishga joylashish boyicha mutaxasisga topshiradi, u qayd qiladi. Ish beruvchining korxonasida xaq tolanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish togrisidagi xokimiyat qaroriga asosan ish beruvchi mehnat birjasi bilan tegishli shartnoma tuzish kerak va jamoat ishlarini tashkil qilish natijalari haqida mehnat birjasini oz vaqtida xabardor qilish kerak. Bu togridagi javobni xar oyda jamoat ishlari bilan shugullanuvchi mutaxassisga topshiriladi. Ish beruvchi xar oyda jamoat ishlarida ishlayotgan fuqarolar togrisidagi xisobotni ikki nusxada topshirishi kerak. Agar fuqaro yuborilgan jamoat ishlaridan boshab ketsa, yozma ravishda boshatish sabablarini ish beruvchiga topshiriladi.
Ish beruvchi mehnat birjasiga 7 foizli kvota boyicha ixtisoslashtirilgan ish joylarini yaratish haqida ma’lumotlarni topshiradi. U asosan ijtimoiy himoyaga muxtoj va ishga joylashishda aloxida qiyinchiliklarga uchragan shaxsga qollanadi. Butun ish joydan 7 foizi shularga bosh joy qilib ajratiladi. Ish beruvchi mehnat birjasiga davlat mehnat xuquqi nazorati tomonidan qoyilgan talablarni bajarish boyicha ma’lumotlarni taqdim qilishi shart. Mehnat birjasidagi xuquq nazoratchisiga topshiradi.
Mehnat birjasini ish beruvchi bilan doimiy hamkorligi - u jarayonining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
barcha mavjud xisobot ma’lumotlari asosida mehnat, ish haqi, moliyaviy axvol, xodimlarga ijtimoiy kafolatlar berish boyicha ish xolatini tekshirishni tashkil qilish;
ishsizlikni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish;
bandlikni ta’minlash soxasida moliyaviy axvolni yaxshilashda, xuquqiy ta’minotda, mehnat sharoitlarini ekspertiza qilishda, turli ma’lumotlar berishda xizmat korsatish;
qonunchilikka rioya qilish masalalari boyicha korxona va tashkilotlarda tekshirishlarni amalga oshirish;
bandlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Mehnat birjasi ish beruvchini organish va tekshirishni buyruq bilan tayinlangan mutaxassislikni jalb qiladi. Ish beruvchini tekshirishga borgan mehnat birjasi mutaxassisida tegishli guvoxnoma va tekshirish mavzusi boyicha savollar royxati bolishi lozim. Tekshirish ishlari tugagandan keyin 2 tomonlama dalolatnoma imzolanadi.
Mehnat birjasi oldida turgan maqsad va vazifalarga kora va ish beruvchilarni tekshirish ma’lumotlariga kora, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muxofaza qilish muammolari, mehnatga xaq tolash turlari, mehnat sharoitlarini organish soxasidagi masalalarni xal qilishni kozda tutgan takliflarni ishlab chiqishi va ularni maxalliy xokimiyatlar va mehnat Vazirligiga taqdim qilishi kerak.
Mehnat bozorini aniqlash uchun avvalo quyidagi xisoblar amalga oshiriladi:
1. Mehnat bozori toldirilishi mumkin bolgan yoshlar soni - ya’ni maktab 9 sinf bitiruvchilari, XTBYU va OUMUYU da oqishni bitirganlar uchun ishga taqsimlashda muammolarga duch kelgan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar asosida;
2. Quyidagi omillar ta’sirida xalq xojaligi tarmoqlari boyicha ishdan boshatilgan xodimlar soni:
- tarkibiy ozgarishlar asosan sanoat va qishloq xojaligi ma’lumotlariga asosan;
- davlat mulkchiligining ozgarishi - davlat istiqbol statistik qomitasining 1-TV xisoboti asosida;
- boshqarish apparatining qisqarishi, davlat istiqbol statistik qomitasining 1-TV xisoboti asosida.
3. Jazo muddatini otash yoki sud qarori bilan majruxlarni davolash muassalaridan ozod qilgan shaxslar soni - ichki ishlar Vazirligi muassasalari ma’lumotlari boyicha.
4. Faol ipshayotgan aholi sonining mehnat zaxiralari balansi asosida.
5. Qurolli kuchlarda xizmatni otab qaytganlar va muqobil xizmatga chaqirilganlar soni - xarbiy komissariyatlar ma’lumotiga kora.
6. Qonimsizlik sabablariga kora, mehnat bozoriga tushgan shaxslar - mehnat zaxiralari balansi ma’lumotlariga kora aniqlanadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga bolgan talab korsatkichlar boyicha organiladi:
- yangi ish joylarini yaratish;
- qonimsizlik sababiga kora ishdan boshatilgan xodimlar ornini toldirish uchun;
- oqishni kunduzgi bolimlariga oqishga kirgan xodimlar ornini toldirish uchun;
- muddatli xarbiy xizmatga ketgan xodimlar ornini toldirish uchun;
- migratsiya xisobiga ish joylari miqdorini ozgarishini xisoblash.
Mehnat bozorini tashkil qiluvchi ishchi kuchidan foydalanish yonalishlarini xisobga olish va nazorat qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- mustaqil ishga joylashayotgan shaxslar sonini xisoblash;
- mehnat birjalariga murojaat qiladigan shaxslar sonini xisoblash;
- mehnat birjasi komagida ishga joylashtiriladigan shaxslar sonini xisoblash;
- muddatdan oldin pensiyaga chiqish xuquqi olgan shaxslar sonini xisoblash;
- kasbiy ta’lim oladigan va qayta oqishni oqiydigan shaxslar sonini xisoblash;
- jamoat ishlarida band shaxslar sonini xisoblash;
- ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxslar sonini xisoblash kabilardan iborat.
Mehnat bozoridagi ozgarishlar xar oyda amalga oshiriladi. Mehnat birjalarini tasdiqlangan statistik xisoblotlariga kora mehnat bozorini xisoblash quyidagicha organiladi:
tuman, shaxardagi mehnat bozorini taxlil qilinadi;
- mehnat birjasiga murojaat qilgan shaxslarning tarkibiy sifat va miqdor jixatidan taxlil qilinadi;
- ishsizlar soni va tarkibi organiladi.
Ma’lum davrlarda - oy, chorak, yarim yil, yilda mehnat bozorini baxolash amalga oshiriladi. Bunda barcha korsatkichlar boyicha otgan yilgi ma’lumotlar joriy yildagi bilan solishtirilib, undagi aniqlangan va yig’ilgan ma’lumotlar, mehnat bozori xolati haqida yaxlit axborot tayyorlash uchun viloyat mehnat boshqarmasiga jonatiladi. Tumanlar, shaxarlar, viloyatlar boyicha axborotlar respublikada mehnat bozorini tartiblash va turli tadbirlar ishlab chiqish uchun mehnat Vazirligiga taqdim qilinadi. Mehnat Vazirligi olingan ma’lumotlar asosida zarur uslubiy va me’yoriy ma’lumotlar tayyorlaydi.
Mehnat bozoridagi vaziyatga asoslanib mehnat birjasi bandlik dasturini ishlab chiqib, maxalliy xokimiyat bilan kelishgandan keyin natijani Viloyat mehnat boshqarmasiga taqdim qiladi. Xar chorakda mehnat birjalari dasturiga ozgarish va tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi.
Viloyat mehnat boshqarmalari tumanlar, shaxarlar bandlik dasturlarini korib chiqqach, buni xisobga olgan xolda xokimiyatlar tegishli boshqarmalari, manfaatdor tashkilotlari bilan viloyat dasturini ishlab chiqishadi va rejalashtirilayotgan davr boshlanishidan 30 kun oldin dasturni axvolini ish bilan ta’minlashga komaklashish jamgarmaisdan mablag bilan ta’minlanadigan bolimlarini, kelishish uchun mehnat vazirligiga taqdim qilishadi. Mehnat Vazirligi 20 kun ichida korib chiqib, kelishib, qayd qilib, tasdiqlash uchun viloyat xokimlariga yuboradi. Ular dasturni tasdiqlaydilar. Bandlik dasturini amalga oshirishni nazorat qilish joylardagi xokimiyatlar va mehnat muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Xisobot davrida dasturni bajarilganlik natijalari viloyatlar, Toshkent shaxar mehnat boshqarmalari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat Vazirligi tomonidan tuman va shaxarlar boyicha Mehnat Vazirligig taqdim qilinadi. Viloyat mehnat boshqarmalari dasturlarini asosiy ishlab chiqaruvchisi xisoblanadi.
Dastur quyidagi bosqichda tuziladi:
Birinchi, joylardagi mehnat bozori togrisida ma’lumot yigish amalga oshiriladi.
Ikkinchi, viloyatda tuman va shaxarlar boyicha mehnat bozori taxlil va bashorat qilinadi.
Uchinchi, dasturni maqsad va vazifalari aniqlanadi, mehnat bozorini tartibga solish tamoyil va uslublari ishlab chiqiladi, dasturni bajarishni ustivor yonalishlari ta’minlanadi. Bular hammasi muxokama qilish va ozgarishlar kiritish uchun tuman va shaxarlarga yuboriladi.
Tortinchi, tuman va shaxarlarda aholi bandligi dasturlari asosida xududiy bandlik dasturi tuziladi, asosiy tadbirlar aniqlanadi, iqtisodiy choralar koriladi.
Beshinchi, xarajatlar va moliyaviy tushumlarni taqqoslash orqali korsatkichlarni ozaro muvofiqlashtirish amalga oshiriladi.
Oltinchi, bandlik dasturlariga kerakli aniqliklar kiritiladi. Mehnat Vaziligi bilan kelishiladi va tuman hamda viloyatlar xokimiyatlari tomonidan tasdiqlanadi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda mehnat birjalarini asosiy ishlari aholini raqobatga dosh bera olmaydigan toifalari uchun axborotlar yigindisini tuzishdir, ya’ni:
yosh bolali (12 yoshgacha) onalar;
pensiya arafasidagi shaxslar ya’ni 52-54 yoshli ayollar 57-59 yoshli erkaklar;
9- sinfni keyingi oquv tizimiga yonaltirmaydigan bitiruvchilar;
nogironlar;
etim talabalar;
ozodlikdan maxrum qilish muddatini otab qaytgan shaxslar;
xarbiy xizmatdan qaytganlar royxatga olinadi.
Mehnat birjasini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi yana bir asosiy ishi mehnat bozorida raqobatga dosh bera olmaydigan shaxslar uchun kvotalangan ish joylarini toldirish ustidan nazorat qilishdir. U quyidagilarni oz ichiga oladi:
ma’lumotlar jamgarmasi asosida ijtimoiy himoyaga muxtoj bolgan va ishga joylashishda qiynalayotgan aholi guruxlarini xisobga olish;
korxona va tashkilotlarda ijtimoiy himoyaga muxtoj shaxslar uchun ornatilgan kvotalarga rioya qilinishi;
kvotalangan ish joylari miqdoriga rioya qilinayotganligini davriy ravishda tekshirish, rioya qilinmaganlikni asosiy sabablarini tekshirish;
yangi ish joylarini tashkil qilishdan bosh tortayotgan korxonalarni qarzdorlik miqdorini aniqlash;
mehnat birjasining xuquq nazoratchisi tomonidan solingan jarima asosida tolov talabnomasini tayyorlash;
korxona, tashkilotlardan ishdan boshatishlar haqida ma’lumotlar olish. Bular togrisidagi royxatlarni kamida 3 oy oldin tuzish.
Mehnat birjasini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ishlaridan biri korxonani tashkilotni tugatilishi yoki shtatlar qisqartilishi munosabatlari bilan muddatidan oldin pensiyaga chiqarish togrisidagi qonunlarni bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
Ozbekiston Respublikasi aholini ish bilan ta’minlash togrisidagi qonuniga muvofiq korxona, tashkilot, qayta tashkil qilinishi, tugatilishi yoki shtatlar qisqartilishi tufayli ishdan boshatilgan, tegishli tarkibda ishsiz deb tan olingan shaxslarga pensiya tayinlanadi va tolanadi:
mehnat birjasini taqdimnomasi ijtimoiy ta’minot bolimi tomonidan pensiya tayinlanishi uchun asos boladi;
ishdan boshatilgan xodimlarga yoshiga kora pensiya Ozbekiston Respublikasi fuqarolarini pensiya ta’minoti haqidagi qonunga muvofiq tayinlanadi va tolanadi.
mehnat birjalari muddatidan oldin yoshiga kora pensiya tayinlangan shaxslar soni va tolangan mablaglar haqidagi ma’lumotlarni statistika muassasalarni tasdiqlagan muddat va shakllarda yuqori tashkilotlarga taqdim qiladi.
Mehnat birjalarini aholini ijtimoiy himoya qilishdagi vazifasi - xususiylashtirish komissiyasi ishida qatnashish va fuqarolarni xususiylashtirish togrisida qonunlarda belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy xuquqlari boyicha nazorat qilishdan iborat.
Ular quyidagicha:
A) davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish boyicha tadbirlar rejalarini organish;
korxona, tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyati va moliyaviy axvolini taxlil qilish;
mulkni qayta baxolash va ularni qiymatini aniqlash;
qonunda kozda tutilgan xollarda imtiyozlar berish haqida takliflar tayyorlash;
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan mulk, ob’ekt haqida axborot bildiruvini loyixasini tayyorlash.
B) mulk davlat tasarrufidan chiqarilayotganda ish joylarini qisqartirish mumkin bolmagan xodimlarni toifalari boyicha royxatlarni tayyorlash;
xomilador ayollar royxati;
3 yoshgacha bolgan farzandiga qarayotganligi boyicha ta’tildagi ayollar;
14 yoshgacha bolgan farzandlarini tarbiyalayotgan yolg’iz ota va onalar;
16 yoshgacha bolgan nogiron farzandi bolgan ota va onalar;
ish joylari qisqartilishi paytida kasallik varaqasiga ega bolgan xodimlar;
mazkur korxonada kasbiy kasalikka yoki mehnat majruxligiga uchragan shaxslar;
muddatidan oldin pensiya yoshiga etmay qolgan shaxslar;
Chernobil fojeasini tugashida ishtirok etganlar;
turli tabaqa xodisalar oqibatini tugatishda qatnashgan va natijada mehnatga bolgan qobiliyatini qisman yoqotgan shaxslar;
V) xususiylashtirilayotgan korxonalardan ishdan boshatilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoyasi boyicha ma’lumotlarni yigish;
korxonalarni soni va shakli, u erdagi ishlovchilar soni, yaratilgan yangi ish joylari;
ish joylari qisqartirilgan xodimlarni mehnat birjalarida qayddan otgan royxatdagi soni, ular bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot;
G) xodimlarni ishdan boshatish Ozbekiston Respublikasining mehnat qonunlarini majmuasiga bioan amalga oshiriladi - ya’ni qisqartirishga tushgan xodimlar 2 oy oldin bu togrida xabardor qilinishlari kerak; qisqartirish amalga oshgandan keyin ish joyi qisqargan xodimga 2 oy ish haqi va ishdan boshatilganlik boyicha nafaqa tolanadi, keyinchalik 3 oy agar mehnat birjasi unga ish topib bermasa, ortacha ish haqi tolanadi;
Fuqarolarga ijtimoiy himoya shakllari, nafaqalar, imtiyozlar, ish haqini miqdorlari, pensiya, stipendiya tolash boyicha normativ xujjatlarni amalda qollash yuzasidan maslaxatlar berish;
imtiyozlardan foydalaniladigan aholi tabaqalarini aniqlash, ular soni tarkibi haqida ma’lumotlar toplash;
korxonalar, tashkilotlar tomonidan nafaqa, pensiyalarni togri berilishini tekshirish;
ornatilgan eng quyi ish haqi tolanishini ustidan nazrat ornatish;
ishsizlik nafaqasini eng quyi ish haqi belgilangan darajasi ozgarishiga nisbatan oz vaqtda qayta xisoblanishini ta’minlash;
barcha manbaalar boyicha korsatilgan yordamning miqdori, turlari haqidagi ma’lumotlarni yigish;
aholini ish bilan ta’minlashga komaklashish jamgarmasidan, maxaliy byudjetdan moddiy yordam korsatish moljallangan ishsizlar va aholi zaif ijtimoiy muxofazalangan toifalarga vakillarini royxatini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |