39-Mavzu: Jahon ho’jaligi va uni belgilari.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Jaxon xo'jaligining rivojlanish qonuniyatlari.
2. Xalqaro Mehnat taqsimoti va integratsiyasi.
3. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ular to'g'risida tushuncha.
4. Iqisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi ustivor vazifalar.
5. Xalqaro mehnat taqsimotidagi Ozbekistonning o'rni.
6. Iqtisodiy integratsiya va Ozbekiston iqtisodyayoti tarkibining ozgarib borishi.
Tayanch soz va iboralar:
Iqtisodiy rivojlanishning umumjaxon tomonlari va ishlab chiqishning baynalminallashuvi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi.
Bozor iqtisodiyotning ko'p asrlik taraqqiyoti natijasida XIX ohiri va XX asrlar bo'sagasida jaxon xo'jaligi vujudga keldi. Bir asr davomida u to'xtovsiz rivojlanib kelmoqda.
Jaxon xo'jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularning amalga oshirib borish vositalarini bir butun yaxlitligidan iborat, xalqaro mehnat taqsimoti bu xo'jalikning moddiy asosini tashkil etadi. Jaxon xo'jaligi ishlab chiqaruvchi kuchlarni asrlar davomidagi rivojlanishi, milliy, mintaqaviy va umumjaxon miqiyosida mehnat taqsimotining uzluksiz guruxlashib borishi turli mamlakatlar milliy ishlab chiqarishning yakkalangan xolatdan chiqish va ularni asta-sekin davlatlaroaro xo'jalik tizimiga kirib borishi natijasidir.
Jaxon hojaligida har bir o'zgarishilar (jaxon bozoridagi narxlar harakati va aloxida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va halqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini oziga tortadi. Mamlakatning savdo ishlab chiqarish va moliya soxalaridagi aloqalari jaxon tamoyillariga bog'liq ob'ektiv reallik xisoblanadi. Xozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodi qanday rivojlangan bo'lishidan qat'iy nazar jaxon hojaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to'laqonli, iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.
Dunyo mamlakatlari bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy iqtisodiy tuzumlar, halqaro guruxlarga bo'lingan.
Jaxon hojaligi 230 dan ortiq mustaqil xo'jalik sub’ektlarini o'z ichiga oladi (01.01.2004 yil xolatiga 197 tasi BMTga a’zo). Bu tarkibga kiruvchi har bir davlat tarixiy-jug'rofiy, milliy, diniy va ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy oziga xoslikka ega. Jaxon hojaligi sub'ektlarini turli mezonlarga asosan turkumlash mumkin. Yaqin paytlargacha asosiy mezon bo'lib davlatning sotsiyalizm yoki kapitalizm lageri tarkibiga kiritish xisoblanar edi. Sobiq SSSR parchalanib ketganda va SHarqiy Yevropadagi sobiq ijtimoiyistik lagerlar bozor hojaligi tomon yuz tutgan xozirgi davrda ham jaxon hojaligi davlatlari bir biridan kop belgilarga kora farqlanadi.
Umumlashma tarzda jaxon hojaligi tizimi oziga xosligiga qarab: rivojlangan, rivojlanayotgan bozor hojaligi mamlakatlari va nobozor iqtisodiyotga asoslangan mamlakatlarga bolinadi.
Iqtisodiyotning rivojlanishi darajasiga qarab past, ortacha va yuqori darajada taraqqiy etgan davlatlar mavjud.
Jaxon hojaligi da keyingi paytda aloxida orinni yangi industrial davlatlar, yuqori daromadli, neft esksport qiluvchi davlatlar egalaydi. Jaxon hojaligini organishda eng qashshoq mamlakatlar guruxi (CHad, Bangladesh, Afgoniston)) ga egtibor qaratiladi. Xozirgi davrda BMTning turkumlash belgilariga kora jaxon davlatlari quyidagi tiplarga bolinadi:
I-Yuqori darajada iqtisodiy rivojlangan davlatlar.
II-oraliq gurux yoki ortacha rivojlanish darajasiga ega davlatlar.
III-Rivojlanayotgan davlatlar.
Iqtisodiyoti yuksak rivojlangan davlatlar belgilari: YaMM da qishloq hojaligi maxsulotining xissasi juda past (2-5% ); sanoat salmog’i kamayib boryapti (faqat mashinasozlik salmog’i juda yuqori) va xizmat korsatish 60-70% ni tashkil etadi. Eksport turi va miqdori muttassil oshib turadi diversifikatsiya). Bu turkum mamlakatlar dunyo sanoat maxsuloti ishlab chiqarilishi va eksportni 80% dan ortig’ini ozida mujassamlashtiradi. (Transport tarmog’i vositalari ishlab chiqarishining 90%) va deyarli barcha moliyaviy investitsiyalarning eksporti shu mamlakatlarga togri keladi. Bu turkum davlatlar ichida asosiy sakkizlik yoki buyuk davlatlar aloxida guruxni tashkil etadi. (AQSH. Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya) bu gurux davlatlar yuqori iqtisodiy, ilmiy-texnik potentsial egasi xisblanadilar.
AQSH bu guruxda yetakchi orinni egalaydi (sakkizlikdagi 398 korporatsiyaning 153 tasi shu davlatda) lekin keyingi yillarda salmogi kamayib bormoqda (1995 yilda sakkizlik maxsulotining 22% ni) 1956 yilda kapitalistik dunyo ishlab chiqarishning 56% bolgan). Yaponiya iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ushbu davlat jaxon ilmiy tadqiqotlarni 12% ni ozida mujasamlashtirgan. Tabiiy resurslarni kam bolgan Yaponiya fan-texnika va texnologiyaning ozining asosiy strategik resurslarga aylantiradi. Elektironika sanoati boyicha Yaponiya, AQSH, Italiya, Germaniya,Frantsiya, Buyuk Britaniya, jami maxsulotidan koproq ishlab chiqaradi. 1996 yil xolatiga dunyodagi robotlarning 60%i Yaponiya korxonalarida boldi.
AQSH ko'p jixatdan importga bogliq iqtisodiyotga ega. Yaponiya iqtisodiyoti chet el investitsiyalarining juda qiyinchilik bilan kiritadi. AQSHda davlat byudjeti 40% defitsitga, Yaponiya byudjeti esa 40%lik ijobiy saldoga ega.
Jaxonning eng yirik 100 ta banklaridan 24tasi Yaponiyada; 12 tasi AQSHda.
Iqtisodiy yuksak rivojlangan davlatlar turkumida G’arbiy Yevropaning iqtisodiy yuksak rivojlangan kichik davlatlari aloxida guruxni tashkil etadi. Bular: SHveytsariya, Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Norvegiya, SHvetsiya, Finlyandiya. Bu davlatlar iqtisodiyoti halqaro mehnat taqsimotida tor doirada ixtisoslashgan va shu soxada dunyoda yetakchi bolib turadilar. 50% dan ortiq maxsulotini eksport va 75% atrofida xom-ashyo va oziq-ovqat maxsulotlarini import qiladi, barchasi ish kuchini chetdan jalb qiladi.
II-turkum - ortacha rivojlanish darajasiga ega davlatlar, ular soni kop emas. Bularga G’arbiy Yevropada Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Irlandiya (turizm bu davlatlarda juda rivojlangan eksportning 25%gacha, ish kuchini eksport qiladi) kiritadi.
Markaziy-SHarqiy Yevropada - CHexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya davlatlari.
III-rivojlanayotgan davlatlar. Ularning deyarli barchasi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida joylashgan. Yer shari aholisining 75% i shu yerda yashaydi, sanoat maxsuloti 17% ni tashkil etadi (1996yil).
Braziliya, Meksika, Xitoy, Xindiston - bu turkum davlatlarining asosiylari bolib, yirik madaniyat ochoqlari, milliardli aholi, boy tabiat, arzon ish kuchi, hom ashyoga ega.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar moddiy asosini halqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Halqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi mamlakatlar ortasida fan-texnika, ishlab chiqarish, savdo, iqtisodiy aloqalarning obektiv asosi xisoblanadi va shu tufayli ishlab chiqarishning baynanminallashuvi umumjaxon jarayoniga aylandi va bu jaxon hojaligining taraqqiyoti qonuniyatidir.
Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib ixtisoslashuv va ozaro kooperativlashuv, iqtisodiy integratsiyaning osishi jaxon hojaligi tarqqiyotining oziga xos muxim belgisi va qonunidir. Resurslarning halqaro miqyosda taqsimlashishi va ulardan samarali foydalanish maxsulotlar va xizmatlarni arzonlashtirish va sifatini ostirish imkonini beradi. Bu faqat iqtisodiy munosabat-largina emas, balki jaxonshumul muammolarni (ekologiya, xavfsizlik, qashshoqlik, kasalliklarga qarshi kurashish...) xal etishda hamkorlik qilish kuchlarni birlashtirish imkonini beradi.
Jaxon xo'jaligi qatnashchilari bolgan turli mamlakatlarning iqtisodiy tarqqiyot darajasi jixatidan bir-birga yaqinlashuvi uning belgisi va qonuniyatidir. Teng huquqli va ozaro manfaatli aloqalar rivojlangan mamlakatlarning kam rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni ta’sirini kuchaytirib, ularning rivojini tezlashtiradi. Tinch yul bilan istiklolga erishgan va bozor iqtisodi taraqqiyoti yoliga kirgan davlatlarning rivojlanishi ham shunday belgilarga ega bolmoqda. (Bu masalani Ozbekiston misolida aloxida ma’ruzada koramiz).
Biroq halqaro miqyosida iqtisodiy taraqqiyotdagi tengsizlik va tafovutlarning ildizlari chuqur, darajasi katta bolib, uning bartaraf etish jarayoni ham uzoq davom etadi.
Jaxon hojaligini milliy iqtisodiyotga tasiri osishi va borgan sayin kuchayib borishi uning taraqqiyot belgisi va qonuniyatidir. Xozirgi davrda milliy iqtisodiyot jaxon iqtisodiyotining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy iqtisodiyot rivojining zarur shartiga aylanmoqda. Xozirga davrda xech bir davlat iqtisodiy taraqqiyot darajasidan qat’iy nazar boshqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarsiz rivojlana olmaydi. Jaxon taraqqiyoti ozaro hamkorligi qonuniyatini asosligini korsatadi.
Jaxon bozorida ishtirok etishni kengaytirib borish va uni doimiylashtirish, bunda turg’unlikka erishish, jaxon mehnat taqsimotida ishtirok etish imkonini yaratib unda loyiq ornini egallash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Ma’lumki ijtimoiy mehnat taqsimotining tub mazmuni ixtisoslashuv, malum mehnat va xizmat ishlab chiqarish turlariga ixtisoslashuvidan iborat. Jaxon mehnat taqsimoti mamlakatlararo moslashuv ixtisoslashuv mazmunini bildiradi.
Jaxon mehnat taqsimoti ikki omilga asoslanishi mumkin. Birinchi omil, malum maxsulotlar ishlab chiqarishga shu mamlakatda zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligi shu bilan birga bu imkoniyatlardan tola foydalangan xolda tarixan shu xil tovar ishlab chiqarishning taraqqiy etishidir. Ikkinchi omil esa tashqi omil bolib, bu tashqi bozor rivojiga va bunday mehnat natijasining doimiy istemolchisi mavjudligi va tashqi bozor tufayli ishonchli haridorlarining doimiyligini ta’minlash sharoitidir.
Jaxon mehnat taqsimotida malum orin egallab, oz ishlab chiqarishni rivojlantirgan va oz tovarlari bilan dunyoga mashxur mamlakatlar kop. Masalan bir necha 100 yillarda beri Angliya va Gollandiya toqimachilik sanoati bilan Germaniya mashinalari bilan, SHvertsariya soatlari, Xitoy chini va choyi, Amerika va Misr paxtasi bilan mashxurdir.
Texnika texnalogik taraqqiyot uning chegaralari juda kengaytirib yubordi va yangi yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega bolib, dunyoda tovarlari muxim joy egallagan va bozorni egallayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Jaxon miqyosida ixtisoslashgan davlatlar yuqori industirlashgan mamlakatlardir.
Tovar ishlab chiqarishdagi ixtisoslashuv, jaxon miqyosida bu soxada asosiy yonalishni belgilovchi darajada bolish, bu tovarlarga barcha mamlakatlarda haridorlar kopligi, shu bilan birga ishonchli orinni egallash uchun zarur taraqqiyot darajasida bolishdir.
Agar bir mamlakat bir xil tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, u bilan jaxon bozoriga chiqar ekan, demak bunday faoliyat avvalo uning oziga foydali va bundan u manfaatdordir.
Malumki, boshqa mamlakatlar xalqlari uchun ishlab chiqarish oddiy xolat emas, chunki u istemolchi uchun qimmatga tushadi, unga ortiqcha harajatlar birinchi navbatda transport harajatlari, boj harajatlari kushiladi. Jaxon mehnat taqsimoti kengayar ekan demak uning iqtisodiy ustunligi unga manfaatdorlik mavjud.
Jaxon bozorning ortiqcha harajatlarini qoplagan xolda yuqori daromad tagminlanishi jaxon mehnat taqsimotida kattaroq orinni egallashga undaydi, bundagi manfaatdorlik har bir mamlakatni shu jarayonga tortadi. Bunday sharoitda ishlab chiqarish tuzilishini jaxon mehnat taqsimoti talabi asosida qurish va jaxon bozori uchun tovarlar yetkazib berishga moslashuv zaruriyati paydo boladi.
Har bir mamlakat uchun o'z sharoitlariga qarab jaxon miqiyosidagi ishlab chiqarishga ixtisoslashish qoishimcha harajatlarga qaraganda arzonga tushadi. CHunki boshqa maxsulotlar bilan ozini tola ta’minlashga urinishga nisbatan ularni jaxon bozori orqali sotib olish arzonga tushadi. Iqtisodiy taraqqiyotda bunday mehnat taqsimoti qanchalik afzalliklarga ega eganligi rivoj topgan mamlakatlar tajribasida yaqqol isbotlanmoqda. Jaxon mehnat taqsimoti asosida yuzaga kelgan ishlab chiqarish xillarini saqlash va taraqqiyotini davom ettirish bunda yetakchilik qilish mamlakat iqtisodiyotiga asos bo’lmog’i kerak. Ishlab chiqarishni jaxon talabi darjasida olib borishning eng qulay va maqul usuli va yoli jaxon mehnat taqsimotida katta orin egallashga harakat qilish hamda bu soxada muvaffaqiyatlarini qo'lga kiritib borishdadir.
Halqaro iqtisodiy integratsiya bu mamlakatlarni chuqur, barqaror ozaro aloqalarning rivojlanish va milliy xojaliklar ortasidagi mehnat taqsimoti asosida ular xojalik- siyosiy aloqalarning birlashishi jarayonlaridir.
Halqaro iqtisodiy integratsiya jaxon hojaligi rivojining tarixiy jixatdan uzoq davr davom etgan natijasi xisoblansa-da, Prezidentimiz I.A. Karimov takidlab otganlaridek, xozirgi kunda ham mamlakatlarning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida xal etilmagan kopdan- kop muammolar mavjudki, Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.
Halqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |