Erkin savdo zonalari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bolib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar ortasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Bunga Yevropa Erkin Savdo uyushmasi va MDX mamlakatlari ortasidagi ozaro bitim misol bola oladi;
Boj ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo zonalarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari ornatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishini taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) boj ittifoqiga yorqin misoldir.
To'lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning ozaro erkin almashuvini va xisob- kitobda yagona pul birligining amal qilishini taminlaydi. Yevropa hamjamiyati, janubiy-sharqiy Osiyo va MDX mamlakatlari uchun tolov ittifoqi pirovord maqsaddir;
Umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bolib, uning qatnashchilariga erkin ozaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda ozaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj tolovlari va import me’yor(kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi. Pul mablaglari va ishchi kuchining chegaradan erkin otishi ta’minlandi hamda umumiy muammolarni xal etishda yagona siyosat otkaziladi;
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli xisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta moliyaviy siyosat otkazish bilan birga uyg’unlashadi.
Halqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obektiv harakterdagi bir qator omillar taqozo qilinadiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy orinni egallaydi:
xojalik aloqalarining baynalminallashuvi;
halqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
umumjaxon fan- texnika revolyutsiyasi;
milliy iqtisodiyot ochiqligini kuchayishi.
Halqaro iqtisodiy tashkilotlarga halqaro valyuta fondi va Jaxon Banki, (uning tarkibiy qismlari: halqaro Rivojlanish va Tiklanish Banki, halqaro Moliyaviy Korporatsiya, halqaro Rivojlanish Assotsiatsiyasi, Investitsiyalarni Kafolatlash halqaro Assotsiatsiyasi) kiradi.
Ozbekiston ning milliy iqtisodiyotini shakllanishida bozor asosiy yonalish xisoblanadi. Uni shakllantirish va rivojlantirishda tashki iqtisodiy aloqalarni orni katta.
Xozirgi sharoitda Ozbekistonning jaxon mehnat taqsimotida malum bir darajaga erishishda eksportni kuchaytirish ahamiyatlidir. Mamlakatimizning bu boradagi dastlabki harakatlari yaxshi natijalar bermoqda, tashqi savdo oborodi yildan yilga kopaymoqda.
Respublikamizning jaxon bozoridagi bevosita muxim vazifasi iqtisodiyotimiz mustaqilligini uning normal xoldagi harakatini taminlash uchun zarur tovarlar sotib olishdan iboratdir. Bunda ilmiy texnik ishlanmalar, mashina va jixozlar asosiy ahamiyat kasb etishi kerak. Lekin umuman jaxon bozorida qatnashish muvozanatini taminlash maqsadida eksportning ham sezilarli darajada bolishi juda ahamiyatlidir. Bu iqtisodiyotimiz kuchi imkoniyatlaridan darak beradi.
Jaxon mehnat taqsimotida orin egallash muammosiga kelsak, uning xozirgi bevosita vazifasi eksportni kuchaytirish buning uchun doimiy ravishda chet mamlakatlarda mijozlarni kopaytirishdir.
Jaxon bozoriga chiqish nodoimiy eksport usulidan boshlanadi, yani sotiladigan tovarga haridor topilishiga qarab ish tutiladi. Eksport qilish iqtisodiyotimiz qanday imkoniyatlarga ega bolsa, shunday foydalanish va iqtisodiyotimiz ajrata olish mumkin bolgan tovarlar sotishdir. Bunday usuldagi harakat kelajakda murakkablashgan usullarni, yani qoshma tadbirkorlik va togridan-togri investitsiyalash usullarini qollash imkoniyatlarini yaratadi. Xozirgi davrda faol eksportni qollashga otish bilan bogliq ishlarni amalga oshirish dolzarb vazifadir. Buning uchun agentliklar ochish bevosita boshqa mamlakatlardagi biz bilan iqtisodiy aloqada boluvchi firmalarni topish bu soxadagi birlamchi vazifalardir. SHuningdek mamlakatimizda chet mamlakatlar iqtisodiy aloqalar vakolatlari va vakolatxonalarining ochilishiga sharoit yaratilib, ularni kengaytirish ham bu soxadagi muxim tadbirlardir.
Tovarlarga kelganda avvalo iqtisodiyotimizning mavjud imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Avvalo bu paxta tolasi balan bogliq qishloq xojalik maxsulotidir. Paxta tolasi jaxon bozorida oz ornini topayotgan bolsa ham meva sabzavot va polizchilik maxsulotlarini jaxon bozoriga chiqarish soxasida imkoniyatlar mavjud. Sanoat maxsulotlari ichida ham shundaylari bor. Buning ustiga juda tez bunyod etilayotgan yangi korxonalar ham eksport imkoniyatlarini kengaytiradi. Magnito-elektron tovarlari avtomabil, bazi uy rozgor texnikasi buyumlari kabilar bunga misol bola oladi. Bular eksportni kuchaytirib, boshqa usullar uchun yul ochib beradi va Ozbekistoning kelajakda jaxon mehnat taqsimotida ozining mustaqil va mustaxkam ornini egallashi uchun asos boladi.
Mamlakatimizda katta miqdorda turli yer osti boyliklari serxosil yerlarimiz bor, xalqimiz mehnatkash uning umumiy intelektual madaniy darajasi past emas. SHuning uchun ham iqtisodiyotni bozor asosida rivojlantirish, jaxon bozorida faol qatnashib, mehnat taqsimotida ozimizga yarasha urin egallashimiz imkoniyatlari mavjud.
Jaxon mehnat taqsimotida ishtirok etish katta strukturaviy ozgarishilarni talab etadi. CHunki mavjud ishlab chiqarish strukturasi chetga xom-ashyo chiqarish va kopchilik tayyor maxsulotlarni, texnikaviy va mashinasozlik tovarlarini chetdan olib kelishga moslashgan va bu Respublika manfaatlariga mos kelmaydi. SHuning uchun ham jaxon bozori talabi darajasida bolish uchun ishlab chiqarishni tubdan ozgartirish uning avvalo texnik va texnologik darajasini keskin kotarish, strukturaviy xolatini halqaro mehnat taqsimoti talabi asosida qayta qurish talab etiladi. Bu jaxon miqiyosida malum orin egallash, iqtisodiyotni rivoj topgan darajaga kotarish va jaxon raqobat kurashida bellashish mumkin boladigan darajaga yetkazishni talab qiladi.
Jaxon mehnat taqsimotiga qoshilish ayni vaqtda dunyodagi taraqqiyotdan baxramand bolib borish yangi texnika va texnologiyani kirib kelishidir. Bu avvalo ishlab chiqarishning rivojlanishini tezlashuvini taminlash natijada doimo ilgarilab borish demakdir. Ozbekistonning kelajagi porloqligining mazmuni ham shuni anglatadi.
Umumlashtirib aytganda, jaxon hojaligidagi davlatlar iqtisodiyotini baynalminallashuvi ularning iqtisodiy aloqalarini tartibga soluvchi mexanizmni shakllanishini talab etadi. Bu mexanizm oz navbatida toxtovsiz takomillashib boradi.
1991 yil 1 sentyabrida Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi milliy iqtisodiyotimizni yaratish yolida yangi bosqichni boshlab berdi. Bir tomondan, eski tuzumdan meros bolib qolgan rejali iqtisodiyotni tubdan islox qilish va bozor iqtisodiyotiga otish boshlandi. Ikkinchi tomondan, asosan hom ashyo yetkazib berishga moslashgan, zaif va qoloq iqtisodiyotni orniga halqaro mehnat taqsimotiga keng tortilgan, jahon bozorida raqobatga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati kuchli bolgan milliy Iqtisodiyotni yaratish uchun chuqur tarkibiy ozgarishlar otkazish zarurati tugildi. Milliy iqtisodiyotning ozi nima aslida va Ozbekistonda butunlay yangicha korinishdagi milliy iqtisodiyotni yaratish zarurati qanday sabablarga bogliq edi?
Milliy iqtisodiyot bu malum bir turdagi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, davlatning va jamiyatning moddiy extiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan milliy xojalikdir. Milliy iqtisodiyotni Yer yuzida bir necha yuz hil turi mavjud bolib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk, xitoy kabi modellari butun dunyoga mashxur. 1991 yil 1 sentyabrigacha bolgan Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyotini harakterlaydigan bolsak, u asosan xom ashyo yetishtirishga ixtisoslashgan, texnologik bazasi juda zaif, halqaro Mehnat taqsimotga tortilmagan va markaz respublikalari iqtisodiyotiga qaram xolatida edi. Eng muximi, respublikamiz juda boy xom ashyo bazasiga ega bola turib, ularni qayta ishlay olmas va oz extiyojini import mahsulotlar evaziga qondirishga majbur edi. SHu manoda Ozbekiston milliy iqtisodiyotini yaratish uning iqtisodiy mustaqilligini taminlash orqali ozining extiyojlarini maksimal darajada qondirishi uchun zarurdir. Bu borada qilinishi kerak bolgan ishlarni Respublika Prezidenti I. A. Karimov «Ozbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yolida» nomli asarida tamomila yangi xalq xojaligi kompleksini yaratish bilan bogliq vazifalar deb quyidagilarni korsatdi:
boshqa mamlakatlardan xom ashyolar va oziq-ovqat mahsulotlari keltirishni qisqartirish, ana shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish;
xalq istemoli mollarining hayotiy muxim turlariga aholining va xojaligning extiyojlarini ozimizda ishlab chiqarishni yolga qoyish orqali qondirish;
iqtisodiyotning mutanosib va barqaror ishlashini taminlash;
Iqtisodiyotning xom ashyo yetishtirishga qaratilgai bir tomonlama yonalishini bartaraf etish, pirovard, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish;
respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, valyuta zaxiralarini mustaxkamlash;
tarmoqdar ichidagi va hududiy mutanosiblikni bartaraf etish,
respublika xududida ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirish va ohilona foydalanish;
Mehnat resurslarining ohilona band bolishini taminlash, milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ishlab chiqarish sohalarini barpo etish.
Milliy iqtisodiyotniig miqdoriy korsatkichlarini jami ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad kabi korsatkichlarda ifodalanadi, Butun ishlab chiqarishniig bir yil ichidagi natijasi, yani yaratilgan mahsulotlar yigindisi jami ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy ishlab chiqarish sohasida band bolgan barcha xodimlarning mehnat mahsulidir. SHakliga kora u istemol tovarlari va ishlab chiqarish vositalaridan iborat. Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy korsatgichi yalpi milliy mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab chiqarish faoliyatini tolaligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidir. Sof mahsulot korsatgichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi bolib, u milliy iqtisodiyotda malum bir vaqt mobaynida butunlay, yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulotning moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot. Milliy iqtisodiyotning eng muhim korsatkichlaridan biri sifatida milliy daromad korsatgichi etibor ga loyiqdir. Milliy daromad milliy iqtisodiyot boyligini batafsil tavsiflovchi iqtisodiy olchovdir. Milliy daromadni yaratilgan sof mahsulotlarning pul yoki qiymat ko’rinishidagi ifodasi deb aytish mumkin. Milliy daromad korsatgichini yanada kengaytirib sharxlasak, uning mamlakatlardagi aholi jon boshiga togri keladigan miqdori juda muximdir. Dunyo mamlakatlarida aholi jon boshiga togri keladigan milliy daromad rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori bolib, u 20 AQSH dollaridan 37 ming AQSH dollarigacha togri keladi. Yangi industrial mamlakatlar va rivojlanayotgan davlatlarda bu korsatgich Garb davlatlariga nisbatan ancha past. Milliy iqtisodiyotning sifat korsatgichlari ancha murakkab tushuncha bolib, ular mehnat unumdorligi, eksport va mamlakat tashqi savdo almashuvining valyuta samaradorligi, tarmoq va korxonalar mahsulotining raqobatbardoshligini ifodalaydi.
Asosiy olchov bolib esa, mamlakatda ishlab chiqarilgan eksport mahsulotlari evaziga qancha miqdordagi importni sotib olish imkoniyati hisoblanadi.
Mehnat unumdorligi ishchi malum bir vaqt mobaynida qancha miqdordagi tovarlarni ishlab chiqara olishi imkoniyatini bildirib, uning yuqori va past bolishi ishchi kuchining malakasi ishlab chiqarish texnologiyasiga bogliq. Eksportning valyuta samaradorligi eksportdan tushadigan sov valyuta tushumini, uni ishlab chiqarish va tashish uchun ketgan transport harajatlarini ifodalaydi. Mamlakat tashqi savdo almashuvining valyuta samaradorligi bir mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashish harajatlarini hamda uni chetdan sotib olish va tashib keltirish harajatlari ortasidagi nisbatni ifodalaydi. Tarmoq va korxonalar mahsulotini raqobatbardoshliligi uni ishlab chiqarish sarf-harajatlari, oxshash tovarlarga nisbatan istemol afzalliklarini farqini korsatib beradi.
Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy mustaqilligini taminlash Ozbekiston Respublikasi sharoitida eng dolzarb muammolardan biri bolib, uning yechimi mamlakat milliy boyligidan samarali foydalanish evaziga ichki extiyojlarni toliq qondirishga erishishn anglatadi. Iqtisodiy mustaqillik iqtisodiy xavfsizlik nuqtai-nazaridan turib qaraganda katta ahamiyat kasb etib, energetika, transport, metallurgiya, oziq ovqat, meditsina, mashinasozlik majmualari birinchi darajali ahamiyatga ega hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy mustaqillikni taminlashga ozining xalqaro miqiyosdagi manfaatlar himoyasidan tashqari ayrim holatlarda transport izolyatsiyasiga (qurshoviga) tushib qolish xavfi qam tasir etmoqda.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidan tarmoqlar hilma-hilligini anglatib u mamlakatning texnologik taraqqiyot darajasiga, iqlimi va xududidagi tabiiy boyliklar turiga bogliq boladi. Texnologiya taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoqlarini kopaytirib, xalqaro mehnat taqsimotga keng tortilishiga, uning tolatqonli azosiga aylanishiga kuchli tasir korsatadi. Odatda texnologik taraqqiyotga erishgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyot tarkibi hilma hil boladi va u sanoat ishlab chiqarishning koplab sohalarini qamrab oladi.
Mamlakat iqlimining milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishiga tasiri shunda namoyon boladiki, aynan iqlim sharoiti ayrim turdagi mehnat va ishlab chiqarish faoliyati uchun eng qulay imkoniyatlarni yaratib beradi. Masalan, Xindiston va SHri Lanka oz choyi. Xindixitoy yarim oroli davlatlari guruch yetishtirish. Braziliya kofe, Turkiya turizm, Ozbekiston esa ozining paxtasi bilan olamga mashxur. Tabiiy boyliklar milliy iqtisodiyot tarkibini biron-bir ishlab chiqarish usuliga ixtisoslashuvida katta ahamiyatga ega. Agarda tabiiy boylik mamlakat xududida juda katta miqdorda bolsa, u mamlakatning asosiy ishlab chiqarish tarmoqlariga va milliy daromadiga tasir korsatadi. Masalan Fors korfazidagi Arab mamlakatlaridagi neft zaxirasi ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri va milliy daromad manbai hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni vujudga kelishi va rivojlanish vositasi. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish iqtisodiyotni davlat tomonidan bshqarishning muxim vositasi bolib uning asosiy maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikny, iqtisodiy osishni taminlash hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar ayni yonalishda otkaziladi va vaqt nuqtai-nazaridan belgilab qoyilgan boladi. Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasida otkazayotgan iqtisodiy islohotlar ham iqtisodiy qarizisni bartaraf etish, makroiqtisodiy barqarorlikni taminlashdan tashqari milliy Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi-poydevorini yaratish, bozor infratuzilmasini takomillashtirish uchun qaratilgandir.
Iqtisodiy islohotlarni otkazishda asosiy etibor pul-kredit siyosatiga qaratiladi. CHunki kapital mablaglarining taqsimlanish yonalishlari moddiy resurslardan foydalanishning vazifalarini oydinlashtiradi. Ushbu masalaga Ozbekiston Respublikasi misolida yondashsak, mamlakatimiz valyuta fondining 70% kapital qurilishlarga, 15% istemol bozorini ota taqchil tovarlar bilan toldirishga sarflanmoqa. qolgan 15% esa zaxira sifatida saqlanmovda. Respublika iqtisodiyotini davomiy asosida isloh qilishda asosiy tarkibiy ozgarishlar uning moliyaviy va ishlab chiqarish sektorlarida otkazilmoqda. Davlat organlarining kredit siyosati respublika iqtisodiyotining bazaviy va ustuvor sohalarini rivojlantirishga yonaltirildi. Bolar energetika kompleksi, oltin qazib olish, xomashyoni qayta ishlash, uy-joy qurilishi, eksportga yonaltirilgan tarmoqlar va suv xojaligidir (melioratsiya). Bu siyosat islohotlarning birinchi bosqichida Ozbekiston iqtisodiyoti uchun ota muxim tarmoqlarni tarkibiy qayta qurish zarurati bilan bogliq edi. SHunday qilib, davlatning kredit siyosati nafaqat inflyatsiyani ushlab turish va moliya munosabatlarini bozor tamoyillariga emas, Ozbekistonning iqtisodiy mustaqilligini taminlaydigan, milliy iqtisodiyotimiz uchun birinchi darajali obektlarni yaratish va qollab quvvatlashga qaratilgan edi. Ozbekiston xukumatining kredit siyosatida investitsiyalarning ahamiyati katta bolib, byudjet mablaglari, bank kreditlaridan tashqari xorijiy investitsiyalar hisobiga ham kopaytirilmovda. Xorijiy investitsiyalar yordamida chetdan texnologiya, texnika asbob-uskunalar sotib olinishi iqtisodiyot tarkibida tarkibiy ozgarishlar amalga oshirishga, ishlab chiqarishni esa sifat jixatdan yangi bosqichga kotarishga xizmat qilmoqda. SHuni takidlash lozimki, iqtisodiy islohotlarni otkazishda davlatning yetaqchilik roli juda beqiyos bolib, u islohotlar uchun zarur siyosiy-huquqiy asosni yaratish, tarkibiy ozgarishlarni amalga oshirishning vazifalari va bosqichlarini aniqlashda aktiv ishtirokini kozda totadi.
Ozbekistonda otkazilgan iqtisodiy islohotlarning natijasi sifatida davlat ahamiyatiga ega bolgan «Ximiyaviy tola shlab chiqarish birlashmasi, «OzDEUAvto» qoshma korxonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qoqon, Andijon, Yangiyol biokimyo zavodlari, Qizilqum fosfor, Xorazm shakar zavodi, Kvars ishlab chiqarish birlashmalari, Samkochavto, «Kobultekstil» kabi korxonalarni keltirish mumkin.
Ozbekiston Respublikasining deyarli on yillik tajribasi shuni korsatadiki, milliy iqtisodiyotimizning isloh qilishda ayrim Yangi ozgarishlar kiritish, yani tarkibiy qayta qurishni tezlashtirish bilan birga unga yangicha mahno berishni talab qiladi. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda bozorning uchta muxim segmenti erkinlashtiriladi: tovarlar va xizmatlarda erkinlashtirishni ichki islohotlarga nisbatan olsak unda tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratib berish, kichik va orta biznesning xissasini kopaytirish, korxonalarning eksport faoliyatini ragbatlantirish tushuniladi deb aytish mumkin. Islohotlarning bugungi kundagi bosqichida Ozbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirishda mulkni xususiylashtirish, yalpi milliy mahsulot tarkibida kichik biznes xissasini 2007 yilda 45% ga qolaversa, 2010 yilgacha 50-52 %ga yetkazish, eksport solivdarini kamaytirish va korxonalarning chetga mahsulot sotishini ragbatlantirish, shu jumladan kichik korxonalarning mahsulotlarini ham, xorijiy togri investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida aniqlab olingan. Iqtisodiy islohotlarni amaldagi qonunchilikni zamon talabiga mos keladigan qilib takomillashtirish juda muxim 2000 yili Oliy Majlis tomonidan «Auditorlik faoliyati» togrisida, «Tashqi iqtisodiy faoliyat» togrisida yanri taxrirdan chivdan qonunlarning qabul qilinishi bu borada qoyilgan dastlabki qadamlardandir. Islohotlarni chuqurlashtirishda iqtisodiyot tarkibida qayta qurishlarni amalga oshirish juda muxim. Bu borada xorijiy sarmoyalarni yangi, respublikamiz uchun istiqbolli bolgan, xom-ashyoni qayta ishlash va importning ornini bosuvchi sohalarga jadal kirib kelishini taminlash eng ustivor vazifalardan biridir. Ichki bozorimizdagi tovar zaxiralarining 80 foizi oz iqtisodiyotimiz mahsuli bolib qolganligini ana shu islohotlar samarasidir. Ozbekiston milliy iqtisodiyotining umumjahon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvining zarurati va ahamiyati.
Milliy iqtisodiyotni umumjaqon iqtisodiyoti bilan integratsiyalashuvi asosan uning halqaro savdodagi ishtiroki, halqaro kapital integratsiyadagi ishtiroki va milliy valyutani chet el valyutasiga almashuvini yolga quyish orqali tahminlanadi. Aktsiyaga asoslangan milliy ishlab chiqarish modeli ozining ahamiyatini yoqotib, milliy xojalnklarni bir-biriga yaqinlashuvi, gohida esa qoshilib ketish yuz bermoqda. Halqaro Mehnat taqsimoti esa milliy chegaralardan chetga chiqib, global tus olmoqda. Vujudga kelgan ushbu sharoitda Ozbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi uning dunyo yalpi milliy mahsulotini yaratish va taqsimlashda, global tadbirkorlikda oz orniga ega bolishini talab etadi. Milliy iqtisodiyot uchun tashqi iqtisodiy aloqalarning qoshimcha foyda normasini kopaytirish, tashqi raqobat evaziga fan-texnika progressini taminlash, halqaro savdo almashuvi evaziga makroiqisodii barqarorlikni taminlashda namoyon boladi. Ichki bozorning istemol quvvati cheklangan bolganda jahon bozorida mahsulot sotish mamlakatga katta miqdordagi valyuta mablaglarini oqib kelishiga sabab boladi. Bunga misol qilib oladigan bolsak Yaponiya va, Janubiy Koreya ozlarida ishlab chiqarilga avtomobillarning 90% chetda sotadi. Agarda Yaponiyani bir yilda ortacha hisobda 9 mln dona avtomobil ishlab chiqarishini hisobga olsak jahon bozorining ishlab chiqarish surati va miqdorini ostirishda, aholi bandligini taminlashda naqadar yuqori ahamiyati borligini guvohi bolamiz. Yer yuzida shunday firmalar borki, ular oz mahsulotining salkam 100% ni chetga eksport qiladi. SHveytsariyaning «Nestle» kompaniyasi aynan shunday kompaniyadir. Mamlakat istemolidan import mahsulotlaring miqdorini kopayishi milliy ishlab chiqaruvchilarni raqobat kurashiga tortadi. Natijada ishlab chiqaruvchilar mahsulot sifatini yaxshilash, tannarxni pasaytirish, qolaversa bozordagi pozitsiyasini (ornini) saqlab qolishga intiladi, narxlar esa nisbatan pasayib, barqarorlashadi. Bu albatta, istemolchilarning manfaatini himoya qilishda eng kuchli vositadir. Agarda bozor ichki ishlab chiqaruvchilar qoliga otib qolsa u monopollashadi, ishlab chiqarishda esa texnologik konservatsiya kelib chiqadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tashqi iqtisodiy aloqalar nafaqat salbiy, balki ijobiy tasir etishi uchun qam milliy xojalik uchun zururdir. Dunyo mamlakatlarining turli iqlim sharoitida ekanligi, tabiiy resurslarning bir tekis taqsimlanmaganligi ularga tashqi savdo almashuvi yordamida oz ehtiyojini qondirish imkonini beradi, ishlab chiqarish kuchlarining qam bir tekis rivojlanmaganligi, mamlakatlarning biron-bir ishlab chiqarish sohasiga ixtisoslashuvi esa texnologik extiyojlarni qondirish uchun halqaro savdo almashuvini taqozo etadi. 1997 yilgacha Ozbekiston Respublikasi ozining ulkan neft zaxiralariga ega bola turib chetdan yoqilg’i sotib olishga majbur edi Milliy boyligimiz esa uni pulini tolash uchun ishlatilar edi. Frantsiyaning «Texnip» va Yaponiyaning «Marubeni Jey Jisi» kompaniyalari ishtirokida import asbob-usknalarning ornatishi Ozbekistonga energetika mustaqilligini berib, juda katta miqdordagi mablaglarni tejash imkonini berdi. Agarda ushbu zavodni biz faqatgina texnologiya va asbob-uskunalar bilan kormoqchi bolganimizda ularni yaratish uchun bir necha un yillar kerak bolishi muqarrar edi.
Iqtisodiy integratsiya va Ozbekiston iqtisodyayoti tarkibining ozgarib borishi umumjahon iqtisodiyotida XX asr 60 yillarida boshlangan mintaqaviy integratsiya jarayoni kuchayib bormoqda. halqaro iqtisodiy integratsiya ozi nima? Bir mintaqa davlatlarining xojalik aloqalari asosida yaqinlashuvi, son jixatidan sifat jixatiga ota boishaganda halqaro iqisodiy integratsiya boshlanadi. Bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi kuchayib bu mamlakat iqtisodiyoti ikkinchi bir mamlakat iqtisodiyotiga juda ham yaqin bolib qoladi, bir-biriga kuchli texnologik tasir otkaza boshlaydi. Bu milliy iqtisodiyot tarkibining ozgarishi va unda xorijiy sektorning miqdorini va rolini ortib borishiga olib keladi. Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayoniga qoshilishi kuchli bolmasa ham, uning dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa, investitsion hamkorlik tufayli integratsiyalashuvi juda kuchli.
Mustaqillik yillarida Respublikamizda 3 u 5 mingdan ortiq qoshma korxonalar tuzildi, ayniqsa 2006 yilda iqtisodiyotimizga 20 mlrd. dollardan ziyod xorij sarmoyasi jalb etilib, uning 2,5 mlrdi togridan-togri horijiy investitsiyalarga togri keldi. Natijada, Ozbekistonda sanoat bazasining zaifligi xorij korxonalari yordamida toldirilmoqda, milliy iqtisodiyot tarkibida esa chet el kapitali asosida ishlaydigan yangi tarmoqlar vujudga kelmoqda. Ularga misol qilib avtomobilsozlik, farmatsevtika, shakar, kogoz ishlab chiqarish, elektronika, telekommunikatsiya, neft ximiyasi kabi sohalarni kiritish mumkin. Ozbekiston iqtisodiyotida xorijiy sektorining davlatlar boyicha tarkibiy tuzilishi AQSH, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, Turkiya, Xindiston, Malayziya, Italiya, Indoneziya mamlakatlari, tarmoqlar boyicha esa tamaki ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, qishloq xojaligi mashinasozligi, samolyotsozlik, elektronika, oziq-ovqat ishlab chiqarish, toqimachilik sohalari yetakchi orinni egallaydi, bu xorijiy sektor milliy iqtisodiyotda ishchi orinlarini yaratmoqda, yangi texnologiyalar, «nau-xau» olib kelmoqda, eng asosiysi Ozbekistonning importga qaramligini kamaytirib, uning iqtisodiy mustaqilligini taminlashga xizmat qilmoqda, yalpi milliy mahsulot xajmini kopaytirmoqda.
Ozbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyalashuvi 1994 yil fevralida Qozogiston va Ozbekiston ortasida iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirish maqsadida «Markaziy Osiyo erkin iqtisodiy xududini» yaratish togrisida shartnomaning imzolanishi mintaqadagi integratsiya jarayoniga yol ochib berdi. Keyinchalik bu jarayonga Qirgiziston va Tojikiston Respublikasining ham qoshilishi uning miqyosini mintaqa miqyosigacha kengaytirdi. Markaziy Osiyo miqtakasida iqtisodiy integratsiya jarayonining boshlanishi XX asr 60 yillaridan boshlangan butun dunyo miqyosidagi regional integratsiya jarayoniga hamohang bolib, uning asosiy maqsadi mintaqadagi yashayotga aholi turmush farovonligini tahminlab berishdir. Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya hayotiy extiyoj bolib, unda Ozbekiston Respublikasining ishtiroki bir nechta mintaqa miqyosidagi muammolarni hal qilishga qaratilgandir. Bolar mintaqadagi umumiy bolgan transport tizimi, suv resurslari, Orol dengizida ekologik vaziyat, yoqilgi resurslaridan foydalanish kabi muammolarni oz ichiga oladi. Takidlash lozimki, mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonini rivojlantirish zarur bolgan qamma shart-sharoitlar mavjud; territorial-xududiy birlik madaniy, diniy va irqiy yaqinlik hamda hal qilinishi lozim bolgan muammolarning umumiyligi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsiya jarayonining boshqa mintaqalardagi integratsiya jarayonlaridan farqi shundaki, u barcha uchun umumiy bolgan yagona shartnomalar asosida emas, ikki tomonlama imzolanayotgan shartnomalar asosida rivojlantirilmovda. Bu mintaqa davlatlarining integratsiya jarayonida bir-biriga bolgan munosabatini togri tushunishga imkon berib, ozaro kelishmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi. Undan tashqari mintaqada davlatlardagi iqtisodiy taraqqiyot darajasining bir hil emasligi, iqtisodiy islohotlar yonalishi va moxiyatining hilma-hilligi ham bu jarayonga tasir etmoqda. Ozbekiston Respublikasi ushbu jarayonda faol ishtirokchi bolib, mintaqa resurslaridan milliy iqtisodiyot extiyojlarini qondirish va jahon bozoridagi pirovard mahsulotlar chiqarish asosida rivojlantirishga qaratilgan. Ozbekiston halqaro mehnat taqsimotining beradigan barcha afzalliklaridan foydalanishga har tomonlama harakat qilmoqda. Ana shu asnoda Osiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasida ham, mustaqil Davlatlar hamdostligi davlatlari bilan yaqin iqtisodiy integratsiyaga kirishmoqda. Aslida bu yerda asosiy maqsad iqtisodiy hamkorlik asosida milliy extiyojlarni qondirishga qaratilgan natijalar olishdir. Biroq yuqorida qayd etilgan davlatlar bu ingegratsiyalashuvdan ozlarining tor siyosiy maqsadlarida foydalanib qolishga intilmovdalar. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov bu masalada Ozbekistonning oz printsipial pozitsiyasini bildirib kelmoqda. Biz bunday hamkorlikdan, integratsiyadan iqtisodiy manfaat kotamiz. Ozbekiston xalqaro iqtisodiy integratsiya-ning chuqurlashuvi, uning dunyoning barcha mintaqalaridagi iqtisodiy institutlar, tozilmalar, davlatlar, Ittifoedor bilan amalga oshirish istagidi va bu yolda dadil takliflar va harakatlar bilan chomoqda. SHuning uchun ham Ozbekiston davlat rahbari I.A.Karimovning BMT doirasidagi anjumanlarda, halqaro iqtisodiy tashhilotlar yigin-laridagi faol halqaro harakat jahon ommasida yuksak etirof tugdirayotgani bejiz emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |