Yevropa Ittifoqi va Yevrohududda bank ishi Reja: - Yevropa ittifoqi
- Yevropa Markaziy banki
- Yevropa Markaziy banklari tizimi
Yevropa ittifoqi Yevropa ittifoqi — oʻzida xalqaro tashkilot va federativ davlat xususiyatlarini mujassamlashtirgan davlatlararo uyushma. Dastlab Yevropa hamjamiyati nomi bilan atalgan. Yevropa ittifoqi toʻgʻrisidagi shartnoma 1992 yil Maastrixt shahrida (Niderlandiya) tuzilgan va Yevropa hamjamiyatiga aʼzo boʻlgan 12 davlat va hukumat boshliqlari imzo chekkan. Bu shartnoma 1993 yil 1 noyabrdan kuchga kirgan. Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar: - Belgiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya (1957-yil) 6ta
- Daniya, Irlandiya, Buyuk Britaniya (1973-yil) 9ta
- Gretsiya (1981-yil) 10ta
- Portugaliya, Ispaniya (1986-yil) 12ta
- Avstriya, Finlandiya, Shvetsiya (1995-yil) 15ta
- Kipr, Chexiya, Estoniya, Vengriya, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya (2004-yil) 25ta
- Bolgariya, Ruminiya (2007-yil) 27ta
- Xorvatiya (2013-yil) 28ta
Yevropa ittifoqining maqsadlari: - Yevropa xalqlarining mustahkam ittifoqini vujudga keltirish
- Ichki chegaralari boʻlmagan makon yaratish
- Iqtisodiy va valyuta ittifoqini tashkil qilish va yagona valyuta yaratish
- Birgalikda tashqi siyosat olib borish va xavfsizlik borasida siyosat yuritish, kelgusida esa birgalikda mudofaa siyosatini ham olib borish
Yevropa ittifoqi organlari: - Yevropa parlamenti
- Yevropa Ittifoqi Kengashi
- Yevropa komissiyasi
- Yevropa sudi
Yevropa markaziy banki - Yevropa markaziy banki — Yevropa valyuta ittifoqining asosiy muassasasi. Yevropa Ittifoqi qaroriga koʻra 1998-yil 1-iyunda tashkil etilgan. Boshqaruvi Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida joylashgan.
- Asosiy vazifasi yagona valyuta — yevroni muomalaga kiritgan Yevropa valyuta ittifoqiga aʼzo mamlakatlar pul siyosatini amalga oshirishdan iborat.
Yevropa markaziy banki tizimi ikki bosqichli boʻlib, yuqori bosqichda Yevropa markaziy banki va quyi bosqichda Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning milliy Markaziy banklari turadi. - Yevropa markaziy banki tizimi ikki bosqichli boʻlib, yuqori bosqichda Yevropa markaziy banki va quyi bosqichda Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyatiga aʼzo mamlakatlarning milliy Markaziy banklari turadi.
- Bank barcha hisob-kitoblarni yevroda olib boradi va uning barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
1999-yil 1-yanvardan boshlab pul siyosatini tartibga solish Yevropa markaziy banki boshqaruvchilari Kengashining mutlaqi vakolatiga kiradi. Milliy Markaziy banklar boshqaruvchilari Kengash aʼzolari hisoblanadi. - 1999-yil 1-yanvardan boshlab pul siyosatini tartibga solish Yevropa markaziy banki boshqaruvchilari Kengashining mutlaqi vakolatiga kiradi. Milliy Markaziy banklar boshqaruvchilari Kengash aʼzolari hisoblanadi.
YMB ning asosiy valyutani tartibga solish instrumentlari quyidagilardan iborat: - Inflyatsiya darajasini nazorat qilish uchun asosiy pul agregatlari ustidan joriy maqsadli nazoratni o’tkazish;
- Yevroxudud davlatlari uchun foiz stavkalarning tebranish limitlarini o’rnatish;
- Ochiq bozor operatsiyalari;
- Banklar uchun minimal rezerv talabnomalarini o’rnatish;
Yevropa Markaziy banklari tizimi - Yevropa Markaziy Banki (ECB) va evrozonaning milliy markaziy banklari Yevropa markaziy banklari tizimini (ESCB –European System of Central Banks) tashkil qiladi.
- Yevropa markaziy banklari tizimining eng yuqori boshqaruv organi - Yevro hududining milliy markaziy banklari rahbarlari va ijro etuvchi a'zolaridan iborat boshqaruvchilar kengashi.
Ijroiya direktsiyasi - ikkinchi boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi - prezident, vitse-prezident va to'rt a'zodan iborat. - Ijroiya direktsiyasi - ikkinchi boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibi - prezident, vitse-prezident va to'rt a'zodan iborat.
- Ijro direktsiyasining vazifalari pul-kredit siyosatini amalga oshirish va NKning uni amalga oshirish doirasidagi faoliyatini boshqarish, shuningdek zarur idoraviy ko'rsatmalarni ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
Yevropa markaziy banklari tizimining uchinchi boshqaruv organi Bosh Kengashdir. Bosh kengashning vazifalari quyidagilardan iborat: Yevropa markaziy banklari tizimining uchinchi boshqaruv organi Bosh Kengashdir. Bosh kengashning vazifalari quyidagilardan iborat: - Yevropa markaziy banklari tizimining maslahat funktsiyalarini amalga oshirish
- Statistik ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash
- Yevropa Markaziy banki faoliyati to'g'risida choraklik va yillik hisobotlarni, shuningdek haftalik konsolidatsiya qilingan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash
- Yevropa Markaziy bankida lavozim tavsiflari va ish tartibini ishlab chiqish
Yevropa markaziy banklari tizimining asosiy funksiyalari - Pul-kredit siyosatini aniqlash va amalga oshirish
- Bank hisobvaraqlarini yuritish, to'lov tizimining monitoringi
- Bank tizimini boshqarish va nazorat qilish.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |