Nazorat savollari.
1. Tinchlik deganda nimani tushunasiz?
2. Tinclik va totuvlikning qadri…
3. Yurt tinchligi-farovon hayot garovidir …
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
24- MAVZU:HASHAR – ELGA YARASHAR.
Reja:
Halqimizning milliy qadriyatlari.
Vatanga muhabbati, bunyodkorlik salohiyatining yaqqol ko‘zgusidir.
Hashar halqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni e’zozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samaralarini berayotir. Milliy bayramlarimiz arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq xayriya hasharlari ana shunday xayrli ishlardandir.
Ona zaminimizga fasllar kelinchagi bahorning kirib kelishi bilan jannatmakon yurt sanalmish O`zbekistonimizning tabiati, dalalari, qir-u adirlari, kundan-kun yashil libos kiyib chiroy ochib bormoqda. Bu go`zallikni ko`rgan har bir insonning ko`zi va dili quvnamasdan iloji yo`q. Bahor fasli kelishi bilan barcha bobodehqonlarimiz qo`llariga ketmon dastalarini olib qir-u dalam qaydasan deb, bog` yaratish maqsadida yo`lga otlanishadi. Bog` yaratish haqida so`z ketganda shoira Zulfiyaning quyidagi misralarini aytib o`tmasdan ilojim yo`q: “Bu bog`lar bir, bog`lar bo`ladi hali”. Haqiqatdan ham yurtimizga yangilanish va yasharish fasli bo`lmish bahor kelishi bilan barcha hududlarda obodanlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Hashar eng qadimiy va boqiy qadriyatlarimizdan biri ekanligi, uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o`zgalarni e`zozlash va faravon turmush barpo etishga intilishi mujassamligi hamda hashar xalqimizning insonparvarlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-saxovat kabi beqiyos fazilatlarini o`zida namoyon etishga xizmat qiladi.
Hamjihatlik, hamfikrlik, muhim ishlarni bamaslahat hal etish, mahalla, turar joylar ozodaligini saqlash, farovon hayotga intilish. Ana shunday yuksak fazilatlarni o‘zida namoyon etuvchi hashar xalqimizning boy tariximiz va milliy adriyatlarimizga sadoqati, Vatanga muhabbati, bunyodkorlik salohiyatining yaqqol ko‘zgusidir.
Hashar kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘ttiz sakkiz ming gektardan ortiq maydon obodonlashtirildi. Aholi turar joylari, ko‘p qavatli binolar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirildi. Daraxtlar butalib, oqlandi. Yigirma besh ming kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlar, lotoklar tozalandi. Maxsus ajratilgan transportlarda chiqindilar belgilangan joylarga chiqarib tashlandi.
Hashar – elga yarashar, deb bejiz aytilmagan, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘linmasi raisi Nurxon Allanazarova. – Mahallalarda yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha bir jonu bir tan bo‘lib hashar o‘tkazishi fayzli hayotimiz, obodlik va yaratuvchilikka intilishimiz, tinchlik-totuvlik, ezgulikni qadrlashimizning muhim ifodasidir. Hashar kunlari bayram tarovati sezilib turdi. Ko‘chalar, yo‘laklar, bolalar o‘yin maydonchalari tartibga keltirildi. Yoshlarimiz keksalar holidan xabar olib, uy ishlarida ko‘mak beradi.
Toza, obod joyda fayzu baraka bo‘ladi, – deydi shahardagi “Sharq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Samandar Aminov. – Shuning uchun shahrimizda o‘tadigan qo‘shaloq bayram oldidan uyushtirilgan hasharda mahallamizdan mingdan ziyod kishi xonadonlar, ko‘cha va xiyobonlar, guzarlarni tozalab, obod etdi. Xalqimizga xos bunday xayrli ishlarda pok niyatlarimiz, ezgu orzu-maqsadlarimiz o‘z ifodasini topmoqda.
Ha, yuksak vatanparvarlik, el-yurt manfaati yo‘lida birlashish, yaratuvchilik, bunyodkorlik, mehnatsevarlik kabi ezgu fazilatlar umumxalq xayriya hashari kunlari yana bir karra namoyon bo‘lib, buyuk kelajak barpo etish yo‘lidagi intilishimizning amaldagi namoyishiga aylandi, desak xato bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |