O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet32/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Sh.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2016.
2.Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbarning kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
3.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
4.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
5. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Sh.M.Mirziyoyev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017.
21- MAVZU: MISSIONERLIK, PROZELITIZM HAMDA TURLI MAFKURAVIY OQIMLARDAN OGOH BO‘LING!
Reja:

  1. Missionerlik tushunchasi.

  2. Terrorning ildizlari va psixologiyasi.

  3. Terrorizm bilan kurash muammolari.

Diniy ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari tomonidan dunyo hamjamiyatiga yetkazilayotgan talofotlar yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar oldida turgan global muammolardan biri ekanligini aytdi. Islom dinini niqob qilib manfur ishlarni amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, ulardan o‘zining nopok maqsadlari yo‘lida foydalanayotganligi, diniy aqidaparastlik va terrorizm haqida hamda jamiyat taraqqiyotiga tahdid solayotgan boshqa turli illatlar va ularning oqibatlari; ularga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdi. Ko‘pchilik yoshlarning turli oqimlarga kirib qolishlarining asosiy sababi, ularning ilmsiz ekanligida; diniy bilimga ega bo‘lmaganligi uchun dinni niqob qilib olgan ayrim shaxslarga aldanib qolishi o‘ta achinarli holdir.

Biz bugun notinch va tahlikali bir zamonda yashamoqdamiz. Insoniyat yuksak orzu-umidlar bilan qadam qo‘ygan yangi — XXI asrda ham xalqaro terrorchilik dunyoning turli joylarida o‘z yovuz qiyofasini namoyish etayotgani, ayniqsa, yalpi xavfsizlikka katta tahdid solayotgani barchada tashvish uyg‘otmasdan qolmaydi.
Hozirgi vaqtda terrorizmning tajovuzidan o‘zini xoli his qiladigan birorta qit’a yoki davlatning o‘zi yo‘q. Xuddi vabo singari yer yuzining ko‘plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo-qazo ertaga kimni nishonga olishini ham oldindan aytish qiyin.
Buni keyingi paytda jahonning qator mamlakatlarida, jumladan, Turkiya va Saudiya Arabistonida, Indoneziya, Suriya, Ispaniyada va kuni kecha Rossiya davlatida sodir etilgan terrorchilik xurujlari ham tasdiqlaydi.
Bizning yurtimizda ro`y bergan qo‘poruvchilik holatlari ham ana shu xalqaro terrorchilik harakatlari bilan bevosita bog‘liq deb aytishga barcha asoslar bor.
Terrorizm – asosiy mazmuni va mohiyati jihatidan siyosiy yoki boshqa raqiblarni qo‘rqitishga qaratilgan hodisa sifatida insoniyatga qadimdan ma’lum. Aynan qorqitish qarshi tarafni parokanda qilish , sarosimaga solish terrorizm deb ataluvchi zo‘rovonlik ta’sirining markaziy, o‘zak xususiyati tashkil qiladi. Terrorizm tushunchasining etimologiyasi ham uning shu xususiyatidan dalolat beradi.Lotin tilida “terror-qo‘rquv,” dahshat degan ma’noni anglatadi. Biroq jahon jamoatchiligi uchun terrorizm muammosi aynan XX asrga kelib o‘ta dolzarb bo‘lib qoladi, chunki aynan shu asrga kelib qo‘rqitish, sarosimaga solish zo‘ravonligi jinoiy va millatchi guruhlar, qurolli to‘dalar, siyosiy partiyalar va hatto ayrim davlatlar o‘rtasidagi eng ta’sirchan va ko‘p qo‘llaniladigan usulga aylandi, fan va texnika yutuqlari esa terroristlar qo‘liga o‘zlarining shafqatsiz niyatlarini amalga oshirishlari uchun eng zamonaviy va samarali usullarni berib qo‘ydi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, terrorizm ijtimoiy-siyosiy sohadagi ziddiyatlar keskinlashgan, ijtimoiy munosabatlar va davlat qurilishini buzilgan, barqarorlik yo‘qolgan mintaqalar va davrlarda yanada kuchayadi. Ijtimoiy keskinlikning nihoyatda o‘sishi, siyosiy kurashning kuchayishi, millatchilik va separatizm, jinoyatchilikning avj olishi kabi hodisalar siyosiy motivatsiyalashgan zo‘ravonlikning, terrorizmning ayrim sabablari hisoblanadi.
Hammaga ma’lumki, har qanday hodisani, u tirik tabiat, texnika taraqqiyoti yoki ijtimoiy-siyosiy hayot bo‘ladimi, samarali boshqarish uchun uni yaxshi o‘rganish va bilish kerak bo‘ladi.Shuning uchun ham hozirda xavfli ijtimoiy yovuzlikka aylanib qolgan terrorizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun uni harakatga keltiruvchi kuchlari, sub’ektlari, ob’ektlari, maqsadlari, metodlari va hokazolarni bilishi zarur bo‘ladi.
Bu hodisaning o‘nlab ta’riflari mavjud. Ba’zi birlar “terrorizm” atamasini keng talqin qilishib, uning tarkibiga “Siyosiy ekstremizm”, “Radikalizm” va hatto fuqarolar huquq va erkinliklarini cheklaydigan barcha zo‘ravonlik harakatlarini kiritishadi.Boshqa holatda esa teskari tendensiyani kuzatish mumkin. Yondashishlarning bunday rang-barangligi mintaqalar spetsifikasi, milliy va tarixiy an’analar, demokratiya darajasi u yoki bu mamlakatdagi, siyosiy barqarorliklar ko‘rsatkichi, huquqiy maktablar o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Shunday bo‘lsa ham, terrorizm tushunchasining turlicha talqinlari uning umumiy belgilari, komponentlarini ajratishga imkon beradi, bu belgilar esa quyidagilardan iborat.

  1. Terrorizm aniq siyosiy maqsadga erishishga intiladi.

  2. Qarshi tarafga nisbatan u yoki bu shakldagi zo‘ravonlik ishlatiladi yoki zo‘ravonlik ishlatish xavfi bilan tahdid qilinadi.

  3. Zo‘ravonlik xavfi yoki zo‘ravonlikning o‘zi ta’sir ob’ektini butunlay yoki qisman parokanda qilishiga yo‘naltirilgan qo‘rqitish bilan qo‘llaniladi.

  4. Terroristik ob’ekt ikkita: bevosita ob’ekt va yakuniy yoki strategik ob’ektlardan iborat bo‘ladi. Bevosita ob’ektga moddiy ob’ektlar, siyosiy, ijtimoiy, diniy yoki boshqa prinsipga ko‘ra tanlangan aholining ayrim kategoriya yoki oldindan aniq tanlanmagan tasodifiy odamlar kiradi. Yakuniy ob’ekt-konstitutsiyaviy tuzum yoki uning ayrim elementi, hududiy yaxlitlik, boshqarish tartibi, iqtisodiy qudrat va hokazolar kiradi.

Butun dunyoda “terrorizm” atamasini, uning mohiyati va mazmunini oydinlashtirishga intilish, ketayotgan sharoitda bu muammoning dolzarbligini ta’kidlashga hojat yoq. Bu yonalishdagi eng katta kamchilik shuki, avval u yoki bu hodisa bilan kurashishni reglamentatsiya qiladigan normativ hujjatlar tayyorlanadi, ma’sul shaxslar belgilanadi, faqat shundan so‘nggina kurash ob’ekti aniqlanadi. Bunday yondashishning ajralmas belgilar: shoshmashosharlik, muammoli vaziyatni to‘la ob’ektni tahlil qilib ko‘rmasdan bir lahzada hal qilishiga intilish, “natijalarni buyurtmachining talablariga moslashtirish” bo‘ladi. “Terrorizm” atamasining izohini talqin qilishda ham ba’zan shunday shoshmashosharlikka yo‘l qo‘yiladi.Masalaga noto‘g‘ri yondashishning bir misoli zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishini “Terroristik akt” deb talqin qiluvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan fuqarolar ijtimoiy fikrini shakllantirish hisoblanadi.
Terroristik aktlarning butun shakllarini jinoyat kodeksining bitta bandiga jamlashga urinish boshdanoq muvaffaqiyatsiz urinishdir. Chunki terroristik harakatlar va aktlar o‘zining ob’ekti, sub’ekti, maqsadlari, motivatsiyasi, harakatga keltiruvchi kuchlari, ijrochilari, shakllari va boshqalari bo‘yicha nihoyatda xilma-xil. Hech bo`lmaganda shunday hodisani olish mumkinki, tayyorlangan terroristik aktlar haqida yolg‘on mish-mishlar tarqatish ham psixologik terrorizmning eng kuchli shakllaridan sanaladi.
Terrorizm bilan kurash sohasida vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, shunday xulosaga kelish mumkinki, hozirgi kunda bu muammo xalqaro xarakterga ega. Shuning uchun ham bu muammoni hal qilish uchun alohida tuzilgan terrorizmga qarshi kurash markazlari , maxsus xizmatlar yoki huquqni himoya qiluvchi organlarni jalb qilishning o‘zi yetarli emas. Bunday umumiy xavfga qarshi kurashish uchun barcha davlat va jamiyat qurilmalari, hokimiyat tarmoqlari, ommaviy axborot vositalari kuchini birlashtirish, terrorizm bilan kurashish umumdavlat strategiyasini ishlab chiqish, terroristik harakterdagi hodisalarning manbalari va harakatga keltiruvchi kuchlarini aniq belgilab olish zarur. O‘tkazilgan ekspert so‘rovida aniqlanishicha, bunday manbalar va harakatga keltiruvchi kuchlarga quyidagilar kiradi: aholi turmush darajasining yomonlashishi, ijtimoiy himoya darajasining pasayishi, jamiyatdagi huquqiy savodsizlik, millatchilik va separatizmning o‘sishi, qonunchilikning mukammal emasligi, hokimiyatning obro‘sizlanishi va uning vakillari tomonidan pala-partish qarorlar qabul qilinishi.
Terrorda qatnashish terroristdan hech bo‘lmaganda boshlang‘ich bosqichda ichki o‘z-o‘zini oqlashni talab qiladi. Vazifa yoki terrorning maqsadi shunday yuqoriki, u har qanday usulni oqlaydi yoki maqsad shunchalik noaniqki, har qanday marazlikdan qaytmaslik kerak, deb o‘ylaydigan qancha bo‘lsa, shuncha odamlar ommasini jalb qilishdan iboratdir.
“Oliy maqsadlar” vositasida odatda, o‘zining aqliy va axloqiy yetuk emasligi tufayli har qanday radikal milliy, ijtimoiy yoki diniy g‘oyalar qarmog‘iga ilinadigan yoshlar jalb qilinadi. Ularni ko‘proq totalitar (ya’ni insonning irodasini butunlay so‘ndirib, uni “dohiy” yoki “ustoz” irodasiga butunlay bo‘ysundirish), diniy yoki ideologik mazhablar orqali jalb qilinadi.
Terroristik guruh a’zolarining intensiv terroristik mashqlar paytida yashirin sharoitda uzoq vaqt bo‘lishlari va doimiy ularga nisbatan maxsus psixologik ta’sir texnologiyasining qo‘llanilishining jinoyatchilik ruhiga o‘xshash o‘ziga xos ongga ega bo‘lgan odamlardan tashkil topgan maxsus terror muhitning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Bu muhit amalda terrorning yakuniy maqsadlarini hech qachon tahlil qilib ko‘rmaydigan primitive, oq-qora, lekin diniy-fanatik dunyoqarash, terrorning usullarini anglashni kamaytiradigan yoki butunlay bekor qiladigan o‘zini boshqa gunohkor bandalardan ustunlik hissi, o‘ldirish va halok bo‘lishga har doim tayyorlik va yuqori terroristik mashqlar ifodalanadigan o‘zining va boshqalarning azob-uqubatlariga befarqlik kabilar bilan farqlanadi.
Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston mustaqillik-ni qo‘lga kiritgandan boshlab, butun mintaqaning ,qolaversa butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashning kafolatlarini ishlab chiqish, terrorizm bilan kurash umumjahon markazini tashkil qilish, bu ofat bilan kurash uchun butun kuchlarni birlashtirish va safarbar qilish haqida bong urib kelishmoqda. “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida Prezidentimiz terrorizm xavfining nazariy va ilmiy-amaliy jihatdan isbotlab berishgan bo‘lsa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleya-sida, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Istambul sammitida so‘zlagan nutqida, MDH rahbarlari va boshqa rahbarlar bilan uchrashuvda muammoni hal qilishning amaliy yo‘llarini taklif qildilar. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi voqealar esa Prezidentimizning Olloh diliga solgan xatardan ogohlik da’vatining dalili bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hech qanday qonunga itoat qilmaydigan bu mutaassiblar o‘z yovuzligi va vahshiyligi bilan, inson qadri va qimmatini toptayotgani uchun, butun jahon ahlining nafratiga duchor bo‘ldi.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish