OChIB KO’RSATISh
49. Moliyaviy hisobot nomoddiy aktivlar uchun qabul qilingan va nomoddiy aktivlarning har bir ko’rsatilgan darajasiga nisbatan hisob siyosatini ochib ko’rsatishi kerak:
49.1. Amortizatsiyani hisoblab yozishning qo’llanadigan usuli;
49.2. Foydali xizmat muddati va amortizatsiyaning qo’llaniladigan me’yorlari;
49.3. Balans qiymati hamda hisobot davrining boshlanishi va oxiriga jamgarilgan amortizatsiya;
49.4. Sub’ekt ichida barpo etilgan aktivlarning balans qiymati;
49.5. Davr boshlanishi va oxirida quyidagilarni aks ettiradigan balans qiymatini qiyoslash:
49.5.1. Tushum;
49.5.2. Chiqib ketish;
49.5.3. Qayta baholash natijasida qiymatning ko’payishi yoki kamayishi;
49.5.4. Xorijiy korxonalarining moliyaviy hisobotlarda bir valyutani boshqasiga qayta hisoblayotganda paydo bo’ladigan sof kurs tafovuti;
49.5.5. Nomoddiy aktivlarning boshqa harakatlari.
50. Moliyaviy hisobot quyidagilarni ham ochib berishi kerak:
50.1. Nomoddiy aktivlarning uni dastlabki aks ettirish sanasidan boshlab 5 yildan oshgan amortizatsiya davrini qabul qilishning sababini;
50.2. Tiklanayotgan qiymatni belgilash paytida ularning joriy qiymati darajasiga qadar diskontlash qo’llanilgan yoki qo’llanilmaganini;
50.3. Mulk huquqiga cheklashlar, shuningdek majburiyatni ta’minlash sifatida ishlatilgan nomoddiy aktivlar mavjudligi va summasini;
50.4. Nomoddiy aktivlarni xarid qilishga ajratilgan mablaglar summasini.
51. Keyingi axborot nomoddiy aktivlar moddalarining qayta baholangan ushbu qiymatlarini aks ettirishda ochib berilishi kerak:
51.1. Aktivlarning bozor qiymati belgilangan asos;
51.2. Qayta baholashning haqiqiy sanasi;
51.3. Baholash ushbu sohadagi mustaqil ekspert (baholovchi) tomonidan amalga oshirildimi yoki tahlil qilindimi;
51.4. Nomoddiy aktivlarning moliyaviy hisobotga kiritiladigan har bir darajasi - balans qiymati, bunda barcha aktivlarning qiymati standart rejimdan foydalanganda belgilanishi shart qilib qo’yiladi;
51.5. Qayta baholashning davr ichida o’zgarishlarni aks ettiruvchi rezervi va aktsiyadorlar o’rtasida qoldiq (saldo)ni taqsimlash bo’yicha har qanday cheklashlar;
51.6. Nomoddiy aktivlarning har bir darajasi uchun, buning sabablari bilan birga ularning joriy bozor qiymatini aniq belgilash mumkin bo’lmagan aktivlarning balans qiymati;
51.7. Nomoddiy aktivlarning har bir darajasi uchun, agar barcha aktivlar qiymati standart rejimdan foydalanib aks ettirilganda amortizatsiya summasi.
52. Ruxsat berilgan muqobillik rejimiga muvofiq belgilangan qiymat bo’yicha aks ettiriladigan nomoddiy aktivlar darajalari standart rejimga muvofiq belgilangan qiymat bo’yicha ko’rsatiladigan aktivlar darajalaridan alohida aks ettirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |