YO’L QO’YILIShI MUMKIN BO’LGAN
MUQOBIL BAHOLASh USULI
33. Dastlabki qiymati bo’yicha hisobda aktiv sifatida aks ettirilganidan keyin, nomoddiy aktiv qayta baholash sanasida bozor qiymati bo’yicha qayta baholanadi va, agar bozor qiymatini aniqlash mumkin bo’lsa, keyingi jamgarilgan amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda hisobga olinadi. Nomoddiy aktivning bozor qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo’yicha aktivlar ikkilamchi bozoridagi narxlar bo’yicha belgilash mumkin. Qayta baholashni etarlicha muntazamlik bilan amalga oshirish lozim, toki balans qiymati balans qiymatini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan kuchli farq qilmasin.
34. Nomoddiy aktivni qayta baholaganda ushbu aktiv taalluqli bo’lgan aks ettirilgan nomoddiy aktivlarning butun zanjiri qayta baholanishi kerak.
35. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozor qiymatini belgilash mumkin bo’lmagan hollarda nomoddiy aktivlarga nisbatan muqobil usul yo’l qo’ygan tartibdan foydalanilganda, ushbu aktiv, uning bozor qiymatini aniqlash paytigacha, keyingi jamgarilgan amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda (mazkur balans qiymati har bir aktivning tiklanayotgan qiymatidan oshmasligi sharti bilan) o’z tannarxi bo’yicha aks ettirilishi kerak.
36. Ushbu paytda qayta baholangan nomoddiy aktiv uchun ikkilamchi bozor mavjud bo’lmaganda, mazkur balans qiymati ushbu aktivning tiklanayotgan qiymatidan oshmasligi sharti bilan, jamgarilgan amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda, oxirgi qayta baholash sanasida aktivning qayta baholangan qiymati uning balans qiymati deb qabul qilinishi kerak.
37. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati ko’paygan holda ushbu ko’payish avvalgi bahodan oshadigan summada "Rezerv kapital" kreditida ilova hisobvaragida aks ettirilishi shart.
38. Qayta baholash natijasida aktivning balans qiymati kamayganda bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida aks ettirilishi kerak.
AMORTIZATsIYa
39. Nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati:
39.1. Uning foydali xizmat muddati mobaynida, lekin xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddatidan oshmagan holda;
39.2. Foydali ishlatish muddatini belgilash mumkin bo’lmagan 5 yilni hisobga olib (lekin xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati muddatidan oshmagan holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.
40. Aktivda mujassamlangan iste’mol xususiyatlari sarflanganda, aktivning balans qiymati tegishli summaga kamayadi. Bu narsa aktivning butun foydali ishlatish muddati davomida qoldiq qiymatni chegirgan holda, aktiv qiymatini xarajatga muntazam hisobdan o’chirish hisobiga amalga oshiriladi. Aktivning joriy qiymati yoki uning tiklanayotgan qiymati ko’paygan-ko’paymaganidan qat’i nazar amortizatsiya tan olinadi. Nomoddiy aktivda mujassamlangan iste’mol xususiyatlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan asosan aktivni ishlatish davomida sarflanadi. Texnika jihatidan eskirish aktivdan kutilayotgan foydani kamaytiradi. Shunga muvofiq ravishda aktivning foydali ishlatilish muddatini belgilashda quyidagi omillarni e’tiborga olish zarur:
40.1. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan aktivdan foydalanishning kutilayotgan muddati;
40.2. Ishlab chiqarishni o’zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayottan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan bozor talablarining o’zgarishi natijasida texnika jihatidan eskirish;
40.3. Aktivdan foydalanishning yuridik va masalan, foydalanish muddati tugashi bilan bogliq boshqa cheklanishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |