NOMODDIY AKTIVLARNI BAHOLASh
22. Barcha xil nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi dastlabki qiymat bo’lishi kerak.
23. Agar nomoddiy aktivlar pulsiz ayirboshlash (barter) tartibida xarid qilinsa, ularning qiymati, baholarning qaysi biri afzalroq ekaniga qarab, ayirboshlashga berilgan mol-mulkning yoki xarid qilingan huquqlarning bozor narxi bo’yicha belgilanishi mumkin.
24. Agar nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivga aniqlangan bozor narxi bo’yicha ko’rsatilishi mumkin.
25. Nomoddiy aktiv xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi tomonidan yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo’lgan hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo’yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo’lgan hollarda u aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.
26. Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi yaratgan gudvill (firmaning narxi) aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur sub’ektni tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o’rtasidagi tafovut sifatida yuzaga keladi.
"Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivining summasi har oyda, uning foydali xizmat muddati mobaynida hisobdan chiqariladi. "Gudvill (firma bahosi)" summasining hisobdan chiqarilishi bevosita "Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivi hisobvarag’ining saldosini kamaytirishga xarajatlarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada yozib boriladi.
"Gudvill (firma bahosi)" summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga bo’lg’usi iqtisodiy foydalar tushumi kutilayotgan davrning eng yaxshi bahosini aks ettirishi kerak. "Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivining foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (lekin u xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Moliyaviy hisobotda "Gudvill (firma bahosi)" nomoddiy aktivining qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi.
27. Korxonaning bozor qiymati, ehtimol, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan kelgusida olinadigan iqtisodiy foydalar bozori bahosini aks ettiradi. Korxonaning bozor qiymati bilan uni belgilaydigan aktivlarning bozor qiymati o’rtasidagi tafovut istalgan paytda o’z ichiga sub’ekt qiymatiga ta’sir ko’rsatadigan bir qator omillarni olishi mumkin. Biroq bunday tafovut ushbu paytda sub’ekt nazorat qilayotgan belgilovchi aktivlarning qiymatini ko’rsatmaydi.
28. Nomoddiy aktivlarning balans qiymati hukumat grantlari summasiga kamaytirilishi mumkin.
29. Aktiv dastlabki qiymati, ya’ni tannarxi yoki xarid qilish narxi bo’yicha tan olinganidan keyin nomoddiy aktiv balansda jamgarilgan amortizatsiya chiqarib tashlangan holda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |