O’zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti bhms n 7 nomoddiy aktivlar umumiy qoidalar



Download 93 Kb.
bet4/14
Sana20.07.2021
Hajmi93 Kb.
#124131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
NOMODDIY AKTIVLAR

TA’RIFLAR

6. Ushbu standartda ishlatiladigan asosiy atamalar va ta’riflar.

7. Nomoddiy aktivlar - moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo’jalik faoliyatida foydalanish yoki boshqarish uchun foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko’p) ishlatish uchun mo’ljallangan mol-mulk ob’ektlari.

8. Amortizatsiya - uning foydali xizmat muddati davomida nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasi.

9. Amortizatsiya qiymati - taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan dastlabki qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasi.

10. Foydali xizmat muddati - sub’ekt tomonidan aktivlardan foydalanish ko’zda tutilgan davr yoki xo’jalik yurituvchi sub’ekt ushbu aktivni ishlatib olishni kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori.

11. Dastlabki qiymat - aktivni xarid qilishda haqiqatda to’langan pul mablaglari yoki uning ekvivalentlari qiymati yoki uni ishlab chiqarishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar.

Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni ishlatish uchun tayyor holatga keltirish uchun qilingan barcha xarajatlarni, ya’ni: xarid narxi, yuridik yigimlar va boshqa zarur xarajatlarni o’z ichiga oladi.

12. Tugatilish qiymati - chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati pirovardida uni tugatish paytida paydo bo’ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymati.

13. Realizatsiya (sotish) qiymati - nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor taraflar o’rtasida ayirboshlash mumkin bo’lgan summa.

14. Qoldiq (balans) qiymati - aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jamgarilgan (to’plangan) amortizatsiyani chiqarib tashlagan holda nomoddiy aktivlarning dastlabki yoki joriy qiymati.

15. Qoplash qiymati - xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktivdan keyinchalik foydalanish hisobiga qoplashni mo’ljallayotgan summa, shu jumladan tugatilish qiymati.

16. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xo’jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni xarid qilish, rivojlantirish va ko’paytirish bo’yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari tarkibida patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk va savdo markalari (shu jumladan firma markalari va e’lon qilinayotgan nomlari) aks ettiriladi. Tanho huquqlar, kompyuter dasturini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ro’yxatlari, litsenziyalar, marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to’grisidagi bilim, texnik ko’nikmalar va hokazolar amaliyotda uchraydigan aktivlarga oddiy misollar hisoblanadi.

17. Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo’jalik faoliyatida foydalanilishi va jismiy mohiyatga ega bo’lmasligi (pul emasligi)ni taqozo etadi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu jumladan mulk huquqi bilan muqoyasa qilish mumkin bo’lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin bo’lgan holda jismiy mohiyati bo’lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob beradi.

18. Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq taalluqli bo’lgan aktivni ham belgilaydi. Ayrim hollarda nomoddiy aktiv yuridik huquq. bilan muqoyasalash yo’li bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar belgilovchi ekanligini belgilash uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir qator omillarni diqqat bilan qarab chiqish zarur.


Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish