O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
BUXGALTERIYa HISOBI MILLIY STANDARTI
BHMS N 7
NOMODDIY AKTIVLAR
UMUMIY QOIDALAR
1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) O’zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to’grisida"gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismidir.
STANDART MAQSADI
2. Ushbu standartning maqsadi nomoddiy aktivlarni hisoblash tartibini belgilashdan iborat.
3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda aktivlarni tan olish vaqtini belgilash, ularning balans qiymatini, foydali xizmat qilish muddatini, amortizatsiyani hisoblash va ularning chiqib ketish natijalari tartibini aniqlash asosiy masalalar dan biri bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |