AMAL QILISh SOHASI
4. Barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar nomoddiy ob’ektlarni hisobga olishda mazkur standartni qo’llaydilar.
5. Mazkur standart qoidalari:
5.1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga (ITTKI) doir xarajatlarni *;
5.2. Ijara turlarini;
5.3. Sub’ektlarni birlashtirishda paydo bo’ladigan gudvilni;
5.4. Kelgusi davrlar xarajatlarini;
5.5. Mineral resurslardan foydalanishga, mineral resurslar, neft, tabiiy gaz va shu singari tiklanmaydigan resurslarning geologik qidirilishi va qazib olinishiga doir huquqlarni hisobga olish qoidalariga nisbatan qo’llanmaydi. Mazkur standart ana shu darajada faoliyatning ushbu turlarini rivojlantirish yoki qo’llab-quvvatlash uchun ishlatiladigan nomoddiy aktivlarga nisbatan ham qo’llanmaydi.
-----------------------------------
*) "Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga doir xarajatlar" degan 12-son BHMSga qaralsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |