XARAJATLARNI AKS ETTIRISh
30. Nomoddiy aktivni xarid qilish yoki barpo etishga taalluqli bo’lgan, nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaydigan yoki ushbu BHMS 19 va 20 paragraflaridagi aks ettirish mezoniga to’gri kelmaydigan xarajatlar uning paydo bo’lish davrida xarajat sifatida aks ettirilishi kerak.
31. Nomoddiy aktivlarga taalluqli bo’lgan, dastlab davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlar keyingi davrlarda aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak.
32. Nomoddiy aktivlarga taalluqli bo’lgan, tan olingan keyingi chiqimlar dastlab baholangan standart aktividan tashqari aktivning balans qiymatiga qo’shilishi kerak. Keyingi barcha qolgan chiqimlar ular paydo bo’lgan davrning xarajatlari deb tan olinishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |